O'zbekiston respublikasi oliy ya o'rta maxsus ta’lim vazirligi o'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi g. G‘. Nazarova, H. X. Xalilov, A. A. Eshtoyev



Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/99
Sana29.11.2022
Hajmi4,02 Mb.
#875016
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   99
Bog'liq
afd2f46f1663bdf50a37a13bd82c9f80 Jahon iqtisodiyoti

58


9-bob.
J A H O N X O ‘J A L IG ID A D E M O G R A F IK J A R A Y O N L A R
9.1. Jahon xo'jaligida aholi migratsiyasining
dastlabki ko'rinishlari
Jahon iqtisodiyotida mamlakatlar aholisining xalqaro migrat- 
siyasi qadimgi davrda (antik, o'rta asrlar) va shuningdek, kapitalistik 
ishlab chiqarish bosqichlari davrida, asosan, ko'chmanchilik, har­
biy yurishlar va o'zga m am lakatlar hududini bosib olish yoki 
kolonizatsiya qilish kabi shakllarda ro'y bergan edi.
Hozirgi kunda jahon mamlakatlari aholisining migratsiyasi o'ziga 
xos xususiyatga egadir. Jahon migratsiyasining ro'y berishida, 
awalam bor, aholining mehnat migratsiyasi muhim rol o'ynaydi. 
Aholi migratsiyasining iqtisodiy sabablarini aniqlashda esa ularning 
siyosiy, diniy, etnik va irqiy kelib chiqishi sabablarini ham o'rganish 
muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda ba’zi sanoati rivojlangan 
mamlakatlar o'z sanoat tarmoqlarining ba’zi bir sohalarini rivoj­
lanayotgan davlatlarning ishchi kuchi resurslari hisobiga rivojlantirib 
bormoqda. Masalan, Fransiyaning avtomobilsozlik sanoat kor- 
xonalarining 1/3 qismi, qurilish sohalarining 1/4 qismi, Belgiya 
tog'-kon sanoat tarmoqlarining 1/2 qismi, Shvetsariyaning qurilish 
sohalarining 40—45 % xorijiy m am lakatlam ing ishchi kuchi 
migratsiyalari hisobiga ishlayotir.
Jahon xo'jaligida xorijiy ishchilarni «o'ziga tortuvchi markazlar» 
Osiyo qit’asining Yaqin va O 'rta Sharq (Saudiya Arabistoni, Quvayt, 
Baxreyn, Liviya, Iroq), shuningdek, Janubiy-Sharqiy Osiyo m am ­
lakatlarida (Singapur, Malayziya, Tayvan, Gonkong), Lotin Ame- 
rikasi davlatlarida (Braziliya, Argentina, Venesuela), Janubiy Afrika 
Respublikasida tashkil topgandir. Xalqaro integratsiyaning o'ziga 
xos xarakterli tom onlaridan yana biri yashirin m igratsiyaning 
nihoyatda yuqori ekanligidir. Keyingi yillarda Sharqiy Yevropa 
mamlakatlarida jumladan, sobiq SSSRning fuqarolari orasida yashi­
rin emigrantlar soni tez o'sib bormoqda.
Jahonning ko'pgina mamlakatlari milliy hukumat boshliqlari 
migratsion jarayonlarga qo'pol ta ’sir ko'rsatmoqda. Ular nafaqat
59


emigrantlar soniga, balki ularning professional mutaxassisligiga, 
jinsiga (ayol va erkakligi), yoshiga, til bilishiga va nihoyat ularning 
mamlakatga doimo kelib-ketib turishligiga ham e ’tibor berishyapti.
Jahon iqtisodiyotida mutaxassislashgan ishchi kuchlarini eksport 
qiluvchi alohida davlatlar ham ajralib chiqmoqda. Bunday davlatlar 
Yugoslaviya, Xorvatiya, МАЛ, Pokiston, Portugaliya, Hindiston
Turkiya, Ispaniya, Italiya, lordaniya, Yaman Arab Respublikasi 
kabi o ‘nlab davlatlarni misol qilib ko'rsatish m umkin. U shbu 
davlatlarning ko'pchiligida ishchi kuchlarini eksport qilishdan 
ko'rgan foydasi tashqi savdo, turizm va boshqa sohalardan keladigan 
foydadan ancha yuqoriroq ekanligi m a’lumdir.
Jahon iqtisodiyotida ishchi kuchini eksport qiluvchi davlatlarning 
keltirayotgan daromadlarini asosiy shakllari quyidagilardan iborat:
— vositachilik qiluvchi firma va tashkilotlardan soliq undirish 
hisobidan olinadigan foyda;
— emigrantlar o'z valutasini bevosita vatanlariga o'tkazib turishi 
hisobidan kelayotgan foyda;
— xususiy investor — migrantlar tom onidan milliy iqtiso­
diyotni zarur bo'lgan vositalar (qim m atbaho qog'ozlarni sotib 
olish, ko'chm as mulk va boshq.) bilan ta ’minlab turishdan keladigan 
foyda va h.k.lar.
Xullas, jah o n xo'jaligida ishchi kuchi migratsiyasi doim o 
o'sishlik, kengayishlik xarakteriga kirib bormoqda. XX—XXI asrlar 
b o 'sag 'asid a jahon m am lakatlari bo'yicha yillik ishchi kuchi 
migratsiyalar soni taxminan 25—26 mln kishini tashkil etgan. 
Xalqaro migrantlarning 60—65 % rivojlanayotgan mamlakatlarga 
to 'g 'ri kelib, taxminan ularning 2/3 qismi sanoati rivojlangan 
mamlakatlarda mehnat qilishmoqda.
Jahon xo'jaligini milliylashtirish munosabati bilan tashkil topgan 
milliy ishchi kuchi bozorlari bazasida mintaqaviy ishchi kuchi 
bozorlari tashkil topayapti. Xalqaro mehnat bozorlarini tashkil 
topishi va rivojlanishida TMKlar muhim rol o'vnab, ular profes­
sional mutaxassis-kadrlarni jahon xo'jaligining turli ishlab chiqarish 
tarmoqlariga joylashtirishda katta rol o'ynamoqda. TM K lar ishlab 
chiqarish va kapitalni bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga va 
hatto bir materikdan ikkinchi materikka o'tkazishga va shuningdek, 
xalqaro m ehnat bozorining turli yo'llar bilan rivojlanishiga ta ’sir 
ko'rsatib kelayotir. Bundan tashqari, TM Klar ishlab chiqargan 
o'z mahsulotlari bilan olib borayotgan texnik-texnologik siyosati 
bilan ishchi kuchi band bo'lgan tarmoqlarni o'zgarishiga ham sabab
60


bo'layapti. TM K lar xalqaro mehnat bozorida eng yuqori m uta- 
xassislikka ega bo'lgan ishchi kuchlarini zamonaviy maqsad va 
talablar bo'yicha shakllanishida ham muhim rol o'ynamoqda.
Jahon iqtisodiyotida TM K lar yuqori rivojlanish darajasiga 
yetmagan b a ’zi bir mamlakatlaming ishchi kuchlarini zamonaviy 
xalqaro ishlab chiqarish tizimiga «tortish»ga harakat qilib, ulami 
jahon m am lakatlarining zamonaviy texnik-texnologiyasi bilan, 
ilg'or ishlab chiqarish sohalari bilan tanishtirish imkoniyatiga ham 
ega bo'layapti. Hozirgi kunda xalqaro ishchi kuchi bozorlari doirasida 
maxsus ularga ta ’sir ko'rsatuvchi «TMKlar segmenti» tashkil etilgan 
bo'lib, ular asosan G 'arbiy Yevropa, Yaqin va O 'rta Sharq, Lotin 
Amerikasi va Afrikada tashkil topgan ishchi kuchi bozorlarida faoliyat 
ko'rsatayotir. Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasini tartibga solishda 
XMT ning tutgan o 'm i kattadir.
M a’lumki, inson resurslari jahon xo'jaligi resurslarining muhim 
ko'rinishlaridan biridir. A n’anaviy mehnat resurslarini migrativ 
harakatini, ya’ni, ulaming ijtimoiy, iqtisodiy, biologik va jug'rofik 
omillari bilan bog'liq bo'lgan qonunlarini, ijtimoiy strukturadagi 
o'zgarishlar dinamikasini, aholining joylashuvi va ko'payishini demo- 
grafiya fani o'rganadi. Demografiya fani asosida aholining kelajakdagi 
iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy turmush tarzi qanday ahvolda 
bo'lishligi ishlab chiqiladi. Jahon iqtisodiyoti doirasida ba’zi-bir 
mintaqalardagi aholining keiajak turmush sharoitini, iqtisodiy- 
ijtimoiy, siyosiy o'zgarib borishiga baho berilib bashorat qilinadi.
M a’lumki, jahon iqtisodiyotida ilk bor ingliz olimr T.R. Maltus 
(1766—1834) demografik muammolarning mavjudligiga birinchi 
bo'lib, o 'z e ’tiborini qaratgan edi. Maltus tabiat bilan hamohang 
o'simlik va hayvonlaming cheksiz ko'payish va yashash uchun kerakli 
mablag'lar o'sishi yo'nalishlarini tasdiq etib, o'zining «Nufus qo- 
nuni»ning matematik ifodasi nazariyasini yaratgan edi.
Uning fikricha, insonlar agar har 25 yilda ikki marta ko'payib, 
geometrik progressiya asosida ortib borsa (1, 2, 4, 8, 16, 32, 64, 
128...), tirikchilik vositalari eng qulay sharoitlarda ham arifmetik 
progressiya (1, 2, 3, 4, 5, 6...) asosida ko'payishi mumkin. Ushbu 
sharoitda T.R. Maltus 200 yildan so'ng aholi sonining tirikchilik 
vositasiga nisbatan 256:9, 300 yildan so'ng esa 40096:13 bo'lishini 
nazariy tomonlarini ishlab chiqqan edi (2-jadval).
Jahon xo'jaligida XX asr yer kurasi aholisining keskin va tez 
o'sishligi bilan xarakterlanadi. Agar yer yuzida yashovchi aholi 
soni m iloddan aw algi 2,5—3 ming yillar ilgari (jez davrida)

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish