O'zbekiston respublikasi oliy ya o'rta maxsus ta’lim vazirligi o'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi g. G‘. Nazarova, H. X. Xalilov, A. A. Eshtoyev


Jahon iqtisodiyotida oziq-ovqat va demografik



Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/99
Sana29.11.2022
Hajmi4,02 Mb.
#875016
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   99
Bog'liq
afd2f46f1663bdf50a37a13bd82c9f80 Jahon iqtisodiyoti

8.4. Jahon iqtisodiyotida oziq-ovqat va demografik
muammolar
Sayyoramiz aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan optimal 
ta ’minlash rejimiga erishish muammosi XX asrning oxiriga kelib 
faqatgina o 'ttizg a yaqin rivojlangan m am lakatlar uchun o 'z 
dolzarbligini yo'qotgan edi, xolos. Biroq, boshqa jahonning 
ko'pchilik davlatlari uchun bu muammo eng muhim masalalardan 
biri bo'lib qolmoqda. Statistik m a’lum otlarning ko'rsatishicha, 
jahonda oziq-ovqat mahsulotlarini iste'mol qilish asta-sekin o'sib 
borayotgan bo'lsa-da. bu jarayon aholi sonining ko'payib bori­
shiga nisbatan bir tekisda yuz berayotgani yo'q. Osiyo, Afrika va 
Lotin Amerikasidagi ba’zi bir davlatlarda bu masala barqarorlashgan, 
ya’ni bir odamga to'g'ri keladigan oziq-ovqat mahsuloti miqdori 
o'zgargani yo'q. Garchi. so'nggi 30—40 yil ichida don mahsulotlari 
ikki marta ko'paygan bo'lsa-da, lekin bu vaqt davomida yer yuzidagi 
aholi soni ham 1,8 marta oshganligini ko'rishimiz mumkin.
Xullas, oziq-ovqat m uam m osi vujudga kelgan eng jiddiy 
vaziyatlami biz hozirgi kunda Saxara sahrosining janubidagi Afrika 
davlatlari va Ostyoning janubiy hamda markaziy qismidagi ba'zi 
davlatlarda (Afg'oniston, Bangladesh, Iroq) va shuningdek, bir qator 
Karib havzasi (Gaiti) davlatlarida ko'rishimiz mumkin. Bu davlatlarda 
yillik oziq-ovqat xavfsizligi ikki oydan kam muddatga to'g'ri keladi.
Italiyaning Rim shahrida bo'lib o'tgan oziq-ovqat masalalari 
b o 'y ic h a B utunjahon uchrashuvida (1996-yil, noyabr) qayd 
qilinishicha, jahonda doimiy ravishda 800 millionga yaqin kishi 
to'yib ovqatlanmaydi. Qishloq xo'jaligida hosilning yaxshi bo'l-
56


masligi, tabiiy ofatlar, harbiy nizolarning bo'lib turishi va shu­
ningdek, oshkora ocharchilikning «avj olishi» bilan bog'liq holda 
ko'pchilik rivojlanayotgan mamlakatlardagi, shuningdek, o'tish 
davri iqtisodiyotli davlatlardagi aholining turmush farovonligi bilan 
bog'liq bo'lgan «yashirin» ochlik ko'rinishidagi holatlar yanada 
keng tarqalmoqda. Buni biz keyingi 15—20 yil ichida 54 davlatda 
oziq-ovqat bilan ta ’minlashning mutlaq pasayib borganligida ham 
ko'rishimiz mumkin.
Jahon mamlakatlari iqtisodiyotida, albatta, oziq-ovqat m uam - 
mosini hal etish borasida olib borilayotgan ba’zi bir ijobiy misollami 
ham keltirish mumkin. Masalan, oziq-ovqat mahsulotlari iste’moli 
mavjud zaxiralar hisobiga kafolatlangan va shuningdek, oziq-ovqat 
xavfsizligi rejimini yaratish yo'lida sezilarli yutuqlarga erishgan 
davlatlar qatoriga Vetnam, Hindiston, Xitoy, Meksika, Filippinni 
kiritish mumkin. Ularning xo'jalik sohasidagi tajribasidan shuni 
ko'rish mumkinki, qishloq xo'jaligida «yashil inqilob»ni, ya’ni 
qishloq xo'jaligida ilg'or texnologiyani joriy qilish, o'sim liklar va 
hayvonlar seleksiyasini rivojlantirish, unum dor tuproq tarkibini 
yaxshilash va qaytadan kultivatsiyalash kabi kompleks chora- 
tadbirlarni olib borilishi bu boradagi muhim ahamiyatga ega bo'lgan 
ishlardir. Jahon iqtisodiyotida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda 
agrar tarm oqni investitsiyalashni yiliga 3,5—4 % ga ko'paytirish 
esa muhim omil hisoblanadi.
Shuni qayd etishimiz mumkinki, jahon iqtisodiyotida ishlov 
beriladigan maydonlar birligiga to'g'ri keladigan don mahsulotlari 
hosildorligini ko'paytirish, chorva mollari boshiga to'g'ri keladigan 
sut va g o 'sh t m ahsulotlari m iqdorini oshirish kabi bir qator 
muammoni yechish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Xullas, jahon 
hamjamiyati oldida 2025-yilgacha ochlikni boshidan kechirayotgan 
odamlar sonini ikki martaga kamaytirish va Jahon Sog'liqni Saqlash 
Tashkiloti standartlaridan past darajada egulik iste’mol qiluvchilar 
sonini sezilarli miqdorda qisqartirish kabi masalalar hozirgi kunda 
eng dolzarb muammo bo'lib turibdi.
M a’lum ki, ja h o n iqtisodiyotida dem ografik m u am m o lar 
mavjudligiga birinchi bo'lib XVIII asrning oxirida ilk bor ingliz 
donishmandi T.R. Maltus o'z e'tiborini qaratgan edi. Bu muam- 
moning mazmuni va mohiyati shundaki, oziq-ovqat mahsulotlari 
va insonlar hayoti uchun zarur bo'lgan boshqa m oddiy noz- 
n e’matlar ishlab chiqarishga nisbatan aholi sonining nazorat qilib 
bo'maydigan darajada oshib borishidan iboratdir. Mutaxassislaming
57


bashorat qilishicha, 2020-yilga borib jahon aholisi soni 8 milliard 
kishiga yetib, uning 80 % Osiyo, Afrika ham da Lotin Ameri- 
kasining rivojlanayotgan mamlakatlarida yashaydi. Ko‘z oldimizda 
yuz berayotgan bunday «demografik portlashlar» keyinchalik tabiiy 
resurslarni takror ishlab chiqarishni va insonlami xo'jalik faoli­
yatidagi muvozanatning buzilishiga olib kelishi mumkin. Bu esa 
o 'z navbatida jahonning ko'plab mamlakatlarida ro'y berayotgan 
kambag'allikning oldini olish, yengish, ochlik, sog'liqni saqlash 
va ta ’lim sohasidagi bir qator muammolarni yanada chuqurlashtirib 
yuborishi mumkin.
BMT va hududiy tashkilotlar demografik xavfga yetarlicha 
ahamiyat berib kelmoqda, ya’ni oilani rejalashtirish dasturlarini, 
aholi migratsiyasi va rivojlanayotgan mamlakatlarda urbanizatsiya 
jarayonlarini moliyalashni amalga oshirmoqda. Xullas, yuqorida 
qayd etilgan barcha global muammolarni hal etish uchun jahon 
ekspertlari iqtisodiy tizimni qayta qurishni amalga oshirishni tavsiya 
etishyapti. Buning uchun, asosan, uch yo'nalishda 
(sayyoramiz
aholisi sonini barqarorlashtirish, energiya olishning m uqobil
manbalariga о ‘tish, utilizatsiyaga bo ‘ysunuvchi sanoat materiallaridan
keng foydalanish)
harakat qilish zarurligini ko'rsatmoqda.
1. Umumjahon xarakteriga ega bo'lgain global muammolarni ko'r­
satuvchi qanday mezonlarni bilasiz?
2. Jahon mamlakatlari taraqqiyotidagi global muammolar xususidagi 
qarashlar konsepsiyasi.
3. Jahon iqtisodiyotida qurolsizlanish va uning bartaraf etishdagi 
qarashlar tizimi.
4. Jahon iqtisodiyotida ekologik muammolarni bartaraf etishdagi olib 
borilayotgan chora-tadbirlar
5. Jahon xo'jaligidagi demografik va oziq-ovqat muammolarini bartaraf 
etishda ko'rilayotgan chora-tadbirlar.

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish