ILK BOLALIK DAVRIDA O'Z-O'ZINI ANGASHNING RIVOJLANISHI VA 3 YOSH INQIROZI
Ko’pchilik psixologlar tug’ilgandan voyaga etgunga qadar insonning psixologik rivojlanish yo’lining o’rtasi 3 yosh deb hisoblashadi. Uch yoshli bola o’z-o’ziga xizmat qila oladi, atrofdagi odamlar bilan o’zaro munosabatga kirishishni biladi. Bunda u og’zaki muloqot qilishni biladi, unda xulq-atvorning eng oddiy shakllari shakllanadi. Bola uch yoshda etarlicha faol va atrofdagilarga tushunarlidir. Uning xarakteri va temperamenti xususiyatlari allaqachon namoyon bo’la boshlaydi. L.N.Tolstoy shunday deydi:Bolaning psixik rivojlanishiga to’g’ri Yurishga o’rganish sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Lokomosiya («loko» - joy, «mosiya»-harakat) dasturi hali shakllanmagan, shuning uchun bola doimo muvozanatini yo’qotadi. ²arakatlana olishi qobiliyati tufayli bola tashqi dunyo bilan nisbatan erkinroq va mustahkamroq muloqot qilish davriga kirib keladi. Mushak hissi masofani hisoblash va buyumlarning makondagi joylashuvini aniqlash mezoniga aylanadi. Bolaning psixik rivojlanishiga predmetlar harakati sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Narsalar, predmetlar mohiyati bola tomonidan bolalik davrida egallanadi. Bolalik oxirida (hayotning uchinchi yilida) yangi faoliyat turlari (rasm chizish, kuylash, haykaltaroshlik, loyihalashtirish) Yuzaga kela boshlaydi. Predmetli faoliyatda belgilangan taasssurotlarning to’planishi bola nutqining rivojlanishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Faqat so’z ortida real dunyo obrazlari turgandagina bu so’zning o’zlashtirilishi muvaffaqiyatli kechadi. Agar bola, ma’lum bir sababga ko’ra, bu yoshda nutq rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitdan mahrum bo’lsa, unda yo’qotilgan imkoniyat o’rnini to’ldirish oxir-oqibat juda murakkab bo’lib qoladi, chunki bu yosh nutq rivojiga nisbatan senzitiv (sezgir)dir: aynan mana shu paytda nutq o’zlashtirilishi ancha samarali kechadi.
Ilk bolalik yoshi – bolada faol nutq shakllanishi davridir. Bir yarim yoshgacha bola 30-40 tadan 100 tagacha so’z o’zlashtiradi, ikkinchi yil oxirida bola 300 tagacha, uchinchi yil oxirida esa
1500 tagacha so’z ishlatadi. Nutq rivojlanishi ona tilining tovush xususiyati va grammatik tuzilishini egallashni taqozo etadi. Dastlab bola nutqni so’zning umumiy ritmik-melodik (tezlik, ohang) tuzilishini ilib olish yo’li bilan qabul qilsa, ikkinchi yil oxiriga kelib u ona tilining barcha tovushlarini fonematik qabul qiladigan bo’ladi va shu asosda lug’at va so’zlarni to’g’ri talaffuz qilishni o’rganadi. Faol nutqning shakllanishi bolaning butun psixik rivojlanishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Ilk bolalikdagi aqliy rivojlanish. Bolalik avvalida bola atrofidagi predmetlar xususiyatini, predmetlar orasidagi eng oddiy aloqalarni ilg’aydi va ulardan foydalana boshlaydi. Bu predmetli faoliyat, oddiy elementar o’yin shakllari, rasm chizish, nutqni egallash bilan bog’liq ravishda ro’y beruvchi keyingi aqliy rivojlanish uchun asos bo’ladi. Bolalikda aqliy rivojlanish asosini bolada shakllanayotgan idrok etish va fikrlash harakatlarining yangi turlari tashkil etadi. Bu yoshda avtodidaktik, o’zi o’rgatuvchi o’yinchoqlar (matryoshkalar, qutichalar, kubchalar, mozaika va boshqalar) bolani tez rivojlantiradi. Ko’rish bilan birga bolalikda eshitish orqali qabul qilish ham rivojlanadi. Ayniqsa fonematik eshitish jadal rivojlanadi. Odatda, ikkinchi yil so’ngida bolalar ona tilining barcha tovushlarini qabul qiladi. Biroq fonematik eshitishning mukammallashishi keyingi yillarda ham ro’y beradi. Fikrlash rivoji uchun vositali harakatlar juda muhim. Vosita bolaning predmet dunyosiga ta’sir qilishiga xizmat qiladi. Bola eng katta tajribani kattalar bilan nutqiy muloqot natijasida qabul qiladi.
Hayotning uchinchi yilida bola aqliy rivojlanishida muhim siljish sodir bo’ladi – ongning belgili (yoki ramziy) funksiyasi shakllana boshlaydi. U bir ob’ekt o’rnini bosuvchi sifatida boshqa bir ob’ektdan foydalanish imkoniyatidan iborat. Bunda predmetlar bilan emas, balki ularning o’rnini bosuvchilar bilan harakat amalga oshiriladi.
Turli belgilar va ularning tizimidan foydalanish – inson psixikasining o’ziga xos eng xarakterli xususiyati. Belgilarning har qanday turi (til, matematika ramzlari, surat va musiqada mohirona ifodalangan dunyo va h.k.) odamlar orasidagi muloqot uchun xizmat qiladi, predmet hamda hodisalar vazifasini bajaradi va anglatadi. Erta yoshda belgili funksiya dastlab amaliy faoliyat bilan bog’liq ravishda rivojlanadi va faqat keyinchalik so’zlardan foydalanishga o’tiladi. Bola va katta yoshdagi odam. Ontogenezda kattalar bilan muloqot bolalarda birdaniga paydo bo’ladi, ancha keyin esa bolaning tengdoshlari bilan munosabat o’rnatiladi.
Chaqaloqning yangi sharoitda yashashini ta’minlovchi asosiy omil tug’ilishda unda vujudga kelgan tabiiy mexanizmlardir. U tashqg’i sharoit va muhitga moslashish imkonini beradigan, nisbatan etilgan nerv sistemasi bilan tug’iladi. Tug’ilganidan boshlab mazkur reflekslar organizmda qon aylanishi, nafas olish hamda nafas chiqarishni ta’minlaydi. Birinchi kundanoq kuchli qo’zg’atuvchilarga nisbatan ko’zni qisish, pirpiratish, uning qorachig’ini kengaytirish yoki toraytirish mexanizmlari ishlay boshlaydi. Bu reflekslarni himoya reflekslari deyiladi. Chaqaloqda himoya reflekslaridan tashqari, qo’zg’atuvchilar bilan aloqa o’rnatishga xizmat qiladigan reflekslar ham bo’ladi. Bularni orientir reflekslari deb ataladi. Chaqaloqlarni kuzatishlarda ikki uch kunlik bola xonaga quyosh nuri tushishi bilan boshin yorug’lik tomonga burishi, chaqaloq xonaga asta kirib kelayotgan nur manbaini ham sezishi yaqqol ko’rindi. Yuqorida aytilgan reflekslardan tashqari, bolada bolada bir necha tug’ma tabiiy reflekslar ham uchraydi; emish refleksi og’ziga tushgan narsani so’rishga o’z ifodasini topsa qo’l kaftiga biror narsaning tegishi ushlash, chang solish reaktsiyasini vujudga keltiradi. o’zidan narsani itarish, uzoqlashtirish refleksi mavjudligini kursatadi va bu hol tovonga qandaydir jism tegishi bilan uni o’zidan uzoqlashtirishda namoyon bo’ladi. Psixolog V.S.Muxinaning fikricha, chaqaloqda tug’ilshiga qadar ham shartsiz reflekslar bo’lishi, unga homilalik paytidayoq o’z qo’lini so’rish imkonini yaratadi.
Tug’ilgan chaqaloqning vazni tez kamaya boradi. Buning sababi undan suyuqlik moddasining chiqib ketishi, vaznsizlik holatian atmosfera bosimiga, quyosh, turli xususiyatli moddalar ta’siriga, o’zgaruvchan havo haroratiga moslashish davrida ko’p kuch-quvvat sarflanishidir. Bu davrning kechishida chaqaloqlarning ham individual, sham jismoniy tafovutlari ko’zga tashlanadi. Oradan ko’p vaqt o’tmay chaqaloq vaznnining kamayishi tabiiy ravishda to’xtaydi va uning yangi muhitga moslashishi boshlanadi. Kindik tushish davri organizmda keskin o’zgarishlar yuz berishpallasi hisoblanib, murg’ak organnning mustaqil yashayotganidan dalolat beradi. Chaqaloqninoldingi vazniga etish davri hayotining birinchi o’n kunligiga to’g’ri keladi.Chaqaloq organizmining anatomik- fiziologik, morfologik tuzilish bo’yicha, boshqa yoshdagiodamlarnikidan farqi ham rivojlangani, zaifligi, ish qobiliyatining kuchsizligidir. Uning suyaksistemasiE, pay-muskullari va tog’ay to’qimalarining o’sishi katta yoshdagi kishilarnikidan hamsur’at, ham sifat jihatidan farqlanadi. Chaqaloqdagi muskullarning takomillashishi harakat negizinivujudga keltiradi; shu birga har bir biologik organning mutaqil harakati va faoliyatini ta’minlashgaxizmat qiladi. Bolada bo’yin muskullarining o’sishi bo’ynini tutishga olib kelsa, tana muskullariningrivojlanishi kattalar yordamida ag’anash imkonini, qo’l va oyoq muskullarining etilishi esa jismoniyharakat qilish, jismlarga qo’l cho’zish uchun sharoit yaratadi.Chaqaloqning anotamik-fiziologik tuzilishini tahlil qilsak, uning suyak sisitemasida ohakmoddasi va har xil tuzlar etishmasligining guvohi bo’lamiz. Shu sababli suyak funktsiyasini ko’proqtog’ay to’qimalari bajaradi. Bosh suyaklari bolalarning ikki oyligida o’zaro qo’shilib ketadi. Boshsuyakning peshona va tepa qismlari o’rtasida liqildoq deb ataladigan qalin parda va teri bilanqoplangan oraliq mavjud bo’ladi. U bola bir yoshdan oshganidan keyin suyak bilan qoplanib boradi, lekin u haqiqiy suyak bo’lmaydi.
Chaqaloq nerv sistemasining yuksak darajada rivojlangan qismi, ya’ni bosh miya katta yarim sharlari
tashqi ko’rinishi bilan katta odamnikiga aynan o’xshasa ham, aslida undan ko’p farq qiladi. Odamlarni o’zaro qiyoslasak, ajoyib manzarani ko’ramiz: miyaning og’irligi chaqaloq tanasiningsakkmzdan bir va katta odamlarda esa qirqdan bir qismini tashkil etadi. Chaqaloqlarda bosh gavdaganisbatan kattaroq ko’rinsada, u hali juda bo’sh, mukammallashmagan bo’ladi. Ularning organizmijadal sur’at bilan o’sish davridan o’tadi. Bu davrda chaqaloqning og’irligi 3-5 kg bo’lishiga qaramay, miyasining og’irligi 300-350 grammni tashkil qiladi, xolos. Chaqaloqning miyasi xujayralariningmiqdori, “ariq”chalarning yaqqol ko’zga tashlanmasligi, nerv xujayralri tarmog’i jihatidan kattaodamlarning miyasidan farq qiladi.
Go‘daklik davri bolaning tugalganidan bir yoshlarigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olib, bu davrda bola tashqi muhitga moslashishi uchun ma’lum darajada yetilgan nerv tizimi bilan tutiladi. Go‘daklik davri inson hayotidagi organik ehtiyojlarni (kislorodga, ovqatga, issiq yoki sovuqqa) qondirishga nisbatan yo‘naltiriman xatgi-harakatlarning tugma, instinktav shakllari sof holda kuzatiladigan yagona davr hisoblanadi. Insonga xos bo‘lgan xatti— harakatlar, yanga tajribalarni egallash uchun beqiyos imkoniyatlarning borligi go‘daklik yoshidaga bolalarning' asosiy xususiyatlaridir. Agar organik ehtiyojlar yetarli darajada qondirib borilsa, ular o‘zlarining asosiy bo‘lish ahamiyatini yuqotadi: to‘tri tashkil etilgan kun tartibi, rejim va tarbiya natijasida bola psixik rivojlanishi uchun asos bo‘ladigan taassurotlarga, harakatga, muloqotga nisbatan yangi turdagi ehtiyojlar gurkumi yuzaga keladi, Bola tugilishining birinchi haftasidanoq uning ko‘rish va eshitish sezgilari jadal suratda rivojlanadi. Bola harakatlanayotgan narsani kuzata boshlaydi. U turli ovozlarga, jumladan, katgalarning tovushlariga e’tibor bera boshdaydi. Yangi tugilgaya chaqaloqning miya og‘irligi kattalar miyasining 1/4 qismiga to‘gri keladi, nerv hujayralarning soni esa xuddi kaggalarniki kabi bo‘lib, lekin ular yetarli darajada rivojlanmagan bo‘ladi.
Ilk go‘daklik davri - bu bolaning himoyasiz, kam harakat, harakat holatidan juda jadal ravishda rivojlanadigan, quvnoq bolaga aylanish davridir. U Qisqa vaqt ichida katgalar bilan munosabat o‘rnatadi, predmetlarni ushlashga va ulardan foydalanishta o‘rganadi. U atrof olamdagi narsalarni kuzatadi, predmetlarni qo‘li bilan ushlab, ularni qandayligini bilishga intiladi, tovushlarga e’tibor beradi va predmetlar yordamida shu tovushlarni o‘zi yaratishga harakat qiladi. U o‘z onasi va boshqa yaqinlari bilan emotsional munosabatga kirishadi. Go‘dak yoshidagi bola ham jismonan, ham psixik, ham ijtimoiy jihatdan juda tez rivojlanadi. Juda qisqa vaqt ichida atrofidagi hodisalarga juda kam reaksiyasi bo‘lgan boladan, faol, tez ilgaydigan, harakatchan yordamga chaqira oladigan, qaggalarning yaqin kelishidan quvonadigan bolaga aylanadi.
Go‘daklik davridagi bolaning hayoti to‘liq kattalar bilan hamkorlikdagi emotsional munosabat bilan bogliq bo‘lib, bola kayfiyatining yaxshi bo‘lipgiga to‘g‘ridan-to‘gri ga’sir ko‘rsatadi, 4-5 oyligidan boshlab, bola o‘z yaqinlarini begonalardan ajraga boshlaydi. Kattalar bilan emotsional munosabat shu yoshdagi bolalarning asosiy yetakchi faoliyati bo‘lib, bola psixik taraqqiyotining asoei bo‘lib hisoblanadi. Kattalarning doimiy ravishda bola bilan birga bo‘lishi, unga iisbatan dyudatyaing qaratilyuliga odatlashshsh, uning o‘yinchoqlarga nisbatan qiziqishining susayishiga olib kelishi mumkin. Tarbiyaning to‘g‘ri olib borilishi bolaning kattalar bilan buladigan muomala-munosabatini predmetlar, o‘yinchoqlar bilan muyaosabatining almashinshpiga olib keladi. Kattalar yordami bilan bajariAadigan barcha xatti-harakatlari bolaning kelgusi psixik rivoji uchun asos bo‘ladi. Katgalarning bolaga nisbatan emotsional munosabati, ularshshg gaplariga bolaning o‘z diqqatini qaratish, javob qaytarishga harakat qilishi, ba’zi so‘zlarni yodida saqlab qolib, emotsiya bildiriyash, diqqat, xotara, nuta; va boshqa bilish jarayonlaryugang rivojlanishiga zamin bo‘ladi, Ikki oylik davridan boshlab bolada oddiy ranglarni ajratish, 3-4 oyligidan boshlab, esa predmetlarning shaklini ajratish layoqati yuzaga kela boshlaydi.
Go‘dak bola 2 oylik vaqtidan boshlab, o‘z onasining yuziii va ovozini o‘zgalarnshsidan ajrata boshlaydi. 2-3 oylikdan boshlab esa, onasining tabassumi va kulgusiga tabassum va turli harakatlar bilan javob qaytaradi.
« 3-4 oyligidan boshlab, bolalar yaqinlariga uz harakatlari bilan ko‘rish, eshitish yoki gapirishshg xoxdayotganligini kursatadilar, 8 oylitadan boyaglab esa, bola o‘zgacha muhit va begonalar quliga tushsa, o‘z xavotirini yigisi orqali namoyon egadi. Bu xavotir 14-18 oyligada asta—sekinljk bilan kamaya boiglaydi.
2-3 oylik bolalarda yuzaga keladigan narsalarni ushlay olish harakatlarining shakllanishi ularda predmetlarning shakli va hajmini idrok qilishlarini rivojlanishiga olib keladi. Bir yoshga yetgan bolada atrof muhitni biljshga qiziqishi va rivojdanayotgan bilish faolligi ko‘zga tashlanadi.
Ilk bolalik davri.- Go‘daklik davridan so‘ng rivojlanishning yangi bosqichi ilk bolalik (1-3 yosh) davri boshlanadi, Ilk bolalik davri bola hayotidagi eng ahamiyatta molik, uiing kelajakdagi psixologik rivojlanishini belgilab beruvchi - muhim davr hisoblanadi. Bu davrdagi rivojlanishning asosini bolaning to‘tri yurishi, mulohotta kirishishi va predmeatsh faoliyatni egallash xususiyatlari tashkil etadi. Tikka va to‘g‘ri yura olish imkoni bolani, doimiy ravishda yangi ma’lumotlarni egallashga zamin bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar o‘z xatti—harakatlari bilan juda faol va kattalar bilan muloqotga kirishishga intiluvchan bo‘ladilar. 3-7 yoshgacha bulgan davr bogcha yoshi davri xisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasida juda tez sifat uzgarishlari bulishini inobatga olgan xolda 3 davrga (3-4yosh) kichik maktabgacha davri(4-5yosh)kichik bogcha yoshi urta maktabgacha davr( urta bogcha yoshi) 6-7 yosh va katta maktabgacha davr katta bogcha yoshilarga ajratish mumkin.Bola rivojlvnish jarayonida odamlarning ilgari utgan avlodlari tomonidan yaratilgan predmet va xodisalar olami bilan aloxida maxsus munosabatga kirishadi.Bola insoniyat kulga kiritgan barcha yutuklarni faol ravishda uzlashtirib,egallab boradi.Bunda predmetlar olamini,xamda ular yordamida amalga oshiriladigan xatti – xarakatlarni, tilni , odamlar orasidagi munosabatlarni egallab olishi, faoliyat motivlarining rivojlanishi, kobiliyatlarning usib borishi, katta yoshli kishilarning bevosita yordamida amalga oshirilib borilmogi kerak Asosan mana shu davrdan boshlab bolaning mustakil faoliyati kuchaya boshlaydi. Bogcha yoshdagi bolalarga beriladigan tarbiya ularning murakkab xarakatlarini takomillashtirish, elementar gigiena, madaniy va mexnat malakalari xosil kilish, nutkini ustirish xamda ijtimoiy axolk va estetik didning dastlabgi kurtaklarini yuzaga keltirish davridir.
Mashxur rus pedagoglaridan biri Lesgaftning fikricha insonning bogcha yoshdagi davri shunday bir davrki, bu davrda bolada kelgusida kanday xarakter xislatlari paydo bulishi belgilanadi va axlokiy xarakterning asoslari yuzaga keladi.
Bogcha yoshdagi bolalarning kuzga tashlanib turuvchi xususiyatlaridan biri ularning serxarakatligi va taklidchanligidir.Bola tabiatnining asosiy konunini shunday ifodalash mumkin:bola uzluksiz faoliyat kursatishni talab kiladi,lekin u faoliyat natijasidan emas, balki faoliyatning bir xilligi va bir tomonlamaligidan charchab koladi.Mana shu suzlardan bogcha yoshidagi bola tabiatning asosiy konuni bulmish serxarakatligini ortik cheklab tashlamay,balki maksadga muvofik ravishda uyushtirish kerakligi yakkol kurinib turibdi.
Kattalar va tengdoshlari bilan bulgan munosabat orkali bola axlok normalari, kishilarni anglash, shuningdek, ijobiy va salbiy munosabatlar bilan tanisha boshlaydi. Bogcha yoshidagi bola endi uz gavdasini juda yaxshi boshkara boshlaydi. Uning xarakati muvofiklashtirilgan xolda buladi. Bu davrda bolaning nutki jadal rvojlana boshlaydi. U yangiliklarni egallashga nisbatan uzi bilganlarini mustaxkamlashga extiyoj sezadi. Uzi bilgan ertagini kayta-kayta eshitish va bundan zerikmaslik shu davrdagi bolalarga xos xususiyatdir
* Bogcha yoshdagi bolalar extiyoji va kizikishlari jadal ravishda ortib boradi. Bu avvalo keng doiraga chikish extiyoji, munosobatda bulish, uynash extiyojlarinig mavjudligidir. Bogcha yoshidagi bolalar nutkni bir muncha tula uzlashtirganlari va xaddan tashkari xarakatchanliklari tufayli ularda uzlariga yakin bulgan katta odamlar va tengdoshlari bilan munosobatda bulish extiyoji tugiladi. Ular tor doiradan kengrok doiradagi munosobatlarga intila boshladilar. Ular endi kuni-kushnilarning bolalari bilan xam jamoa bulib uynaydilar.
Xamma narsani bilib olishga bulgan extiyoj kuchayadi. Bogcha yoshidagi bola tabiatiga xos bulgan kuchli extiyojlardan yana bir uning xar narsani yangilik sifatida kurib bola uni xar tomonlama bilib olishga intilishidir.
Bogcha yoshdagi bolalar xayotida va ularning psixik jixatidan usishida kizikishning roli xam kattadir.Kizikish xuddi extiyoj kabi bolaning biror faoliyatga undovchi omillardan biridir. Shuning uchun xam kizikishni bilish jarayoni bilan boglik bulgan murakkab psixik xodisa desa buladi.
Bolaning kamol topishida kizikishning axamiyati shundaki, bola kizikkan narsasini mumkin kadar chukurrok bilishiga intiladi va binobarin uzok vakt davomida kizikkan narsasi bilan shugullanishdan zerikmaydi. Bu esa uz navbatida bolaning dikkati xamda irodasi kabi muxim xislatlarni ustirishga va mustaxkamlashishga yordam beradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning yetakchi faoliyati bu uyindir. Bogcha yoshidagi bolalarning uyin faoliyatlari masalasi asrlar davomida juda kup olimlarning dikkatini uziga jalb kilib kelmokda.
Bogcha yoshidagi bolalar uzlarining uyin faoliyatlarida ildam kadamlar bilan bilan olga karab borayotgan sermazmun xayotimizning xamma tomonlarini aks ettirishga intiladilar.
Shuni xam aytib utish kerakki, fan-texnika mislsiz rivojlangan bizning xozirgi zamonamizdagi yaratilanayotgan, xayratda koldiradigan narsalar bolalarga guyo bir muojizadek kurinadi. Natijada ular xam uzlarining turli uyinlari jarayonida uxshatma kilib (yaxni analogik tarzda) xar xil xayoliy narsalarni uylab chikaradilar(uchar ot, mashina odam, gapiradigan daraxt kabi). Bundan tashkari, bolarning turli xayoliy narsalarni uylab chikarishlari yana shuni bildiradiki, ular uzlarining xar turli uyin faoliyatlarida fakat atroflaridagi bor narsalarni emas, balki ayni chogda extiyojlari talab kilayotgan narsalarni xam aks ettiradilar.
Bolalarning uyin faoliyatlarida xar xil xayoliy va afsonaviy obrazlarni yaratishlaridan shunday xulosa chikarish mumkin: odamning (shu jumladan bolalarning xam) tashki muxitdagi narsa va xodisalarni aks ettirish jarayonlari passiv jarayon emas, balki faol xamda ijodiy yaratuvchan, uzgartiruvchan jarayondir.
Bolalar uyin faoliyatlarining yana bir ajoyib xususiyati shundan iboratki, uyin jarayonida bolaning kiladigan xatti-xarakatlari va bajaradigan rollari kupincha umumiylik xarakteriga ega buladi. Buni shunday tushunish kerakki, bola uzining turli-tuman uyinlarida fakat uziga tanish bulgan yolgiz bir shofyorning, vrachning, militsionerning, tarbiyachining, uchuvchining xatti-xarakatlarigina emas, balki umuman shofyorlarning, vrachlarning, tarbiyachilarning xamda uchuvchilarning xatti-xarakatlarini aks ettiradi. Albatta , turmush tajribalari va faoliyatlari doirasi juda cheklangan kichik yoshdagi bolalar(baxzan kichik gruppa bolalari xam) uzlarining uyinlarida konkret odamlarni va ularning xarakatlarini aks ettiradilar. (Masalan, oyisini, adasini,akasini, tarbiyachisini va shu kabi). Urta, katta bogcha yoshidagi bolalarning uyinlarida esa bunday obrazlar umumiylik xarakteriga ega bula boshlaydi.
Bogcha yoshidagi bolalarning uyinlari atrofdagi narsa va xodisalarni bilish kuroli bulish bilan birga yuksak ijtimoiy axamiyatga xam ega. Boshkacharok kilib aytganda, uyin kudratli tarbiya kurolidir. Bolalarning uyinlari orkali ularda ijtimoiy foydali, yaxni yuksak insoniy xislatlarni tarbiyalash mumkin. Bundan tashkari, agarda biz bolalarning uyini faoliyatlarini tashkaridan kuzatsak, uyin jarayonida ularning barcha shaxsiy xislatlari(kimning nimaga kuprok kizikishi, kobiliyati, irodasi temperamenti) yakkol namoyon bulishini kuramiz. Shuning uchun bolalarning uyin faoliyatlari ularni individual ravishda urganish uchun juda kulay vositadir.Kichik maktabgacha yoshdagi bolalar odatda uzlari yolgiz uynaydilar.Predmetli va konstruktorli uyinlar orkali bu yoshdagi bolalr uzlarining idrok,xotira , tassavur ,tafakkur xamda xarakat layokatlarini rivojlantiradilar.Syujetli rolli uyinlarda bolalar asosan uzlari xar kuni kurayotgan va kuzatayotgan kattalarning xatti –xarakatlarini aks ettiradilar.4-5 yoshli bolalrning uyini asta – sekinlik bilan kollektiv xarakterni ola boshlaydi.
Bolalarning individual xususiyatlarini xususan ularning kollektiv uyinlari orkali kuzatish kulaydir. Bu uyinlarda bolalar kattalarning fakat predmetlarga munosabatini emas, balki kuprok uzaro munosabatlarini aks ettiradilar. Shuningdek, kollektiv uyinda bolalar bir gruppa odamlarning murakkab xayotiy faoliyatlarini aks ettiradilar. Masalan, «poezd» uyini olaylik. Bunda mashinist, parovozga kumir yokuvchi, provodniklar, kontrollyor, kassir, stansiya xodimlari va yulovchilar buladi. Bolalarning mana shu kabi kollektiv uyinlari artistlarning faoliyatiga uxshaydi. Chunki kollektiv uyindagi xar bir bola uz rolini yaxshi ado etishga intilish bilan birga uyinning umumiy mazmunidan xam chetga chikib ketmaslikka tirishadi. Bu esa , xar bir boladan uzining butun kobiliyatini ishga solishni talab etadi. Maolum rollarga bulingan kollektiv uyin bolalardan katxiy koidalarga buysunishi va ayrim vazifalarni uxshatib bajarishni talab etadi. Shuning uchun bolalarning bunday kollektiv uyinlari psixologik jixatdan katta axamiyatga ega. Chunki bunday uyinlar bolalarda irodaviylik, muammolilik uyin koidalariga, tartib- intizomga buysunish va shu kabi ijobiy xislatlarni tarbiyalaydi va rivojlantiradi
Katta bogcha yoshida syujetli-rolli uyinlar rivojlanadi,lekin enda bu uyinlar uz mazusining boyligi va xilma-xilligi bilan farklanadi.Bu uyinlar jarayonida bolalrda liderlik yuzaga kela boshlaydi,shuningdek tashkilotchilik kunikma va malakalari rivojlana boshlaydi.
Bu maktabgacha yoshdagi bolalar shugullanadigan ijodiy faoliyatlar orasida tasviriy sanxatning xam axamiyati juda katta. Bolaning tasavvur etish xarakteriga kura uning atrof xayotni kanday idrok etishi, xotira, tasavvur va tafakkur xususiyatlariga baxo berish mumkin. Katta bogcha yoshidagi bolalar chizgan rasmlar ularning ichki kechinmalari ruxiy xolatlari, orzu, umid va extiyojlarini xam aks ettiradi.
yoshdagi bolalar rasm chizishga xam nixoyatda kizikadilar Rasm chizish bolalar uchun uyin faoliyatining uziga xos bir shakli bulib xisoblanadi. Bola avvalo kurayotgan narsalarini, keyinchalik esa uzi biladigan,xotirasidagi va uzi uylab topgan narsalarni chizadi.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalar uchun musobaka juda katta axamiyatga ega bulib,aynan shunday uyinlarda muvafakkiyatga erishish shakllanadi va mustaxkamlanadi.Bu yoshdagi bolalar uchun eng yokimlm vakt- yutish va muvaffakiyat bulgan musobaka uyinlarining xam axamiyati juda katta.
Katta maktabgacha yeshdagi bolalar uchun musobakalar juda katta axamiyatga ega bulib, aynan shunday uyinlarda muvaffakiyatga erishish motivlari shakllanadi va mustaxkamlanadi. Bu yoshdagi bolalar uchun eng yokimli vakt-yutish va muvaffakiyat bulgan musobaka uyinlarining xam axamiyati juda katta.
Katta bogcha yoshida konstruktorlik uyinlari asta-sekinlik bilan mexnat faoliyatiga aylanib boradi. Uyinda bola elementar mexnat kunikma va malakalarini egallay boshlaydi, predmetlarning xossalarini anglay boshlaydi, amaliy tafakkur rivojlana boradi.
3-7yoshli bolalar psixik rivojida badiiy-ijodiy faoliyat bulgan musikaning xam axamiyati xam juda katta. Musika orkali bolalar ashula aytishga, musika oxangiga mos ritmik xarakatlar kilishga urganadilar. 3-7 yosh davrida bolalar asosiy faoliyati kuyidagi ketma-ketlikda keladi:
- predmetlarni urganish,
- individual predmetli uyinlar, kollektiv syujetli-rolli uyinlar,
- individual va guruxiy ijod,
- musobaka uyinlar,
- mulokot uyinlar,
- uy mexnati.
Bogcha yoshidagi bolalarning uyin faoliyatlari xakida gapirar ekanmiz, albatta ularning uyinchogi masalasiga xam tuxtab utish kerak.
Bolalarga uyinchoklarni berishda ularning yosh xususiyatlarini, tarkkiyot darajalarini va ayni paytda ularni kuprok nimalar kiziktirishini xisobga olish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |