14-LABORATORIYA ISHI
Mavzu: Model sistemalarning potensiallar farqi. Diffuzion potensiallar farqi. Xlorid
kislota eritmalariaro yuzaga keladigan potensiallar farqini o’lchash va hisoblash
Model sistemalarning potensiallar farqi. Diffuzion potensiallar farqi.
Xlorid kislota
eritmalariaro yuzaga keladigan potensiallar farqini o’lchash va hisoblashga bag’ishlangan
laboratoriya ishining nazariy qismi “Biofizikadan amaliy mashg’ulotlar” o’quv qo’llanmasining
38-betida ifodalangan.
1-mashg’ulot
.
Xlorid kislota eritmalariaro kelib chiqadigan diffuzion potensiallar
farqini o’lchash
Ish uchun zarur vositalar:
tarozi, millivoltmetr (pH-metr), qutblanmaydigan elektrodlar (2
dona) va ular uchun mo’ljallangan shtativ, agarli (3 dona) va bo’sh (1dona) sifonlar,
xlorid
kislotaning asosiy-0,1 n eritmasi, 50 ml hajmga mo’ljallangan o’lchov silindri va stakanchalar (5
dona), filtr qog’oz.
Maxsus ko’rsatma yordamida millivoltmetr bilan tanishib chiqilgach,
asbob elektr
tarmog’iga ulanadi va u qizib, o’z
rejimiga tushib olguncha, (15 minut davomida) xlorid
kislotaning asosiy eritmasidan uning quyidagi suyultirilgan eritmalari-0,01, 0,001 va 0,0001 ni
tayyorlab olinadi. O’lchash moslamasi 7-rasmda ko’rsatilgandek qilib yig’iladi, ya'ni xlorid
kislotaning 0,1 n eritmasi qo’yilgan stakancha "a" holatda, 0,01 n eritma quyilgan stakancha esa
"u" holatga joylashtiriladi. Stakanchalardagi eritmalar dastlab
sifonchalar vositasida
elektrodlarning kontakt erimalari bilan ulanadi. So’ngra stakanchalardagi xlorid kislota eritmalari
boshqa bir agarli sifon (3) vositasida o’zaro ulanadi. Eritmalarning
qutblik holatlariga mos
ravishda ularga aloqador elektrodlar millivoltmetrning klemmalariga ulanib,
eritmalararo kelib
chiqqan potensiallar farqi o’lchanadi va yozib olinadi. O’lchash bajarilgach, stakanchalararo
joylashtirilgan agarli sifon ishlatilayotgan eritmalarning biri bilan to’ldirilgan sifon (3) ga
almashtiriladi-da sistemadagi potensiallar farqi yana o’lchanadi.
Xlorid
kislotasining ikki xil eritmalariaro kelib chiqadigan diffuzion potensiyallar farqini o’lchashga
mo’ljallangan qurilmaning chizmasi: 1-kontakt eritmalar (kaliy xloridning to’yingan eritmalari)
ga tushirilgan qutblanmaydigan elektrodlar, 2-kontakt hosil qiluvchi sifonlar, 3-eritmalarni o’zaro
ulovchi oraliq sifon, 4-ishlatilayotgan eritmalarning biri bilan to’ldiriladigan bo’sh sifon, "a" va
"u" - xlorid kislota eritmalarining potensial o’lchash paytidagi joylanish holatlari.
"u" holatdagi 0,01 l eritma 0,001 n eritma bilan almashtiriladi. Bunda "a" holatdagi 0,1 n
eritma o’z joyida qoldiriladi. Eritmalarning yangi
juftlari dastlab agarli sifon, so’ngra, o’sha
eritmalarning biri bilan to’ldirilgan sifon vositasida ulanib, har, ikki holatda, ular aro kelib chiqqan
diffuzion potensiallar farqlari o’lchanib yozib olinadi. Ish davomida eritmalarning quyidagi ular
aro yuzaga chiqadigan potensiallar farqlari o’lchanadi: