Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakat



Download 17 Kb.
Sana08.08.2021
Hajmi17 Kb.
#141502
Bog'liq
Turkistonda


Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakat — Oʻrta Osiyo xalqlarining bolsheviklar hukmronligi va bosqinchi qizil armiyaga qarshi olib borgan kurashi (1918—1935). Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakatr.q.q.h. — Oʻrta Osiyodagi milliy ozodlik harakati tarixida alohida bosqich boʻlib, kurash koʻlami va shiddati uning murakkab va ziddiyatli ekanligi bilan ajralib turadi.

Bu harakat oʻz jugʻrofiy doirasiga koʻra, 3 hududga boʻlinadi: Turkiston ASSR, Buxoro Respublikasi va Xorazm Respublikasi qududlari. U keyinchalik Oʻzbekiston, Turkmaniston, Tojikiston SSRda ham davom etdi. Qurolli kurash oʻz rivojlanish jarayoniga koʻra, 2 davrni bosib oʻtdi: 1918—24 va 1925—35 yillar.

Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakatr.q.q.h.ning 1davri, dastlabki qurolli guruxdarning tashkil topishi Kichik Ergash va Katta Zrgashning nomlari bilan uzviy bogʻliqdir. Turkiston muxtoriyati xukumati qoʻshiniga boshchilik qilgan Kichik Ergash.1918 y. 19— 21 fevralda Qoʻqon shahrida boʻlgan urush natijasida magʻlubiyatga uchrab, Qoʻqon uyezdidagi Bachqir qishlogʻiga chekindi.

26 fevralda Bachqirga qizil gvardiyachilar va arman dashnokdari (qarang "Dashnakiutyun")gʻtng 5 ta otryadi hujum qildi.

27 fevralda boʻlgan janglarning birida Kichik Ergash halok boʻlgach, Katta Ergash Fargʻona vodiysida bolsheviklarning mustamlakachilik tartibiga qarshi kurash boshladi. Tez orada harakat butun Fargʻona vodiysi va Samarqand viloyati hududlariga tarqaldi.

Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakatr.q.q.h.niig bosh sababi bolsheviklarning oʻlkada yuritgan mustamlakachilik va shovinistik siyosati boʻldi. Bolsheviklar tomonidan amalga oshirilgan dastlabki sotsialistik tadbirlar (korxonalarning davlat ixtiyoriga oʻtkazilishi, xususiy mulkning tugatilishi, oziq-ovqat taqsimoti va gʻalla monopoliyasi, islom dinining cheklanishi va ateizm targʻiboti, masjid, Madrasa, xususiy maktab va qozixonalarning bekitilishi, vaqf yerlarning tortib olinishi, majburiy mehnatning joriy qilinishi, bozorlarning yopilishi va boshqalar) xamda qizil armiya jangchilarining talonchilik va bosqinchilik siyosati harakatga alohida keskinlik va koʻlam bagʻishladi. Bu hodisalar kurashning tobora kengayishi va rivojlanishiga olib keldi.

Qurolli kurash oʻzining harakatlantiruvchi kuchlari (dehqonlar, chorakorlar, hunarmandlar, kosiblar va mardikorlar, toʻq badavlat oilalarning vakillari — savdogarlar, boylar qamda ulamolar) va tashkiliy tuzilishi jihatidan ham aholining barcha gurux^ari va ijtimoiy qatlamlarini oʻziga qamrab olgan harakat xisoblanadi.

Kurashchilarning milliy tarkibi, asosan, tub joy aholi — oʻzbeklar, tojiklar, turkmanlar, qirgʻizlar, qozoqlar, qoraqalpoklar, qisman uygʻurlardan iborat boʻlgan. Shuningdek, ruslar va Validiy tomonidan yuborilgan ayrim boshqird va tatar harbiylari, Turkiya va Afgʻonistondan kelgan oz miqdordagi zobitlar xam bor edi. Madaminbek qoʻshinlari bilan Jalolobodda turgan K. Monstrovning krestʼyanlar armiyasi oʻrtasida sovet rejimi va qizil armiyaga qarshi birgalikda kurashish uchun oʻzaro bitim tuzilgan (1919.02.09.).

Qizil askarlar tomonidan bosqinchilik va talonchiliklarning kuchayishi ularga qarshi xdrakatni yanada kuchaytirdi va kurashchilar safiga muntazam ravishda askarlar (yigitlar) qoʻshilib turdi va yangidanyangi guruh,lar tashkil topdi.

Validiyning Turkistonga kelishi va kurash maydoniga chiqishi, "Turkiston milliy birligi" tashkilotining qaror topishi (1921.2.8) bilan janglar butun mintaqada avj olib ketdi. Boshqa yashirin milliy tashkilotlar ("Milliy ittihod", "Milliy istiqlol") qam tuzilib, ular harakatni faol qoʻllabquvvatlashdi.

Turkiston jamiyatida oʻsha paytda yetakchi mavqega ega boʻlgan ulamolar ham harakat mafkurasini tayyorlashda muayyan darajada xizmat qildilar. Ammo harakat ayrim mutaassib ruhoniylarning amallari oqibatida koʻpgina hollarda faqat islom gʻoyalariga singib ketdi va shu bilan cheklanib qoldi.

Kurashchilar faqat jang harakatlari olib borish bilan cheklanmasdan Madaminbek boshchiligida Muvaqqat Fargʻona hukumati (1919.22.10) nomli hukumatni ham tuzdilar.

1920—24 yillarda Buxoro va Xorazm respublikalarida milliy muxolifat olib borgan ozodlik kurashi oʻziga xos alohida yoʻnalish va xususiyatga ega boʻlib, oʻta murakkab va ziddiyatli ekanligi bilan Turkiston Respublikasidagi bu harakatdan ajralib turadi. Bolsheviklar kizil askarlarga tayangan holda 1920 y. 1 fevralda Xiva xonligi va 1920 y. 2 sent.da Buxoro amirliginn qurolli kuch bilan agʻdarib, hokimiyatni Buxoroda, asosan, Yosh buxoroliklar, Xorazmda esa Yosh xivaliklar firqalarining aʼzolaridan iborat demokratik kuchlar qoʻliga berishdi. Lekin, bu joylarda hokimiyat uchun kurashayotgan boshqa kuchlar ham mavjud boʻlib, natijada milliy kuchlar oʻrtasida hokimiyat masalasida oʻzaro ixtilof vujudga keldi.

Buxoro Xalq Sovet Respublikasi va Xorazm Xalk, Sovet Respublikasiaz. 1920 yilda yuzaga kelgan qurolli muxolifat shu sababli bir yoʻla 2 kuchga karshi: birinchidan, bu davlatlar hududida joylashgan bosqinchi qizil armiya qismlariga qarshi mustaqillik kurashini; ikkinchidan, bolsheviklar yordamida hokimiyatni egallab olgan kuchlarga, yaʼni Yosh xivaliklar, Yosh buxoroliklarga qarshi muxoliflik urushini olib bordilar. Bu harakatning Turkiston Respublikasi, xususan, Fargʻona vodiysidagi qurolli kurashdan farkli jihati ham ana shunda.



1924 y. oxirida Turkiston mintaqasida milliyhududiy chegaralanish oʻtkazilishi natijasida qurolli kurashning 1davri yakunlandi. Uning 2davri esa yana 10 y. davom etib, oʻzining xarakteri va kuchlar nisbati jihatidan avvalgi davrga nisbatan ancha farq qiladi. Bu davrda, asosan, Fargʻona vodiysi, Sharqiy Buxoro va Xorazm voqasida janglar davom etdi. 30-yillarning oʻrtalariga kelib qurolli harakat magʻlubiyatga uchradi. Tirik qolgan kurashchilarning aksariyati xorijiy davlatlarga muhojir boʻlib joʻnab ketishga majbur boʻldi.

Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakatr.q.q.h.ning eng zaif tomoni uning Oʻrta Osiyo mintaqasida yagona markaz ostida toʻliq birlasha olmasligi, harakatning boshidan to oxirigacha mafkuraviy asos boʻlib xizmat qiluvchi yagona milliy dasturning yaratilmaganligi hamda baʼzi yetakchishaxslar orasidagi kelishmovchilik va nizolar, ayrimlarining tor dunyoqarashi va boshqa boʻldi. Ayrim shaxslar (Xolxoʻja Eshon, Gʻulomalixon Bahodir va boshqalar) harakatga faqat oʻzlari rahbarlik qilishni oʻylab, yagona qoʻmondonlikka boʻysunmadi. Shuningdek, qurolli kurashga aloqador boʻlmagan baʼzi rypyviap talonchilik va bosqinchilik bilan shugʻullanib, koʻplab begunoh kishilarni oʻldirishdi. Bundan qizil armiya qoʻmondonligi va bolsheviklar ustomonlik bilan foydalanishdi. Ular maxsus xufiyalar va josuslar, turli aygʻoqchilar yordamida harakat ichidagi birlikni parchalash, baʼzi guruh rahbarlari oʻrtasidagi tarqoqlik va oʻzaro ixtiloflarni yanada avj oldirishga urindilar. Nihoyat, Sovet hukumati bir necha islohotlar oʻtkazish (xususan, xalq taʼlimi sohasida va yangi iqtisodiy siyosatni tadbiq etib, xalq uchun biroz yengillik tugʻdirgandan soʻng) va turlituman targʻibotlar natijasida harakat qatnashchilarini mehnatkashlar qoʻllabquvvatlashdan qaytara oldi.
Download 17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish