Xlorid kislota ishlab chiqarish.
Xlorid kislota, NS1 - bir asos li kuchli kislota; vodorod xloridning suvdagi eritmasi. Rangsiz tiniq suyuklik, vodorod xlorid hidi keladi; Xlorid kislotaning maksimal konsentratsiyasi 36% dan oshmaydi; bunday konsentratsiyadagi eritmaning zichligi 1180 kg/m3, u havoda tutaydi.
16-a.ning oxirida Xlorid kislota osh tuzini temir kuporosi bilan qizdirib olingan. 17-a. oʻrtalarida nemis kimyogari I. Glauber NaCl ga H2SO4 taʼsir ettirib Xlorid kislota olgan.
Sanoatda Xlorid kislota S12 va N2 ni biriktirish yoʻli bilan olinadi. Organik birikmalarni xlorlashda yonaki mahsulot sifatida koʻp miqdorda NS1 hosil boʻladi. 24% va undan ortiq NS1 boʻlsa, "konsentrlangan" kislota deyiladi.
Xlorid kislota kuchli kislota; u suvdagi eritmasida N+ va S1~ ionlarga toʻla dissotsilanadi. Xlorid kislota turli metall xloridlari va xlorli organik mahsulotlar olishda, metallar sirtiga ishlov berishda, turli xil idishlarni, burgʻilash trubalarini karbonatlar, oksidlar va boshqalardan tozalashda, metallurgiyada" rudalarga ishlov berishda, koʻnchilik sanoatida terini oshlashda, lab.da ishlatiladi. Xlorid kislota shisha ballonlarda yoki ichiga rezina qoplangan metall idishlarda saklanadi va tashiladi.
Gazsimon NS1 — zaharli, oʻtkir xidli rangsiz gaz; havoda tutaydi. Kaynash trasi — 84,8°, zichligi 1640 kg/m3. Suvda juda yaxshi eriydi. Xlorid kislota va organik birikmalarning xlorli hosilalarini i.ch.da qoʻllanadi. U kishiga uzok, vaqt taʼsir etganda nafas yoʻllarining yalligʻlanishiga, tishning va meʼdaichak faoliyatining buzilishiga sabab boʻladi. Konsentrlangan NS1 bilan ishlaganda protivogaz, rezina qoʻlqop, poyabzal va fartuk kiyish, koʻzoynak taqish kerak. Meʼda shirasida 0,3% gacha Xlorid kislota boʻladi, u ovqat hazm boʻlishiga va kasal qoʻzgʻatuvchi bakteriyalarni oʻldirishga yordam beradi. Tibbiyotda meʼda shirasida kislota yetishmaganda buyuriladi.
Xlorid kislota-HCl bu kislota rangsiz, o’tkir hidli bu kislotadan doimo vodorod xlorid molekulalari uchib chiqib turgani sababli “tutovchi” kislota ham deyiladi. Xlorid kislota oshqozon shirasining tarkibiy qismlaridan bo’lib, ovqat hazm qilish jarayonida muhim ahamiyatga ega. Agar oshqozonda ko’paysa j’ig’ildon qaynashi sodir bo’ladi. Xlorid kislota xalq xojaligida juda ko’p sohalarda ishlatiladi.
-
Metallarni xurishlash
-
Xloridlar olish
-
Tibiyotda dori darmonlar ishlab chiqarish
-
Bo’yoq ishlab chiqarish
-
Plastmasalar ishlab chiqarish
Nitrat kislota-HNO3 bu kislota suvdan 1,5 barobar og’ir, rangsiz suyuqlik bo’lib, xlorid kislotaga o’xshab havoda tutaydi.Konsentratsiyasi yuqori bo’lgan kislota eritmasi odiy yorug’lik ta’sirida nitrat kislotaning parchalanishidan hosil bo’lgan NO2 ning kislota eritmasida erib, uni qo’g’ir rangga bo’yashi sababli ko’pincha bu kislota rangli degan xato xulosaga olib keladi. Bu noto’g’ri. Konsentrlangan sovuq nitrat kislota Fe, Cr va Al yuzasini passivlashtirib qo’yganligi sababli bu metallardan tayorlangan idishlarda saqlanishi mumkin. Nitrat kislota xalq xo’jaligida juda ko’p sohalarda ishlatiladi:
-
Azotli o’g’itlar ishlab chiqarishda
-
Organik azotli birikmalar ishlab chiqarishda
-
Tibbiyotda dori –darmonlar ishlab chiqarishda
-
Bo’yoq, portlovchi modular ishlab chiqarishda
-
Nitroza usulida sulfat kislota ishlab chiqarishda
-
Xlorid kislota — HCl.
Vodorod xloridni suvda eritish natijasida olinadigan bu rangsiz suyuqlik suvdan biroz ogвЂir boвЂlib, oвЂtkir hidga egadir (48-rasm). Bu kislota eritmasidan doimo vodorod xlorid molekulalari uchib chiqib turishi sababli shu oвЂtkir hidga ega boвЂladi. Konsentrlangan xlorid kislota eritmasi В«tutovchiВ» kislota ham deyiladi. Buning sababi ham uchib chiqayotgan vodorod xlorid molekulalari, ular havodagi suv bugвЂlarida erib tuman hosil qiladi.
Xlorid kislota oshqozon shirasining tarkibiy qismlaridan boвЂlib, ovqat hazm qilish jarayonida muhim ahamiyatga ega.
Xlorid kislota xalq xoвЂjaligida juda koвЂp sohalarda, xususan, quyidagi:
metallarni xurushlash;
xloridlar ishlab chiqarish;
tibbiyotda dori-darmonlar ishlab chiqarish;
boвЂyoqlar ishlab chiqarish;
plastmassalar ishlab chiqarish kabi sohalarda keng qoвЂllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |