EKVIVALENT GENERATOR USULI
Reja:
1.Kirish
2. Aktiv ikki qutblik haqida teorema va uni murakkab
elektr zanjirlarni hisoblashda qo'llash.
3. Ekvivalent generator usuli
4.Xulosa
5.Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Elektr zanjirlar nazariyasida ikki qutblik tushunchasi keng
qo'llaniladi. Har qanday elektr sxemada fikran biror shoxobchani
ajratib olib sxemaning qolgan elementlarini tartibli ravishda
to'rtburchak ichiga joylashtirish mumkin. To'rtburchak ichiga olingan
sxema ajratilgan shoxobchaga nisbatan ekvivalent ikki qutblik deb
ataladi. Demak, ikki qutblik-bu elektr zanjir sxemasining umumiy
nomi bo'lib, u o'zining ikki qismalari (qutblari) bilan ajratilgan
shaxobchaga ulanadi.
Agar ikki qutblikda EYuK yoki tok manbai bo'lsa, u holda
bunday ikki qutblik aktiv ikki qutblik deb ataladi va to'rtburchak
ichiga A harfi yoziladi .
ELEKTROTEXNIKANING NAZARIY ASOSLARI
Agar ikki qutblikda EYuK yoki tok manbalari bo'lmasa yoki ular
o'zaro kompensatsiyalangan bo'lsa, u holda bunday ikki qutblik
passiv ikki qutblik deb ataladi va to'rtburchak ichiga P harfi yoziladi.
Ajratilgan shoxobchaga nisbatan ikki qutblikli elektr zanjirni
hisoblashda ikki qutblikni ekvivalent generator bilan almashtirib,
uning EYuKi ajratilgan shoxobchaning qismalaridagi salt rejimdagi
kuchlanishga, ichki qarshiligi esa ikki qutblikning kirish qarshiligiga
teng qilib olinadi. Masalan, berilgan zanjirning ab shoxobchasidagi
tok aniqlanishi kerak bo'lsin (1.42-rasm, a). Buning uchun
zanjirning qolgan qismini fikran to'rtburchak ichiga olib hamda
sxemadagi EYuK va qarshiliklarni ekvivalent parametrlar bilan
almashtiramiz. Agar ab shoxobchaga ikkita qiymati bir xil va o'zaro
teskari yo'nalgan Е1 va Е2 EYuK manbalarini ulasak, u holda shu
shoxobchadan o'tayotgan tok qiymati o'zgarmaydi (1.42-rasm, b).
Superpozitsiya prinsipiga asosan shaxobcha tokini ikkita I ' va
I " toklar yig'indisidan iborat deb qaraymiz. Tok I ' EYuK Е1 manbai
orqali o'tadi. Shu sababdan I ' va I " toklarni aniqlashda 1.42 – v va
1.43 – a rasmlardan foydalanamiz.
Passiv ikki qutblik sxemasida barcha EYuK manbalari olib
tashlanadi, ammo bu manbalar ichki qarshiliklari sxemada qoldiriladi.
EYuK Е1 kuchlanish Uab ga teskari yo'nalgan. Zanjirning EYuK
manbai bo'lgan shoxobchasi uchun Om qonuniga asosan:
Endi Е1 EYuK qiymatini o'zgartirib tok I ' ifodasini nolga
tenglab olamiz. Zanjir ab shoxobchasida tokni nolga tenglash, shu
shoxobchani uzish bilan ekvivalent. Passiv ikki qutblikning bunday
rejimi salt ish rejimi deyiladi. Salt ish rejimida ab qismalardagi
kuchlanishni Uаb.s.ish deb belgilaymiz. Agar Е1 EYuKni Uаb.s.ish ga teng
qilib olsak, unda 0 I ' bo'ladi. Umumiy tok I I ' I " , bizda esa
ELEKTROTEXNIKANING NAZARIY ASOSLARI
Bu ifodada Rkir ikki qutblikning ab qismalariga nisbatan kirish
qarshiligidir.
(1.20) tenglamaga 1.43-rasm, v dagi ekvivalent sxema mos
keladi. Bunday EYuK li ikki qutblikni Е = Uab.s.ish. va qarshiligi Rkir
ga teng bo'lgan ekvivalent generator bilan almashtirish mumkin.
Shuning uchun bu usul ekvivalent generator usuli deb ataladi. Ba'zi
adabiyotlarda bu usul aktiv ikki qutblik yoki salt ish va qisqa
tutashish usuli deb ham nomlangan.
Bu usulda tokni aniqlash quyidagi ketma-ketlikda bajariladi:
a) elektr zanjir sxemasidan ab shoxobchasini fikran uzib uning
ab qismalaridagi kuchlanish aniqlanadi;
b) ab qismalariga nisbatan ichki EYuK manbalari qisqa
tutashtirilgan holda kirish qarshiligi Rkir hisoblanadi;
v) shoxobchadan o'tayotgan tok quyidagi formula yordamida
topiladi:
/( ) ab.s.ish. kir Ι U R R . (1.21)
Agar ab shoxobchadagi qarshilikni nolga tenglasak (Rab = 0), u
holda sxemada qisqa tutashish rejimi bo'ladi va shoxobchadan
o'tuvchi tok qisqa tutashish toki bo'ladi (Iq.t). (1.21) formulada R=0
bo'lganida
q.t ab.s ish kir Ι U / R . yoki kir ab.s ish q.t R U / Ι . . (1.22)
topiladi.
(1.22) formuladan ko'rinib turibdiki, Uab.s.ish va Rkir larni aniqlash
uchun oddiy tajriba usulidan foydalanish mumkin.
Buning uchun ab qismalaridagi salt ish rejimidagi kuchlanish
Uab.s.ish o'lchanadi va zanjir qisqa tutashish rejimiga o'tkazilib,
shoxobchadagi qisqa tutashish toki Iq.t aniqlanadi, keyin Rkir
hisoblanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |