9-Mavzu:
Aktiv ikki qutblik haqida teorema va uni murakkab
elektr zanjirlarni hisoblashda qo‘llash.
Ekvivalent generator usuli
Reja
1.
Ekvivalent generator usuli
2.
Asosiy topologik tushunchalar va ularni elektr zanjirlarnihisoblashda qo‘llash
Elektr zanjirlar nazariyasida ikki qutblik tushunchasi keng qo‘llaniladi. Har
qanday elektr sxemada fikran biror shoxobchani ajratib olib sxemaning qolgan
elementlarini tartibli ravishda to‘rtburchak ichiga joylashtirish mumkin.
To‘rtburchak ichiga olingan sxema ajratilgan shoxobchaga nisbatan ekvivalent ikki
qutblik deb ataladi. Demak, ikki qutblik — bu elektr zanjir sxemasining umumiy
nomi bo‘lib, u o‘zining ikki qismalari (qutblari) bilan ajratilgan shaxobchaga
ulanadi. Agar ikki qutblikda EYK yoki tok manbai bo‘lsa, u holda bunday ikki
qutblik aktiv ikki qutblik deb ataladi va to'rtburchak ichiga A harfi yoziladi (1.42-
rasm, a). Agar ikki qutblikda EYK yoki tok manbalari bo‘lmasa yoki ular o‘zaro
kompensatsiyalangan bo‘Isa, u holda bunday ikki qutblik passiv ikki qutblik deb
ataladi va to‘rtburchak ichiga P harfi yoziladi. Ajratilgan shoxobchaga nisbatan ikki
qutblikli elektr zanjimi hisob lashda ikki qutblikni ekvivalent generator bilan
almashtirib, uning EYKi ajratilgan shoxobchaning qismalaridagi salt rejimdagi
kuchlanishga, ichki qarshiligi esa ikki qutblikning kirish qarshiligiga teng qilib
olinadi. Masalan, berilgan zanjiming ab shoxobchasidagi tok aniqlanishi kerak
bo‘lsin (1.42-rasm, a). Buning uchun zanjiming qolgan qismini fikran to‘rtburchak
ichiga olib hamda sxemadagi EYK va qarshiliklarni
ekvivalent parametrlar bilan almashtiramiz. Agar ab shoxobchaga ikkita qiymati bir
xil va o‘zaro teskari yo‘nalgan £, va E2 EYK manbalarini ulasak, u holda shu
shoxobchadan o‘tayotgan tok qiymati o'zgarmaydi (1.42-rasm, b). Superpozitsiya
prinsipiga asosan shoxobcha tokini ikkita / ’ va I" toklar yig‘indisidan iborat deb
qaraymiz. Tok I' EYK Ex manbai orqali o‘tadi. Shu sababdan I' va / ” toklami
aniqlashda 1.42-rasm d va 1.43-rasm a dan foydalanamiz. Passiv ikki qutblik
sxemasida barcha EYK manbalari olib tashlanadi, ammo bu manbalar ichki
qarshiliklari sxemada qoldiriladi. EYK £, kuchlanish Uub ga teskari yo‘nalgan.
Zanjiming EYK manbai bo‘lgan shoxobchasi uchun Om qonuniga asosan:
Endi E{ EYK qiymatini o'zgartirib tok Г ifodasini nolga tenglab olamiz. Zanjir ab
shoxobchasida tokni nolga tenglash, shu shoxobchani uzish bilan ekvivalent. Passiv
ikki qutblikning bunday rejimi salt ish rejimi deyiladi. Salt ish rejimida ab
qismalardagi kuchlanishni Ughsld) deb belgilaymiz. Agar Ex EYKni Uabsish ga
teng qilib olsak, unda /' = 0 bo‘ladi. Umumiy tok 1=1+1", bizda esa/’=0 , shuning
uchun/= I". Tok /" sxemaga asosan (1.43-rasm, d) quyidagicha aniqlanadi:
Bu ifodada Rkjr ikki qutblikning ab qismalariga nisbatan kirish qarshiligidir. (1.20)
tenglamaga 1.43-rasm, v dagi ekvivalent sxema mos keladi. Bunday EYK li ikki
qutblikni E= Uabsbh va qarshiligi Rkjr ga teng bo‘lgan
ekvivalent generator bilan almashtirish mumkin. Shuning uchun bu usul ekvivalent
generator usuli deb ataladi. Ba’zi adabiyotlarda bu usul aktiv ikki qutblik yoki salt
ish va qisqa tutashish usuli deb ham nomlangan. Bu usulda tokni aniqlash quyidagi
ketma-ketlikda bajariladi: a) elektr zanjir sxemasidan ab shoxobchasini fikran uzib,
uning ab qismalaridagi kuchlanish aniqlanadi; b) ab qismalariga nisbatan ichki EYK
manbalari qisqa tutashtirilgan holda kirish qarshiligi Rtir hisoblanadi; d)
shoxobchadan o‘tayotgan tok quyidagi formula yordamida topiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |