8.3. Jahon iqtisodiyotida ekologik muammolar
Ekologik muammolar ko‘p asrlik tarixga ega, biroq, XX asrning
70—90-yillariga kelib, takror ishlab chiqarish va insonlarning xo‘-
jalik faoliyati orasidagi muvozanatning buzilishi oqibatida biosfera
holatida keskin yomonlashish holatlari kuzatila boshlandi. Jahon
iqtisodiyotida ko'plab keltirilgan faktik m a’lumotlardan va shu
ningdek, ekspertlar tom onidan keltirilgan statistik raqamlarda
atrof-m uhit degradatsiyasi ko'lamining
kattalashib borayotganiligi
qayd etiladi. Keyingi 100 yil ichida sayyoramizdagi o'rm onlam ing
uchdan ikki qismi yo'qolib ketdi, atmosferadagi karbonad angidrid
miqdori 13 % ga ko'paydi, o'nlab turdagi o'simlikva hayvonot dunyosi
butunlay qirilib ketdi, insonning genofondining o'zi
ham oldini
olib boimaydigan mutatsion o'zgarishlar xavfi ostiga tushib qoldi.
Bizning respublikamiz va shuningdek qo'shni davlatlar aholisi
ham Orol dengizi suvining kamayib ketishi bilan bog'liq bo'lgan
muammoni o 'z boshidan kechirmoqda. Orol dengizining qurib
qolishi faqat b izn in g O 'z b e k isto n n i m uam m osigina b o 'lib
qolmasdan, balki global m uammo ekanligini jahon hamjamiyati
ham bugungi kunda tan olmoqda. Bu m uammo o'z
vaqtida hal
etilmasa, insoniyat va shuningdek, butun kishilik jamiyati uchun
katta xavf tug'dirishi mumkin. Bu borada hozirgi paytda turli davlatlar
ahamiyatiga ega bo'lgan dasturlar ishlab chiqish va amalga oshirish
bo'yicha chora-tadbirlar ko'rilmoqda.
Ekologik xavf-xatarlarning kuchayishi jah o n iqtisodiyotida
ekologizatsiyalash
jarayonini rivojlantirishga asos bo'ladi, zero
tabiatni
himoyalash omillari savdo, investitsiyalar, ishchi kuchi
migratsiyasi kabilarga ta ’sir etadi. Mutaxassislaming qayd etishicha,
hozirgi kunda umumiy aylanmasi 150 mlrd doll.ga teng bo'lgan
tabiatni asrovchi tovarlar, xizmatlar va
texnologiyalarning maxsus
bozorlari vujudga kelmoqda.
A trof-m uhitni him oya etish tadbirlari eksport qilinadigan
mahsulotlaming raqobatbardoshligiga ham ta ’sir qiladi, zero iste’
molchilar ekologik toza va xavfsiz mahsulotlarni afzal hisoblashadi.
Ekologik muammolarning kuchayishi shunga olib kelmoqdaki, bu
m u am m o lar k o 'p lab m am lak atlar rivojlanishining strategik
dasturlarida markaziy o'rinlardan
birini egallab, ularni global va
hududiy xalqaro integratsion tashkilotlaming kun tartibiga olib
kirishdi. Albatta, bu borada xalqaro tashkilotlaming eng yirigi —
BMT ham chetda qolgani yo'q. BMT 1972-yildan buyon maxsus
55
atrof-muhit bo'yicha dastur (YuNEP)ni amalga oshirib kelmoqda.
1992-yilda o'tkazilgan atrof-muhit bo'yicha
BMT anjumanining
(R io-de-Janeyro) o'tkazilishi katta ahamiyat kasb etdi. Ushbu
A njum an qatnashchilari barqaror rivojlanish tam oyilini qabul
qilishdi. Bu tamoyil o'z ichiga 27 ta tavsiyaviy xarakterdagi tamo-
yillami olib, ularning mohiyati ekologik
xavfsizlikning universal
mezonlarini qabul qilish, chiqindisiz texnologiyalarni joriy etish,
sanoat va harbiy sohadagi chiqindilardan rejali ravishda foydalanish,
yangi avlodni atrof-muhitni asrab-avaylashga qarata tarbiyalashdan
iboratdir. Rio-de-Janeyrodagi anjuman «Yer xartiyasi»ni tayyor
lashni belgilab oldi. Bu xartiya XXI
asrning ekologik muammosini
hal etishning strategik dasturi bo'lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: