Cho‘l-yaylov mintaqasidagi ekologik monitoring



Download 18,99 Kb.
Sana30.06.2022
Hajmi18,99 Kb.
#721280
Bog'liq
11-amaliy mashg‘ulot.Cho‘l-yaylov mintaqasida ekologik monitoring


CHO‘L-YAYLOV MINTAQASIDAGI EKOLOGIK MONITORING

1. Yaylovlarga antropogen bosimning ortishi


2. Yaylovlardan foydalanish darajasining pastligi
3. Yaylovlar degrodatsiyasi
4. Yaylovlar degrodatsiyasi indikatorlari
5. Yaylovlar ekotizimlari mahsuldorligini oshirish muammolari

Cho‘l-yaylov mintaqasi respublika hududining 60%ini tashkil etgan bo‘lib, qizilqum, qarshi cho‘li, Ustyurt platosi hamda Markaziy Farg‘onani ishg‘ol etgan.


Yaylovlarga antropogen bosimning ortishi, geologik qidiruv ishlari, foydali qazilma konlarining o‘zlashtirilishi, gaz va suv quvurlari, yo‘llar, aholi yashash maskanlari va irrigatsiya inshootlarining qurilishi, daraxt va butazorlarning o‘tinga kesilishi va yer maydonlarining sho‘rlanishi ekotizimlardagi muvozanatning buzilishiga, yaylovlar degradatsiyasi jarayonlarining paydo bo‘lishi va kuchayishiga sabab bo‘lmoqda.
Haddan tashqari ko‘p mol boqilishi yaylovlar hosildorligining pasayishiga, ba’zan oziqa o‘simliklarining batamom yo‘qolishiga olib kelmoqda. Aholi manzillari atrofida hosildorligi past bo‘lgan hududlar ko‘lami ortmoqda, quduqlar, qo‘y qo‘ralari yaqinida o‘simliklar qoplami batamom yo‘qolmoqda.
Yaylovlardan ilmiy asoslangan holda foydalanilmaslik oqibatida respublikamiz yaylovlarining 60-70% hududida yaylov qashshoqlanishi jadal bormoqda. Bu yaylovlarda tabiiy o‘t qoplamining hosildorligi bundan 30-40 yil oldingiga nisbatan 30% kamaygan. Yirik qishloqlar, qo‘y qo‘ralari, quduqlar atrofidagi yaylovlarda mollarning me’yorga nisbatan 10-15 barobar ko‘p miqdorda uzluksiz boqilishi oqibatida cho‘llashish o‘choqlariga aylanib bo‘ldi. Ulardan 1 necha km radiusda tabiiy o‘t qoplami juda siyraklashgan va yaxshi oziqa o‘tlar o‘rniga begona o‘tlar ko‘paygan. Hosildorlik darajasi past bo‘lib, yillik zaxirasi me’yoridagidan 50-70%ni kamni tashkil etganda, o‘tlatiluvchi mollar bu zaxiraning deyarli hammasini yeb bitiradi. Bunday yillarda yaylovlarga bosim ortadi. Respublikamizning shimoliy tumanlarida u me’yorga yaqinlashadi (80-120%), qizilqumning g‘arbiy va markazida bosim 170-190%ga ortadi, Bo‘kantog‘ tumanlarida, qizilqumning sharqiy qismida u 230-260%ga ortsa, janubda esa 300%ga yetadi. Agar yaylovlardan foydalanish qoidalariga rioya qilinmasa, yaylovlardan foydalanish darajasi shu tarzda saqlansa, ushbu 20-30 yildan so‘ng cho‘l yaylovlari 30-40 %ga kamayadi, cho‘llashgan hududlar hosil bo‘ladi.
Hozir, ushbu qumli yaylovlardan foydalanish darajasi juda past. Chunki yaylovlardan ularga dam bermasdan beto‘xtov foydalanish, butalarni yoqilg‘i maqsadida yoqish, texnogen omillarining tartibsiz harakati oqibati, o‘tlarni sun’iy ko‘paytirmaslik va boshqa sabablarga ko‘ra, ularning mahsuldorligi XX asrning 60-yillaridagiga nisbatan ancha kamaydi. Har bir qorako‘l qo‘yning boqiladigan maydoni o‘rtacha sathi yil sayin ortib bormoqda (chunki ular iste’mol qiladigan o‘tlarning miqdori kamaymoqda). Avtoulov va boshqa mexanizmlarning tartibsiz harakatlari tufayli ko‘chma qumlarning maydoni kengaymoqda (1 mln. gektar maydonda). Shu sabablarga ko‘ra, yaylovlardan foydalanish darajasi zamon talablariga umuman javob bermaydi.
Cho‘l hududlaridagi ko‘plab yer osti boyliklari iqtisodiyotga jalb qilina boshlandi. Ayniqsa, qizilqum, qarshi cho‘llarida ko‘plab geologik qidiruv ishlari amalga oshirilmoqda. Agar burg‘ulanish ishlarida bir qancha og‘ir texnik vositalar bir yo‘la ishtirok etishi nazarda tutilsa hamda birgina burg‘ulanish 30-40 gektar maydonda amalga oshirilishi inobatga olinsa, qanchadan-qancha yaylov ekotizimlari yaroqsiz holga kelayotganligini tasavvur etish mumkin.
Buning ustiga tuproq va gruntning neft mahsulotlari ushbu ifloslanishi yanada xunukroq ekologik muammolarni sodir etmoqda.
Yaylovlar hududining sho‘rlanishi ekotizimlar biologik mahsuldorligining pasayishi va yaylovlar ekologik holatining yomonlashishiga olib kelmoqda. Hozirda tuz va chang ko‘chishining yirik manbai Orol dengizi tubining quriyotgan qismi hisoblanadi. Shuningdek, sho‘r suvli tashlama-anrogen ko‘llarning sirti va sho‘rhok yerlar ham tuz ko‘chishi manbalaridandir. Buxoro viloyatining o‘zida bunday manbalar maydoni 120 km2 ni tashkil etadi. Viloyat bo‘yicha shamol ta’siri ostida ko‘chadigan tuzlarning umumiy hajmi yiliga 167136 tonnani tashkil etadi, shundan 138 tonnasi atmosferaga sho‘rhok yerlardan tarqaladi. Orol bo‘yida sho‘rhok yer maydonlari 4 ming km2dan ortiq. Bu hududda tuz ko‘chishining umumiy hajmi ayrim yillari 7685 t km2ni tashkil qilmoqda.
Yaylov degradatsiyasi ko‘rsatkichi bo‘lib yaylov o‘simliklarining bahorgi hosildorligi gektariga 0,5 sentnerdan kam bo‘lgan maydonlar ham xizmat qiladi. So‘nggi 10 yillikda bunday maydonlar qoraqalpog‘istonda ko‘payib bormoqda. Shunday maydonlar alohida yillarda Navoiy viloyatining markaziy rayonlarida 65%ni, Buxoro viloyatining sharqiy qismida 50%ni tashkil etgan.
Yaylovlar degradatsiyasini kuzatish maqsadida turli indikatorlar mavjud bo‘lib, ularning eng muhimlaridan biri o‘simlik qoplami hisoblanadi. Yaylovlardagi mavjud agrometeorologik ma’lumotlar, yaylovlarni aerofotometrik tekshirish va sun’iy yo‘ldoshlardan olingan ma’lumotlar hosildorlikning ko‘p yillik dinamikasini kuzatib borish, undagi o‘zgarishlarni tadqiq qilish ushbu degradatsiyaga uchragan hududlarni saqlash imkonini beradi. Ushbu natijalar joylarda yaylov degradatsiyasining oldini olish tadbirlarini ishlab chiqish ushbu tatbiq etish Ushbu asos hisoblanadi.

Anjumanda yaylovlardan oqilona foydalanish va muhofaza qilishning institutsional masalalari, jumladan, yaylovlarda tabiiy bioxilma-xillikini saqlash, o‘simlik dunyosi degradatsiyasining oldini olish, tuproq xolatini yaxshilash masalalariga oid qonunchilik asoslarni yaratish, yaylovlarni boshqarish tizimini shakllantirish, ishlab chiqarish amaliyoti bilan fan va ta’lim integratsiyasi doirasida yaylovlar fitomelioratsiyasi, seleksiyasi va urug‘chiligi, yaylovlarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilish tadbirlarini tashkil etish, yaylovlar uchun mexanizatsiyalashgan texnologiya va texnika vositalarini ishlab chiqish masalalariga asosiy e’tibor qaratildi. Sohaning yetuk mutaxassislari va olimlari, hamda davlat va jamiyat boshqaruvi idoralari vakillari va amaliyot xodimlarining ma’ruzalarida qator tahliliy xulosalar va ilmiy asoslangan takliflar o‘rtaga tashlandi.


Xususan, yaylovlar bilan band bo‘lgan yerlardan foydalanish munosabatlarini huquqiy jihatdan tartiblashtiruvchi, mavjud yer qonunchiligida ham bunga e’tibor qaratilishi lozimligi alohida e’tirof etildi. Shuningdek, global iqlim o‘zgarishi sharoitida yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga qaratilgan davlat siyosati darajasida yaylovlardan samarali va oqilona foydalanish, yaylovlar degradatsiyaga uchrashining oldini olish va uning oqibatlarini bartaraf etish masalasiga jiddiy e’tibor qaratish, yaylovlardan to‘g‘ri foydalanishni tashkil etish iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan katta ahamiyatga molik ekanligi ta’kidlandi. Milliy boyligimizga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish barobarida qishloq hayoti barqarorligini ta’minlash haqida so‘z borishi, ularning yechimini topishda esa amaliyot materiallari asosidagi chuqur ilmiy-nazariy mushohadaga asoslangan takliflar ishlab chiqish zarurati mavjudligi qayd etildi.
Download 18,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish