Mavzu: O`lka aholisi soni reja aholi Yer kurrasi aholisi



Download 44,01 Kb.
bet1/2
Sana16.01.2022
Hajmi44,01 Kb.
#379457
  1   2
Bog'liq
MAVZU islombek 210


MAVZU:O`LKA AHOLISI SONI

REJA

1.Aholi

2.Yer kurrasi aholisi

3.Aholi sonining o`sish sur`atlari

4.O`rtacha umr davri past davlatlar

5.Aholisi ko`p davlatlar

6.O`zbekiston aholisi

Aholi – Yer yuzida yoki uning muayyan hududi, qitʼa, mamlakat, tuman, shaharida istiqomat qiluvchi odam (inson) lar majmui. Aholini tadqiq etish bri ilan maxsus fan – Demografiya shugʻullanadi.aholi oʻrtasida sodir boʻlayotgan jarayonlar biologik, geografik, ijtimoiy-iqtisodiy omillar taʼsirining natijasidir. Lekin Aholi rivojlanishiga hal qiluvchi taʼsirni ijtimoiy-iqtisodiy omillar koʻrsatadi. Aholi muammolari odamlarning biologik xususiyatlari, insonlarning atrof muhit bilan oʻzaro alokasi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bilan bogʻliq. Chunki aholining mehnatga yarokli qismi jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchidir. Aholini ilmiy va muntazam oʻrganish oʻrta asrlardan boshlangan. Ani hisobga olish Yevropa va Amerikada 19-asrda, qolgan regionlarda 20-asrning dastlabki choragida yoʻlga qoʻyilgan. Oʻzbekistonda aholi haqidagi statistik maʼlumotlar 19-asr 2-yarmidan boshlab mavjud. Respublikada aholi muammolarini oʻrganish 1960–1970-yillardan boshlab tez rivojlandi. AHOLIni ifodalovchi asosiy koʻrsatkichlar qatorini – uning takror barpo qilinishi (tugʻilish, oʻlim, nikohga kirish, ajralish, tabiiy oʻsish), joylanishi, urbanizatsiyasi, migratsiyasi, yosh jinsiy tarkibi va oilaviy holati, maʼlumot darajasi, irqiy, til, etnik, diniy tarkibi tashkil etadi. AHOLIning ijtimoiy-iqgisodiy tarkibini ifodalovchi koʻrsatkichlarga uning bandligi, iqtisodiy faolligi, kasb-hunari va boshqa kiradi.

Jahon aholisining soni uning joydan joyga tabiiy koʻchishi bilan bogʻliq. Ayrim mamlakatlar, regionlar, shaharlar tabiiy Aholisining soni esa tabiiy koʻpayish koʻrsatkichlar id an tashqari migratsiya jarayonlariga ham bogʻliq. Jahon Aholisining soni, uning koʻpayish surʻati har bir mamlakatda oʻziga xos xususiyatga egadir va bu xususiyat muayyan davlatning ijtimoiyiqgisodiy tuzumi bilan bogʻliq. Ayrim mamlakatlar, regionlar, shaharlar Aholisining soniga tabiiy koʻpayishdan tashqari migratsiya jarayoni ham taʼsir etadi. Yer shari Aholisining soni va uning oʻsish surʻatlari umuman uzluksiz ravishda ortmoqdAholi Faqat ayrim joylarda va baʼzi bir davrlarda urushlar, epidemiyalar, tabiiy ofatlar natijasida aholi oʻsish surʻatlarining vaqtincha pasayishi, uning mutlaq sonining esa qisqarishi kuzatilgan.



Yer kurrasi Aholisining soni koʻp ming yillar davomida nihoyatda past surʻatlar bilan oʻsdi. Chamasi paleolit davrining oxirida (taxminan. miloddan 15 ming yil avval) aholi soni 3 mln. boʻlgan, neolit oxirida 50 mln. kishiga yetgan. Milod boshlarida Yer yuzida AHOLI soni 230 mln.ga yaqin boʻlgan. Milodiy 1000-yilda Yer sharidagi Aholi soni 275 mln. kishiga yetgan. 20-asr boshida Yer yuzi Aholi soni 1617 mln. kishini tashkil etdi. 1995-yilda Yer shari Aholisining soni 5,7 mlrd. kishiga yetdi. 1993-yil Yevropada 728 mln., Osiyoda 3336 mln., Afrikada 670 mln., Shimoliy va Markaziy Amerikada 442 mln., Janubiy Amerikada 308 mln., Avstraliya va Okeaniyada 28 mln. kishi yashadi. Aholi soni ning oʻsish surʻatlari 19-asrning oxiri 20-asr aholining 1 yarmida pasaydi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda esa yana oʻsdi. 20-asr oxirida Yer yuzidagi Aholining oʻrtacha yillik oʻsish surʻatlari 1,6–1,7 % ni tashkil etib, uning mutlaq soni yiliga 90–100 mln. kishiga koʻpaymoqda. Aholi BMT ning prognoziga koʻra, Yer shari Aholisining soni 2025-yilda 8,3 mlrd. kishiga yetadi.

Aholi sonining oʻsish surʻatlari nisbatan yuqori darajadagi tugʻilish va past darajadagi oʻlim taʼsirida shakllanmoqa. Aholi 1995-yil Yer shari Aholisi tugʻilishining umumiy koeffitsiyenti (har 1000 aholiga nisbatan tugʻilganlar soni) 24,0 ‰ ni, oʻlimning umumiy koeffitsiyenti (har 1000 aholiga nisbatan oʻlganlar soni) 9 ‰ ni tashkil etdi. Oʻsha yili Afrika mamlakatlarida tugʻilishning umumiy koeffitsiyenti 41 ‰ ga teng boʻldi. Oʻlimning umumiy koeffitsiyenti Osiyoda 8 ‰ ni, Yevropada esa 11 ‰ ni tashkil etdi. Yer shari Aholisining muntazam koʻpayib borishi Aholining oʻrtacha umr koʻrishi bilan ham bogʻlikdir. 1995-yilda Aholining oʻrtacha umr davri Yevropada 74 yosh, Osiyoda 65 yosh, Shimoliy Amerikada 75 yoshni, Janubiy Amerikada 68 yosh, Afrikada 54 yosh, Avstraliya va Okeaniyada 73 yoshni tashkil etdi. Dunyoda aholining oʻrtacha umr davri yuqori boʻlgan mamlakatlar qatoriga Yaponiya (79 yosh), Shvetsiya, Shveytsariya, Avstraliya, Kanada, Fransiya (78 yosh), Gretsiya, Niderlandlar, Ispaniya, Italiya, Isroil, Belgiya (77 yosh), Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSh (76 yosh) kiradi.

Oʻrtacha umr davri past boʻlgan mamlakatlarga Markaziy Afrika Respublikasi (41 yosh), Afgʻoniston (43 yosh), Gvineya (44 yosh), Syerra Leone (46 yosh), Ruanda (46 yosh), Somali (47 yosh) va boshqa mamlakatlar kiradi. Oʻrtacha umr davrining uzayishi qariyalar soni va ulushining koʻpayishiga, yaʼni „Aholining qarishi“ jarayonining rivojlanishiga olib kelmoqdAholi Jahon mamlakatlarining aksariyatida (Hindiston, Nepal, Eron va boshqa istisno) ayollarning oʻrtacha umr koʻrishi erkaklarnikidan yuqori. Yer yuzida AHOLIning joylashishida, hududiy taqsimlanishi va qayta taqsimlanishida, irklar va xalqlar shakllanishida migratsiya jarayoni benihoya katta rol oʻynagan. Migratsiya murakkab iqtisodiy-ijtimoiy jarayon boʻlib siyosiy vaziyat, iqtisodiy taraqqiyot, ishlab chiqaruvchi kuchlarning hududiy tarkibi hamda Aholining ijtimoiy faolligining kuchayishi bilan bogʻlangan. Migratsiya jarayonlarida asosan mehnatga yarokli yoshdagi Aholi faol ishtirok etadi. 1988–96 yillarda Sharqiy Yevropa davlatlari siyosiy hayotida boʻlib oʻtgan jiddiy oʻzgarishlar va ayniqsa, SSSRning parchalanib ketishi umumjahon miqyosidagi AHOLI migratsiyasini jadallashtirib yubordi.

Aholiga xos eng muhim koʻrsatkichlardan biri, uning joylanishi hisoblanadi. aholi joylashuvini ifodalovchi eng oddiy mezon – Aholi zichligidir. Yer kurrasi Aholisining oʻrtacha zichligi 1996-yilda 1 km2 ga 39 kishi boʻldi. Aholisoni boʻyicha eng yirik davlatlar: Xitoy 1179,5 mln. kishi, Hindiston 896,6 mln. kishi, AQSh 258,2 mln. kishi, Indoneziya 188,2 mln. kishi, Braziliya 156,5 mln. kishi, Rossiya 148 mln. kishi (1993). 90-yillarning boshida dunyo aholisi yiliga taxminan. 90 mln. kishiga koʻpaygan. Aholining geografik taqsimlanishi notekis: quruqlikning 7 % da 70 % aholi yashaydi. Doimiy aholi mavjud boʻlgan joylardagi (130 mln. km²) aholi zichligi salkam 45 kishini tashkil etdi. Lekin Yer kurrasida Aholi nihoyatda notekis joylashgan. Jumladan, Bangladeshda Aholi benihoya zich (1 km² ga 800 kishidan ortiq), Mongoliyada esa oʻta siyrak (1 km² ga 1,4 kishi) joylashgan. Aholi zichligi, uning joylashish xususiyatlariga ijtimoiy-iqtisodiy omillar bilan birga tabiiy-geografik sharoitlar (iqlim, relyef) ham jiddiy taʼsir koʻrsatadi. Jahon Aholisining deyarli yarmi shaharlarda yashaydi (qarang Shahar aholisi, Qishloq aholisi). Shahar Aholisining salmogʻi uzluksiz tarzda koʻpaymokdAholi Bunda mexanik harakatning roli juda katta (maʼmuriy-hududiy oʻzgarishlar va aholi migratsiyasi). Shahar aholisining ulushi Avstraliya va Okeaniya, Yevropa va Amerikada 70 % dan ziyod, Osiyo va Afrikada esa 30 %. Shahar Aholisining ulushi eng yuqori (80 % dan ortiq) boʻlgan mamlakatlar qatoriga Buyuk Britaniya, Avstraliya, Germaniya kabi mamlakatlar kiradi.

Dunyoda qariyib 3 ming xalq mavjud. Uzoq tarixiy rivojlanish natijasida ularning bir qismi millatga aylandi, boshqalari elat, uchinchilari esa – qabila guruhidan iborat. Oʻzbekiston Respublikasida 120 dan ortiq millat vakillari yashaydi. Oʻzbeklar mutlaq soniga koʻra dunyo xalqlari ichida 42 – oʻrinni egallaydi (30 mln. kishi, 2010). Dunyodagi mamlakatlarning aksariyati koʻp millatli hisoblanadi. Aholisi koʻp millatli mamlakatlarga Hindiston, Xitoy, Indoneziya, Pokiston, Rossiya, Eron, Malayziya, Oʻzbekiston, Qozogʻiston va boshqa kiradi. Aholisi asosan bir millat vakillaridan tashkil toptan mamlakatlar – Turkiya (82 %), Germaniya (90 % dan ziyod), Yaponiya, KXDR va Koreya Respublikami (99 %, 1993), Bangladesh (98 %dan ortiq), Saudiya Arabistoni, Yaman, Gresiya (95 % dan ziyod) va boshqa kiradi. Dunyodagi bir qancha xalqlar (kurdlar, balujlar va boshqalar) oʻz milliy davlatchiligiga eta emas. Binobarin kurdlarning umumiy soni 16 mln.dan ziyod boʻlib, ular asosan boʻlingan holda Turkiya, Iroq va Eronda yashaydi. Balujlar Eron va Pokistonda mavjud. Ozarbayjonlar oʻzining milliy davlatiga eta boʻlsa ham koʻpchiligi Eronda istiqomat qiladi. Xuddi shunday holat yahudiylar, armanlar va tojiklarga ham xos. Din koʻpchilik mamlakatlarning ijtimoiy va siyosiy hayotiga sezilarli taʼsir koʻrsatgan va koʻrsatmoqda, shuning uchun eʼtiqod qiluvchilar soni va geografik tarqalish sonini aniqlash katta ahamiyatga ega.

O`zbekiston aholisi soni 34 milliondan ortiq boʻlib (2020-yil 23-fevralga koʻra),[1] shahar aholisi 16.353 million kishini tashkil etadi (2017). Aholi zichligi 1 km2 ga 62 kishi. Oʻzbekistonda Markaziy Osiyodagi jami aholining 1/3 qismidan koʻprogʻi yashaydi. Respublika aholisi, asosan, qadimdan oʻzlashtirilgan, sugʻorma dehqonchilik uchun sharoit qulay boʻlgan voha va vodiylarda zich joylashgan.

Mirzachoʻl, Surxon-Sherobod, Qarshi, Markaziy Fargʻona, Ellikqalʻa choʻllarini oʻzlashtirish natijasida hamda turli qazilma boyliklar konlarini topish asosida vujudga kelgan shahar va shaharchalar ham aholining hududiy tarkibiga oʻzgartirishlar kiritdi. Biroq yangi aholi manzillari aholining asrlar davomida tarkib topgan hududiy shakllariga katta oʻzgarishlar kirita olmadi. Aholining asosiy qismi tugʻilib oʻsgan joyida istiqomat qiladi. Bundan choʻl mintaqalarida yashovchi aholi mustasno. Shu bilan birga shaharlar tarmogʻidagi oʻzgarishlar shahar aholisining dinamikasi va joylashishiga katta taʼsir qildi. Keyingi-yillarda ularda sezilarli oʻzgarishlar yuz berdi. 1990-2005-yillarda mamlakat aholisining oʻsish surʻati pasayib borayotgan davrda baʼzi viloyatlarda bu jarayon sekinroq kechdi.

Oʻzbekistonda demografik vaziyatning eng muhim xususiyatlari aholi oʻsish surʻatlarining pasayib borishi; aholi tabiiy koʻpayish koʻrsatkichining kamayishi; tashqi migratsiya natijalarining manfiylashuvi; shahar aholisining sust oʻsishi va boshqalar. Mamlakatning shahar aholisi nihoyatda notekis joylashgan boʻlib, asosiy qismi Toshkent sh.ga toʻgʻri keladi. Biroq Toshkent sh. aholisi soʻnggi-yillarda deyarli oʻsmadi, natijada uning Oʻzbekiston aholisi tarkibidagi ulushi 1990-yildagi 10,5 %dan 8,2 % ga tushib qoldi. Navoiy, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasining demografik salohiyati pasaydi, Jizzax viloyatida oʻzgarmadi, qolgan hududlarda esa oshdi. Hozirgi kunda Oʻzbekiston aholisining 16,4 % Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari ga toʻgʻri keladi. Xorazm, Namangan va Samarqand viloyatlarida ham biroz oʻsish boʻldi.



1991—2005-yillarda Oʻzbekiston viloyatlari boʻyicha shahar aholisining oʻsishida sezilarli darajada nomutanosiblik kuzatildi. Bu-yillarda respublika shaharlari aholisining oʻsish surʻati 0,9 % boʻlib, bu koʻrsatkich Surxondaryoda 3,2 %; Jizzaxda 2,8 %; Sirdaryoda 0,6 %; Buxoroda 0,7 %; Xorazmda 0,8 % va Toshkent viloyatida 0,2 % ni tashkil etdi.

Yuqoridagi oʻzgarishlarga qaramay, respublika aholisining hududiy mujassamlashuvi darajasi hamon Fargʻona va toshkent iqtisodiy r-nlarida yuqori. Fargʻona vodiysiga mamlakat aholisining 28 %, Toshkent sh. va viloyatiga 18 % toʻgʻri keladi. Aholi zichligi 1 km2 ga 58 kishi boʻlib, bu koʻrsatkich mamlakat miqyosida 70 karraga farq qiladi yoki boshqacha aytganda, 7,3 kishidan (Navoiy viloyati) 552,5 (Andijon viloyati) kishigacha yetadi. Fargʻona, Namangan, Xorazm viloyatlarida aholi juda zich, Qashqadaryo, Jizzax, Buxoro viloyatlarida, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasida zichlik koʻrsatkichi ancha past.

Oʻzbekiston Respublikasi jami aholisining 36,3 % shaharlarda, qolgan qismi qishloqlarda yashaydi. Soʻnggi-yillarda urbanizatsiya darajasining pasayib borishi va qishloq aholisi hissasining oʻsishi kuzatilmoqda.

Oʻzbekistonda aholi tabiiy koʻpayishiga oid mufassalroq maʼlumotlar 19-asrning 2-yarmidan boshlab mavjud. Aholining tabiiy koʻpayishi 1-navbatda tugʻilishga bogʻliq. Respublikada 19-asr oxiri 20-asr boshlarida tugʻilish darajasi yuqori boʻlgan. 1865-1917-yillarda tugʻilishning umumiy koeffitsiyenti (har 1000 ta kishiga nisbatan tugʻilganlar soni) 4550 %ni tashkil etgan. Tugʻilish fiziologik imkoniyat darajasida boʻlgan, oilada farzandlar tugʻilishi cheklanmagan. Buning asosiy omillari oʻzbek ayollarining ijtimoiy i.ch. da juda kam ishtiroki, maʼlumotlilik darajasi ning pastligi, tugʻilishni qoʻllab-quv vatlovchi urf-odat va qadriyatlar taʼsirining nisbatan yuqoriligi, goʻdaklar oʻlimining koʻpligidir.

Oʻsha davrda aholi oʻrtasida oʻlim hollari ham yuqori boʻlgan. 1886-1900-yillarda Oʻzbekiston hududida 1000 ta aholiga nisbatan oʻrtacha 49,8 ta bola tugʻilgan boʻlsa, oʻlganlar soni (har 1000 kishi hisobiga) 44,8 ga teng edi. Demak, oʻsha davrda oʻzbek oilalarida tugʻilish yuqori boʻlishiga qaramay aholi oʻrtasida oʻlimning koʻpligi, oʻrtacha umr koʻrish davri juda qisqa boʻlgani (32 yosh) tufayli aholining tabiiy koʻpayishi sust kechgan. Boshqacha aytganda, yuqori tugʻilish yuqori tabiiy oʻsishni taʼminlay olmasdi, tugʻilishning „foydalilik“ darajasi past boʻlgan. Mazkur dalillar Oʻzbekiston aholisining tabiiy koʻpayishi 19-asr oxiri 20-asr boshlarida Yevropa xalqlaridan 3,5 barobar kam boʻlganini koʻrsatadi. Natijada aholi sonining oʻsishi juda sekin kechgan. 1885-1917-yillarda Oʻzbekiston aholisi 3320 mingdan 4052 mingga yetdi yoki aholining soni har-yili oʻrtacha 0,6 % atrofida oʻsdi.

Bu koʻrsatkich hozirga qaraganda 3,1 marta kam, chunki 1991—2000-yillarda Oʻzbekiston aholisi-yiliga 1,9 % dan koʻpaydi.

1939—2004-yillar, yaʼni 65-yil mobaynida respublika aholisi 4,0 marta koʻpaygan boʻlsa, bu koʻrsatkich shahar joylarda 6,4 va qishloqlarda 3,3 martani tashkil etgan. Albatta, koʻrilayotgan davrning turli oraliqlarida va qishloq hamda shahar joylarda aholi sonining koʻpayish surʻati turlicha boʻlgan. Jumladan, 1939-1959-yillarda jami aholi 127,9 % ga, shahar aholisi 185,6 % va qishloq aholisi 108,5 %ga oʻsgan. 1959-1970-yillarda respublika jami aholisi 145,3 %ga, shahar aholisi 158,4 % va qishloq aholisi 141,3 %ga oʻsgan, oʻrtacha bir-yillik koʻpayish 3,45, 4,25 va 3,20 %ni tashkil etgan. Aynan shu-yillar Oʻzbekiston oʻzining tarixiy demografik rivojlanishining eng yuqori koʻrsatkichlariga erishgan.

Undan keyingi-yillarda aholi sonining oʻsishi biroz susaygan, biroq shahar aholisining qishloq aholisiga nisbatan tezroq koʻpayish jarayoni saqlanib qolgan. Masalan, 1970-1979-yillarda shahar aholisi 146,9 %ga, qishloq aholisi 120,9 % va jami aholi soni 130,4 %ga ortgan. 1979-1989-yillar mobaynida shahar aholisi 126,7 va qishloq aholisi 130,1 %ga oʻsgan. Koʻrinib turibdiki, bu davrdan respublika qishloq joylarining demografik rivojlanishi shahar va shaharchalarga qaraganda ustunroq boʻlgan. Urbanizatsiya jarayonining bunday zaiflashuvi oʻtgan asrning 80-yillarining 2-yarmidan boshlangan, 1984-yilda shahar aholisining ulushi 42 %gacha koʻtarilgan va shundan soʻng u asta-sekin kamayib borgan.

Soʻnggi-yillarda respublika umumiy aholisi koʻpayish surʻatining pasayishi va qishloq aholisining shaharlik larga nisbatan tezroq oʻsish jarayoni kuzatilmoqda. Ayni paytda shahar aholisining koʻpayish surʻati eng past darajaga tushib qolgan (1,05 %). 2000-05-yillarda aholining oʻrtacha oʻsish surʻati 1,2 % ni tashkil etdi va oʻrtacha-yillik mutlaq sonining oʻsishi 310,4 ming kishiga tushdi. Mazkur davrda qishloq aholisi 4,4 mln.ga, shahar aholisi 1 mln.ga koʻpaygan. Buning natijasida shahar aholisining salmogʻi 40,4 % dan 35,9 % ga tushib qoldi.

Tugʻilish va tabiiy koʻpayish koeffitsiyentlari boʻyicha respublika viloyatlarining qishloq aholisini mutanosib ravishda 2 guruhga ajratish mumkin: birinchisiga tugʻilish darajasi (20-22 %) va tabiiy koʻpayish darajasi (14-17 %) oʻrtacha boʻlgan 8 ta viloyat (Buxoro, Andijon, Navoiy, namangan, Sirdaryo, Fargʻona, Xorazm, Toshkent) kiradi. Tugʻilish (23-24 %) va tabiiy koʻpayish darajasi (1819 %) nisbatan yuqori boʻlgan ikkinchi guruhga Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi kiradi. Shahar aholisi ichida oʻrtacha tugʻilish darajasi (1620 %) 8 ta viloyatda kuzatil moqda. Namangan viloyatida shahar aholisining tugʻilishi nisbatan yuqori (20,2 %). Shahar aholisi ichida tugʻilish darajasi past boʻlgan (16 %) 4 viloyat mavjud. Bular Buxoro, Toshkent, Samarqand va Fargʻona viloyatlari.

1991-yilda Oʻzbekistonda yangi iqtisodiy munosabatlarning shakllanishi natijasida ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgarishlar sodir boʻldi va bu oʻzgarishlar 1-navbatda uning demografik vaziyati ga oʻz taʼsirini koʻrsatdi. Oʻzbekiston da tugʻilish jarayonining nisbatan yuqoriligining asosiy sabablaridan biri oila qadriyatlari hamda nikohdan oʻtish jarayonining yuqoriligidir. Mas., 2005-yil har 1000 kishiga shaharlarda 7,0 nikoh toʻgʻri kelgan boʻlsa, ajralish koʻrsatkichi 0,6 ga teng boʻldi. 19912004-yillarda Oʻzbekistonda har 1000 aholiga nisbatan tugʻilgan bolalar soni 34,5 dan 22,3 gacha yoki 1,2 punktga qisqardi. 2005-yilda aholi 292,1 ming kishiga yoki 2004-yildagiga nisbatan 1,1 % ga koʻpaydi.

Oʻzbekistonda tugʻish yoshi koeffitsi yentlari ham qisqarmoqda. Tugʻilgan bolalarning asosiy qismi nisbatan yosh ayollarga toʻgʻri keladi. Bu holat soʻnggi-yillarda yanada barqarorlashdi.

Respublikada 1980-1995-yillarda oʻlim koeffitsiyenti 7,5 promilledan 6,4 promillegacha qisqardi. Bu jarayon, asosan, goʻdaklar, bolalar va oʻrta yoshdagi kishilar oʻrtasida oʻlim darajasining kamayishi bilan bogʻliq. Aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish sohalarining rivojlanishi 1-navbatda aholi oʻlimining keskin kamayishiga olib keldi. Agar 18861920-yillarda Oʻzbekistonda har 1000 kishi hisobiga oʻlganlar soni 4034 kishini tashkil etgan boʻlsa, 1920-yildan keyin bu koʻrsatkich 56 barobarga kamaygan. Respublika shahar hududlari da aholi oʻlimi qishloq joylarga nisbatan yuqoridir. Bunga sabab ekologik vaziyatdagi oʻzgarishlar, shahar turmush tarzidir. Sanoat rivojlangan Toshkent sh.da aholi oʻlimi eng yuqori. Oʻlganlar soni 2005-yilda 2004-yilga nisbatan 6,6 % ga yoki 8,6 ming kishiga oshdi. Goʻdaklar oʻlimi koeffitsiyenti esa 2004-yildagi 15,4 % dan 14,3 %ga kamaydi.


Download 44,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish