V. Salmanovning kamer asarlari
.
Intellektuallashtirilgan lirik harakatni
ifodolashga intilish ko‘p holatlarda kompozitorlar tomonidan dodekafon, serial va
boshqa texnikalarni ishlatishga olib kelardi.
51
Seriyali kamer asarlarni, ya’ni torli orkestr va fortepiano uchun sonatani (1960),
Uchinchi, To‘rtinchi, Beshinchi va Oltinchi kvartetlarni (1961, 1963, 1968, 1971) 60-
yillarda V. Salmanov yozgan edi.
V. Salmanov uchun seriyalik cheklangan edi, chunki u muallifning musiqa
elementlarini jamlashga bo‘lgan intilishi bilan mos tushar edi. Ammo u ham
intonatsiyadagi bir xillikdan ayniqsa birinchi kvartetlarda voz kecha olmadi.
Kompozitor uchun Oltinchi kvartetda rusmelosini va seriyali texnikani
birlashtirish ancha sermahsul bo‘ldi.
E. Denisovning kamer asarlari
.
60-yillarda E. Denisov Yangi Vena maktabi
kompozitorlari tomonidan yaratilgan texnikaning eng sodiq tarafdori bo‘lgan. U o‘n
yil davomida asosan kamer asarlarini yozish bilan shug‘ullangan. Ularning ichida
Ikkinchi torli kvartet (1961), torli trio (1969), klarnet, trombon, violonchel va
fortepiano uchun “DSCH” (1969), soprano, uchta o‘quvchi va o‘n bitta asbob uchun
“Inklar quyoshi” (1964) bor edi. V. Salmanovning ijodidagidek E. Denisovdagi
seriyali texnika tematik elementlarni jamlashga va intonatsiyalarni saralab, yaxlitlikni
intonatsion birlashtirishga intilish bilan mos tushgan edi.
Bunday xususiyat E. Denisovning tonal musiqasida, masalan, ikkita torli va
zarbli sozli orkestrlar uchun yozilgan simfoniyasida namoyon bo‘lgan (1962).
Ko‘p kompozitorlardan farqli ularoq E. Denisov uchun mazkur texnika turining
tovush xarakteri juda cheklangan ekanligini qayd qilish lozim. U ish jarayonida
musiqachining nozik didli uslubiga, o‘ziga xos intonatsion va polifonistlarnikidek
konstruktiv tuzilishga intilish bilan mos tushgan edi. E. Denisovning seriyali asarlari
uning ijodidagi go‘zallik effektini kuchaytirdi va o‘quv san’atga aylangan oliy
nuqtani qayd qildi.
Ana shu yangi bosqichda, boshqa uslubiy sharoitlarda asrlar chegarasida rus
madaniyatiga xos bo‘lgan jihatlar rivojlangan edi.
Ko‘pchilik uchun seriyali musiqa yordamida aks ettirilgan his-hayajonlar,
shuningdek, melodik fantaziyani cheklab qo‘ygan ratsionalizm boshqa
kompozitorlarni turli texnikalarni birlashtirish yo‘llarini izlashga undagan edi.
52
Oldingi boblarda gap borgan A. Babadjanyanning “Fortepiano uchun oltita
ko‘rinish”, A. Pirumovning Uchinchi va to‘rtinchi kvarteti, K. Xachaturyanning
kvarteti va juda ko‘p boshqa asarlar yangilanish maqsadiga erishishdagi qiyinchiliklar
va bunyodkorlik ko‘rinishlarini aks ettirgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |