O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi saida kasimxodjayeva



Download 1,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/107
Sana09.06.2022
Hajmi1,66 Mb.
#646988
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   107
Bog'liq
fayl 1681 20210827

A. Shnitkening kamer musiqasi
.
A. Shnitkening kamer musiqasi sintez izlash 
bilan ajralib turadi. Unda lirik-psixologik san’at an’analari rivojlangan. Tashqi 
ko‘rinishidan uning aksariyat asarlari 60-yillarning noan’anaviy kamer musiqasining 
“to‘lqiniga mos kelmay” qolgan. Kompozitor musiqa asboblari sohasida 
eksperimentlar o‘tkazgan, nomlari moda bo‘lgan “Serenada”, “Dialog” kabi asarlar 
yozadi, yangi texnika usullarini qo‘llaydi. Shu bilan birga ularni murakkab psixologik 
konsepsiyalarni tar’riflashga yo‘naltirib, A. Shnitke amalda D. Shostakovich 
an’analarining vorisiga aylangan edi. Masalan, Y. Butsko tomonidan adolatli 
ravishda o‘ta ko‘p intellektual kuch borligini, yuqori professional xususiyatlarini 
qayd etilgan.
A. Shnitkening skripka va fortepiano uchun yozilgan Ikkinchi sonatasi (1968) 
bunga misol bo‘la oladi (28, 10–12). Mazkur ansamblda obrazlilik taranglashgan 
psixologik harakatni aks etib, odatiy va noodatiy ifodaviy vositalarning o‘zaro 
harakatidan hosil bo‘ladi. Kompozitor ko‘p davrlar usullarini, ya’ni barokko, klas-
sitsizm, romantizm usullarini birlashtiradi. 
Ammo ular kuchli transformatsiyaga uchrab, XX asrda yashovchi murakkab 
shaxsning ijodiy dunyosini va inson bilan demonik kuchlar o‘rtasidagi doimiy 
kurashni aks etadi.
A. Shnitke sonataga Quasi una sonata* nomini beradi va “kvazi” ta’rifini temp 
va kadentsiyaga nisbatan qo‘llaydi. Umuman olganda asar mazkur “kvazi” 
tushunchasiga bo‘ysunadi. Musiqa tili elementlari odatiyligi bilan ajralib tursa ham, 
yo kulgili, yo bo‘rttirilganday tuyuladi.
Hatto eng odatiy ifodaviy vositalar kutilmagan jihatlarni ochadi. Odatiy 
bo‘lmagan cho‘ziq pauzalar yangicha eshitiladi, dinamik taqqoslarda va turli davr 
mavzularini ishlatilishda bir tomondan Bax mavzusi, uch tovushli sol-minor, ikkinchi 


53 
tomondan klasterlar, aleatorika, qatorlar texnikasi – paradoksal kutilmagan tamoyillar 
to‘liq qo‘llanilgan.
Mantiqiy qurilgan va o‘zaro bog‘liq bo‘lgan material orqali, musiqa san’ati 
mohiyatini tushunishga, uning qonuniyatlari umumiyligini va shakllar 
o‘zgaruvchanligini qayd qilishga A. Shnitke va boshqa kompozitorlar uchun I. S. Bax 
musiqasida jamlangan estetik jihatdan qimmatli bo‘lgan ramzlarni amalga oshirishga 
intilish ko‘rinib turadi.
Savollar: 
1. Kamer musiqasida jadal izlanishlarning sababini aniqlang. 
2. S. Sintsadzening birinchi kvartetlariga ta’rif bering. 
3. R. Ledenyevning kamer asarlarida yangilik belgilari? 
4. E. Denisovning kamer asarlarida Yangi Vena maktabining ta’siri? 
5. A. Shnitkening kamer musiqasida janr xilma-xilligi? 

Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish