O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi saida kasimxodjayeva


S. Slonimskiyning “Kontsert-buff”i



Download 1,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/107
Sana09.06.2022
Hajmi1,66 Mb.
#646988
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   107
Bog'liq
fayl 1681 20210827

S. Slonimskiyning “Kontsert-buff”i.
 
S. Slonimskiyning “Kontsert-buff”i (1964) 
kontsert turiga qiziqarli misol bo‘la oladi. Unda xatning dodekafon tamoyillari 
improvizatsiya tamoyillari bilan birlashadi (birinchi qismi – kononik figura; 
ikkinchisi – improvizatsiya). Kamer orkestri (fortepiano, truba va zarbli asboblar 
ishtirokida) san’atkorona va zukkolik bilan talqin qilingan. Bu yerda S. Slonimskiy 


57 
mumtoz va jaz orkestrlar asboblarini birlashtiradi. Bu esa kontsertga o‘ziga xos rang-
baranglikni bahshida etadi va nomida aks etilgan sho‘x mazmunga yaxshi mos 
tushadi. 
Kontsert asarlarida jaz ritmlari, melodika turlari ko‘p holatlarda namoyon 
bo‘lardi (N. Sidelnikovning “Rus ertaklari”ni eslash mumkin). Jaz 60-yillarning 
musiqaviy intonatsiyasi bilan yaxlitlikni tashkil qilgan edi. Ammo u akademik 
kompozitorlar ijodiga asta-sekinlik bilan kirib kelar edi. Biroq juda ko‘p musiqachilar 
san’atning mazkur turiga qiziqish bildirar edi. “Jaz – musiqaning jozibador turidir, – 
deb yozadi A. Eshpay. – Bu o‘z qonuniyatlariga ega bo‘lgan buyuk san’atdir... 
Mening fikrimcha, bari-bir kompozitorlar mazkur musiqa turiga kam e’tibor 
berishmoqda. Agar biz ko‘p sonli muhlislarni qiziqtiruvchi musiqaga e’tibor 
bermasak, demak, biz haqiqiy hayot talabiga e’tibor bermagan bo‘lamiz” (26, ob). 
60-yillardagi juda ko‘p asarlarda jaz elementlarini qo‘llash zamonaning “intonatsion 
belgisi” sifatida qabul qilingan edi. 
Jazga xos bo‘lgan improvizatsiya A. Eshpayning orkestr uchun yozilgan 
kontsertiga (1966) va R. Shedrinning fortepiano va orkestr uchun yozilgan Ikkinchi 
kontsertiga (1966) tabiiy holda kiritilgan.
A. Eshpayning orkestr uchun yozilgan kontserti.
 
A. Eshpayning kontserti 
to‘rtta solist (truba, fortepiano, vibrafon va kontrabas) va zarbli sozlar guruhi ancha 
ko‘paytirilgan orkestr uchun yozilgan. Kontsertga xos jihatlar, ta’sirchanlik bilan 
barcha ko‘rinishlarda, shu jumladan turli uslubiy qatlamlar, mari folkloriga xos 
bo‘lgan mavzular, jaz improvizatsiyalari, xoral, romantik, “kovboy” mavzulari va 
nihoyat ritmik kontrastlarda ko‘zga tashlanadi. 
Sonata shakli qurilishining kinomontaj tamoyili ham kontsert uslubining bir 
elementi bo‘lmish o‘yin va oldindan belgilanmaydigan holatlarni aks etadi.

Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish