58
“Improvizatsiya”, “Dialoglar”, “Kontrastlar” kabi qismlar nomlarida R. Shedrin
kontsert ko‘rinishining uchta turini taqdim qiladi. Zamonaviy
tovushlar muhitini
(kompozitor musiqachilar yashayotgan uyning tovush kontrastlarini ko‘rsatmoqchi
bo‘ladi) oqilona ifoda etuvchi uchinchi qismida jaz improvizitsiyasi ijro etiladi. Jaz
bu yerda umumiy montaj harakatining ishtirokchilaridan biridir. Bunday harakatlarda
hech kim va hech nima ustuvorlikka ega emas, barcha kontrastlar hayot
taassurotlarining turli ko‘rinishidir.
Savollar:
1. Kamer simfoniya deganda nimani tushunasiz?
2. Kamer simfoniyalarga misol keltiring.
3. Neoklassitsizm tamoyillari qaysi asarlarda ko‘zga tashlanadi?
4. Jaz yo‘nalishining asosiy xususiyatlari.
5. Improvizatsiyaning simfoniyalarda qo‘llanilishi?
MUSIQIY TEATRNING YANGI JANRLARI
Tayanch so‘zlar:
Musiqiy teatr, mono-opera, opera-duet, vokal simfoniya.
Janr masalasiga oid izlanishlar 60-yillardagi musiqiy teatrni ham qamrab oladi.
San’at uchun kichik shakldagi opera janri (mono-opera, opera-duet) keyingi o‘n yil
davomida ko‘p kompozitorlarni o‘ziga jalb qildi, ammo aynan 60-yillar uni kashfiyot
qilish davri bo‘ldi.
Kamer operaga bo‘lgan qiziqish va u bilan bog‘liq bo‘lgan shaxsning psixologik
dunyosiga bo‘lgan e’tibor san’atni monolog shaklida talqin qilishga olib keldi.
Kamer operada qahramonning yangi turi – murakkab, betakror ma’naviy
dunyoga ega, tevarak-atrofdagilarga, barcha ma’naviy-estetik va ijtimoiy masalalarga
o‘ta e’tiborli lirika paydo bo‘ldi.
Y. Butskoning “Aqldan ozgan inson xatlari” (1964), “Oq tunlar” (1969),
“Rassom xatlaridan” (1973), A. Xolminovning “Kolyaska” (1971) va “Shinel”
(1971), G.Fridning “Anna Frank kundaligi” (1969), “Van Gog xatlari” (1971),
V. Kobekinning “Aqldan ozgan inson kundaligi” (1978), L. Desyatnikovning
59
“Bechora Liza” kabilar mavjud operalarning bir qismini tashkil qilib, tinglovchilar va
ommaviy axborot vositalari tomonidan baholangan yoki nashr etilgan asarlardir.
Kamer opera ma’lum ma’noda vokal simfoniyaga yaqin turadi.
Har ikkala
janrda liriko-dramatik o‘zak rivojlanish va nutqiy ifodaning monologik tamoyili
ustuvordir.
Kamer opera ham, vokal simfoniya ham matnga bog‘liqdir. Matnning
obrazli-
ma’no yuklamasi har ikki holatda ahamiyatlidir. Vokal va instrumental janrlarni
birlashtirish vokal simfoniya xususiyatlarini va aksariyat kamer operalar
dramaturgiyasining simfonizatsiyalashini belgilab beradi.
Kompozitorlar ijodida monoopera janri kamer operaning alohida turi bo‘lib
hisoblanadi. Bir shaxs uchun yozilgan opera (Y. Butskoning “Aqldan
ozgan
insonning xatlari”, “Rassomning xatlaridan”; G. Fridning “Anna Frank kundaligi”; V.
Gubarenkoning “Muhabbat xatlari”) va mavzu o‘ta kam sonli shaxslar bilan
chegaralangan kamer operalar (Y. Butskoning “Oq tunlar”i; G. Sidelnikovning
“Bechora insonlar”i; A. Xolminovning “Shinel”i) monooperalar qatorida turadi.
Monooperada, odatda, ichki psixologik harakatga katta e’tibor
qaratilib, tashqi
voqealar umumiy holda ko‘rsatiladi. Shu bilan shaxs fojeasi alohida qayd etiladi.
Monoopera XIX asr rus san’ati an’analarini davom ettirib, ma’naviy
ijtimoiy
muammolarga katta e’tibor berishi, gumanistik mazmun va ifodaviy intilishi
kuchliligi bilan ajralib turadi. Monooperadagi intellektuallashtirilgan-falsafiy
mushohadalar tevarak-atrof huruji ta’sirida yo‘q bo‘lib ketayotgan insonning oliy
insoniy sifatlarini himoya qilishga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: