Dasning mavzusi: Tabiatning obrazli manzarasini shlash



Download 26.74 Kb.
Sana12.02.2017
Hajmi26.74 Kb.

Dasning mavzusi:

Tabiatning obrazli manzarasini shlash.

Dasning maqsadi:

Ta’limiy: Tabiatning obrazli manzarasi haqida tushuncha berish, obrazli manzara chizishni o`quvchilarga o`rgatish. Rassomlar tomonida ishlangan rasmlarni tahlil qilish. Tabiatning obrazli manzarasini tasvirlab chizishda ranglarni to`g`ri tanlab bo`yashga o`rgatish.

Tarbiyaviy: O`quvchularni ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, o`quvchilarni hamkorlikda o`qitish, do`stona muhitni tashkil qilish. O`quvchilar bir- biriga yordam berish.

Rivojlantiruvchi: Badiiy –ojodiy qobiliyatlarini o`stirish va ijodiy faolliklarini oshirish, o`quvchilarning bilim, malaka ko`nikmalarini mustahkamlash.


Dars davomida yuzaga keladigan ishlar:

Hamma o`quvchilar: Tabiatning obrazli manzarasi haqida tushunchaga ega bo`ladi. Ko`pchilik o`quvchilar obrazli manzara ishlaydi va uni tahlil qilib beradi. Ayrim o`quvchilar boshqa guruhdagi o`quvchilariga yordan beradi.

Kutiladigan natija:

Rasm ishlaydi, obrazli manzara janri haqida tushunchaga ega bo`ladi.

Qo`llaniladigan modular:

O`quvchilarni rasm ishlashga o`rgatish. O`quvchilarning fikrlash doirasini rivojlantirish va ularga dars o`tish.

Dars o`tish usuli:

Intaerfaol.

Dars metodi:

Aqliy hujum, gurhlarda ishlash, BBB, besh barmoq metodlari

Darsning jihozi:

O`qituvchiga: proyektor, kompyuter, tarqatma materiallar, stiker, doska.

O`quvchiga A3 format qog`ozi, qalam, 5- sinf tasviriy san’at darsligi , akvarel, guash, mo`yqalam.



Tasviriy faoliyat turi:

Obrazli manzara kompozitsiyasi.

Fanlararo bog`lanish:

Matematika, geografiya, tarix, mehnat, biologiya.



Darsning taqsimoti:

O`qituvchining ish harakati

O`quvchining ish harakati

Resurslar

I.Tashkiliy qism:

2 min


Salomlashish

O`quvchilar davomatini aniqlash, darsga tayyorgarligini tekshirish, kichik guruhlarga bo`lish, sinfda do`stona muhitni shakillantirish.



O`qituvchi bilan salomlashish, ish qurollarini taxt qilish, fikrlarini darsga jamlaydi. Kichik uch guruhlarga bo`linib guruhlarga nom beriladi.

Ragli qog`ozlardan tarqatma materiallar.

II.Refleksiya O`tilgan mavzuni mustahkamlash 7 min

“Aqliy hujum” metodi asosida savollar berish. Tasviriy san’at turlari va janrlarini tahlil qilish.

O`quvchilar doskaga chiqib, stiker yordamida savollarga javob yozadi, guruhlar bir biriga yordam beradi

Stiker. doska

Yangi mavzuni tushuntirish

10 min


Manzara janri haqida ma’lumot berish, idrok haritasi orqali manzara janrini tahlil qilish. Repraduksiyalar bilan tanishish, o`quvchi bilimlarini baholab, poster qurish.

O`quvchilar guruhlarda idrok haritasini to`ldirib, har bir guruhdan 1 ta o`quvchi chiqib taqdimot qilib beradi.

Marker, oq qog`oz, taxta, o`quvchilar

Darslik bilan ishlash

1 min


Darslikdagi mavzu oraqli rasm ishlash tushuntiriladi

Tabiat manzarasini bosqichli tasvirlash bo`yicha aytib o`tiladi.

Darslik,

Amaliy mashg`ulot

10 min


Mavzu bo`yicha har bir guruhlarga rasmlarni oq qog`ozga chizish topshiriladi.

Guruhlarda ishlash har bir guruhga berilgan mavzu bo`yicha o`quvchilar rasm ishlaydi.

Akvarel, A3 format, qora qalam

Dam olish daqiqasi

4 min


O`quvchilar qisqa intelektual ring o`yinini “Men xato qilmayman” savollarga javob beradi.

  1. Tabiatning obrazli manzarasini tasvirlashning asosiy sharti nimada.

  2. Tabiat obrazi manzarasida masofa qanday vositalar yordamida beriladi?

  3. Tabiat obrazi manzarasi tasviri deb nimaga aytiladi?

O`quvchilar yarim aylana shaklida turadi savollarga javoblar beriladi. Bunda rasm muallifi kimligini topadi, topgan guruh o`quvchisiga savollar beriladi.

O`quvchilar, reproduksiyalar

Umumlashtirish

Guruhlarning chizgan rasmlarini ko`rib chiqish



O`quvchilar BBB metodi bilan ishlash

O`quvchilarning BBB metodi orqali bilimlarini tekshirish

O`quvchilar

O`quvchilarni baholash

2 min


Baholash. Svetofor usuli bilan baholash

O`z- o`zini baholash, guruh sardorlarini baholash

Plakat baholash varaqalari

Refleksiya

1 min


Bugungi darsdagi o`y fikrlarini bayon etish

Stikerlarga darsdan olgan taassurotlarini yozadi. Nimani bildim? Kimga yordam berdim? Kim menga yordam berdi? Darsdan olgan taassurotlarim







Uyga vazifa

Biron bir tabiat obrazi manzarasini tasvirlab kelish







Besh barmoq metodi:

O`quvchilar qog`ozga besh panjani qo`yib, atrofini aylantirib chizib oladi. Shundan so`ng dars haqida ushbu savollarga javob yozadi.



  1. Bosh barmoq- bosh masala: Bugungi darsda eng dolzarb masala qanday bo`ldi?

  2. Ko`rsatkich barmoq- birlashish: Men guruhda qanday ishladim? Kimga yordam berdim? Kim menga yordam berdi? Kimning ishini maqulladim?

  3. O`rta barmoq- oylash: Men bugun qanday yangi bilim oldim?

  4. Nomsiz barmoq- Tog`rilik: dars menga yoqdimi? Nima uchun?

  5. Jimjiloq- kayfiyat: men darsda o`zimni qanday his qildim?

Kaft _ Oldinga intilmoq, ishni oldinga boshlash uchun nima qilish kerak? Bilimlarimni qanday oshiraman?

Ranglar nimani bildiradi?

Yashil- barcha topshiriqlarni o`zim bajara olaman.

Ko`k- qiyinligi o`rtacha bo`lgan topshiriqlarni bajaraman.

Sariq- topshiriqlarni o`qituvchi yordami bilan bajaraman.

Qizil- topshiriqlarni tushunmayman, yani bajara olmayman.




Idrok xaritasi

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa