O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi saida kasimxodjayeva



Download 1,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/107
Sana09.06.2022
Hajmi1,66 Mb.
#646988
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   107
Bog'liq
fayl 1681 20210827

O‘n beshinchi simfoniya
.
O‘n beshinchi simfoniya (1971) D. Shostakovichning 
kechki simfonizmining fojeali dunyosiga yangi xususiyatlarni olib kiradi. Uch 
qismdan tashkil topgan simfoniya orkestr tarkibining yechimiga ko‘ra sof ixcham
juda shaffofdir. U Birinchi va To‘qqizinchi simfoniyalari bilan bog‘lanib ketadi. 
Ammo uning psixologik mazmuni boshqachadir. 
Kompozitor metaforik ma’noga ega bo‘lgan assotsiatsiyalar yordamida 
konsepsiyani shakllantiradi. Ular o‘ziga xos tarzda hayajonli va ma’nodor muhit 
yaratishga imkon beradi. D. Shostakovichning eski kompozitsiyalari tomonidan 
ma’lum bo‘lgan intonatsiyalari, rivojlanish usullari, “yangi texnikalar”ning “belgi” 
elementlari tanish dunyodan shartli dunyoga o‘tkazilgandek tuyuladi. Bu yerda 
hamma narsa – o‘yin, so‘ng – o‘limdir. 
O‘limning ramziy ma’nosi turli xil variantlarda mavjud: mavzuni bir xilda 
amalga oshirishda – “Vilgelm Tell” G. Rossinidan olingan iqtibosda (ataylab 
sababsiz ravishda mavzuni aniq, mexanik, ko‘chirish uni holbuki jonsiz qilib 
qo‘yadi); abadiy romantik savol mazmuni mavjud Vagnerning “Nibelunglar uzugi” 
dan olingan taqdir mavzusida; D. Shostakovichning avvalgi simfoniyalarini (ikkinchi 
qism) eslatuvchi motamli musiqasida, taqdir haqidagi mavzusida – “Istilo” – 
passakalya mavzusida ifoda eitilgan. 
Umuman olganda, O‘n beshinchi simfoniyada intellektual zamonaviy nasrga 
o‘xshash assotsiativ aloqalarga asoslangan metaforik tasvirlar tizimi yaratiladi.
D. Shostakovichning ijodi bilan yillar davomida shug‘ullangan musiqashunos
T. G‘ofurbekov O‘n beshinchi simfoniya haqida quyidagicha fikr bildiradi: 
“Kompozitor 1970-yilda jo‘shqin, hayotbaxsh eng so‘nggi – O‘n beshinchi 
simfoniyasini yaratib, o‘z simfonik yilnomasiga nuqta qo‘ydi. Shunday qilib, faqat 
simfoniya janrining o‘zidagina kompozitor poyonsiz voqealarni o‘z ichiga olgan 
asrband epopeya yaratishga muyassar bo‘ldi. Uning shogirdlari orasida ham, avval 


71 
aytganimizlar qatori Qora Qorayev, Georgiy Sviridov, German Galinin, Javdat 
Hojiyev singari ayni simfonik musiqaning yirik namoyondalari qardosh respublikalar 
musiqa madaniyatining taniqli arboblari mavjuddir. O‘zbekiston xalq artisti
kompozitor Manas Leviyev ham D. D. Shostakovichda tahsil ko‘rgan ijodkorlardan 
biri. Shuningdek, Aleksey Kozlovskiy, Mutavakkil Burhonov, Ikrom Akbarov, D. D. 
Shostakovichning ijodiy xatlaridan bahramand bo‘lishgan”. (280.158) 
D. Shostakovichning kamer-instrumental janrlarida, har bir kvartetida aks 
ettirilgan hayot va o‘lim, ma’naviy qadriyatlar, san’at haqidagi o‘y-fikrlar o‘ziga xos 
tus olgan edi.
Shaklga va o‘tkinchi qonuniyatlarga bo‘lgan yangi munosabat umumiy bo‘lgan 
edi. Kompozitor uchun yangi vaqtinchalik harakat, uning bir qator kechki uslubini 
umumlashtirgan bo‘lsa, O‘n beshinchi simfoniyada keskin tus qabul qiladi. 
D.Shostakovichning O‘n beshinchi simfoniyasining boshqa asarlari bilan 
bog‘liqligi haqida esdaliklari mavjud: “O‘n beshinchi kvartetda Birinchi kontsert va 
skripka sonatasi bilan o‘xshashlik mavjud. Bu tasodifmi yoki rivojlanish natijasimi 
men bilmayman va tushuntira olmayman. Asar yozilgandan so‘ng juda ko‘p ijodiy 
holatlar yuzaga keladi. Masalan, O‘ninchi kvartet bilan O‘n birinchi va O‘n beshinchi 
kvartetlar orasida juda ko‘p o‘xshashliklar bor. Bu o‘xshashliklar mavzularga ham 
usullarga ham tegishlidir...” (257, 105
) .

Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish