O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi saida kasimxodjayeva



Download 1,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/107
Sana09.06.2022
Hajmi1,66 Mb.
#646988
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   107
Bog'liq
fayl 1681 20210827

 
II BOB 
YETMISHINCHI-SAKSONINCHI YILLAR 
Tayanch so‘zlar: 
Monolog, meditatsiya , janr xotirasi, liturgiya, 
rek viye m . 
70-yillardan oldingi o‘n yillikda dunyo uning ko‘p jihatliligi, o‘zgaruvchanligi, 
rivojlanishini oldindan aytib bo‘lmasligi, dinamik va harakatchanligi nuqtai-nazardan 
qabul qilingan. 
Kompozitorlar dunyoga bo‘lgan o‘z munosabatini va zamonaviy hissiyotlarini 
badiiy uslub sohasidagi izlanishlar orqali ochib berganlar. Oldingi bob 
ma’lumotlaridan kelib chiqib aytish mumkinki, uslub va texnika masalalari yangi 
kompozitsion vositalar bilan eksperiment qilishga qaratilgan 60-yillarning bosh 
muammolaridan biri bo‘lgan. 
XX asrning kompozitsion texnikalari o‘sha paytlari zamonaning o‘ziga xos 
bo‘lgan musiqaviy “hujjati” sifatida qabul qilinar edi. Davrning ratsional, tahliliy 
jihatlari musiqiy mushohadadan aniqlikni talab qilar edi. 
60-yillar musiqasida analitizmning oqibati sifatida keng ma’noda tushuniladigan 
o‘yin tamoyili keng tarqaldi. Mazkur an’ana ko‘p holatda I. Stravinskiy ijodining 
ta’siri oqibatida shakllandi. Musiqada uzoq vaqt davomida ma’lum bo‘lgan o‘yin 
tamoyili nazariyasini Y. Xyoyzing ishlab chiqqan edi. Uning ta’rifiga binoan: “O‘yin 
– bu zamon va makonning shartli chegaralari doirasida tanlab olinadigan erkin 
harakat yoki faoliyatdir. O‘yinning maqsadi uning o‘zidadir. O‘yin tashvish, quvnoq 
hislari bilan to‘la va “oddiy hayotdan” farqli ravishda yashash hissini anglashi bilan 
ajralib turadi” (60, 
16). 
60-yillarda o‘yinning shartlaridan ayniqsa ko‘p ishlatiladiganlaridan biri bo‘lib, 
tovushlarning aniq izchilligi orqali ularning aloqalari makonini belgilash bo‘lgan. 
60-yillar san’atining tipik jihatini ajratib oladigan bo‘lsak, “kontrast” tushuncha 
ta’rifiga ega bo‘lamiz. 


77 
Dunyoga bo‘lgan munosabatning mazmuni va mohiyati keyingi ikki o‘n yilliklar 
davomida o‘zgargan edi. Albatta, meroslilik saqlanib qolgan holda yangilik belgilari 
sezilarli darajada ko‘zga tashlanadi.
Mazkur holat publitsistik mavzularga nisbatan bo‘lgan munosabatda ayniqsa 
seziladi. 
Publitsistika shiddat bilan rivojlangan 60-yillarga qaraganda 70 va 80-yillarda 
zamonaviylikka murojaat etish kamroqdek ko‘rinadi desak, xato qilgan bo‘lamiz. 
Bu ma’noda urush va tinchlik mavzusiga bag‘ishlangan asarlarni eslash 
kifoyadir. Bularga M. Vaynbergning O‘n sakkizinchi “Urushdan dahshatli so‘z 
yo‘qdir” va O‘n to‘qqizinchi “Yorqin may” simfoniyalari, Y. Levitanning “G‘alaba 
uchun”, “Urush nafasi” kantatalari, R. Gabichvadzening To‘qqizinchi simfoniyasini, 
G. Dmitriyevning “Kosmik rapsodiya” asarini, G. Banshikovning “Mangu olov”, B. 
Tishenkoning “Qamal xronikasi”ni, V. Basnerning “Qamal” Ikkinchi simfoniyasini 
sanab o‘tish mumkin. Shuningdek ularga Ulug‘ Vatan urushining 30 yilligiga 
bag‘ishlangan M. Tojiyevning To‘rtinchi simfoniyasini (1975), L. Sumerning “Hayot 
va o‘lim haqida” kantantasini (1973), V.Voytikning “Xatin xotirasi” oratoriyasini 
(1973), Stalingrad himoyachilariga bag‘ishlangan Y. Shamoning Ikkinchi 
simfoniyasini (1974) kiritsa bo‘ladi. 
Kompozitorlar asarlarida zamonaviylikning fojeali voqealari ham o‘z aksini 
topdi. M. Tariverdiyevning “Chernobil” organ simfoniyasi (1987), F. Pitalevning 
Sakkizinchi simfoniyasi, “Stalin qatag‘onlari qurbonlari xotirasiga bag‘ishlov” 
(1987), V. Artemovning “Rekviyem” asari (1989). 
Ammo 70-80-yillarda san’atning atrof-dunyo bilan o‘zaro ta’siri talqini tubdan 
farq qiladi. 60-yillardan farqli o‘laroq, bu yerda asosiy maqsad – zamonlar aloqasini 
tushunish, ijtimoiy, tarixiy, insoniy va madaniy xotirani his qilinishidir. 
Zamonaviylikka oid mavzularda ham vaqt tushunchasidan yuqori turadigan mavzular 
qayd etiladi. Bu jarayon ijtimoiy-siyosiy sohadagi qiyinchiliklarga qarshi qo‘yildi. 
Shu qiyinchiliklar tufayli hayotda, san’atda muhim voqea va faktlar yashirinib 
kelingan edi.


78 
Natijada nafaqat ma’naviy qashshoqlik yuzaga kelar, balki tarix, shu jumladan 
san’at ham sezilarli darajada noto‘g‘ri talqin qilinar edi. Bunday vaziyatda eng avvalo 
insonning axloqiy dunyosi bilan bog‘liq savollar tug‘ilar edi. Iqtisodiyotda va boshqa 
ijtimoiy sohalarda “turg‘unlik davri” deb nomlanuvchi jarayon tugamasdan san’at 
mazkur masalaga murojaat qilgan edi. 
Ma’naviyatda shu jumladan san’atda hayot haqiqati, insonning shaxs sifatidagi 
burchi kabi doimiy savollarga javob izlandi. Ammo bu yerda izlashning shakli o‘ziga 
xos bo‘lgan: asarning ma’nosi ko‘pincha shifrlangan bo‘lib, u lirik, shaxsiy harakat 
yoki shartli harakat orqali ifodalanadi. Metaforik obrazlar orqali (masalan,
D. Shostakovichning keyingi asarlaridagidek) g‘oya ifodalanadi

Agar 60-yillar harakat va o‘yin estetikasini joriy etgan bo‘lsa, 70-yillar 
fikrlashga, mushohada qilishga, meditatsiya qilishga moyil bo‘lgan. 
Mushohadaning nafaqat aniqligi, ratsionalligi, balki V. Medushevning 
kuzatishiga qaraganda, “intuitsiya, nuqtai-nazar, fantaziya bilan to‘yingan mushohada 
ham ideal bo‘lib xizmat qiladi” (131, 211). 
Musiqadagi yangilik kategoriyasi ham boshqacha bo‘lgan edi. Endi uni xat 
texnikasidagi yangilik emas, balki konsepsiyaning betakrorligi aniqlab bergan. Uni 
izlashda kompozitorlar shaxsning ichki dunyosini ifoda etish, fikr bildirishda lirik va 
monologik shakllar kerak ekanligiga ishonch hosil qilgan.
Monologlashtirish va meditatsiya qilish o‘yinga qarshi qo‘yilgan tamoyillardir. 
Ular oldin ham bo‘lgan. Masalan, D. Shostakovich ijodining ajralmas tarkibiy 
qismini aynan shu tushuncha tashkil etadi. 
60-yillarda M. Vaynberg ham bayon etishning monologik turini o‘z ishida 
qo‘llagan. Bayon ifodasining monologik turi keng tarqalgan bo‘lib, uni juda ko‘p 
kompozitorlar ijodida kuzatish mumkin. 
Bundan tashqari, bu uslub barcha janrlarda ishlatilib, ularni hattoki 
instrumentlarning an’anaviy vazifalarini (masalan, S. Gubaydulinaninng “Dil vaqti” 
asaridagi zarbli sozlarga berilgan nutq-monolog mavzusi) o‘zgarishiga va
70-yillardagi musiqiy tendensiyalarga yangi romantik chizg‘inlarni olib kirilishiga 
turtki bo‘ldi. 


79 
Agar 60
-
yillarda madaniyatning asosiy xususiyati kontrast bo‘lgan bo‘lsa, 70-
yillarda u sintez ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Ayni sintez, Sharq va G‘arb, milliy va baynalminal mavzularida yangi 
muvozanatni aniqlab, shu jumladan uslubiy sintez turli voqe’liklarni yagona 
yaxlitlikka olib kelishga va ijodkorni ijtimoiy, ma’naviy va ahloqiy muammolarga va 
tarixga bevosita bog‘liq ekanligini qayd qilishga yordam bergan edi. 
Agar 60-yillarda kompozitorlar folklorni yangi texnikalar bilan birlashtirishga 
intilgan bo‘lsa, 70-yillarda qadimiy musiqalarning (diniy qo‘shiq, maqom, kuy, 
sutartines va hokazo) turli janrlardagi tuzilish qonuniyati zamonaviy musiqaning 
rivojlanishiga yo‘l ochib bergan edi. 
Bu tarixiylik tendensiyasining oqibati bo‘lib, ayniqsa o‘sha davrda kuchaygan 
edi va nafaqat musiqaga, balki san’atning boshqa turlariga – adabiyot, rassomchilik, 
kinoga ham tarqalgan edi. “Inson va tarix” mavzusiga G. Kozintsevning “Qirol Lir” 
(1971) kinofilmi va U. Shekspir haqidagi adabiy maqolalari “Vilyam Shekspir – 
bizning zamondoshimiz” va oxirgi “Fojea makoni” asarlari bag‘ishlangan. 
Ba’zi bir ijodkorlarning asarlarida V. Chaykovskaya o‘sha davr musiqasini 
ta’riflovchi belgilarni qayd etgan edi: “Keyingi yillarda sovet san’atida insonning 
umumiy-falsafiy jihatlarini, shaxsiy hislatlarini tasvirlash kuchaygan edi. Bunda 
inson nafaqat tarixiy davr bilan, balki tabiat bilan birga ifoda etilib, butun 
umuminsoniy qadriyatlar kesimida ko‘rsatilgan” (245, 8) .
 
Keksa insonning chehrasi, uning yoshi hayotni tushunish uchun 
o‘lcham bo‘lgan D. Jilinskiyning “Janubdagi qish” (Onam bilan birgalikdagi 
avtoportret) (1984) kartinasi, T. Nazarenkoning “Hayot” triptixi (1986) ana shular 
jumlasidandir. 
V. Rasputin, F. Abramov, V. Astafyev kabi yozuvchilar o‘z qissa va 
romanlarida hayot, ma’naviy qadriyatlar va an’analar haqida fikr yurtishadi. Bu 
qadriyatlar yo‘q bo‘lib ketmasligi kerakligini alohida qayd etishadi. Qari insonning 
dunyosi bu yerda ham oliy his-tuyg‘ular jamlanmasi hisoblanadi. 


80 
70-yillarning yanada keng, aniq psixologik, ijtimoiy, ma’naviy hayotini 
ko‘rsatish uchun sovet adabiyotida, kinosida yanada ko‘proq folklor an’analari, mif, 
fantastika, grotesk qo‘llanila boshlanadi. 
Ch. Aytmatovning “Buronniy polustanok” ( “Asrga tatigulik kun”) va “Plaxa”, 
A. Kimning “Bulbullar yozi”, M. Ancharovning “Samshit o‘rmoni,
A. Tarkovskiyning “Oyna”, “Solyaris”, “Stalker” filmlari ana shular jumlasidandir. 
San’atda insonning ma’naviyati asosiy masala bo‘lib, voqe’likni ijtimoiy tahlili 
bilan juda yaqin bo‘lgan. V. Shukshinning ijodida mazkur masala xalqdan chiqqan 
shaxsning psixologik dunyoqarashi orqali ochib berilgan. 
Boshqa yozuvchilar, ya’ni V. Astafyevning “Shoh baliq”, B. Vasilyevning 
“Oqqushlarga o‘q otmanglar”, G. Troyepolskiyning “Oq Bim – qora quloq” 
asarlarida ijtimoiy va ma’naviy muammolar “inson va tabiat” mavzusi orqali 
ko‘rsatilgan. 
G. Panfilov filmlarining murakkab obrazli tuzilmasida qahramonning ichki 
dunyosi bilan uni qurshab olgan olam o‘rtasida tushunmovchilik mavjud bo‘lganligi 
sababli konfliktlilik yuzaga keladi (“Menga so‘z bering”). N. Mixalkovning 
“Mexanik pianino uchun tugatilmagan pyesa” filmi (Chexov asari asosida) haqiqiy va 
yolg‘onchi hayot qadriyatlari haqidagi fikrni rivojlantiradi. Ma’naviy izlanish 
mavzusi amalga oshirilgan va amalga oshirilayotgan yovuzlik uchun mas’uliyat 
mavzuini yuzaga chiqaradi (V. Shukshinning “Qizil kalina”si). 
80-yillarning ikkinchi yarmida ijtimoiy yovuzlik muammosi keng va oshkora 
muhokama qilingan edi. 80-yillar madaniyatida T. Abuladzening “Sajda”, “Xohishlar 
daraxti”, “Tavba-tazarru” trilogiyasi katta voqe’lik bo‘lgan edi. 1967-yilda yaratilgan 
“Sajda” asarida kompozitor V. Pshavelaning ijodiga murojaat qiladi. Shoirning 
hayotiy dramasi va haqiqatni izlash va kurashishi filmda murakkab syujet va obrazlar 
yaxlitligini yaratadi. 
“Xohishlar daraxti” asari kuchli his-hayajonlar, vayrona bo‘lgan umid, oyoqosti 
qilingan hayot to‘g‘risida hikoya qiladi (130, 5). 
“Tavba-tazarru” filmida rejissor shaxsga sig‘inish fojeasini oshkora etib, o‘tkir, 
groteskli obrazlilikni va yig‘i-yo‘qlov janrini qo‘llaydi. Davr fojeasini yuzaga 


81 
keltirgan yovuzlik va zo‘ravonlik filmda vaqt chegarasidan chiqib ketgan 
tushunchalarni hosil qiladi. Yovuzlik qaytarilmasligi uchun uni tag-tugi bilan 
sug‘urib tashlash lozim, degan xulosa yaratiladi. 
T. Abuladzeniing trilogiyasida aniq ijodiy nuqtai-nazar mavjud bo‘lib, u o‘ziga 
xos ahamiyatliligi bilan ajralib turadi: “Rejissura – dunyoqarash bilan bog‘liq bo‘lgan 
kategoriya. U ijtimoiy faollikni, hayotga quloq solish uchun kerak bo‘lgan irodani, 
iste’dodni va his-hayajon bilan yuzaga kelgan o‘y-fikrlarni qamrab oladi (...). 
Rejissura bu – nuqtai-nazar, so‘zsiz haqiqatga xizmat qilishdir”, - deydi trilogiya 
muallifi (130, 5). 
Haqiqatgo‘y, insonlarning murakkab taqdirlari va kulfatlarini oshkora qiluvchi, 
ijtimoiy borliqni tahlil qiluvchi asarlar 80-yillarning ikkinchi yarmida jamiyat 
ma’naviy hayotining tarkibiy qismiga aylangan edi. Ularni qiziqib o‘qishadi, ular 
asosida pyesalar qo‘yishadi. Ular qatorida Ch. Aytmatovning romanlari,
D. Graninning “Zubr”, A. Ribakovning “Arbat bolalari”, A. Bekning “Maxsus 
vazifa” asarlari bor edi. 80-yillarnng oxirida sovet madaniyatiga V. Grossmanning 
“Hayot va taqdir”, A. Soljenitsinning “Gulag arxipelagi”, N. Erdmanning “Mandat”,
A. Platonovning “Kotlovan” kabi asarlari qaytib keldi. 
O‘sha vaqtda teatrda mumtoz syujetlarni yangicha o‘qib tushunish turli 
ko‘rinishlardagi yovuzlikka qarshi kurashishga olib keldi, ularga boshqacha mazmun 
hadya etgan edi. 
Masalan, 1987-yilda Moskva kamer teatri B.A.Pokrovskiyning badiiy 
rahbarligida Motsartning “Don Juan” asarini sahnalashtirdi. XIX va XX asrlar 
davomida spektakllar afishasidan va chop etilayotgan opera klavirlaridan yo‘q bo‘lib 
ketgan to‘liq nomi “ Don Juan yoki ma’naviy buzuq kimsaning jazolanishi” tiklanadi. 
Rus san’atida bu holat A. S. Pushkining Don Juan konsepsiyasining ustuvorligi 
bilan bog‘liq bo‘lgan. An’analarga qarshi holda kamer teatri Motsart operasining 
qahramoni obrazida Don Juanni nafaqat qalbi jo‘shqin va rom qiluvchi shaxs, balki 
yovuzlikni, ya’ni o‘ta masxarali egoizmning ifodasi sifatida namoyon qilardi. Mazkur 
talqinni san’atning boshqa turlari haqida oldin qayd qilinganlar bilan solishtirib, ular 


82 
o‘rtasida umumiylik mavjudligi haqida, jinoyat uchun javob berish, gunohlar uchun 
jazolashga bo‘lgan talablar kuchayganligi haqida xulosa chiqarish mumkin. 
70-80-yillarda musiqa adabiyot bilan yaqindan hamkorlik qilgan. Kompozitorlar 
zamonaviy yozuvchilar ijodiga qiziqish bildirganlar.
Ana shu hamkorlikda R. Shedrin – A. Voznesenskiylarning “Poeturasi”,
A. Xolminov – V. Shukshinlarning “O‘n ikkita qoida”, V. Vlasov –
Ch. Aytmatovlarning “Asal”, K. Moldobasanov – Ch. Aytmatovlarning “Ona 
tuproq”, K Volkov – V. Rasputinlarning “Yasha va eslab yur”, I. Krasilnikovning 
Ikkinchi simfoniyasi (V. Astafyevning “Cho‘pon yigit va cho‘pon qiz” qissasi 
asosida), K. Volkovning organ uchun sonatasi (V.Rasputin qissasini o‘qib) asarlari 
yaratildi. 
Xuddi shu ko‘p o‘lchamli ko‘rinish oldingi davr san’atida ham mavjud bo‘lgan. 
Ammo musiqachilar 60-yillarga qaraganda, xalqning madaniy xotirasining in’ikosi 
bo‘lgan adabiy va musiqiy yodgorliklarga katta e’tibor bera boshlashgan.
Masalan, G. Sviridov Kichik teatrda sahnalashtirilgan A. K. Tolstoyning “Shox 
Fedor Ionovich” 
(
1973) dramasi musiqasiga M. V. Brajnikov tomonidan rasshifrovka 
qilingan Fedor Krestyanin qo‘lyozmalaridan (XVI asr) olingan so‘zlarni va 
intonatsiyalarni kiritadi. B. Tishenko “Yaroslavna” baletida (1974) qadimgi Rus 
adabiy yodgorligi bo‘lmish “Igor polki haqida so‘z” asariga murojaat qiladi, rus 
san’atining tipik bo‘lgan janrlarini tiklaydi. Shu bilan birga balet-operaning epik-
qahramonona janri XX asrning ikkinchi yarmining musiqa tili yordamida o‘tmishda 
bo‘lgan voqealarni ifodalab beradi. 
YUNESKOning qarori bilan 1985 yil “Igor polki haqida so‘z asari yili” deb 
belgilandi. 
Asarning 800 yilligi munosabati bilan poemaning yangi nashri chiqdi, yangi 
tadqiqotlar olib borildi, shu jumladan D. Lixachev tomonidan bir qancha ilmiy ishlar 
e’lon qilindi, suratlar paydo bo‘ldi.
I. Glazunovning eski rus uslubida chizilgan tasvirlari katta shov-shuv kelib 
chiqishiga va fikrlar to‘qnashuviga sabab bo‘ldi. 


83 
Musiqada “Igor polki haqida so‘z” poemasiga qiziqish doimo barqaror bo‘lgan. 
Deyarli har bir o‘n yillikda bu “oltin so‘zni” yangicha anglagan va donishmandlik, 
bilim, shuningdek poeziyaning mangu manbasidan foydalangan asarlar paydo 
bo‘lgan. 
Janr bilan bog‘liq talqinlar ko‘pligi ham e’tborlidir. B. Tishenkoning baletidan 
tashqari N.Sidelnikovning “Qilich ko‘targan” oratoriyasi, R. Ledenyevning “Igor 
polki haqida so‘z” nomli epik poemasi, K. Volkovning “So‘z” kantatasi,
O. Yanchenkoning “Igor polki haqida so‘z” nomli to‘rtinchi simfoniyasi ana shular 
jumlasidandir. 
O‘z ildizlarini bilish va zamonlar yaxlitligini his qilish istagi 70 va 80-yillarda 
paydo bo‘lgan talay asarlarda harakatga keltiruvchi kuch bo‘lgan. O‘tmishga 
murojaat qilish munosabati bilan “janr xotirasi” san’atda juda muhim rol o‘ynaydi 
(M.Bahtin). 60-yillarda kompozitorlar janrning chegaralarini kengaytirishga, janrlar 
sinteziga urinishdi. Keyingi ikki o‘n yillik turli janrlar “simbiozini” va yangiliklarni 
yuzaga keltirdi. Ammo simfoniya, kvartet, opera, balet kabi an’anaviy janrlar 
rivojlanishi ustuvor bo‘lganini ta’kidlashimiz o‘rinlidir.
An’anaviy bo‘lgan simfoniya janrida milliy respublikalar kompozitoralari faol 
ishlab keldi. Masalan, G. Jubanova, B. Bayaxunov, A. Bichkov (Qozog‘iston),
V. Muxatov , A. Tagiyev (Turkmaniston), Y. Ivanov , A. Skulte (Latviya), N. 
Jiganov (Tatariston), A. Machavariani (Gruziya), V. Doroxin, F. Pitalyev, V. Voytik, 
V. Kondrusevich (Belorussiya) kabi kompozitorlar ana shular jumlasidandir. 
Shu bilan birga mumtoz janrlar ba’zida yangicha intonatsiyalar bilan 
to‘yintirilgan, oddiylikka bo‘lgan intilish ko‘p holatlarda murakkablikka olib kelgan. 
Bu yerda D. Shostakovichning so‘nggi asarlarini eslatmoqchimiz. Xususan, O‘n 
beshinchi simfoniyasi o‘zining oddiy uslubi va ko‘p ma’noligi bilan ajralib turadi 
(224, 13-19).
 
80-yillarda S. Slonimskiyning ijodida (46, 32) an’anaviy janrlarga yangi 
yondashuv kuzatildi. U o‘sha vaqtda qunt va shijoat bilan simfoniyaga murojaat 
qiladi (1977-yildan 1985-yilgacha u yettita simfoniya yaratdi).


84 
S. Slonimskiyning epik simfonizmi melodik kengaytirish tamoyillarini joriy 
qildi. Ular rus madaniyatining chuqur qatlamlariga asoslanganligi yaqqol sezilar edi. 
Tipologik jihatdan o‘xshash, ammo stilistik va uslubiy tomondan farqlanuvchi 
holatlar uning “Mariya Styuart” operasida kuzatilgan (1980). Kompozitor bu yerda 
operaning qo‘shiq-ballada turiga, raqamli tuzilishiga qaytadi. Shu bilan birga u o‘ziga 
xos makoni va zamoni harakatlariga boy, personajlari (G‘amg‘in va Quvnoq skaldlar) 
“harakatlardan tashqarida” turuvchi ko‘p janrli dramaturgiyani yaratadi. 
Eshpayning To‘rtinchi va Beshinchi simfoniyalari an’anaviy shakllarda 
yaratilgan. Ular 80-yillar simfonizmida kontrastlarning o‘zaro harakatlari, o‘tkir 
mazmunli konfliktlar, dunyoning barqarorligi va yahlitligi, shuningdek tsiklik va 
sonatalikni o‘ziga xos individual o‘qilishi bilan ajralib turardi. 
Madaniyatda sodir bo‘lgan zamonlararo aloqalarning kuchayishi, tarixiy 
xotiraning turli jihatlarining namoyon bo‘lishi o‘tmishda ba’zi-bir an’anaviy bo‘lgan, 
ammo musiqada kamyob bo‘lgan janrlarning paydo bo‘lishiga olib keldi.
 
Koncherto grosso, rekviyem, messa, xor kontsertiana shular jumlasidandir.
Shu munoosabat bilan, kompozitorlar barakko davriga qiziqish bildiradilar. 
Barokko shakllari va janrlariga A. Shnitke, Y. Yuzelyunas tez-tez murojaat qilishadi. 
I. S. Bax tavvaludining 300 yilligi munosabati bilan juda ko‘p musiqaviy 
tuhfalar yaratildi. Bular qatoriga R. Shedrinning (“Musiqaviy sovg‘a”, “Kyoten 
shahriga bag‘ishlangan musiqa”, “Aks-sado sonata”) triadasi, S. Gubaydulinaning 
“Offertorium” va boshqa asarlarini kiritsa bo‘ladi. 
Taniqli musiqachilarga bag‘ishlangan asarlar 70-80-yillar musiqa san’atining 
butun bir tarmog‘ini tashkil qildi. Ayniqsa, bunday musiqaviy tuhfalar I. Stravinskiy, 
D. Shostakovich, S. Prokofyev, M. Yudina kabi buyuk kompozitorlarga 
bag‘ishlangan edi. Masalan, ular ichida A.Shnitkening ikkita skripka uchun yozilgan 
“D. Shostakovich xotirasiga bag‘ishlangan prelyudiyasi”, olti qo‘lda ijro etish uchun 
yozilgan fortepiano “Stravinskiy, Prokofyev va Shostakovichlarga bag‘ishlovi”,
E. Denisovning “I. Stravinskiyni xotirlab”, S. Pavlenkoning “Yo‘qlovlar 
simfoniyasi”, K. Batashovning “Stravinskiyning xotirasiga bag‘ishlangan kontsert”, 


85 
B. Tishenkoning Beshinchi simfoniyasi, M. Vaynbergning O‘n ikkinchi simfoniyasi, 
E. Kappning “1p memoriami”, V. Ryabovning “Fantaziya do minori” bor edi. 
Ayniqsa rekviyem janridagi kompozitsiyalar keng tarqalgan edi. 
Ma’lumki, rus musiqasi juda ko‘p xor janrlarining o‘ziga xos variantlarini, shu 
jumladan rekviyemga yaqin bo‘lgan asarlarni yaratdi. 
S. Raxmaninovning “Tungi sajda”, S. Taneyevning “Ioann Damaskin” va 
“Psalmni o‘qib” kabi asarlari madaniyatning butun bir davriga xos voqea bo‘lib, 
uning keyingi rivojiga ta’sir qilmay qolmasdan iloji yo‘q edi. 
Musiqada yuzaga kelgan liturgiya an’analari memorial an’analar bilan 
jipslashdi. 60-yillar oxiri va 70-yillar davomida juda ko‘p kompozitorlar rekviyemga 
yoki unga yaqin bo‘lgan janrlarga murojaat qilishgan. Shu davrda quyidagi, ya’ni:
B. Tishenkoning (1966, A. Axmatovaning so‘zlari), M. Vaynbergning
(1967, D. Kedrin va F. G. Lorka so‘zlari), A. Shnitkening (1975, lotin matnlari),
E. Denisovning (1980, F. Tantser so‘zlari va lotin matnlari) rekviyemlari;
G. Sviridovning “Yurlov xotirasiga bag‘ishlangan kontsert” (1974), V. Rubinning 
“Kechki qo‘shiqlar” (O‘rtog‘imni xotirlab) oratoriyasi (1974, sovet shoirlari so‘zlari), 
S.Nasidzening “Passionlar” (1978) va “Dalay” (1979), V. Barkauskasning “Pro 
memoruya” (1970) va boshqa asarlar yaratildi. 
Memorial janr kamer-instrumental va kontsert musiqasida keng tarqaladi 
(masalan, xristianlar janozasini eslatuvchi Y. Butskoning skripka va orkestr uchun 
yozilgan “Yig‘i-yo‘qlov” kontserti, E. Denisovning vokal tsikllari (“Go‘zal qiyofang” 
A. Pushkin so‘zlari va “Qorli gulxanda” A. Blok so‘zlari). 
Janrlarni rekviyem shaklda faol tiklanishining sababi, fikrimizcha, uning fojea 
va falsafiy mazmun bilan to‘la “janr xotirasi” bilan bog‘liq. Mazkur janrda san’at va 
insonning hayot va o‘lim haqiqati bilan bog‘liq azaliy muammolari o‘z o‘rnini 
topgan. 
“Janr xotirasi” tushunchasi voqe’lik bilan bog‘liq bilimning juda ko‘p turlari, 
qirralari va imkoniyatlarini, ya’ni konfliktlikni (V. Motsart, J. Bepdi), monumental 
jasoratlikni (G. Berlioz, L. Kerubini), lirikani (G. Fore) qamrab oladi. 


86 
Memorial janrda nafaqat tragediya, balki yorug‘likni izlash, shaxsni madh qilish, 
uni ko‘klarga ko‘tarish bilan bog‘liq holatlar ham o‘z ifodasini topgan. 70-yillarda 
hayot va tarix sirlariga qiziqish bildirgan ijodkor uchun bularning barchasi juda yaqin 
bo‘lgan. 
80-yillarda diniy janrlarga murojaat qilish Rossiyani cho‘qintirilishining
1000 yilligi va jamiyatning dinga bo‘lgan munosabatidagi ijobiy o‘zgarishlar bilan 
to‘g‘ri keldi. Chunki din xalq nazarida ma’naviyat, mehribonlik, ahloqiy tarbiya 
manbai sifatida qabul qilina boshlangan edi. Bu o‘z navbatida, rus ma’naviy musiqa 
janrlarini tiklanishiga olib keldi. Masalan, 1989-yilda S. Raxmaninov zalida “Moskva 
kuzi” nomli festival doirasida kontsert bo‘lib o‘tdi. Unda faqat sovet kompozitorlari 
turli avlodlarining diniy mavzuda yozilgan asarlari ijro etildi. Yuqori avlod 
kompozitorlari asarlaridan Y. Golubyevning diniy xorlari, N. Karetnikovning 
Sakkizta diniy qo‘shiqlari va boshqa mualliflar asarlari ijro etildi. Kompozitorlarning 
yosh avlodlaridan V. Ryabovning oltita liturgiya qo‘shiqlari V. Kikta, V. Martinov, 
G. Dmitriyevlarning diniy xorlari ijro etildi. Kontsert rus qo‘shiqchilik madaniyati 
hatto eng og‘ir yillarda ham rivojlanib kelganligini va so‘nggi yillarda ijtimoiy va 
siyosiy sohalarda o‘zgarishlar bo‘lganligi sababli unga bo‘lgan munosabat ancha 
yaxshilanganligini ko‘rsatdi. 
Kompozitorlarning yaratgan kult va memorial janrlari o‘tmish musiqasi bilan 
janr jihatdan bog‘liq bo‘lganligiga qaramasdan, zamonaviylikka qaratilgani, ayniqsa 
ko‘zga tashlanadi. Hatto undagi liturgik matnlar ham bunga halaqit bermagan. 
Masalan, A. Shnitkening Rekviyemida “Credo” (“Ishonaman”) qismi mavjud 
bo‘lib, F. Shillerning “Don Karlos” pyesasining sahnalashtirilishida qo‘llanilgan. Bu 
stilistik jihatdan zamonaviylikka eng yaqin turgan bosh epizoddir. Kompozitor bu 
yerda juda ko‘p zarbli asboblarni qo‘llaydi, kulminatsiyada estrada maromlari ijro 
etiladi. Bularning barchasi yovuzlikning fojeali va qo‘rqinchli ko‘rinishini ifoda 
etadi. 

Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish