Kamer asarlar
.
Kvartetlar
.
Ko‘rinib turibdiki, ko‘rsatilgan o‘xshashlik tasodif
emas edi. U kompozitorning umuman kechki ijodidagi va xususan kamer ijodidagi
obrazli-uslubiy jarayonlarning yaxlitligi asosida yuzaga kelgan edi. Shu asnoda
kvartetdan kvartetga qarab solo ijro etuvchi instrumentlar va ularning monologlari
kuchayib borgan.
O‘ninchi kvartetda boshqa kvartetlarga qaraganda an’naviy mumtoz
dramaturgiya kuchliroq bo‘lganligiga qaramasdan unda bu xususiyat aniq ko‘ringan
edi (1964). Balki kvartet M. Vaynbergga bag‘ishlanganligi uchun ham u nimasi
bilandir mazkur kompozitorning uslubini eslatadi.
72
Keyingi kvartetlar monologik harakatlarni kengaytirib borgan. O‘n birinchida
(1966) skripka ijro etgan, O‘n uchinchida (1970) – alt, O‘n to‘rtinchida (1973) –
violanchel asosiy rol o‘ynagan.
Uslub va konsepsiya nuqtai-nazaridan keskin o‘zgarish tadqiqodchilarning
fikriga qaraganda, O‘n ikkinchi kvartetda (1968) kuzatiladi. Unda o‘n ikki tonlik o‘z
ifodasini topgan (44). Qatorlar texnikasi elementlari dramaturgik konfliktni
boshqacha tasavvur qilishga yordam beradi.
Konfliktlilik iijtimoiy tus olgan D. Shostakovichning asrlaridan, masalan,
Oltinchi kvartetdan farqli ularoq bu yerda konflikt she’r haqidagi mulohozalardan
iborat bo‘lib qolgan. Shu o‘rinda qayd etish kerakki, D. Shostakovichni epik
qo‘shiqchilar bilan qiyoslasa bo‘ladi – chuqur hamdardlik bayonning xolisona
tasavvur qilinishiga va toniga ta’sir qilmagan.
Tasodif emaski, kvartetning ma’lum bir mavzusi M. Musorgskiy operasidagi
Pimen mavzusini eslatadi (pimenga xosliklar To‘qqizinchi kvartetda ham uchraydi)
va D. Shostakovichning kechki ijodidagi epik motivlarni aks etadi. Diatonik va o‘n
ikki tonlik mavzularni taqqoslash dramatik harakatlar manbasi bo‘lib hisoblanadi.
Ammo u mustahkam epik obrazga putur yetkazmaydi. D. Shostakovich uchun balki
eski va yangi ifodaviy vositalar muammosi, ularning bir-biriga qarshi qo‘llanilishi,
kurashi va muvozanati ana shu tarzda yechilgandir.
O‘n beshinchi kvartet va vokal tsikli – Mikelanjelo Buonarrottining she’rlariga
yozilgan syuita – kompozitorning yangi lirik va falsafiy dil bayonlari bo‘ldi.
D. Shostakovich ijodida hayot va o‘lim, sevgi va o‘lim muammosi bunday tinch
va osoyishta elegik tusga kirmagan edi. Kompozitor ijodida “hayot va o‘lim”
so‘zlaridagi mavjud muqarrar ziddiyat bilan oqilona kelishuv yuzaga keldi. Shu bilan
birga, “boqiylik” tushunchasi ham mavjud edi. Mikelanjelo she’rlari vokal ijroda
fikrni aniqlashtiradi. Bu she’rlar O‘n Beshinchi kvartetda ijro etiladi: “Men go‘yoki
o‘lganman, ammo tiriklar tinchlanishi uchun men minglab dillarda yashayman”.
Donishmandlik go‘zallik kabi mag‘rur va sokindir. Shunga o‘xshash bo‘lgan
vokal tsiklining musiqiy tili ham tashqi ko‘rinishdan oddiydek ko‘rinadi. Rechetativ-
73
deklamatsion qurilma D. Shostakovichga har bir so‘zga e’tibor berishga imkon
yaratadi, sekin templarning mo‘lligi chuqur fikrlashga sharoit yaratadi.
O‘n beshinchi kvartetning barcha oltita qismi adajio tempida yozilgan, bu esa
vokal tsiklidagidek fikrlar yo‘nalishiga diqqatni qaratishga, janr asotsiyatsiyalarini
(elegiya, serenada, noktyurn, motam marshi) ochib berishga imkon yaratadi.
Ular bilan birga, har bir musiqiy daqiqani qamrab olib bo‘lmaslik tushunchasini
anglash, yuzaga keladi, shunday ekan daqiqa – bu bir katta dunyodir.
D. Shostakovich kvartetlarining evolyutsiyasini L. Betxovenning
kamer
janri
evolyutsiyasi bilan taqqoslash mumkin
.
P. Bekkerning Betxoven to‘g‘risida aytgan quyidagi gaplarini D. Shostakovich
kvartetlariga nisbatan ishlatsa bo‘ladi: “Obrazlarning jo‘shgan harakatlari ichki
jipslanishga, chuqur fikr-o‘ylarga o‘z o‘rnini beradi. Ana shunday cho‘ziq
monologlarda Betxovenning fikri ob’ektiv muammoga qaratilan: Inson va uni
qurshab turgan ulkan koinot ko‘rinishdagi dunyo. Betxovenning kechki
kvartetlaridagi kurash g‘oyasi falsafiy, ma’naviy maydonga ko‘chirilgan...” (151,
362) .
D. Shostakovich o‘zining Betxoven bilan ma’naviy yaqinligini F. Drujininga
bag‘ishlagan so‘nggi asarida – Alt va fortepiano uchun yozilgan sonatada (1975)
qayd qilgan. U uchta qismdan iborat bo‘lib, kompozitorning o‘zi uni “Buyuk
kompozitor Betxovenning xotirasiga bag‘ishlangan adajio” (127) deb no mlag an
edi . Alt sonatasining har bir intonatsiyasi salmoqli va bir qator assotsiyatsiyalarni
yuzaga keltiradi. Adajio sonatasining yakuniy qismida D. Shostakovich “Oy
sonatasi”dagi abadiy barhayot bo‘lgan iqtibosni – san’at, donishmandlik va insoniy
mexribonlik sifatida reministsentsiya sifatida kiritadi.
“Literaturnaya gazeta”da D. Shostakovich haqida chop etilgan maqolada
M. Vaynberning so‘zlari keltirilgan. “Fikrimcha, final barcha mayda ishlarni va
tashvishlarni chetda qoldirgan buyuk sovet san’atkoriining bosh qoidasidir.
D. Shostakovichning barcha so‘nggi asarlarida hayot bilan vidolashuv motivi mavjud,
bu yerda dard va qayg‘u osonlikcha o‘qiladi. Bari bir mazkur sonatada mehribonlik,
74
muhabbat, hayotga bo‘lgan ishonch barcha boshqa narsalarni chetga surib qo‘ygan”
(147, 8)
D. Shostkovich ijodining kechki davri 60- va 70- yillar uchun tipik bo‘lgan
yangi chizg‘inlarni mujasamlashtirdi. Mazkur ijod yangi an’anaviylikda, yangi
holatda oldingi davrni, uning ko‘p ma’noligini, oddiy shakllarni, ko‘chim va
zamonaga bo‘lgan yangi munosabatni izlash yo‘lida keyingi avlod kompozitorlari
uchun bitmas tuganmas manba bo‘ldi.
“Uning shogirdlari orasida ham, avval aytganimizlar qatori Qora-Qorayev,
Georgiy Sviridov, German Galinin, Javdat Hojiyev singari ayni simfonik musiqaning
yirik namoendalari qardosh respublikalar musiqa madaniyatining taniqli arboblari
mavjuddir. O‘zbekiston xalq artisti, kompozitor Manas Leviyev ham D. D.
Shostakovichda tahsil ko‘rgan ijodkorlardan biri. Shuningdek, Aleksey Kozlovskiy,
Mutavakkil Burhonov, Ikrom Akbarov, D. D. Shostakovichning ijodiy xatlaridan
bahramand bo‘lishgan. O‘zbekistonda simfonik musiqa sohasida barakali ijod qilgan
Georgiy Mushel, Boris Giyenko, Rashid Hamroyev, To‘lqin Qurbonov, Sayfi Jalil,
keyinchalik Mirsodiq Tojiyev, Mirhalil Mahmudov, Nurilla Zokirov, Dilorom
Saydaminova, Rustam Abdullayev, Nuriddin G‘iyosovlarning partituralarida D. D.
Shostakovich an’analari yaqqol sezilib turadi”, - deb yozgan edi musiqashunos
T. G‘ofurbekov (280.150).
Daho kompozitor nafaqat shogirdlariga, balki bir necha avlod kompozitorlariga
ta’sir etib, ularning dastlabki ijod yo‘llarini belgilab bergan.
O‘zbekiston kompozitorlari bilan D. D. Shostakovichning aloqalari haqida
tadqiqot
olib
borgan
T.G‘ofurbekovning
kuzatuvlariga
ko‘ra,
D. Shostakovichning ijodiy ta’siri asosan, o‘zbek simfonik musiqasida, shuningdek
kamer-cholg‘u (kvartet, sonata janrlari, polifonik turkumlar) va musiqali sahna
(opera) asarlarida yaqqol seziladi. Qizig‘i shundaki, mazkur sohalardagi ilk
D. D. Shostakovichsimon sahifalar odatda u yoki bu janrdagi puxta, aksar
xususiyatlariga ko‘ra mustaqil asarlarda namoyon bo‘ladi. Modomiki shunday ekan,
biz D. D. Shostakovich an’analari – ijodiy yetuklikning
Do'stlaringiz bilan baham: |