O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi saida kasimxodjayeva



Download 1,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/107
Sana09.06.2022
Hajmi1,66 Mb.
#646988
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   107
Bog'liq
fayl 1681 20210827

Savollar: 
1. 70-80-yillarda yetakchilik qilgan janrlar? 
2. Rekviyem janri tarixiy kesimda? 


87 
3. S. Slonimskiyning epik simfonizmini tushuntiring.
4. 70-80-yillar san’at sinteziga ta’rif bering. 
5. Kontrast qarama-qarshilikka misollar keltiring.
KOMPOZITORLARNING QADIMIY FOLKLOR VA MA’NAVIY
QADRIYATLARGA MUROJAATI 
Tayanch so‘zlar: 
Folklor, xor kontsertlari, minimalizm, xor simfoniyasi. 
70-yillarda xor kontsert janrining tiklanish davri kelgan edi, desak mubolag‘a 
bo‘lmaydi. Rus madaniyati uchun an’anaviy hisoblangan bu janr uzoq vaqt davomida 
kompozitorlar diqqatidan chetda qolib ketgan edi. Kontsert sahnasida XVII-XVIII asr 
qadimgi xor kontsertining tiklanishi, N. Diletskiy, V. Titova, D. Bortnyanskiy, 
A.Vedel, M. Berezovskiylarning o‘ziga xos va yorug‘ obrazli musiqiy dunyosi 
kompozitorlarning dastlabki janrga, ya’ni Rusda mashhur bo‘lgan xor kontsertiga 
bo‘lgan qiziqishni orttirdi. Musiqachilar dunyo sirlarini anglashdagi yana bir bilim 
turi sifatida unga murojaat qilishgan. V. Salmanovning “Oqqushlar” (1967), “Botir 
yigit” (1978), G. Sviridovning “Pushkin gulchambari” (1978), S. Slonimskiyning 
“Tinch Don” (1980), A.Shnitkening Xor kontserti va “Tavba she’rlari” (1988). “Janr 
xotirasi” bu yerda ham katta ahamiyatga ega bo‘lgan. 
O‘z vaqtida xor kontsert janri rus xor musiqasining eng oliy ko‘rinishlaridan biri 
bo‘lgan. U hayot kontrastlarini, borliqning falsafiy mazmunini to‘liq qamrab olgan. 
Xor kontserti o‘zining tarixiy vazifasi bo‘yicha katta bir tarixiy davrning eng yuqori 
cho‘qqisi bo‘lib uni yakunlagan. Vokal musiqasi sohasida ko‘p qatlamli sintezning 
yuqori bosqichini bildirgan. Unda sovet va kult belgilari, vokal va instrumental 
shakllar, kontsert va teatr ko‘rinishlari va boshqa bir qancha o‘ziga xos bo‘lgan 
jihatlar birlashgan. 
Sintez barqaror belgi, janrlarning tiklanishi esa qonuniyat bo‘lgan 70-80-yillar 
san’ati, insoniylik qonuniyatlarini anglashda o‘ta qimmatli tajribani qamrab olgan 
ma’naviy merosni o‘zlashtirishga kirishib ketgan o‘tmish tajribasi yangi shakllarda 


88 
ham namoyon bo‘ladi. Masalan, 70-yillarda folklor ko‘rinishining yangi shakli – xor 
teatri joriy etila boshlandi. Uning paydo bo‘lishiga shiddat bilan rivojlanayotgan 
televideniye turtki bo‘ldi. Zero, aynan televideniye tomoshabop va dinamik 
ko‘rsatuvlarga moyillik bildirar edi. Ammo televideniye xor san’ati negizida 
tomoshaboplik borligini yana bir bor tasdiqladi. Chunki xor ijrosi xalq ijrosidan kelib 
chiqqan bo‘lib, uning ajralmas qismi hisoblanadi. Folklor esa o‘yin kulgi bilan 
bog‘liq bo‘lib o‘zida dinamika va harakatni qamrab oladi. Folklor doimo ijrochi va 
tomoshabin o‘rtasida umumiylik paydo qilishga intiladi. Ya’ni, ijro yakdilligi 
natijasida kuchli emotsional ta’sirlanish yuzaga keladi. Zamonaviy folklor jamoalari 
ham teatrlashgan ijro orqali tamoshabin e’tiborini o‘ziga jalb etishga, qiziqishini 
uyg‘otishga harakat qiladilar. 
Xor ijodiyotini shiddat bilan rivojlanishi, mavzu doirasining kengayishi, xor 
simfoniya janrining yuzaga kelishiga olib keldi. S.Balasanyan, A.Leman, 
I.Kalninshlarning “Kurash va g‘alaba vaqti” (1975), L.Prigojinning “Marosimlar 
simfoniyasi” (1977), V.Gavrilinning “Jomlar tovushi” (1981-1982) fikrimizni 
dalillaydi.
 
Xor simfoniyasining yuzaga kelishi ijodkorlar tomonidan dunyoning yaxlit 
manzarasini yaratishga bo‘lgan ishtiyoqni, insonni zamonasini tushunish uchun 
qilgan harakatining natijasi bo‘ldi. 
80-yillarda xor ijodiyotining rivojlanishi, shu davrda ijod etgan jamoalar bilan 
bevosita bog‘liqdir.Yurlov nomidagi kapella, “Ave sol”, V. Minin, V. Polyanskiylar 
rahbarligidagi xor jamoalari shular jumlasidandir.
 
Ijrochilar bilan kompozitorlarning muloqoti doimo bo‘lgan. Ammo
70-80-yillarda bu muloqot mualliflik darajasiga ham ko‘tarilgan. Ba’zan bunday 
umumiy ijod yangilik yaratishda juda ham qo‘l kelgan.
 
Faqat katta jamoalar emas, balki alohida olingan talantli yorqin ijodkorlar ham 
yangi janr yoki yangi shakllarni yuzaga kelishiga sabab bo‘lishgan. Misol tariqasida 
M. Plisetskayaning ijodini olaylik. Aynan shu balerina R. Shedrin uchun ilhom 
manbai bo‘lgan. Uning betakror raqsi, o‘ziga xos plastikasi tufayli dunyo 
tomoshabini “Karmen-syuita”, “Anna Karenina”, “Chayka” kabi balet 


89 
spektakllaridan bahramand bo‘lishgan. Bu spektakllar o‘z navbatida O‘zbekiston 
televideniyesida balet miniatyuralarini yuzaga keltirgan. Ittifoq xalq artisti Bernara 
Qorieva va kompozitor Vildanovlarning ijodiy hamkorligi natijasi bo‘lib nihoyatda 
ta’sirchan va benihoya nafosatli balet sahnalari yuzaga kelgan. Uch yo‘nalishdagi 
ijodkorlar hamkorligi – kompozitor, baletmeyster, balerina yangi musiqiy plastik til 
yaratishgan. Ming afsuski, 70-80-yillarda boshlangan bu yo‘nalish keyinchalik 
davom ettirilmadi. Ammo o‘sha yillarda yaratilgan balet spektakllar televideniyening 
“oltin fondidan” joy egallab, hanuzgacha tomoshabinlarni maftun etib kelmoqda.
 
Kompozitorlarning ijrochi – sozandalar bilan hamkorligi davom ettirilib, aynan 
shu davrda buyuk musiqachilar yetishib chiqadilar. Skripkachilardan – V. Tretyakov, 
V. Spivakov, O. Kagan, V. Pikayzen, B. Gutnikov, L. Isakadze; violanchelchilardan 
– N. Gutman, M. Xomitser, I. Moniketti; pianinochilardan – M. Pletnyov,
E. Virsaladze, V. Kraynov kabi buyuk musiqachilarni aytib o‘tish kifoyadir. Mazkur 
musiqachilarni xalqaro miqiyosda egallagan nufuzi kompozitorlar ijodini yanada 
ildamlashtirdi. Musiqachilar imkoniyatini e’tiborga olgan holda yangi asarlar 
yaratildi.
 
Instrumental kontsertlar bobida 70-80-yillarda yaratilgan asarlar janr cho‘qqisi 
desak, hech bir mubolag‘a bo‘lmaydi. Turli sozlar uchun kontsertlarni katta avlod 
kompozitorlari yaratadilar. Kontsertlarni E. Denisov, A. Shnitke, B.Tishenko,
S. Gubaydulina, A. Leman, G. Banshikov, B. Chaykovskiy, R. Ledenyov, Y. Butsko, 
B. Getselyevlarning ijodida ko‘rishimiz mumkin. Kompozitorlarning yosh 
avlodidan– A. Chaykovskiy, A. Golovin, S. Berinskiy, Y. Podgayt, M. Yermolayev, 
R. Kongro, V. Lobanov, T. Sengeyeva, Y. Firsova, D. Smirnov, A. Raskatovlar 
instrumental kontsertlarning yangi avlodiga mualliflik qildilar.
 
Kompozitorlar o‘z fikrini bayon etishda yangi shakllarni qadimgi janrlarda 
izlashadi. Jumladan, “koncherto grosso” janri qator yangi kontsertlarga asos yaratdi. 
Masalan, P. Plakidisning Orkestr va fortepiano uchun kontserti (1975), A. Lemanning 
orkestr va fortepiano uchun simfonik kontserti (1980).
 
Mazkur davrda ikkitalik kontsert shakllariga bo‘lgan qiziqish ham kuchaydi. Bu 
yo‘nalishda A. Golovinning Alt, violanchel va orkestr uchun “Kontsert-simfoniya”si, 


90 
Alt, fortepiano va orkestr uchun “Kontsert-simfoniya”si, G. Fridning Fagot, 
fortepiano va torli sozlar uchun kontserti (1981) Y. Podgaytsning Ikkita skripka va 
kamer orkestr uchun kontsert (1988) asarlari yaratildi.
 
Kompozitorlar uchun an’anaviy yakkaxon bo‘lgan sozlar – fortepiano, skripka , 
violanchellardan tashqari, nisbatan kam ishlatiladigan sozlarga kontsertlar yaratish 
boshlandi. Masalan, E. Denisov fortepiano, skripka, violanchel va orkestrlarga 
yozgan kontsertlari qatorida fagot va violanchel, alt, ikkita alt, fleyta va orkestrlar 
uchun kontsertlar yozib beradi.
 
Bu yo‘nalishda ayniqsa alt sozining o‘rni o‘ziga xos bo‘ldi. Kompozitorlarning 
e’tiborini o‘ziga qaratgan alt sozi inson ovoziga yaqin bo‘lgan tembri bilan, ijrosidagi 
chuqurligi bilan ajralib turar edi. Mazkur sozning aynan shu xususiyatlari 
kompozitorlarning ma’no ko‘lamini aks ettirish va kuylash intonatsiyasi ustida ishlov 
berish yo‘lidagi izlanishlariga qo‘l keldi. Buyuk D. Shestakovichning oxirgi 
opusining alt soziga bag‘ishlangani ham bejiz emasdir.
 
Falsafiy chuqurlikka, murakkab obrazlilikka ega bo‘lgan mazkur asar, musiqiy 
tilining yangi bosqichga ko‘tarilganligi bilan ham ajralib turadi. Buyuk 
kompozitorning alt sozi uchun yaratgan opusi musiqa tarixida yangi sahifa ochib, 
keyingi avlod kompozitorlari tomonidan ustozning vasiyati sifatida qabul qilinadi. 
Alt soziga bo‘lgan qiziqish XX asrning 20-yillarida paydo bo‘lgan. Undagi 
imkoniyatlar yakkaxon soz sifatida idrok etilishiga ko‘maklashgan. Alt sozi 
maktabining asoschilaridan V. V. Borisovskiy, katta avlod vakillari Y. V. Straxov, 
M. N. Terianlarning ishini Y. N. Kramarov va F. S. Drujininlar davom ettirganlar. 
Ammo alt sozining qayta tiklanishi deb, 70-80-yillarni aytsak, hech bir mubolag‘a 
bo‘lmaydi. 
Yillar ketma-ketligidan biroz ildamlab ketib, shuni aytish mumkinki, 
O‘zbekistonda bu sozga bo‘lgan qiziqish asrimizning 10-yillari bilan bog‘liq. 
Mustaqillikning sharofati bilan O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga Fransiya, 
Olmoniya davlatlari konservatoriyalaridan mashhur musiqachilar taklif etiladilar. 
Ayniqsa, Barokka davri kompozitorlarining asarlarini ijro etilishi, alt sozidan 
o‘tkazilgan mahorat darslari, sozga bo‘lgan qiziqishni orttiradi. O‘zbekiston davlat 


91 
konservatoriyasining ustozlaridan biri D. P. Ochinnikovning jonbozligi tufayli 
qadimiy, noyob alt sozi topilib, restovratsiya qilinadi.Uni ilmiy o‘rganib, tadqiqotlar 
olib boriladi. Keyinchalik bu soz uchun Respublikamizda va chet ellarda o‘tkazilgan 
kontsertlar katta muvaffaqiyatga ega bo‘ladi.
 
70-80-yillarga qaytib shunga alohida urg‘u berish kerakki, aynan shu paytda 
boshlangan to‘lqin XXI asrning 20-yillariga qadar davom etib kelmoqda. 
Fikrimizning dalili sifatida zamonamizning ulkan musiqachisi Y. Bashmetning 
ijodini keltirishimiz mumkin. O‘z ijodiy yo‘lini 70-80-yillarda boshlagan
Y. Bashmet, alt sozida ustalik bilan ijro etgan asarlari tufayli mashhur bo‘lib ketgan. 
Alt soziga bir tomondan kompozitorlarning, ikkinchi tomondan tomoshabinlarning 
qiziqishini orttirgan musiqachi bir qator yangi asarlar yaratilishiga sababchi bo‘lgan. 
E. Denisov, A. Eshpay, V. Barkauskas, A. Shnitke, A. Chaykovskiy,
A. Golovinlarning alt sozi uchun yaratgan asarlari, mazkur sozning yangidan talqin 
etilishining natijasi bo‘lgan. 
Kezi kelganda shuni ham qo‘shib qo‘yish mumkinki, Y. Bashmet O‘zbekistonga 
ko‘p marotaba tashrif buyurgan. Uning Alisher Navoiy nomidagi Katta akademik 
Opera va balet teatri sahnasida (hozirgi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat 
akademik katta teatri), Xalqlar Do‘stligi saroyi (hozirgi “Istiqlol san’at saroyi”)da 
o‘tkazgan kontsertlari O‘zbekiston tomoshabinlarida katta qiziqish uyg‘otgan. Ijrochi 
musiqachilarning ijodi kompozitorlarga katta ta’sir o‘tkazib, yangi asarlar 
yaratilishiga turtki bo‘ladi. O‘z navbatida ko‘pgina kompozitorlarning o‘zi ham usta 
ijrochi bo‘lib, asarlarini o‘zlari tomoshabinga taqdim etadilar. Tarixda o‘z asarlariga 
dirijyorlik qilgan kompozitorlarni eslashimiz mumkin. Zamonamizda ham bunday 
misollar talaygina.T. Sergeyeva, V. Ryabov, M. Yermolayevlar shular qatoridadir.
 
Mohir ijrochilarning ijodi tufayli esdan chiqib ketgan janrlar yangidan yuzaga 
keladi. Misol tariqasida fortepiano transkriptsiyalarini aytib o‘tishimiz mumkin. 
Pianist M. Pletnyovning P. Chaykovskiyning “Yong‘oq chaquvchi” baleti,
R. Shedrinning “Anna Karenina” baletlari musiqasining transkriptsiyalari, asarlarning 
obrazliligini saqlab qolgan holda yangi bo‘yoqlar bilan boyitadi. Ijrochining 


92 
ta’sirchan va virtuoz ijrosi ma’lum va mashhur musiqa asasrlariga yangi hayot 
baxshida etadi.
 
70-80-yillarning yangi badiiy yo‘nalishi sifatida vaqt va muvozanat 
masalasining yangidan talqin etilishini aytishimiz mumkin. Bu tushunchalarning 
ko‘lami kengayib, sifat yangi bosqichga ko‘tariladi. Jumladan, tovush berish 
imkoniyatlarining kengayishi stereofonik apparaturaning paydo bo‘lishi – yangi 
fikrlashni yuzaga keltirib, yangi tembr, yangi intonatsiyalar paydo bo‘ladi. 
Yangilanish faqat tashqi ko‘rinishdagina bo‘lmasdan, balki ichki qurilmalarga ham 
ta’sir etmay qolmaydi. Masalan, A. Shnitkening Birinchi simfoniyasi fikrimizning 
yorqin dalilidir.
 
Vaqt tushunchasini yangidan anglash meditatsiya, monolog shaklida yozilgan 
asarlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Bu asarlar shoshilmasdan, sekin tempda 
chalinib, ijro jarayonida ancha vaqtni talab etadi. V. Silvestrovning “Sokin 
qo‘shiqlar”i, N. Sidelnikovning vokal to‘plamlari shular jumlasidandir.

Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish