O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi saida kasimxodjayeva



Download 1,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/107
Sana09.06.2022
Hajmi1,66 Mb.
#646988
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   107
Bog'liq
fayl 1681 20210827

Savollar: 
1. Xor kontsertlariga misollar keltiring. 
2. Alt sozining “tiklanishi” sabablari? 
3. A. Terteryan simfoniyalarining sharqona xususiyatlari? 
4. Sharq mavzusi davr kompozitorlari ijodida? 
5. Minimalizm deganda nimani tushunasiz? 
YETMISHINCHI-SAKSONINCHI YILLAR RUS MUSIQASINING 
NEOROMANTIK TAMOYILLARI 
 
Tayanch so‘zlar: 
Neoromantizm, meditatsiya, monolog, janrlar sintezi, janr 
aniqligi. 
60-70-yillarda avvalambor adabiyotda, keyinchalik esa san’atning turli 
yo‘nalishlarida boshlangan lirik-monologik kundaliklar, esdaliklar va xatlar shaklida 
fikrni bayon etish musiqa san’atida romantizmga xos bo‘lgan tamoyillarni 
kuchayishiga olib keladi. 
Romantizmga nisbatan moyillik avvalgi davrda ham mavjud bo‘lib,
D. Shostakovich, S. Prokofyev, A. Xachaturyan asarlarida sezilib turadi. 
Ammo 70-80-yillarga kelib romantizm ijodning barcha yo‘nalashlarida shu 
qadar kuchli shijoat bilan ayon bo‘ladiki, uni hatto neoromantizm yo‘nalishi deb ham 
atashadi. Umuman olganda, “romantizm” tushunchasi ko‘p qirrali bo‘lib, uni bir 
yoqlama talqin etib bo‘lmaydi.
 
Uning barcha shakl va ko‘rinishlaridan, biz uchun o‘rganilayotgan davrda ayon 
bo‘lganlarinigina aytib o‘tamiz. 


96 
Romantizm bu – avvalambor lirik mavzu va o‘ziga xos tamoyillardan iborat 
bo‘lgan yo‘nalishdir. Musiqada esa bu yo‘nalish janrlar individualligida va shu bilan 
birga ularning sintezida ko‘zga tashlanadi. Psixologik chuqurlik ham romantizmning 
ko‘rinishlaridan biridir. 
70-80-yillar romantizmi avvalgi davrlardan bir qancha xususiyatlari bilan ajralib 
turadi. Bu davrning romantizmi fuqarolik, falsafiylik, “inqilobiylik” xususiyatlariga 
ega bo‘ladi. Ya’ni, har bir davr ma’lum va mashhur tushunchalarga o‘z talqinini 
kiritadi. 
70-80-yillarda esa butun dunyo ikki siyosiy mashabga ajralgan bo‘lib, “sovuq 
urush” nafasi sezilib turadi. Shunga ko‘ra, badiiy asarlarda, mafkuraviy targ‘ibotda 
vatanparvarlik, fuqarolik mavzulari kuchayadi. Vatanparvarlik mavzuida yozilgan 
asarlar “dolzarb” , “tarbiyaviy” ahamiyatga ega bo‘lmagan asarlarga qarama-qarshi 
qo‘yiladi. 
Mana shunday sharoitda “real hayotdan qochish”, “hayoliy dunyoga cho‘kish” 
mavzulari yuqoriga qalqib chiqadi. Ijodkorlar ochiqchasiga ayta olmagan mavzularini 
o‘ylab topilgan fantastik obrazlar, sun’iy dunyolar va voqealar orqali aks ettirishga 
harakat qiladilar. 
Insoniyat atom energiyasini bo‘ysundirgan bir davrda, tabiat oldidagi 
javobgarlik masalalari, yadro asri bo‘lmish XX asrda odamgarchilik muammolari 
ko‘tariladi. Davr ijodkorlari ana shunday savollargi javob berishga harakat qilishadi. 
Badiiy san’atda zamonaviy ideal inson obrazini yaratishga ishtiyoq tug‘iladi. 
Talablarga ko‘ra bu obraz ham tashqi, ham ichki go‘zallikka ega bo‘lishi kerak 
bo‘ladi. Ayniqsa, zamonaviy progmatizm va insoniylik, ma’naviy boylik va tubanlik 
masalalari qarama-qarshi qo‘yiladi. 
Ma’naviy boylik haqidagi fikrlar D. Shostakovichning oxirgi asarlarida,
V. Salmanov, B. Tishenkoning simfoniyalarida, S. Nasidzening “Passionlar” 
simfoniyasida, Y. Ivanovning O‘n beshinchi simfoniyasida ko‘zga tashlanadi. 

Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish