O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi saida kasimxodjayeva



Download 1,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/107
Sana09.06.2022
Hajmi1,66 Mb.
#646988
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   107
Bog'liq
fayl 1681 20210827

A. Terteryanning simfoniyalari

Vaqt va muvozanat masalasi davr 
kompozitorlari ijodida ayniqsa ko‘p o‘lchamli bo‘lib, sharq an’anasida ijod qiladigan 
yoki sharq mavzusiga murojaat qiladigan kompozitorlar ijodida ko‘p uchraydi
(V. Silvestrovning Violanchel va orkestr uchun “Meditatsiyalari”). Bu yo‘nalishni 
A.Terteryanning simfoniyalarida ham kuzatish mumkin. Kompozitorning davrga 
bo‘lgan munosabati, estetik qarashlari uning badiiy asarlarida bayon qilingan. 
Garchand kompozitorning dunyoqarashi nihoyatda spetsifik bo‘lib, faqat ungagina 
xos bo‘lgan bo‘lsa-da, ko‘tarilgan masalaning mohiyatini tushunishga yordam beradi. 
A. 
Teteryanning 
falsafiy-estetik qarashlari 
uning 
simfoniyalarining 
konsepsiyasini aks ettirib, avvalambor tovush va muvozanatga nisbatan shakllangan 
yangi munosabatni bildiradi. Tovushlar yog‘dusini kompozitor polifonik kesimda 


94 
tahlil etadi. Kompozitorning fikriga ko‘ra har bir tovush ko‘p qatlamli bo‘lib, uni 
sezish va idrok etish uchun meditativ holatga kirish, ruhiy tayyorgarlik ko‘rish talab 
etiladi. Faqat shu holatdagina tovush tabiatini sezish mumkindir. “Har bir tovush esa, 
- A. Terteryanning fikriga ko‘ra, - o‘zi simfoniyadir”. 
A. Terteryan Yevropa musiqasiga nisbatan sharq musiqasiga xos bo‘lgan 
fikrlash uslubini ilgari suradi. Kompozitor uslubining o‘ziga xos bo‘lgan mazkur 
ko‘rinishi, shu davr kompozitorlarining ijodida keng tarqaladi. Ayniqsa, milliy 
respublikalarda Yevropa yo‘nalishidan farqlanish, yangi musiqiy til, musiqiy 
tasvirlash uslublarini yaratishga e’tibor qaratiladi. Sharq xalqlari ijodiyotiga bo‘lgan 
qiziqish, yangicha fikrlash bilan bir qatorda, qadimiy urf-odatlar, psixologik va diniy 
munosabatlar, estetik qarashlar ummonini keltiradi. 
Yevropa kesimida “minimalizm” deb tan olingan tushuncha, qadimiy sharq 
falsafasi negizida yangi qirralarini namoyish etadi. Masalan, qaytariliqlardan iborat 
bo‘lgan qozoq “kuylari” yoki bir tayanch tovushda davom etadigan duduk nolalari, 
ularning tarixini, estetik qamrovini nazarga olganda yangicha ma’no hosil qiladi. 
A. Terteryan o‘zining simfoniyalarida minimal musiqiy vositalar bilan chuqur 
va murakkab mavzular haqida fikr yuritadi. Musiqaning qadimiy an’analaridan 
bo‘lmish oz vositalar bilan katta mavzuni qamrab olishni tiklaydi. Uning asarlari 
abadiyat qonunlari qatorida bugungi masalalarni tahlil etadi. 
Simfoniya va boshqa janrlarga asos qilib olingan meditatsiya tamoyillari, 
kompozitorlardan sharq musiqasi negizida yangicha shakllar qo‘llanilishini talab 
qiladi. Bu yo‘nalishda olib borilgan izlanishlar A. Terteryan, G. Kancheli, T. Shaxidi, 
F. Ali-zade, I. Kechakmadze asarlarida namoyon bo‘ladi. 
Sharq musiqa an’analari, faqat sharq respublikalari kompozitorlari ijodidagina 
emas, balki shu mavzuga murojaat etgan boshqa kompozitorlar ijodida ham ko‘zga 
tashlanadi. Masalan, Y. Yuzelyunesning torli kvartetida sharq an’anasiga xos bo‘lgan 
meditatsiya uslublari seziladi. Kompozitorning To‘rtinchi (1980) torli kvateti “Raga a 
qvattro” (“To‘rt soz uchun Raga”) deb atalib, uning yaratilishiga hind musiqasiga 
bo‘lgan qiziqishi sabab bo‘lgan. Shu sababli torli kvartetda ragaga xos bo‘lgan ba’zi-
bir elementlar qo‘llanilgan. 


95 
Ko‘rinib turibdiki, mazkur davrda dunyoni anglash masalasi musiqada asosan 
ikki yo‘nalishda hal etilgan. Ulardan biri sof Yevropa musiqasiga, uning qadimiy 
shakllariga yoki aksincha zamonaviy musiqa, shu jumladan elektron sozlar 
imkoniyatlariga asoslanish bo‘lsa, ikkinchi yo‘nalish sharq musiqasi an’analari 
imkoniyatlarini kashf etishdan iborat bo‘lgan. 

Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish