MUNDARIJA
Mavzu: Bolalar musiqa va san’at maktablarida o‘zbek kompozitorlari ijodidan foydalanish metodlari
KIRISH…………………………………………………………………………...
I BOB. Bolalar musiqa va san’at maktablarida o‘zbek kompozitorlari ijodidan foydalanishning nazariy jihatlari.
§1.1.O‘zbekistonda kompozitorlik ijodiyoti.
§1.2. Bolalar musiqa va san’at maktablarida o‘zbek kompozitorlari ijodidan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari
Birinchi bob bo‘yicha xulosalar............................................................................
II BOB. O‘zbek kompozitorlari ijodida bolalar qo’shiqlari.
§2.1. O‘zbek kompozitorlari ijodida bolalar qo’shiqlari va ularning badiiy musiqiy taxlili.
§2.2. Bolalar musiqa va san’at maktablari repertuaridagi bolalar qo’shiqlarining o’rni va ahamiyati
Ikkinchi bob bo‘yicha xulosalar............................................................................
III BOB. Bolalar musiqa va san’at maktablarida o‘zbek kompozitorlari ijodidan foydalanish samaradorligi
§3.1 Bolalar musiqa va san’at maktablarida o‘zbek kompozitorlari ijodidan foydalanish metodlariga doir tajriba-sinov ishlar mazmuni
§3.2. Bolalar musiqa va san’at maktablarida o‘zbek kompozitorlari ijodidan foydalanish metodlariga doir tajriba-sinov ishlar natijalari
Uchinchi bob bo‘yicha xulosalar.............................................................................
XULOSA.............................................................................................................
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI.....................................
ILOVALAR..............................................................................
Kirish.
O‘zbek xalqi jahon tarixiy taraqqiyotiga o‘zining qadimiy ilm– fani, adabiyoti, san’ati va madaniyati bilan ulkan hissa qo‘shgan buyuk millatdir. Mamalakatimizning birinchi Prezidenti I. A. Karimov «Biz uchun mustaqillik eng avvalo, o‘z taqdirimizni qo‘limizga olish, o‘zligimizni anglash, milliy qadriyatlarni, urf - odatlarimizni tiklash, hammamiz uchun mo‘tabar shu zaminda har bir xonadonda tinchlik, osoyishtalik, barqarorlikni saqlashdir» - deb ta’kidlagan edi1. Darhaqiqat, madaniyat va ma’rifat bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan muammolarni hal etmasdan, mustaqillik haqidagi g‘oyalar va tushunchalarni xalqning ongiga chuqur singib, e’tiqodiga aylanib ketishiga erishmasdan turib, mustaqillikni mustahkamlab va barqaror etib bo‘lmaydi. Milliy tiklanish juda keng, chuqur, murakkab tarixiy jarayon bo‘lib, u millatimiz hayotining hamma sohalarini – iqtisodiyotini, siyosatini, ma’naviyatini, ilm fan, til tarix, urf– odatlar, hunarmandchilik, me’morchilikni ham, inson kamoloti bilan bevosita daxldor barcha masalalarni ham qamrab oladi.
Milliy ma’naviyatimiz rivojida musiqa ham muhim o‘rin tutadi. Milliy musiqa san’atining eng qadimiy va shu bilan birga, xalq ommasiga keng tarqalgan, uning turmushiga chuqur singib ketgan sohalardan biridir. Musiqa ham real voqelikni aks ettiradi. Musiqaning milliy ma’naviyatimizga ta’sir kuchi shu qadar kattaki, uning yordamida bemorlarni davolash mumkinligini fan allaqachon isbot qilgan. O‘zbek xalqi jahon tarixiy taraqqiyotiga o‘zining qadimiy ilm– fani, adabiyoti, san’ati va madaniyati bilan ulkan hissa qo‘shgan buyuk millatdir. Mamalakatimiz Prezidenti «Biz uchun mustaqillik eng avvalo, o‘z taqdirimizni qo‘limizga olish, o‘zligimizni anglash, milliy qadriyatlarni, urf - odatlarimizni tiklash, hammamiz uchun mo‘tabar shu zaminda har bir xonadonda tinchlik, osoyishtalik, barqarorlikni saqlashdir». Darhaqiqat, madaniyat va ma’rifat bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan muammolarni hal etmasdan, mustaqillik haqidagi g‘oyalar va tushunchalarni xalqning ongiga chuqur singib, e’tiqodiga aylanib ketishiga erishmasdan turib, mustaqillikni mustahkamlab va barqaror etib bo‘lmaydi. Milliy tiklanish juda keng, chuqur, murakkab tarixiy jarayon bo‘lib, u millatimiz hayotining hamma sohalarini – iqtisodiyotini, siyosatini, ma’naviyatini, ilm fan, til tarix, urf– odatlar, hunarmandchilik, me’morchilikni ham, inson kamoloti bilan bevosita daxldor barcha masalalarni ham qamrab oladi.
Milliy ma’naviyatimiz rivojida musiqa ham muhim o‘rin tutadi. Milliy musiqa san’atining eng qadimiy va shu bilan birga, xalq ommasiga keng tarqalgan, uning turmushiga chuqur singib ketgan sohalardan biridir. Musiqa ham real voqelikni aks ettiradi. Musiqaning milliy ma’naviyatimizga ta’sir kuchi shu qadar kattaki, uning yordamida bemorlarni davolash mumkinligini fan allaqachon isbot qilgan. Xalqimizning milliy ma’naviyati va marifati rivojlanayotgan bir davrda, musiqa merosimizni o’rganish va san’atni sevgan xalqimizga yetkazish muhim, dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Biz o’tmishda yashab ijod qilib o‘tgan buyuk allomalarimizning tarixiy asarlarigagina murojaat qilib qolmay balki, buyuk san’atkorlar, kompazitorlar va bastakorlar qoldirib ketgan durdonalarni chuqurroq o’rganishga harakat qilamiz.
Buyuk sharq allomalari Abu Ali Ibn Sino, Muhammad Al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Paxlavon Mahmud, Umar Xayyom, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Zahriddino Muhammad Bobur, Abdurahmon Jomiy, Darvish Ali Changiy va boshqa ko’plab, ulug’ bobokalonlarimiz o’zlarining risolalarida ijrochilik san’ati, musiqa ilmi va tarixi cholg’u sozlarining tuzilishi, ijrochilik uslublari, san’atkorlik qonun qoidalariga oid qimmatli ma’lumot va fikr mulohazalarini bayon etib ketganlar.
Mashhur qomusiy asar “Qobusnoma”da ham san’atchilik qoidalariga bag’ishlangan alohida boblar mavjud sharq xalqlarining musiqiy merosi bo’lmish maqom, mug’om, dastgoh, navba, raga, kuyi kabi ijrochilikning murakkab turkumlari avloddan-avlodga og’zaki ravishda, o’tib kelgan bizga qadimdan ma’lumki, chunki u davrlarda yozma xolda yozish bo’lmagan, ya’ni bastakorlik san’ati bo’lmagan, keyinchalik XV-XVIII asrlarga kelib asta sekinlik bilan xalqlar bir-biriga birlashib uyushib yashashi oqibatida ularning turlicha madaniy turmush tarsi ham rivojlanib boradi. Natijada keyingi asrlarga kelib Buxoroning “Shashmaqom” (Oltimaqom), “Buzruk”, “Rost”, “Navo”, “Dugox”, “Seygox”, “Iroq” maqomlari o’zining nasr va mushkulot qismlari bilan rivojlangan bo’lsa, Farg’onaning “Chormaqom” (to’rtmaqom), “Dugox-Husayn”ning yetti yo’li, “Chorgox”ning oltita ijrochilik yo’li, “Gulyori Shaxnoz”ning oltita ijrochilik yo’li hamda “Bayot” yo’llari bilan jilolanib o’z yo’lini topib borgan va ijro etilgan.
Avloddan-avlodga o’tib kelgan bebaho boyligimiz bo’lgan Buxoro, Xorazm, Farg’ona-Toshkent ijro yo’llari, maqomlari, qo’shiqchilik yo’llari, katta ashulalari, yallalari singari durdonalari ulug’ ne’mat sifatida ardoqlanadi. Musiqiy ijrochiligimizning dostonchilik, xalqbaxshichilik yo’llari, Surxandaryo, Qashqadaryo va Xorazmda rivojlanib bordi va hozirgi vaqtda ham bu hududda xalqlar ushbu san’atga e’tibor bilan qarashadi va shunday baxshi shoir va dostonchilarini sevib eshitishadi.
Musiqa san’ati sohasi bastakorlik ijodiyoti bilan bog’liqdir va asoslangandir. Bastakorlik an’analarida yuzaga kelgan musiqa san’atining yirik na’munalari, maqom va maqom yo’llariga hos turkumli kuy va ashulalardir.
Ajoyib musiqashunos olim I. Rajabov bu borada shunday deb tarif beradilar: “Shashmaqom” XV-XVIII asrlarda joriy bo’lgan bastakorlik traditsiyasining mahsulidir. Xalq bastakorlari hozirgi kungacha maqom uslubida hamda mumtoz musiqa uslubida ajoyib musiqalar va qo’shiqlar yaratmoqdalar.
“Bastakor” – forscha bog’lanish, bog’lov, mashg’ulot, ish, an’anviy mumtoz musiqa asarlari muallifi degan ma’noni bildiradi. Odatda bastakorlar o’z faolayatida ijrochi-xonanda, hofiz yoki ajoyib sozanda, biron-bir cholg’u sozini mohir ijrochisi bo’lgan bo’lsalar, o’z ijrochiligini bastakorlik bilan bog’lab borish imkoniyati yaratiladi.
Abu Ali Farobiydan boshlab Darvesh Ali Changiy va boshqa allomalarning musiqiy risolalari, Alisher Navoiy, Zahriddin Muhammad Bobur va boshqa allomalarning mashhur asarlarida o’nlab bastakorlar haqida tarixiy-marifiy ma’lumotlar berishgan.
Alisher Navoiy musiqani g’oyat sevar va uning bilimdoni edi. Hatto uning o’zi ham musiqa asarlari ijod qilish bilan shug’ullanar edi.
Zahriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”sida, shoir Zaynudin Vosifiyning “Badoyeul - vaqoye” (ajib voqealar) kitobida Hirotda yashab, ijod qilgan musiqachilar faoliyati keng tasvirlangan.
Qulmuhammad va Husayn Udiy (ud va g’ijjakda kuy choluvchilar) “Shayh nayi”, A. Navoiyning bir qator g’azallariga kuy bastalagan Xo’ja Abdulla Marvarid, bir qancha cholg’u asboblarida kuylar chala oladigan, har xil qo’shiqlar ijod qila olgan Mirza Bayram va boshqalar shular jumlasidandir.
Musiqa ta’lamiga nihoyatda katta ahamiyat bergan O’rta Osiyolik mashhur musiqachilar o’rtasida qomusiy olim Muhammad Farobiy alohida o’rin egallaydi. Farobiy musiqa nazariyasining asoschilaridan biridir. Turli sohalarda ko’rib chiqilgan musiqa ijodi masalalari Farobiy asarlarida muhim o’rinni egallaydi. Uning “Kitob ul musiqiy al kabr”, “Qalam fil - musiqiy” nomli asarlarida musiqa ijodiga juda katta ta’riflar kiritadi.
Ulug’ o’zbek shoiri Alisher Navoiy musiqa san’ati sohasida nihoyatda katta bilimga ega edi. U o’ziga bejiz “Navoiy”, ya’ni “Ohangdor” tahallusini bermagan. Navoiyning musiqaviy - estetik qarashlari uning “Sabbai - Sayyor”, “Majolisun - Nafois”, “Mezon ul Avzon”, “Mahbubul qulub”, “Xamsa” va boshqa asarlarida aks ettirilgan.
XV asrlarda yashab ijod qilib, o’tgan mutaffakir shoirlardan biri Jomiy o’zining “Risolai musiqiy” asarida dilning qayg’u yoki quvonch, mayuslu yoki umid, tushkunlik yoki ko’tarinkilik kabi eng maxfiy holatlaridan biri tovushni o’z rangiga o’ragan holda unga ta’sir etadi. Ya’ni “Ohang”, (Lad)lar tinglovchini o’ziga rom qiladi. Shu sababli ijodkorni doimiy nazarida turuvchi to’rtta kategoriya: Yani,
shijoat va jasurlik uyg’otuvchi ohanglar;
Xursandchilik va quvonch uyg’otuvchi ohanglar;
Qayg’u va munglik uyg’otuvchi ohanglar;
G’am va mayuslik aralashgan shodlik va zavq uyg’otuvchi ohanglar; 2
Mustaqillik sharofati bilan ko’pgina milliy omil bilan bog’liq va kam e’tiborda bo’lgan soxalarga e’tibor qaratila boshladi. Shu o’rinda, bastakorlik va kompozitorlik ijodiga ham o’ziga xos yondashishlar, munosabatlar, tadqiqotlar, zamonaviy ko’rinishda o’tkazish iste’molga kirib keldi. Bulardan: Kompozitor, Bastakor, xonanda va sozandalarning ijodiy kechalari xotira kechalari, o’tkazish, ko’rik – tanlovlar tashkil etish, ijodkor xotirasiga bag’ishlangan ilmiy – amaliy anjumanlar o’tkazish rasm bo’la boshladi.
Hattoki shu yillarga kelib o’rta maxsus va oliy o’quv dargohlari talabalari tomonidan bastakorlar ijodini o’rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda va kompozitorlar tomonidan bolalar musiqa va san’at maktablari o’quvchilari uchun yangi – yangi musiqa asarlari yaratilib, makatblarga etkazib berilmoqda.
Bastakorlik va kompozitorlik an’anasi XX asrda o’ziga xos rivojlanish davri bo’ldi. To’xtasin Jalilov, Yunus Rajabiy, Komiljon Jabborov, Inomjon Ikromov, Sayidjon Kalonov, Nabijon Hasanov, Komiljon Otaniyozov, Faxriddin Sodiqov, Jo’raxon Sultonov, Muxtorjon Murtazayev, G’anijon Toshmatov, Muhammadjon Mirzayev, Fattohxon Mamadaliyev, Orifxon Hatamov, Matniyoz Yusupov, Mamadaziz Niyozov, Holxo’ja To’xtasinov, Karimjon Mansurov va kompozitorlar Tolipjon Sodiqov, Muxtor Ashrafiy, Karim Abdullayev, To’xtasin Jalilov, Yunus Rajabiy, Nikolay Mironov, Aleksey Kozlovskiy, Yelena Romanovskaya, Mutal Burxonov, Vektor O’spenskiy, Sharif Ramazonov, Imomjon Ikromov, Matyusuf Xarratovlar Sharif Ramazonov, Imomjon Ikromov, Matyusuf Xarratovlar Ulug’bek Musayev, Rustam Abdullayev, Botir Umidjonov, Sulaymon Yudakov, Qo’ldosh Mamirov, Nadim Norxo’jayev, Komil Kenjayev, Shermat Yormatov, Dilorom Omonillayeva, Ikrom Akbarov, kabi betakror ijod soxiblari o’ziga xos meros qoldirdilar. O’zbek bastakorlik va kompozitorlik maktabini yaratish va uni saqlanib qolishi uchun samarali ijod qildilar. Ilmli - bilimli ijod bilan mashg’ul bo’lib, el nazariga tushdilar va ustoz san’atkorlar sifatifa tarix zarvaraqlariga bir umrga muhrlandilar. Bizning davrimizga kelib bastakorlik faoliyati yanada jonlandi va rivojlandi, uni zamonaviy turlari ko’paydi. Shuni e’tiborga olmog’imiz kerakki asl bastakorlik o’z an’analariga ega ekanligini unutmasligimiz zarur. Buning uchun an’anaviy bastakorlarimizni, ya’ni shu yo’ldagi ijodkorlarimizni, ulug’ ustozlarimiz qoldirgan meroslarni munosib targ’ib qilmog’imiz zarurdir.
Bastakorlik va kompozitorlik haqida fikr yuritar ekanmiz, biroz tarixga nazar tashlasak, ya’ni shu ijodkorlarni bir yerga to’plash uchun bastakorlar uyushmasini tuzish zarur ekanligi o’rtaga tashlandi va bu masala o’z samarasini berdi.
1991 yilning birinchi sentabri O’zbekiston mustaqilligi bayrami deb e’lon qilindi. Xalqimizning boy, tarixiy, madaniy merosini mukammal tiklashga, o’rganishga va uni targ’ib qilishga katta imkoniyatlar paydo bo’ldi. Bu mustaqillik O’zbekiston bastakorlar uyushmasi va uning bastakorlari zimamsiga ham ulkan vazifalarni yukladi.
Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov takidlaganidek “Ma’naviyat insoniyatning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch-quvvatidir”.3
“O’zbekiston milliy musiqasini keng ko’lamda boyitish va yuksaltirish, O’zbekistonda yashab turgan boshqa xalqlar musiqasini kamol topishiga muntazam yordam berish, O’zbekiston respublikasining barcha hududlarida yashab, ijod qilayotgan bastakor va musiqashunoslarini jumxo’riyat va xorijiy davlatlarda targ’ibot qilish”dan iboratligi belgilab olindi.
Xozirgi yangi O’zbekiston kompazitorlar va bastakorlarning yaratayotgan yangi-yangi musiqa asarlarini o’qiuvchi – yoshlar ongiga singdirish va ular yaratgan kuy va qo’shiqlarni, mumtoz musiqa asarlarini o’qivchilarga o’rgatish xozirgi zamon davr talabidir. Kompozitorlarni hatoti va ijodini o’rganish va uni o’quvchilarga etkazish, o’rganishda hamda ozod va obod vatanimizning musiqiy madaniyatini rivojlantirish jarayonida faol ijod qilmoqdalar. O’zbekiston kompozitorlari va bastakorlar tomonidan yaratilayotgan musiqa asarlarini bolalar musiqa va san’at o’quvchilariga o’rgatish orqali ularni ongini va tafakkurini shakllantirishda muxim omil bo’lib xizmat qiladi. Shuni inobatga olib bituruv malakaviy ishimizni mavzusini “Bolalar musiqa va san’at maktablarida o’zbek kompozitorlari ijodidan faydalanish metodlari” – deb nomladik.
Magistirlik dissertatsiya ishimizning dolzarbligi. O’tmishimizga bir nazar tashlar ekanmiz, musiqa san’ati naqadar qadimiy san’at ekanligini, uni avlodu-ajdodlarimiz hayotida oltin xazina bo’lib jahonga nom taratgan olimu-fozillar, mutafakkiru-allomalar, o’z davrining eng ilg’or kishilari hayotida, ularning o’lmas ijodi, izlanish va qarashlarida alohida bir nur taratib turuvchi o’rin tutganligini ko’ramiz. O’rta asrlarda o’z ilmlari, kashfiyotlari bilan Sharqni jahonga tanitgan Forobiy, Ibn Sino, Jomiy, Umar Xayyom, Kavkabiy, Changiy kabi ajdodlarimiz qatorida musiqiy san’atimiz solnomalarini davom ettirgan ko’plab sa’natkorlar, bastakorlar, hofizlarimiz Abdulaziz hofiz, K.Jabborov, J.Sutonov, F.Sodiqov, T.Jalilov, N.Hasanov, I.Ikromov, G’.Toshmatov, M.Muratozoyev, Yu.Rajabiy, F.Mamadaliyev, M.Muhamedovlar qatori Mo’tal Burxonov kabi davrimiz san’atkorlari va kompazitorlar, bastakorlarning nomlarini sharaf bilan tilga olish, ularning hayoti va ijodini o’rganish, ular yaratgan noyob asarlarni kelgusi yosh avlodga o’rgatish hamda bolalar musiqa va san’at maktab o’quvchi - yoshlarning ongiga singdirish bugungi kunda dolzarbligi bilan qimmatlidir. Shu nuqtai-nazardan magistirlik dissertatsiya ishimizning mavzusini “Bolalar musiqa va san’at maktablarida o’zbek kompozitorlari ijodidan faydalanish metodlari” – deb nomladik.
Bitiruv malakaviy ishimizning maqsadi: Bolalar musiqa va san’at maktablarida o’zbek kompozitorlari ijodidan unumli faydalanish, ular yaratgan kuy va qo’shiqlarni, ularning hayoti va ijodiyotini o’rganish, yig’ilgan materiallar asosida o’quvchilarga bilim berish va ko’nikma xosil qilish, umumlashtirish magistirlik disertatsiyay ishimizning maqsadi qilib belgiladik.
Magistirlik disertatsiyay ishimizning obyekti: Bolalar musiqa va san’at maktab o’quvchilarida o’zbek kompozitorlari ijodidan unumli faydalanish metodlarini o’rganish jarayoni.
Magistirlik disertatsiyay ishimizning predmeti: Bolalar musiqa va san’at maktablari o’quvchilarida o’zbek kompozitorlari ijodidan unumli faydalanish metodlarini hayoti va ijodiyotini o’rganishning mazmuni, shakl va uslublarini ishlab chiqish.
Magistirlik disertatsiyay ishimizning vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Bolalar musiqa va san’at maktablarida o’zbek kompozitorlari ijodidan unumli faydalanish metodlarini hayoti va ijodiyotini nazariy o’rganish va taxlil qilish.
2. Ularning yozgan va kuylagan asarlariga ta’rif va tavsif berish.
3. Oliy va o’rta maxsus va xalq talimi tizimidagi oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida, Bolalar musiqa va san’at maktablarida o’zbek kompozitorlari ijodidan unumli faydalanish va o’quvchilariga bilim berish orqali tizimli o’rganib borish.
4. O’zbek kompozitorlari tomonidan yaratilgan madxiya, kuy va qo’shiqlar, simfoniya, ariya, cantata, polifonik asarlar, opera asarlarni o’quvchi-yoshlar qalbiga singdirib borish, shu bilan birga mustaqilligimizni tarannum etish, tadbirlarda madhiyani eshitish, insonlarda iftixor tuygusini tarkib toptirish, musiqiy asarlarni o’rganish va havas kabi his-tuyg’ularni shakllantirish disertatsiya ishimizning asosiy vazifalaridan biri bo’lib hisoblanadi.
Magistirlik disertatsiya ishimizning ilmiy farazi:
- agar O’zbekiston bastakorlari va kompazitori hayoti va ijodiyotini bolalar musiqa va san’at maktablarida chuqur o’rganilsa;
- ularning yaratgan musiqa asarlari, kuylash va ijro etish uchun yozilgan qo’shiqlari,
- Bolalar musiqa va san’at maktablarida o’zbek kompozitorlari ijodidan unumli faydalanish metodlari musiqiy talim yo’nalishidagi Oliy va o’rta maxsus talim tizimida fanning dasturiy o’quv rejasiga mavzu sifatida kiritilsa;
- o’zbek kompozitorlar tomonidan yaratilgan musiqa asarlari: kuy va qo’shiqlar, ariyalar, aratoriya, simfoniya, opera, uvertyuralar, mumtoz kuy va qo’shiqlari bolalar musiqa va san’at maktablaridagi to’garaklarda, maktab o’quv jarayonida o’quvchilar tomonidan ijro etilib kuylanib borilsa, yoshlarda xalq bastakorlari va kompazitorlar ijodini o’rganib borish ishlarining qiymati, ularning ongida shakllanishi hamda kasbiy va ma’naviy tarbiyalanganlik darajasi ortib boradi deb hisoblayman.
Magistirlik disertatsiya ishimizning metodlari: O’zbekiston xalq kompazitorlari va bastakorlarning hayoti va ijodiyotini o’rganish, yaratgan kuy va qo’shiqlari, zabardas Mustaqillikga bag’ishlangan musiqiy asarlarni, ularning hayoti va ijodiga taalluqli adabiyotlarni to’plash. Shu orqali yig’ilgan materiallarni tahlil qilish, cholg’u asboblarida ijro etish, kuylash, umumtashtirish, tinglash, kuzatish, ijodiy mashq qilish, suhbat, tushuntirish, xikoya kabi pedagogik metodlaridan foydalanish, targ’ib qilish dissertatsiya ishimizning metodlarini tashkil etadi.
Magistirlik disertatsiyay ishimizning metodologik asosini Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyevning asarlari, san’atimizning rivoji uchun chiqarilgan farmonlar va qarorlar, sohaga oid olimlar, musiqashunoslar, pedagogik va amaliyotchilarning fikr va mulohazalari, O’zbekiston kompozitorlar tomonidan yaratilgan musiqiy asarlar, mutaxassislarning risola, maqola va adabiyotlarida bildirgan xulosalari hisoblanadi.
Magistirlik disertatsiyay ishimizning tarkibiy qismi: Kirish, uch bob, oltita paragrif, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalaridan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |