Tayanch iboralar: ishlab chiqarish, manifaktura, xunarmandchilik, tijorat kredit, davlat kredit, iqtisodiy munosabat, tomonlarni manfaatlari
Amaliy mashgʻulot
9-MAVZU: KREDIT MUNOSABATLARINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI MAVZUSIDA TUZILGAN TOPSHIRIQLAR
Topshiriq №1: Quyidagi so’zlarga ta’rif bering.
Allonj –
Aktivlar –
Blankli kredit –
Davlat krediti –
Indossament –
Indossant –
Indossat –
Ipoteka krediti –
Kontokorrent krediti –
Tratta -
Topshiriq №2: Savollarga javob bering.
Kredit munosabatlarining yuzaga kelish sabablari va shart-sharoitlari bu?
Kredit munosabatlarining rivojlanish bosqichlari nima?
Sudxo‘rlik kreditining paydo bo‘lishi va uning o‘ziga xos xususiyatlari bu?
Tijorat kreditining yuzaga kelish shart-sharoitlari deganda?
Bank kreditining paydo bo‘lishi va uning o‘ziga xos xususiyatlari bu?
Topshiriq №3: Testlar
1. Kredit munosabatlari rivojlanishini qanday omillar belgilaydi?
a) ishlab chiqarish munosabatlarining barqarorligi va xizmat ko’rsatishning yuqori saviyadaligi
b) iqtisodiyotning rivojlanishi, bank tizimining rivojlanganlik darajasi, kredit oluvchining to’lovga qobilligi
c) tijorat banklarining foiz stavkasi va likvidliligi
d) mamlakatga xorijiy valyutalarning oqimi hamda to’lov balansining profitsiti
2. Kredit munosabatlarining birinchi rivojlanish bosqichi kreditning qaysi shaklini paydo bo’lishi bilan bog’liq?
a) davlat krediti
b) bank krediti
c) tijorat krediti
d) sudxo’rlik krediti
3. Sudxo’rlik krediti qachon paydo bo’lgan?
a) eramizdan oldingi IV asrda
b) eramizdan oldingi V asrda
c) eramizdan oldingi II asrda
d) eramizdan oldingi VI asrda
4. Sudxo’rlik krediti dastlab qayerda paydo bo’lgan?
a) Bobil
b) Misr
c) Gretsiya
d) Italiya
5. Sudxo’rlik kreditining qanday xususiyatlari mavjud?
a) uzoq muddat va yuqori foiz evaziga beriladi
b) qisqa muddat va yuqori foiz evaziga beriladi
c) qisqa muddat va past foiz evaziga beriladi
d) ) uzoq muddat va past foiz evaziga beriladi
6. Tarixchi Plutarhning yozishicha, qadimgi Gretsiyada sudxo’rlik kreditining yuqori foiz stavkasi qanchaga yetgan?
a) 570%
b) 400%
c) 380%
d) 900%
7. Yevropada sudxo’rlik kreditining yuqori foiz stavkasi qanchaga yetgan?
a) 200-300%
b) 50-100%
c) 40-50%
d) 100-200%.
Mustaqil ta’lim
9-masala.
Firma bir yil muddatga yillik 16% stavkada 300 mln so’m miqdorida kredit oldi. To’lanadigan kredit miqdorini aniqlang.
Testlar
Dastlab qanday munosabat vujudga kelgan?
A. Kredit munosabatlari.
B. Tovar – pul munosabatlari.
B. Bank munosabatlari.
G. Moliya – kredit munosabatlari.
Kredit qanday munosabatlar asosida tashkil topdi?
A. Tovar – kredit munosabatida.
B. Pul – kreditlar munosabatida.
V. Tovar – pul munosabatlarida.
G. Davlat krediti munosabatlarida.
Kredit munosabatlari iqtisodiy fanlarning qanday bo’g’inlarida o’rganiladi?
A. Barcha bo’g’inlarida.
B. Ayrim bo’g’inlarida.
V. Moliya bo’limida.
B. Ma’lum bo’limida.
Kreditor va kredit oluvchi o’rtasida asosiy omil nima hisoblanadi?
A. Mablag’lardan samarali foydalanish
B. Iqtisodiy manfaatdorlik
V. O’zaro yaqinlik.
G. Iqtisodiy hamkorlik.
Kreditning zarurligi qanday javobda noto’g’ri keltirilgan?
A. Kredit munosabatlarida ishtirok etuvchi tomonlarning iqtisodiy manfaatdorligini ta’minlanishi.
B. Iqtisodiyotda vaqtinchalik bo’sh pul mablag’lar ssuda kapitali sifatida jamg’arilib, tegishli maqsadlarga yo’naltiriladi.
V. Banklarni moliyaviy muassasa ekanligi.
G. Iqtisodiyotda ishlab chiqarish tsiklining davriyligi.
Glossariy
Kredit munosabatlarining rivojlanish bosqichlari
Allonj – vekselga qistirilgan qo’shimcha qog’oz bo’lib, unda vekselni boshqa shaxsga uzatilganligini tasdiqlovchi yozuv aks etadi.
Aktivlar – xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga, banklarga, davlatga, aholiga tegishli bo’lgan mulklar va pul mablag’larining majmuidir.
Kredit emissiyasi - banklarning uz mijozlariga chek bilan tulash sharti asosida joriy (chekli) hisob (varak) ochib, karz berish; nakd bulmagan pulni (chekni) kushimcha ravishda muomalaga chikarishdir. Kredit emissiyasi xali yuk, lekin kelajakda topilishi muljallangan pulni xozir karzga berishdir.
Emitent (emitent, emitter, issuer) - kapitalni jalb etish maksadida kimmatli kogozlarni oborotga (muomala) chikaruvchi moliya-kredit muassasalari; bank, kompaniya
Blankli kredit – tijorat banklari tomonidan hech qanday ta’minotsiz berilgan kredit.
Davlat krediti – davlatning qimmatli qog’ozlarini sotish natijasida yuzaga keladigan kredit.
Indossament – vekselni boshqa shaxsga uzatilganligini tasdiqlovchi yozuv.
Indossant – vekselni boshqa shaxsga uzatgan shaxs.
Indossat – vekselni indossament orqali qabul qilib olgan shaxs.
Ipoteka krediti – qo’g’almas mulkni garovga olish yo’li bilan beriladigan kredit.
Kontokorrent krediti – kreditlash shakllaridan biri bo’lib, bunda mijozning joriy hisobrami yopiladi, uning o’rniga kontokorrent hisobraqami ochiladi. Kontokorrent krediti kontokorrent hisobraqamining debetli qoldig’iga beriladi.
Tratta - uzatma tijorat vekseli.
10-MAVZU. “KREDITNING TURLARI VA SHAKLLARI”
10. 1. Kreditning turlari. Kreditning shakllari. Kreditning tarmoq yo’nalishiga ko’ra turlari.
10. 2. Kreditning takror qayta ishlab chiqarish jarayoni bosqichlariga xizmat ko’rsatishiga ko’ra turlari. Kreditning kreditlash ob’ektlariga ko’ra turlari.
10. 3. Kreditning ta’minlanganligiga ko’ra turlari. Kreditning muddatiga ko’ra turlari. Kreditning to’lovliligiga ko’ra turlari.
10. 4. Kreditning shakllari: pul shaklidagi kreditlar; tovar shaklidagi kreditlar; aralash shakldagi kreditlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |