Jamiyatda mehnat taqsimoti va ishlab chiqarish jarayonining mavjudligi iqtisodiy hayotda pulning ro‘li doimo oshib boraveradi. Birgina mehnat taqsimotiga e‘tibor qaratadigan bo‘lsak, kompaniya yoki firma biror narsani ishlab chiqarish yoki xizmat turini ko‘rsatish uchun zarur xom – ashyo va materiallarni olish maqsadida bir necha xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan iqtisodiy aloqalarni o‘rnatadi, ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko‘rsatish jarayonida ishtirok etayotgan xodimlarning mehnati uchun haq to‘laydi va boshqa qator ishlarni amalga oshiradi. Bularning barchasi tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy hamkorlik va manfaatdorlik asosida amalga oshiriladi. Mana shu iqtisodiy hamkorlik va manfaatdorlikni amalga oshirishning iqtisodiy mexanizmi sifatida pulning roli alohida ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiyot taraqqiy etib bogani sari jamiyatdagi pul munosabatlari ham rivojlanib boradi. Har qanday boy davlatda, binobarin, vaqtincha bo‘sh pullarga ega bo‘lgan firma (korxona) , kompaniya va tashkilotlar, aholi soni ham ko‘p bo‘ladi. Ana shu pullarni bir yerga jamlashni va ularni iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida qayta taqsimlash, ya’ni pul mablag‘lariga ehtiyoji bor bo‘lgan xo‘jalik subyektlariga qarzga berish nihoyatda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan faoliyatdir. Aynan shu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi muassasalar bank deb yuritiladi. Banklar –bu pul munosabatlarini rivojlanishi uchun yuzaga kelgan muassasalardir.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida barcha iqtisodiy jarayonlarni amalga oshirish, xususan iqtisodiyotni moliyalashtirish, ya’ni pul mablag‘lari bilan ta’minlash banklar faoliyati bilan chambarchas bog‘lanib ketgan. “Bank – tijorat tashkiloti bo‘lib, bank faliyati deb hisoblanadigan faoliyat turlari majmuini amalga oshiradigan yuridik shaxslardir ”(O‘zbekiston Respublikasi “Bank va bank faoliyati to‘g‘risida ”gi Qonun).
Hozirgi kunda bank odatda aksiyadorlar jamiyatidan iborat bo‘lib, moliyaviy operatsiyalar zaminida yotadigan o‘z kapitaliga ega bo‘lgan tashkilotdir.
Jamiyatdagi pul resurslari harakatining notekisligi tufayli paydo bo‘ladigan pul jamg‘armalarining tarmoqlar va korxona o‘rtasida qayta taqsimlashda bank kreditlari muhim rol o‘ynaydi. Vaqtincha bo‘sh bo‘lgan pul mablag‘larini jamg‘arish,ularni qarz (ssuda)kapitaliga aylantirish, belgilangan muddatlardaqaytarish va ulardan foydalanganlik uchun foizlantirish bozor qoidalari asosida amalgga oshiriladi .
Do'stlaringiz bilan baham: |