O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona Politexnika Instituti



Download 130,04 Kb.
bet24/24
Sana28.03.2022
Hajmi130,04 Kb.
#513711
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
ПКБ УСЛУБИЙ 2021 2022 й Восстановлен

Tayanch iboralar: xalqaro moliya institut, Yevropa ta’mirlash va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, XMK, JB, XVF.
Amaliy mashgʻulot
21-MAVZU: XALQARO MOLIYA INSTITUTLARI VA ULARNING TURLARI MAVZUSIDA TUZILGAN TOPSHIRIQLAR
Topshiriq №1: Quyidagi so’zlarga ta’rif bering.
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti -
Investitsiyalarni har tomonlama kafolatlash agentligi
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki -
Parij klubi –
Xususiy bank –
Xalqaro valyuta jamg‘armasi –
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki -
Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi -
Xalqaro moliya korporatsiyasi -
Valyuta kelishuvi –

Topshiriq №2: Savollarga javob bering.


Xalqaro moliya institutlarining zarurligi bu - ?
Xalqaro moliya institutlarining turlari bu - ?
Xalqaro valyuta fondi: tashkil topishi, maqsadi, boshqaruv tizimi, resurslari va aktiv operatsiyalari bu - ?
Jahon banki guruhiga kiruvchi tashkilotlar: tashkil topishi, maqsadi, boshqaruv tizimi, resurslari va aktiv operatsiyalari bu - ?
Mintaqaviy rivojlanish banklari bu - ?
Yevropa ta’mirlash va taraqqiyot banki: tashkil topishi, maqsadi, boshqaruv tizimi, resurslari va aktiv operatsiyalari bu - ?
Osiyo taraqqiyot banki: tashkil topishi, maqsadi, boshqaruv tizimi, resurslari va aktiv operatsiyalari bu - ?
Islom taraqqiyot banki: tashkil topishi, maqsadi, boshqaruv tizimi, resurslari va aktiv operatsiyalari bu - ?
Afrika taraqqiyot banki: tashkil topishi, maqsadi, boshqaruv tizimi, resurslari va aktiv operatsiyalari bu - ?

Topshiriq №3: Testlar


1. XVF qachon va qayerda tashkil etilgan?
a) 1944-yil Britton-vdus shahrida
b) 1955-yil Yamaykada
c) 1945-yil Genuyada
d) 1954-yil Vashingtonda
2. XVFni nizomini kimlar yozgan?
a) A. Smit, K. Marks
b) U. Petti, J. B. Sey
c) G. Vayt, J. M. Keyns
d) M. Fridman, G. Vayt
3. XVF o’z faoliyatini qachondan boshlagan?
a) 1945
b) 1944
c) 1954
d) 1943
4. XVF ning maqsadi nima?
a) milliy valyuta munosabatlarini tartibga solish, davlatlar o’rtasida ko’p tomonlama hisob-kitoblar tizimini yaratishga yordam berish, xalqaro savdoni barqaror rivojlanishiga ko’maklashish
b) kambag’allikka qarshi kurashish, xalqaro savdoni barqaror rivojlanishiga ko’maklashish, milliy valyuta munosabatlarini tartibga solish
c) Milliy hisob-kitobni yaratish, davlatlar o’rtasidagi valuta munosabatlarini tartibga solish
d) davlatlarning barqaror iqtisodiy rivojlanishiga ko’maklashish, davlatlar o’rtasida ko’p tomonlama hisob-kitoblar tizimini yaratishga yordam berish, kambag’allikka qarshi kurashish
5. XVF ga a’zolik badali nima deb nomlanadi?
a) kredit
b) ulush
c) kvota
d) kapital
6. 2008-yilgacha XVFning ustav kapitali qancha bo’lgan (mlrd. AQSH dollari)?
a) 755
b) 800
c) 754

Mustaqil ta’lim


1-Masala
Said yirik kompaniya direktori bo’lib, uning hisob raqami sizning bank filiallaringizdan birida. U sizning bankingizda shaxsiy hisob varag’iga ega emas, lekin u sizdan shaxsiy kredit so’rab murojaat qildi.
U o’zi haqida ishonchli bo’lgan besh yildan keyin yaxshi daromad keltiradigan investitsiya to’g’risida ma’lumotga ega. Hozir uning imtiyozga ega bo’lgan (soliq imtiyozi) 15000 (shartli pul birligi hisobida) aktsiya sotib olishga imkoniyati bor. Said shu aktsiyalarni sotib olish maqsadida sizning bankingizdan 15000 (shartli pul birligi) miqdorida shaxsiy kredit so’rayapti. Saidning bankdan oladigan krediti bo’yicha quyidagi shartlar mavjud:
A) foizlar-ssuda berilgan muddatning oxirida to’lanadi.
B) hamma ssuda o’sha muddatning oxirida qaytariladi.
Said uchun kreditni 5 yil muddatga olish qoniqtiradi. Ssuda bo’yicha foizlarni o’zining doimiy daromadlaridan to’lamoqchi. Ssudaning asosiy summasini 5 yildan keyin aktsiyani sotishdan tushgan tushum hisobidan qaytarmoqchi.
U olayotgan kreditning ta’minoti bo’yicha shu sotib olayotgan aktsiyasidan boshqa ta’minlanish vositasi yo’qligini hamda bankdan ssudani imtiyozli foiz asosida berishni so’rayapti.

Savollar:


1. Siz bunday taklifga qanday yondashgan bo’lardingiz?
2. Agar kreditni bersangiz qanday shartlar asosida bergan bo’lar edingiz? Agar rad etsangiz nimaga? Yoki boshqa yo’li mavjudmi?

1-Keys. “Xeld end sanz” kompaniyasi


“Xeld end sanz” kompaniyasi Londonda metalloprokat omborxonasining egasi hisoblanadi, va uning hisobidan overdraft asosida foydalaniladi. Shu vaqtgacha ular o’z zahiralarini Buyuk Britaniyada to’ldirib borishardi, biroq hozir ular maxsus cho’yan etkazib beruvchi xorijiy korxonalarni izlamoqdalar. quyidagi kotirovkalar olingan:



Mamlakat

1 tonnaning bahosi

To’lov shartlari

A) Shveytsariya

11030 Shveytsariya franki
FOB Tsyurrix

Ochiq hisob: tovar jo’natilganidan bir oydan so’ng hisob-kitob qilinadi

B) Ispaniya

26500 evro
CFR London

Tovar jo’natilganidan ikki oydan so’ng to’lov uchun taqdim qilingan tratta (inkasso uchun to’lov xaridor hisobidan)

V) Xitoy

697000 yuan
CIF London

Chaqirib olinmaydigan hujjatli akkreditiv, to’lov tovar jo’natilganidan uch oydan so’ng amalga oshiriladi.

Quyida keltirilgan qo’shimcha axborot asosida hisob-kitob orqali a), b), v) kotirovkalarda sizning mijozingiz uchun eng arzon bo’ladigan 100 tonna cho’yanning qiymatini aniqlang.
Ixtiyoriy Farbiy-Yevropa portidan
tashish uchun to’lov 5 f. st. 1 tonnasiga
Sug’urta (CFR qiymati yoki boshqa ekvivalent 1% i funt sterlingda qiymatning 100%iga bajarilishi kerak).
To’lanishi shart:
Inkasso uchun to’lov ( ikkala bank uchun summa bo’yicha) 14 %
Hujjatli akkreditiv uchun to’lov (aktsept
uchun komission to’lovlarni hisobga olgan holda) 34 %
Overdraft bo’yicha foizlar (bir oy yilning 12 qismi deb hisoblanishi mumkin) 15% yillik
Boshqa barcha to’lovlarni hisobga olmang.
Faraz qilaylik, sizning mijozlaringiz tovar jo’natish vaqtida yuzaga keladigan barcha valyuta risklarini quyida keltirilgan kurslarga mos ravishda qoplaydilar, va ixtiyoriy kotirovkaga tegishli bo’lgan barcha to’lovlar va yig’imlar o’sha kunning o’zida amalga oshiriladi (debetlanadi).






Spot kurs

Bir oylik forvard kurs

Ikki oylik forvard kurs

Uch oylik forvard kurs

Shveytsariya

1. 3781 – 1. 3781

0. 0015 – 0. 0020
frank mukofot miqdori

0. 0026 – 0. 0016
frank mukofot miqdori

0. 0038 – 0. 0028
santim mukofot miqdori

Ispaniya

1. 2734 – 1. 2739

0. 10 – 0. 15
Evrotsent diskont miqdori

0. 22 – 0. 29
Evrotsent diskont miqdori

0. 33 – 0. 43
Evrotsent diskont miqdori

Xitoy

9,32 – 9,33

2–1yuan mukofot miqdori

3–2yuan mukofot miqdori

4–3yuan mukofot miqdori

Testlar

1. Milliy valyuta tizimining elementlari qaysi javobda to’g’ri keltirilgan?


A. Valyutalarni o’zaro konvertirlash shartlari.
B. Valyuta pariteti rejimining reglamenti
V. Xalqaro valyuta
G. Konvertatsiya shartlari

2. Xalqaro valyuta tizimining elementlari qaysi javobda noto’g’ri keltirilgan?


A. Xalqaro valyuta likvidligini davlatlararo tartibga solish usuli
B. Mamlakatning xalqaro hisob – kitoblar reglamenti
V. Xalqaro kredit mablag’lari muomalasini unifikatsiyalash qoidalari
G. Xalqaro hisob–kitoblar shakllarini qo’llash qoidalari

3. Banklar o’rtasida korrespondent munosabatlarda qo’llaniladigan “loro”hisorbvaraqlar:


A. Xorijiy banklarning mahalliy banklardagi hisobvaraqlari
B. Mahalliy banklarning xorijiy banklardagi hisobvaraqlari
V. Hisob – kitoblarning shakli
G. Banklarning valyutadagi daromad hisobvarag’i

4. Banklar o’rtasida korrespondent munosabatlarda qo’llaniladigan “nostro”hisorbvaraqlar:


A. Xorijiy banklarning mahalliy banklardagi hisobvaraqlari
B. Mahalliy banklarning xorijiy banklardagi hisobvaraqlari
V. Hisob – kitoblarning shakli
G. Banklarning valyutadagi xarajat hisobvarag’i

5. Xalqaro hisob – kitoblarni amalga oshirishda AQSh dollarining ulushi 1982 yilda:


A. 40 foizga etadi
B. 78 foizga etdi
V. 55 foizga ko’tarildi
G. 5 foizga ko’tarildi

6. 1955 yilda xalqaro to’lovlarning oltin bilan to’lanadigan ulushi:


A. 45 foizni tashkil etdi
B. 55 foizni tashkil etdi
V. 65 foizni tashkil etdi
G. 75 foizni tashkil etdi

7. Xalqaro hisob – kitoblarda eng ko’p qo’llaniladigan hisob – kitob shakli:


A. – akkreditiv;
B. – inkasso;
V. – cheklar bilan hisob – kitob;
G. – bank o’tkazmalari

8. O’zbekiston tijorat banklari qanday valyuta operatsiyalarni bajaradi?


A. Joriy xalqaro va kapital harakati bilan bog’liq operatsiyalar
B. Kapital harakati bilan bog’liq bo’lmagan valyuta operatsiyalar
V. Joriy bo’lmagan valyuta operatsiyalari
G. Xalqaro hisob – kitoblarni shakllari

9. To’lov balansi bu:


A. – Markaziy bank balansi;
B. – korxona va tashkilotlar balansi;
V. – mamlakat balansi;
G. – Moliya vazirligining balansi.

10. To’lov balansining tarkibiy tuzilishi qaysi javobda to’g’ri va to’liq keltirilgan?


A. Joriy operatsiyalar balansida eksport va import operatsiyalari
B. Kapitallar va kreditlar harakati balansida qimmatli qog’ozlar va investitsiyalar bilan bog’liq operatsiyalar
V. Joriy operatsiyalar va kapitallar hamda kreditlar harakati balansi
G. Xizmatlar va notijorat to’lovlar balansi, “ko’rinmaydigan” operatsiyalar balansi

11. Savdo balansi to’lov balasnining nechinchi bo’limida aks ettirilgan?


A. Birinchi bo’limida
B. Ikkinchi bo’limida
V. Uchinchi bo’limida
G. Beshinchi bo’limida

12. Mamlakatning eksport va import operatsiyalari to’lov balansining qanday bo’limida aks ettiriladi?


A. Xizmatlar va notijorat to’lovlar bo’limida
B. Savdo balansi bo’limida
V. Kapitallar va kreditlar harakati balansi bo’limida
G. Xatolar va hisobga olinmaydigan moddasida

13. Savdo balansida jami eksportlar summasining import summasidan ortishiga nima deyiladi?


A. Balansda salbiy qoldiq
B. Balansda ijobiy qoldiq
V. Eksport summasining ortiqchaligi
G. Import summasining taqchilligi

14. Savdo balansida jami eksportlar summasining import summasi hajmidan kamligiga nima deyiladi?


A. Balansda salbiy qoldiq
B. Balansda ijobiy qoldiq
V. Import summasining ortiqchaligi
G. Eksport summasining taqchilligi

15. AQSh kompaniyalarining xorijdagi filiallariga qanday tavsif beriladi?


1. Norezidentlar
2. Chet el kompaniyalari
3. Rezidentlar
4. Milliy kompaniyalar

16. O’zbekiston bank tizimida rezidentlar toifasi qanday hujjat asosida tartibga solinadi?


A. Markaziy bank to’g’risidagi qonunga asosan
B. Banklar va bank faoliyati to’g’risidagi qonunga asosan
V. Valyutani taribga solish to’g’risidagi qonunga asosan
G. Garov to’g’risidagi qonunga asosan

17. O’zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi bo’lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar:


A. – norezidentlar hisoblanadi;
B. – rezidentlar hisoblanadi;
V. – chet el rezidenti hisoblanadi;
G. – hukumat vakili hisoblanadi.

18. Quyidagilardan qaysi biri to’lov balansiga salbiy ta’sir ko’rsatmaydi?


A. Iqtisodiyotni haddan ziyod harbiylashtirish
B. Kapital xarakatini kengayishi
V. Xalqaro savdo va foiz bozorlarida baholarning tebranib turishi
G. Inflyatsiya va ishsizlik darajasining oshishi

20. Yevropa iqtisodiy hamkorligi tashkiloti qanday reja asosi tashkil etilgan?


A. Cherchel rejasiga asosan
B. Qiroicha Elezaveta rejasiga asosan
V. Marshall rejeaiga asosan
G. Mark Tven rejasiga asosan

21. Kreditor mamlakatlar Parij klubining maqsadi:


A. –rivojlangan mamlakatlarga kredit beradi;
B. –rivojlanayotgan mamlakatlarning siyosatini ishlab chiqadi;
V. – rivojlangan mamlakatlarning norasmiy tashkilotidir;
G. –moliya – kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga soladi.

22. Xalqaro moliya institutlari asosan qachon paydo bo’la boshlgan?


A. Birinchi jahon urushidan keyin
B. Ikkinchi jahon urushidan keyin
V. Buyuk inqirozdan keyin
G. 2008 yildagi jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozidan keyin

23. Xalqaro moliyaviy institutlarni vujudga kelishiga ta’sir qilgan omillar qanday javobda noto’g’ri keltirilgan?


A. Xalqaro iqtisodiyotda moliyaviy barqarorlikni ta’minlash borasida kuchlarni umumlashtirishgan holda hamkorlikda faoliyat yuritish.
B. Kapitalizm va sotsializm tuzumi o’rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash.
V. Davlatlararo valyuta va moliya – kredit siyosatini tartibga solish yuzasidan andozalarni yaratish va amaliyotga joriy etish
G. Hamkorlikda jahon valyuta va moliya – kredit siyosati yuzasidan strategik taktikani ishlab chiqish.

24. Xalqaro valyuta fondi qanday maqsadga kredit beradi?


A. Mamlakat qishloq – xo’jaligini rivojlantirish uchun
B. Mamlakatlarning valyuta – kredit munosabatlarini tartibga solish uchun
V. Mamlakatlarning to’lov balansi defitsetini qoplash uchun
G. B va V javoblar to’g’ri

25. Xalqaro valyuta jamg’armasiga a’zo mamlakatlar soni 2004 yillda nechtani tashkil etdi va uning bosh ofisi qanday shaharda joylashgan?


A. 204 ta, Parijda
B. 184 ta, Vashingitonda
V. 189 ta, Jenevada
G. 184 ta, Nyu Yorkda

26. Jaxon banki qaysi tashkilot tarkibidagi qanday muassasa hisoblanadi?


A. Xalqaro valyuta jamg’armasi tarkibidagi, ixtisoslashgan moliyaviy muassasa
B. Birlashgan millatlar tashkiloti tarkibidagi, ixtisoslashgan moliyaviy muassasa
V. Yevropa ittifoqi tarkibidagi, moliyaviy muassasa
G. Rivojlangan mamlakatlar tarkibidagi, moliyaviy muassasa

27. Qanday xalqaro moliyaviy tashkilotning kreditlari bo’yicha foizlar undirilmaydi?


A. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki
B. Xalqaro moliya korporatsiyasi
V. Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi
G. Investitsiyalarni hartomonlama kafolatlash agentligi

28. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki kimning tashabbusi bilan qachon ta’sis etilgan ?


A. Marshallning taklifi bilan, 1989 yil 29 mayd
B. Fransua Mitteranning taklifi bilan, 1990 yil 29 mayda
V. Klintonning taklifi bilan, 1991 yil 30 oktyabrda
G. Jak Sherakning taklifi bilan, 1988 yil 25 iyunda

29. Quyidagilardan qaysi biri xalqaro minatqaviy taraqqiyot banklari tarkibiga kirmaydi?


A. Amerikalararo taraqqiyot banki, Vashington
B. Afrika tarqqiyot bank, Abidjon
V. Jahon banki, Vashingiton
G. Osiyo taraqqiyot bank, Manila

30. O’zbekiston Yevropa tiklanish va taraqqiyot bank bilan aloqalari qachon boshlandi va uning to’laqonli a’zosi qachon bo’lgan?


A. 1989 yil 20 mayda aloqalar o’rnatildi va 1990 yilda a’zo bo’ldi.
B. 1991 yil 25 aprelda aloqalar o’rnatildi va 1992 yilda a’zo bo’ldi
V. 1992 yil 30 aprelda aloqalar o’rnatildi va 1993 yilda a’zo bo’ldi
G. 1993 yil 30 maydan aloqalar o’rnatildi va 1994 yilda a’zo bo’ldi

31. O’zbekiston Osiyo tarqqiyot banki bilan qachondan boshlab to’laqonli hamkorlikni yo’lga qo’ygan?


A. 1991 yildan
B. 1993 yildan
V. 1995 yildan
G. 1997 yildan.

Glossariy


Xalqaro moliya institutlari va ularning turlari

Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti - Hozirda bu tashkilot o’z ichiga 32 mamlakatni oladi, uning vazifalariga – tashkilotga a’zo mamlakatarda iqtisodiy o’sishga ko’maklashish, moliyaviy barqarorlikka qaratilgan siyosatni ishlab chiqish, xalqaro savdoni rivojlantirish, diskriminatsion qarama – qarshiliklarni cheklash, rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam ko’rsatish kabilar kiradi


Investitsiyalarni har tomonlama kafolatlash agentligi (IXKA) rivojlanayotgan mamlakatlarga to’g’ridan – to’g’ri investitsiyalarni jalb etishni rag’batlantirish maqsadida 1988 yilda tashkil etilgan. IXKA a’zo – mamlakatlarga kiritilayotgan investitsiyalarni notijorat risklardan, ya’ni investitsiya mulklarini eksproporsiya qilish, siyosiy kataklizma, valyuta konvertatsiyasini bekor qilish, hukumat qarori natijasida kontrakt shartnomalarini bajarilmaslik holatlarini kafolatlaydi. Odatda investitsiyalarni 15 yilga, ayrim hollarda 20 yil muddatgacha kafolatlaydi. Kafolatlangan investitsiyalar bo’yicha muammolar vujudga kelganda ularning 90 foizi IXKA tomonidan qoplab beriladi. IXKA o’zining kafolatlash faoliyatini milliy sug’urta kompaniyalari bilan hamkorlikda tashkil etadi.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki -Fransiyaning sobiq Prezidenti Fransua Mitteran 1989 yilning 25 oktyabrda evropa parlamentining yig’ilishida evropa tiklanish va taraqqiyot banki (EETB)ni tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi. Shundan so’ng 1990 yil 29 mayda Parijdagi kelishuvga asosan eETB ta’sis etildi va bu kelishuv 1991 yil 28 martdan kuchga kirdi.
Parij klubi – rivojlangan mamlakatlarning norasmiy tashkilotidir. Bu erda mamlakatlarning davlat qarzlari bo’yicha to’lov muddatlarini boshqarish muammolari muhokama kilinadi. Bir tomonlama moratoriyadan qochish maqsadida (to’lovni uzaytirish) kreditorlar tashqi qarzlarni qayta ko’rib chiqish shartlari xaqida qarzdorlar bilan «yuzma – yuz» bitimlar olib boradi. Klub faoliyati 1956 yilda tashkil etilgan bo’lib, Argentina kreditorlari Parijga qarzdorlar bilan muzokaraga taklif qilingan paytga to’g’ri keladi.
Xususiy bank – kreditorlarning norasmiy London klubi 1976 yildan faoliyatini boshlagan bo’lib, qarzdor mamlakatlarning xususiy tashqi qarzlarini tartibga solish muammolarini muhokama qiladi. London klubi XVJ va Parij klubi bilan iqtisodiy hamkorlik olib boradi.
Xalqaro valyuta jamg’armasi - jamg’armaga a’zo mamlakatlarning valyuta – kredit munosabatlarini tartibga solish va ularning to’lov balansi defitsetini qoplash uchun xorijiy valyutada qisqa, o’rta va uzoq muddatga kredit berish bilan shug’ullanadi.
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki - guruh tarkibida bosh tashkilot sifatida Xalqaro valyuta jamg’armasi bilan birgalikda Bretton – Vudseda 1944 yil 1 – 22 iyulda bo’lib o’tgan xalqaro konferensiyada tashkil topgan bo’lib, faoliyatini 1946 yil iyuldan boshlagan.
Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA) 1960 yilda tashkil etilgan bo’lib, XTTB va XRA boshqaruv tartibi bir xil va ular bitta bank prezidenti tomonidan boshqariladi. XTTBning moliyaviy resurslari muomalaga chiqarilgan qimmatli qog’ozlar bo’lsa, XRAning resurs manbasi a’zo – mamlakatlarning badallari va XTTBning foydasi hisoblanadi. XRA 20, 25 va 40 yil muddatga, 10 yillik imtiyoz davri bilan kreditlar beradi. Berilgan kreditlar bo’yicha foizlar hisoblanmaydi, biroq juda yuqori bo’lmagan 0,75 foiz miqdorida komission to’lovlar undiriladi.
Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) 1956 tashkil etilgan. U XTTB va XRAga nisbatan boshqa strategik siyosatni amalga oshiradi. XMK asosan xususiy sohani kreditlash bilan shug’ullanib, uning kreditlari bo’yicha XTTB va XRAdan farqli o’laroq, davlat kafolati talab etilmaydi. XMK berayotgan kreditlar asosan loyiha summasining 25 foizidan ortmaydi. Kreditlarning muddati asosan 7 – 8 yil va eng yuqorisi 15 yilgacha berilishi mumkin. XMKning moliyaviy resurslari xalqaro moliya bozorlaridan qimmatli qog’ozlarni joylashtirish asosida shakllantiriladi. ,
Valyuta kelishuvi – eksporter va importeriga to’lov vositasining qadrsizlanishidan himoya qilish bo’lib, to’lov valyuta kursining o’zgarishi natijasida vujudga keladigan farqni proporsional tarzda to’lab berish haqidagi kelishuvdir.

Asosiy adabiyotlar:



  1. Frederic S.Mishkin. The economics of money, banking and financial markets. Pearson Education Limited. 2013. 695 pages.

  2. Jesus Huerta de Soto. Money, bank credit, and economic cycles. Union Editorial. 2009. 885 pages

  3. Omonov A.A, Krraliev T.M “Pul, kredit va banklar” Darslik. T.: -“IQTISOD-MOLIYa”, 2012 y.

  • 562 b.

  1. Rashidov O. Yu., Alimov I.I., Toymuxamedov I. R., Tojiev R. R. Pul, kredit va banklar. Darslik.

  • T.: TDIU. 2011 y. - 428 b.

  1. Mullajanov F.M. O’zbekiston Respublikasi bank tizimi. -Toshkent: O’zbekiston, 2011 y. - 368 b.

  2. Saidov D., Kulliev I. Pul muomalasi va kredit. Oquv qo’llanma.T.:-“IQTISOD-MOLIYA”, 2014 y. - 263 b.

Qo’shimcha adabiyotlar:

  1. “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi tugrisida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni.

  2. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. - 488 b.

  3. Mirziyoev SH.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - xar bir raxbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. - Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2 0 1 7 .- 104 b.

  4. Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. - 5 6 b.

  5. Mirziyoev SH.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. - Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. - 4 8 b.

  6. Karaliev T. Sattarov O. va boshqalar “Tijorat banklari faoliyati taxlili”. Oquv qo’llanma. 2013- yil. 192 bet.

  7. Денги, кредит, банки. Учебник. Болвачев А.И., Богачева М.Ю., ИНФРА-М 2012 г.-591с.

  8. Абрамова М.А. Денги, кредит, банки. - М.:КНОРУС,2014. - 312 с.

  9. Лаврушина О.И. Денги. Кредит. Банки. Учебник. - М.: КНОРУС. 2013.448 с.

Internet saytlari:

  1. www.lex.uz:

  2. www.norma.uz;

  3. www.tfi.uz;

  4. www.bir.uz;

  5. www.bma.uz;

  6. www.cbu.uz;

  7. www.finance.uz;

  8. www.state.us;

24.www.cer.uz;


1

Download 130,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish