Tayanch iboralar: kredit uyushma, mikrokredit, mikrolizing, aktiv passiv, litsenziya, bosh litsenziya
18-MAVZU: NOBANK KREDIT TASHKILOTLARI VA ULARNING TURLARI MAVZUSIDA TUZILGAN TOPSHIRIQLAR
Topshiriq №1: Quyidagi so’zlarga ta’rif bering.
Kredit uyushmasi –
Kredit uyushmalari passiv operatsiyalari –
Kredit uyushmalari aktiv operatsiyalari –
Lombardlar –
Lizing -
Nomoddiy aktivlar -
Topshiriq №2: Savollarga javob bering.
Nobank kredit tashkilotlari tarkibi va ular faoliyatining zarurligi bu - ?
Nobank kredit tashkilotlarining resurs bazasini shakllanishi deganda…?
Nobank kredit tashkilotlarining aktiv operatsiyalari bu - ?
Nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish tizimi bu - ?
O‘zbekistonda nobank kredit tashkilotlari va ular faoliyatining yo‘nalishlari bu-?
Topshiriq №3: Testlar
1. Dastlabki lombardlar XV asrlarda savdogarlar tomonidan qayerda tashkil etilgan?
a) Fransiyada
b) Angliyada
c) AQShda
d) Germaniyada
2. Lombardlarni davlat ro‘yxatidan kim o‘tkazadi?
a) Markaziy bank
b) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
c) Moliya vazirligi
d) Qo’mitalar
3. Lombardlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi uchun qancha davlat boji to’laydi?
a) boj to’lamaydi
b) eng kam oylik ish haqining ikki barobarigacha
c) eng kam oylik ish haqining to‘rt barobarigacha
d) eng kam oylik ish haqining o’n barobarigacha
4. Nobank kredit tashkilotlari bu?
a) keng doirada faoliyat olib boradigan kredit tashkilotlari
b) faoliyat doirasi cheklanmagan kredit muassasasi
c) maxsus ixtisoslashgan bank tashkiloti
d) tor doirada ixtisoslashgan va alohida bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqi bo’lgan kredit tashkiloti
5. Nobank kredit tashkilotlari qaysi bank operatsiyasini amalga oshira olmaydi?
a) yuridik va jismoniy shaxslarga hisob – raqam ochish va yuritish
b) omonat va depozit jalb qilish
c) lizing xizmatini ko’rsatish
d) kreditlar berish
6. Nima sababdan nobank kredit tashkilotlari paydo bo’ldi?
a) tijorat banklariga raqobatchi kredit tashkilotlarini tashkil qilish
b) tijorat banklari har qanday operatsiyani yuksak darajada bajara olmaydi
c) banklarni bankrot qilish maqsadida tashkil etilgan kredit muassasasi
d) tijorat sohasini xalqaro darajaga ko’tarish uchun tashkil etilgan kredit tashkiloti
7. Xalqaro amaliyotda nobank kredit tashkilotlarining qanday turi mavjud?
a) soliq kompaniyalari, sug’urta kompaniyalari
b) kliring muassasalari, pensiya fondi, inkossatsiya tashkilotlari, sug’urta kompaniyalari, soliq kompaniyalari
c) kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, lizing kompaniyalari, faktoring kompaniyalari, kliring muassasalari, pensiya fondi, inkossatsiya tashkilotlari, sug’urta kompaniyalari
d) lizing kompaniyalari, faktoring kompaniyalari, soliq kompaniyalari
Mustaqil ta’lim
1-masala
Tijorat banki Markaziy bankka 100 mln. so’mlik lombard kreditini 30 kun muddatiga yillik 60% bilan olish uchun murojat qildi. Kreditning ta’minoti bo’yicha № 21064 seriyali 60 dona nominal qiymati 1 mln. so’m bo’lgan DQMO taqdim etildi. Kreditning ta’minoti bo’yicha qabul qilinadigan qimmatli qog’ozlarning tuzatish koeffitsenti 0,8 ni tashkil etadi.
Vazifa:
1. Lombard kreditini ta’minotini yetarli ekanligi qanday aniqlanadi?
2. Markaziy bankka lombard krediti bo’yicha murojat qilgan bank qanday kriteriyalarga javob berishi kerak?
3. Markaziy bankning lombard ro’yxatiga qanday qimmatli qog’ozlar kiritiladi?
4. Markaziy bankdan lombard kreditini olish uchun xujjatlar kerak?
5. Lombard kreditini olish qanday rasmiylashtiriladi?
2-masala
Markaziy banki kreditini auktsion asosida beradi. Auktsionga qiymati 120 mlrdyu so’mlik mablag’lar vo’yilgan.
1. 11 jadvalida, auktsionga qabul qilingan banklar talabnomalari keltirilgan.
1- jadval
Banklar
|
Talabnomalar summasi,
mlrd. so’m
|
Taklif qilingan foizlar stavkasi
|
A
B
V
G
D
|
20
80
30
10
40
|
80
60
75
78
64
|
Vazifa:
1. Qanday talabnomalar qondiriladi?
2. Qanday sharoitlarda banklar auktsionda qatnashishi mumkin?
3. Auktsion krediti qanday rasmiylashtiriladi?
Testlar
1. AQShda dastlabki bank tizimi qanday rivojlangan?
A. AQSh Kongressi qonunlari asosida
B. Stixiyali – evolyutsion tarzda
V. Xorijiy tajriba asosida
G. Angliya bank tizimi tasarrufida
2. Bank tizimi va pul muomalasini nazorat qilish bo’yicha 1863 yilda:
A. – Federal zaxira tizimi tashkil etildi;
B. – Pul muomalasini nazorat qilish departamenti tashkil etildi;
V. –Moliya vazirligi huzurida maxsus boshqarma tuzildi;
G. –Kongress a’zolari ishtirokida maxsus guruh tuzildi.
3. AQSh Federal zaxira tizimi qachon tashkil etildi va uning Boshqaruv kengashi nechta kishidan iborat?
A. 1863 yil, ettita kishi
B. 1913 yil, ettita kishi
V. 1913 yil, uchta kishi
G. 1863 yil, uchta kishi
4. Hozirgi paytda taxminan necha foiz banklar FZTning a’zosi hisoblanadi?
A. 35 foiz
B. 40 foiz
V. 45 foiz
G. 50 foiz.
5. AQShda tijorat banklaridan tashqari qanday kredit muassasalari faoliyat yuritadi?
A. Ssuda – jamg’arma banklari, kredit uyushmalari, sug’urta kompaniyalari, pension fondlar, investitsiya kompaniyalari, pul bozorining qarz fondlari
B. Kredit uyushmalari, sug’urta kompaniyalari, pension fondlar, investitsiya kompaniyalari, pul bozorining qarz fondlari
V. Sug’urta kompaniyalari, pension fondlar, investitsiya kompaniyalari, pul bozorining qarz fondlari
G. Tijorat banklari, kredit uyushmalari, sug’urta kompaniyalari, pension fondlar, investitsiya kompaniyalari, pul bozorining qarz fondlari
6. Angliya bank tizimining asosiy bo’g’ini qanday tashkilot hisoblanadi?
A. Tijorat banklari
B. Maxsus moliya – kredit muassasalari
V. Barklayz Bank
G. Angliya Banki
7. Angliya Banki quyidagilardan qanday funktsiyani barjarmaydi?
A. Davlat byujetini barcha daromad va xarajatlari u orqali amalga oshiriladi va hukumatning banki vazifasini bajaradi.
B. Mijozlarning omonatlarini qabul qiladi va ularga kredit beradi
V. Banklar emissiyasini amalga oshiradi.
G. Hukumatning qarz operatsiyalarni amalga oshiradi va hisobini yuritadi.
Glossariy
Kredit uyushmasi – mikromoliyalash tashkilotlari tarkibidagi asosiy moliya muassasasi hisoblanib, vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larini jalb qilish asosida mikrokredit va kreditlar berish bilan shug’ullanadigan tijorat tashkilotidir.
Kredit uyushmalari passiv operatsiyalari – bu mablag’larni jalb qilish bilan bog’liq operatsiyalaridir
Kredit uyushmalari aktiv operatsiyalari – bu passiv operatsiyalar natijasida shakllantirilgan moliyaviy mablag’larni tegishli foydani shakllantirish maqsadida samarali maqsadlarga joylashtirishi bilan bog’liq faoliyati majmuidir
Lombardlar – ixtisoslashgan tijorat tashkiloti bo’lib, asosiy faoliyati fuqarolarning harakatdagi mulklari garovi ostida, qisqa muddatli kreditlar berish va buyumlarni saqlash bilan shug’ullanadi.
Lizing - o’ziga xos bo’lgan shartnoma hisoblanadi, unda ijara elementlari va kredit elementlari mujassamlashadi. Shu bois, lizing so’zi “kredit – ijara” tarzida talqin etiladi.
Nomoddiy aktivlar - kredit uyushmasini faoliyatini tashkil etish uchun sotib olingan dasturiy mahsullar, gudvill va boshqa shu kabilarni kiritish mumkin.
Kredit Assotsiatsiya mikrofinansovыx organizatsiy - yavlyaetsya osnovnoy strukturoy finansovogo uchrejdeniya, na osnove svobodnыx deneg, chtobы privlech biznes mikrokreditov i kommercheskix organizatsiy.
Kreditnыe soyuzы passivnыx operatsiy - operatsii, svyazannыe s etimi fondami
Kreditnыe soyuzы aktivnыe operatsii - obrazuetsya v rezultate passivnыx operatsiy fondov kompleks meropriyatiy, svyazannыx s mestonaxojdeniem, chtobы sformirovat effektivnuyu pribыl
Lombard - Osnovnыe napravleniya deyatelnosti organizatsii, kotoraya spetsializiruetsya na korotkix - srochnыe kreditы pod zalog dvijimogo imuщestva grajdan i predpriyatiy xraneniya.
Lizing - konkretnoe soglashenie, arendnaya plata cheki i kreditnыe cheki voploщenie. Takim obrazom, lizing slovo "kredit - arenda" v forme interpretatsii.
19-MAVZU. KREDIT TIZIMI VA UNING BARQARORLIGIGA TA’SIR QILUVChI OMILLAR
19. 1. Kredit tizimining mazmuni va tarkibi. Kredit tizimining elementlari. Kredit tizimining turlari.
19. 2. Kredit tizimining barqarorligiga ta’sir qiluvchi omillar. “Kredit tizimi” tushunchasining mazmuni. Kredit tizimining tarkibi. Kredit tizimining elementlari.
19. 3. Kreditlashni tashkil qilish printsiplari. Kredit tizimining turlari: markazlashgan kredit tizimi; bozor kredit tizimi; o’tish davri kredit tizimi.
19. 4. Kredit tizimining holatini tavsiflovchi ko’rsatkichlar. Kredit tizimini tartibga solish va nazorat qilish. Kredit tizimining barqarorligiga ta’sir etuvchi omillar.
Do'stlaringiz bilan baham: |