Tayanch iboralar: valyuta, valyuta munosabatlari, joriy valyuta operatsiyalari, valyuta tizimi, valyuta tizimi elementlari, erkin konvertatsiya.
Amaliy mashgʻulot
20-MAVZU: XALQARO VALYUTA MUNOSABATLARI VA ULARNI TARTIBGA SOLISH MAVZUSIDA TUZILGAN TOPSHIRIQLAR
Topshiriq №1: Quyidagi so’zlarga ta’rif bering.
Kross-kurs –
Limit –
Muddatli valyuta operatsiyasi –
Svop –
Spot –
Forvard –
Valyuta –
Valyuta pariteti –
Valyuta kursi –
Valyuta riski –
Valyuta interventsiyasi –
Valyuta zaxiralari –
Valyuta zaxiralarini diversifikatsiya qilish –
Valyuta bozori –
Xedj -
Topshiriq №2: Savollarga javob bering.
Valyuta munosabatlari tushunchasining mazmuni bu - ?
Valyuta munosabatlarini yuzaga kelish asoslari bu - ?
Erkin almashinadigan valyutalar. Xalqaro zaxira valyutalar bu - ?
Milliy valyuta tizimi va uning elementlari bu - ?
Jahon valyuta tizimi va uning elementlari bu - ?
O‘zbekiston Respublikasining valyuta tizimi bu - ?
Valyuta munosabatlarini tartibga solish tizimi bu - ?
Topshiriq №3: Testlar
1. Xalqaro valyuta munosabatlari - bu?
a) valutani oldi-sotdi qilish jarayoni
b) moliya munosabatlarining yig’indisi
c) valyutalarning davlatlararo harakatlanishi natijasida yuzaga keladigan moliyaviy munosabatlar
d) valuta kursi va valuta pariteti o’rtasidagi farq
2. Xalqaro valyuta operatsiyalarining qancha qismi xalqaro rezerv valyutalar hisobidan amalga oshiriladi?
a) 30%
b) 50%
c) 75%
d) 80 % dan ortiq
3. Nechta valyuta qattiq valyuta maqomiga ega?
a) 5
b) 6
c) 4
d) 7
4. Milliy valyuta almashuv kursining nechta rejimi mavjud?
a) 4
b)3
c) 5
d) 2
5. Erkin suzish rejimi-bu?
a) milliy valyuta kursi xorijiy valyutaga yoki valyuta savatiga nisbatan ma'lum nisbatlarda belgilab qo'yiladi
b) mamlakatlar valyuta qonunchiligida erkin suzish rejimi yozilgan bo'ladi lekin Markaziy Bank milliy valyuta kursiga ta'sir qilish uchun tez-tez valyuta intervensiyasini o'tkazadi
c) milly valyutaning kursi xorijiy valyutaga bo'lgan talab va taklifga qarab erkin shakillanadi
d) bu valyutalarning davlatlararo harakatlanishi natijasida yuzaga keladi
Mustaqil ta’lim
1-Masala
Quyidagi har bir holatda eksportyorlar qancha miqdorda funt sterling olishi va importyorlarning qancha miqdorda funt sterling to’lashi kerakligini hisoblang, agar eksport qiluvchi va import qiluvchi firmalar valyuta va funt sterlingni quyida keltirilgan spot kurslari bo’yicha ayirbosh qilgan bo’lsalar, bunda bankning komission to’lovlari hisobga olinmaydi:
A) britaniyalik eksportyor shvetsiyalik mijozdan 150000 shved kronasi miqdorida to’lov qabul qildi.
B) britaniyalik eksportyor yaponiyalik mol etkazib beruvchidan tovar sotib oldi va 1 mln. yen to’ladi.
V) britaniyalik eksportyor Rossiyadagi maslahatchi firmasiga uning ko’rsatgan xizmatlari uchun 120000 rubl miqdorida xizmat haqi to’ladi.
Spot kurslari quyidagicha:
Shvetsiya 10,34 – 10,37
Yaponiya 128 12 - 130 12
Rossiya 61,09 - 62,11
2-Masala
«Juve LTD» kompaniyasi 5000 ta “Tissot” rusumli Shveytsariya soatini sotib olmoqchi. Bu soatlar Shveytsariya va Shanxay (Xitoy) da ishlab chiqariladi. Ularning narxlari quyidagicha belgilandi:
Shveytsariyada – 1 dona soat 200 CHF.
Shanxay (Xitoy) da – 1 dona soat 1500 yuan.
1 CHF 12 yuan.
Savollar:
Qaysi ishlab chiqaruvchining narxi pastroq?
Qaysi soatning narxi raqobatbardosh va Siz qaysi davlatdan soatlarni olishni tavsiya qilgan bo’lar edingiz? Nima uchun?
Testlar
1. 1922 yilda bo’lib o’tgan Genuya konferentsiyasida qandayy kelishuv imzolandi?
A. Birinchi jahon urushidan keyingi davrda oltin standarti amal qilishi hususidagi kelishuv.
B. Yangi oltin deviz standartini amaliyotga kiritish to’g’risidagi kelishuv.
V. Birinchi jahon urushidan oldingi pul tizimini qayta tiklash hususidagi kelishuv.
G. Qog’oz pul – kredit tizimiga o’tish kerakligi xususidagi kelishuv.
2. Bretton – Vuds konferentsiyasi qaysi yili bo’lib o’tdi va bu konferetsiyadan ko’zlangan maqsadi nima bo’lgan?
A. 1945 yilda Bretton – Vuds shaxrida, oltin standartini pul tizimini tiklash maqsadida bo’lib o’tdi.
B. 1944 yilda Bretton – Vuds shaxrida, urushdan keyingi davrda jahon iqtisodiyotini tiklash maqsadida bo’lib o’tdi.
V. 1944 yilda Bretton – Vuds shaxrida, oltin deviz standartini amaliyotga joriy etish maqsadida bo’lib o’tdi.
G. 1944 yilda Bretton – Vuds shaxrida, Xalqaro valyuta jamg’armasini tashkil etish maqsadida bo’lib o’tdi.
3. Devalvatsiya nima?
A. Devalvatsiya – bu milliy valyuta kursining chet el valyuta kursiga nisbatan rasman qonuniy asosida pasaytirilishi
B. Devalvatsiya – bu milliy valyuta kursining chet el valyuta kursiga nisbatan rasman qonuniy asosida oshirilishi
V. Devalvatsiya – bu milliy valyuta kursining chet el valyuta kursiga nisbatan rasman qonuniy asosiga tenglashtirilishi
G. Devalvatsiya bu – valyuta siyosatining bir yo’nalishi bo’lib, importni rag’batlantirish uchun o’tkaziladi.
4. Bretton – Vuds valyuta tizimiga ko’ra oltinning rasmiy qiymati qaysi valyutaga bevosita bog’landi.
A. Dollarga, 1 untsiya oltin = 35 dollar
B. Frantsiya frankiga, 1 untsiya oltin = 40 frank
V Dollar va funt sterlingga, 1 untsiya oltin = 35 dollar, 25 funt sterling
G. Germaniya markasi, 1 untsiya oltin = 38 marka
5. Yamayka konferentsiyasiga asosan jahon valyuta tizimida qanday o’zgarishlar ro’y berdi.
A. Funt sterling va dollar jahon valyutasi sifatida qabul qilindi.
B. Oltin qiymati qat’iy belgilangan baholarda aniqlanishi belgilab olindi.
V. Oltinni dollarga nisbatan rasmiy qiymatie’lon qilindi.
G. Valyuta kurslarini qat’iy belgilangan kursi o’rniga, suzib yuruvchi valyuta kurslari joriy etildi;
6. SDR maxsus to’lov birligi qanday operatsiyalarda ishlatiladi.
A. Mamlakatlar o’rtasidagi valyuta – kredit munosabatlarida.
B. AQSh va Yevropa davlatlari o’rtasidagi eksport – import operatsiyalarda
V. Xalqaro valyuta jamg’armasining xisob – kitob operatsiyalarida;
G. Mamlakatlar o’rtasida qarz munosabatlarida;
7. Dastlabki xalqaro tizimining vujudga kelishi qaysi yillarga to’g’ri keladi?
A. 1830 yillarga
B. 1840 yillarga
V. 1850 yillarga
G. 1860 yillarga
8. Milliy valyuta tizimining elementlari qaysi javobda noto’g’ri keltirilgan?
A. Milliy valyuta
B. Xalqaro valyuta
V. Konvertatsiya shartlari
G. Milliy valyuta pariteti.
Glossariy
Kross-kurs - ikki valyutaning o’zaro nisbati bo’lib, bu nisbat mazkur valyutalarning uchinchi valyutaga nisbatan kursi orqali aniqlanadi.
Limit - chegara belgilash; maksimal fyuchers shartnoma soni; bir birja sessiyasida bahoni maksimal o’sishi yoki tushishi; cheklangan kredit summasi.
Muddatli valyuta operatsiyasi – ma’lum bir valyutani belgilangan kurs bo’yicha kelgusida sotib olish yoki sotish operatsiyasidir.
Svop – ma’lum bir valyutani spot sharti bo’yicha sotish va uni forvard sharti bo’yicha sotib olishdir yoki ma’lum bir valyutani forvard sharti bo’yicha sotish va uni spot sharti bo’yicha sotib olishdir.
Spot – joriy valyuta operatsiyasi bo’lib, bunda ma’lum bir valyuta spot bitimi tuzilgandan keyin ikki ish kuni mobaynida sotib olinishi yoki sotilishi kerak.
Forvard – ma’lum bir valyutani belgilangan kurs bo’yicha kelgusida sotib olish yoki sotish. Forvard shartnomalari quyidagi standart muddatlarga tuziladi: 1 hafta, 1, 2, 3, 6, 9, 12 oy.
Valyuta – har bir mamlakatning milliy pul birligi.
Valyuta pariteti – milliy valyuta qiymatining xorijiy valyuta qiymatiga nisbati bo’lib, valyutalarning xarid qobiliyatlarini taqqoslash yo’li bilan aniqlanadi.
Valyuta kursi – milliy valyutaning xorijiy valyutaga nisbati bo’lib, valyuta bozoridagi talab va taklifga qarab aniqlanadi.
Valyuta riski – valyuta kurslarining tebranishi natijasida zarar ko’rish xavfi.
Valyuta interventsiyasi – milliy valyuta kursining favqulodda yuzaga keladigan keskin tebranishlariga barham berish maqsadida Markaziy bank tomonidan xorijiy valyutani sotib olinishi yoki sotilishi.
Valyuta zaxiralari – kompaniyalar, banklar, davlat, xalqaro moliya institutlari tomonidan xorijiy valyutalarda shakllantirilgan zaxiralar.
Valyuta zaxiralarini diversifikatsiya qilish – bir vaqtning o’zida bir nechta xorijiy valyutada zaxiralar tashkil qilish; nobarqaror valyutalarni sotish va barqaror valyutalarni sotib olish yo’li bilan valyuta zaxiralarining tarkibini yangilash.
Valyuta bozori – turli valyutalar oldi-sotdi qilish maqsadida tashkil qilingan markaz.
Xedj - baho bo’yicha riskni sug’urtalash; fyuchers shartnomasi tuzish.
21-MAVZU. XALQARO MOLIYa INSTITUTLARI VA ULARNING TURLARI
21. 1. Xalqaro moliya institutlarining zarurligi va turlari. Xalqaro valyuta fondi. Jahon banki guruhi.
21. 2. Mintaqaviy rivojlanish banklari. Xalqaro moliya institutlarining zarurligi. Xalqaro moliya institutlarining turlari. Xalqaro valyuta fondi: tashkil topishi, maqsadi, boshqaruv tizimi, resurslari va aktiv operatsiyalari.
21. 3. Jahon banki guruhiga kiruvchi tashkilotlar: tashkil topishi, maqsadi, boshqaruv tizimi, resurslari va aktiv operatsiyalari. Mintaqaviy rivojlanish banklari.
21. 4. Yevropa ta’mirlash va taraqqiyot banki: tashkil topishi, maqsadi, boshqaruv tizimi, resurslari va aktiv operatsiyalari. Osiyo taraqqiyot banki: tashkil topishi, maqsadi, boshqaruv tizimi, resurslari va aktiv operatsiyalari. Islom taraqqiyot banki: tashkil topishi, maqsadi, boshqaruv tizimi, resurslari va aktiv operatsiyalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |