Bank krediti



Download 20,14 Kb.
bet1/2
Sana11.04.2022
Hajmi20,14 Kb.
#541865
  1   2
Bog'liq
bank ishi


  • Bank krediti — kreditning asosiy va etakchi shakli sifatida chiqadi. U pul egalari — banklar va maxsus kredit muassasalari tomonidan qarz oluvchilarga (tadbirkorlar, davlat, uy xoʻjaligi sektori) pul ssudalari shaklida beriladi.

Bank krediti. Kreditning eng qulay va keng tarqalgan shakllaridan biridir. Bank krediti «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi Qonun talablari asosida tashkil etiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, banklar kredit muassasalari sifatida faoliyat yurituvchi tijorat tashkilotlari deyiladi. Ular xo‘jalik subyektlari hamda aholining
bo‘sh pul mablag‘larini ma’lum foizlarda beriladigan haq evaziga o‘zlariga jalb qilib foyda olish uchun aholining va korxona hamda tashkilotlarning pulga bo‘lgan talablarini qondirish maqsadida ularga kredit shaklida beradilar. Albatta, banklar kredit pullarini har qanday ehtiyojmandlarga beravermaydi, ular kreditni xo‘jalik va tijorat faoliyatida samarali ishlatib foyda ola biladigan mijozlargagina
taklif etishadi. Boshqacha aytganda, banklardan kredit oluvchi subyektlar ma’lum iqtisodiy salohiyatga ega, kreditning kafolatini ta’minlay oladigan, ustiga haq qo‘yib qaytarib to‘lay oladigan mijozlar bo‘lishlari kerak.
Bank krediti boshqa kredit shakllaridan keskin farq qiladi. Bu farq shundaki, bank kreditlari nisbatan cheklanmaydi, katta hajmlarda, uzoq muddatlarga, ma’lum tartib va qoidalar bazasiga asoslangan holda beriladi. Bank kreditlari ishonarli va kafolatlidir. Shuning uchun kredit munosabatlari tizimida bank krediti keng
tarqalgan va rivojlanib bormoqda.
Davlat krediti. Kredit shakllaridan biri sifatida davlat krediti davlat bilan aholi va mikroiqtisodiy tuzilmalar o‘rtasida iqtisodiy munosabatni vujudga keltiradi. Davlatning kredit munosabatlari subyektiga aylanishi shu bilan izohlanadiki, u bozor iqtisodiyoti sharoitida, ayniqsa, bozor munosabatlariga o‘tish davrida, iqtisodiy markaz sifatida rol o‘ynaydi. Davlat milliy iqtisodiyotining taqdiri va istiqboliga mas’ul tuzilma sifatida ham qarz beradi, ham qarz oladi. U qarzni aholidan, korxonalardan, tashkilotdan, xorijiy davlatlar va kompaniyalardan olib, uni milliy iqtisodiyotda chuqur strukturaviy o‘zgarishlar qilish, iqtisodiyotni bozor
talablariga moslashtirish maqsadlarida safarbar qiladi. Davlat qarzni zayom shaklida, naqd pul jamg‘armalari va boshqa shakllarda oladi. Bunday kredit munosabatlari iqtisodiyotda davlatning ichki qarzi deb yuritiladi. Shuni aytish kerakki, davlat olgan ichki qarzni hamda uning foizini budjet daromadlari hisobidan qaytaradi. Ayni chog‘da davlat o‘z budjetidan korxonalarni iqtisodiy nochor ahvoldan chiqarish, ularning iqtisodiyotini sog‘lomlashtirish maqsadlarida kredit beradi. Odatda, bunday maqsadlarda beriladigan kreditlar imtiyozli kredit bo‘ladi, ya’ni undan naf ko‘rish ko‘zda tutilmaydi. Shunday qilib, kredit iqtisodiyotni sog‘lomlashtirish jarayonida ham qatnashuvchi iqtisodiy dastakdir.
Mamlakatimizning bozor iqtisodiyotiga o‘tib borishi hamda xalqaro iqtisodiy munosabatlarning subyekti (ishtirokchisi)ga aylanishi kreditning xalqaro shaklidan keng foydalanish zarurligini ko‘rsatmoqda.

Xalqaro kredit — ssuda kapitalining xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasida harakat shaklidir. Bunda kredit beruvchi va kredit oluvchilar sifatida davlat muassasalari, banklar, firmalar, xalqaro valuta-kredit va moliya tashkiloti qatnashadi. Xalqaro kredit ham «kredit» kategoriyasining bir turidir va u bir qator iqtisodiy kategoriyalar (foyda, baho, pul, valuta kursi, to‘lov balansi, savdo
balansi kabilar) bilan bog‘liqdir. Xalqaro kredit o‘z yo‘lida bir qancha ko‘rinishlarda bo‘ladi. Masalan, ichki, tashqi, aralash kreditlash, tashqi savdoni moliyalash, tijorat krediti, investitsiya obyektlarini kreditlash, qimmatli qog‘ozlarni sotib olish, tashqi qarzni uzish, tovar shaklida va valuta shaklida kreditlash, xalqaro pul birliklarida (SDR, EKU) kredit berish kabi shakllarda bo‘ladi.


Tijorat krediti — bu sotuvchilarning xaridorlarga tovar shaklida beriladigan kreditdir. Bunda tovarlar ma’lum muddatda pulini to‘lash sharti bilan nasiyaga beriladi. Òijorat kreditini nasiyaga oluvchi uning egasiga veksel (qarzning majburiyatnomasi)ni beradi. Tijorat kreditida foiz nasiyaga sotiladigan tovar narxiga ustama shaklini oladi, shu sababli tovar nasiyaga, shu davrdagi narxdan
yuqoriroq narxda beriladi. Bevosita kreditning ommaviy ko‘rinishlaridan biri qimmatbaho tovarlarning (avtomashina, uy, televizor, kompyuter, yaxta, videomagnitofon) aholiga nasiyaga sotilishidir. Bunday kredit tovarlarni bo‘lg‘usi daromad hisobiga sotish uchun qo‘llaniladi. U to‘yingan tovarlar yetarli, binobarin, taqchillik yo‘q bozorda qo‘llaniladi.



Download 20,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish