O`ZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI “Islom iqtisodiyoti, moliyasi va ziyorat turizmi” kafedrasi
“Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” fanidan KURS ISHI MAVZU: Jahon savdosida AQSHning ulushi
“Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy
munosabatlar” yo’nalishi 3- bosqich talabasi
M.U.Toshpulatova Ilmiy rahbar: iqtisod fanlari nomzodi Z.Sodiqov
Berilgan sana: ______________
Baho: ______________
Rahbar imzosi: ______________
Toshkent 2020
MUNDARIJA : KIRISH…….…………………………………………………….…….……3 I BOB. Amerika Qo`shma shtatlari iqtisodiyotiga umumiy tavsif………....6 1.1. Amerika Qo`shma Shtatlari – yuksak iqtisodiy salohiyatga ega mamlakat………………………………...………………..…………………6
1.2. Tabiiy sharoiti va resurslari…………...…………………………….…14
1.3. Aholisi va mehnat resurslari………...…………………………………16
II BOB. AQSH davlatini xo`jaligi rivojlanishining amaliy xususiyatlari..18 2.1. Xо`jalik tarmoqlarini rivojlanish omillari……...…………………...…18
2.2. Sanoat tarmoqlarini rivojlanishi jarayoni….……………………….….20
2.3. Qishloq xо`jaligining ixtisoslashuvi va sohadagi muammolarga tizimli yechimlar…………………………………………………………….….….22
2.4. Transport tizimi va bu yo`nalishda innovatsion texnologiyalarning tatbiq etilishi………………….………………………………………………...…26
2.5. Ichki tafovutlar va iqtisodiy rayonlari………………………………....28
III BOB. Bugungi AQSH va uning O`zbekiston bilan istiqbolli aloqalari..34 3.1. Jahon savdo tizimida Amerika Qo`shma Shtatlari…....…………….…34
3.2. AQSH – O`zbekiston munosabatlari………………………………......39
XULOSA………...………………………………………………………...41 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………...….42
K I R I S H Dunyodagi eng qudratli va eng yirik iqtisodiyot bu AQSH iqtisodiyotidir. AQSH yer maydoni butun G‘arbiy Yevropa mamlakatlaridan katta bo‘lganligi bilan Rossiyadan keyingi o‘rinda turadi mamlakat 50ta shtat va Kolumbiya federal okrugidan iborat. Asosiy 48ta shtati Shimoliy Amerika materigining janubiy va markaziy qismida joylashgan.
Hozirgi kunda AQSH – Federativ Respublika. Mamlakatda 1787-yil qabul qilingan Konstitutsiyaga amal qilinadi. Davlat raxbari - Prezident. Qonun chiqaruvchi organ - kongress.
AQSH foydali qazilmalarga juda boy, ayniqsa yoq`ilg`i energiya resurslari qora va rangli metallarning yirik zahiralari, tog` kimyo xom ashyosi va boshqa resurs zaxiralari bilan ajralib turadi. Ko`mir qazib olish bo`yicha Xitoydan keyin 2- o`rinda turadi. AQSh neft va gazning yirik zaxiralariga ega.
AQSH aholisi soni jihatidan Xitoy va Hindistondan so`ng dunyoda uchinchi o`rinda turadi. Aholi soni ortishida immigratsiya asosiy rol o`ynaydi. XIX asr oxirlariga qadar G`arbiy Yevropa mamlakatlaridan, so`ngra Sharqiy Yevropa, keyingi yillarda Lotin Amerikasi va Osiyo mamlakatlarida immigratsiya kuchaydi.