Aholining uy-joy sharoitini yaxshilash hamda ipoteka krediti bozorini



Download 31,59 Kb.
Pdf ko'rish
Sana31.12.2021
Hajmi31,59 Kb.
#207934
Bog'liq
PQ-4701-сон 01.05.2020. Aholining uy-joy sharoitini yaxshilash hamda ipoteka krediti bozorini yanada kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING

QARORI


AHOLINING UY-JOY SHAROITINI YAXSHILASH HAMDA IPOTEKA KREDITI BOZORINI

YANADA KENGAYTIRISHGA OID QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA

Koronavirus  infeksiyasi  tarqalishiga  qarshi  kurashish  davrida  aholining  uy-joy

sharoitini  yaxshilash,  ipoteka  krediti  bozorini  yanada  rivojlantirish,  xususiy  pudrat

tashkilotlarini  uy-joylar  qurilishiga  keng  jalb  qilish  hamda  ularga  qulay  shart-sharoitlar

yaratish maqsadida:

1.  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2019-yil  28-noyabrdagi  “Ipoteka  krediti

mexanizmlarini  takomillashtirishga  oid  qo‘shimcha  chora-tadbirlar  to‘g‘risida”gi  PF-5886-son

Farmoniga (keyingi o‘rinlarda — Farmon) muvofiq:

bozor  tamoyillariga  asoslangan  ipoteka  kreditlari  orqali  aholini  uy-joy  bilan

ta’minlashning yangi tartibi (keyingi o‘rinlarda — yangi tartib) joriy qilinganligi;

xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan o‘z mablag‘lari va tijorat banklarining kreditlari

hisobiga qurilgan kvartiralarni birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun ipoteka kreditlarini

ajratishga ruxsat etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2.  2020-yil  1-maydan  boshlab  2022-yil  1-yanvarga  qadar  jismoniy  shaxslarga  xususiy

pudrat  tashkilotlari  tomonidan  tayyor  holda  topshirish  shartisiz  (pardoz  ishlarini  amalga

oshirmasdan)  qurilgan  kvartiralarni  birlamchi  uy-joy  bozorida  sotib  olish  uchun  ipoteka

kreditlarini ajratishga ruxsat berilsin.

3. Xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan qurib bitkazilgan kvartiralarni, shuningdek,

tayyor holda topshirish shartisiz (pardoz ishlarini amalga oshirmasdan) qurilgan kvartiralarni

birlamchi  uy-joy  bozorida  sotib  olish  uchun  bir  qarz  oluvchiga  ajratiladigan  ipoteka

kreditlarining eng ko‘p miqdorlari:

qishloq joylarida 2 xonali kvartiralar uchun 174 mln so‘mdan 240 mln so‘mgacha, 3 va

undan ko‘p xonali kvartiralar uchun 224 mln so‘mdan 320 mln so‘mgacha;

shaharlarda 2 xonali kvartiralar uchun 180 mln so‘mdan 240 mln so‘mgacha, 3 va undan

ko‘p xonali kvartiralar uchun 232 mln so‘mdan 320 mln so‘mgacha;

Toshkent shahrida 2 xonali kvartiralar uchun 198 mln so‘mdan 264 mln so‘mgacha, 3 va

undan ko‘p xonali kvartiralar uchun 255 mln so‘mdan 352 mln so‘mgacha oshirilsin.

4. Yangi tartib doirasida aholiga ajratiladigan ipoteka kreditlari (shu jumladan bugungi

kunga qadar ajratilgan ipoteka kreditlari) muddati 15 yildan 20 yilgacha uzaytirilsin.

5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir hafta muddatda yangi tartib doirasida

tijorat banklarida joylashtirgan kredit resurslari muddatini 15 yildan 20 yilgacha uzaytirsin.

Tijorat  banklari  bir  oy  muddatda  yangi  tartib  doirasida  jismoniy  shaxslarga  berilgan

ipoteka kreditlari muddatini 15 yildan 20 yilgacha uzaytirsin hamda tuzilgan shartnomalarga

tegishli o‘zgartirishlar kiritsin.

6. Belgilab qo‘yilsinki, mazkur qarorning:

2  —  4-bandlarida  nazarda  tutilgan  tartib  va  shartlar  2022-yil  1-yanvarga  qadar  amal

qiladi  va  yangi  tartibga  muvofiq  O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligining  mablag‘lari

hisobidan ajratiladigan ipoteka kreditlariga nisbatan tatbiq etiladi;

3-bandining  uchinchi  va  to‘rtinchi  xatboshlarida  nazarda  tutilgan  kvartiralarni  sotib

olishga  ajratilgan  ipoteka  kreditlari  bo‘yicha  dastlabki  badalning  bir  qismini  to‘lash  bilan

bog‘liq  xarajatlarni  qoplash  uchun  subsidiyalar  O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Qurilish vazirligi tomonidan

belgilangan uy-joy hisoblangan qiymatining 10 foizi miqdorida to‘lanadi.

7.  Andijon,  Namangan  va  Farg‘ona  viloyatlarida  tajriba  tariqasida  O‘zbekiston

Respublikasi  Moliya  vazirligining  tijorat  banklariga  ajratgan  kredit  resurslari  hisobidan

mazkur qaror qabul qilingunga qadar jismoniy shaxslarga qonunda belgilangan tartibda uy-joy

qurish uchun ajratilgan yer uchastkalarida yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va qayta qurish

uchun kreditlar ajratishga ruxsat berilsin.




Bunda, kreditlar jismoniy shaxslarga:

qurilayotgan  (qayta  qurilayotgan)  yakka  tartibdagi  uy-joy  joylashgan  joyi  bo‘yicha

mazkur qarorning 3-bandida nazarda tutilgan kreditning eng ko‘p miqdorlaridan oshmaydigan

va  dastlabki  badali  yakka  tartibdagi  uy-joyni  qurish  (qayta  qurish)  ishlari  qiymatining  10

foizidan kam bo‘lmagan miqdorida 20 yil muddatga ajratiladi;

belgilangan  tartibda  kelishilgan  va  tasdiqlangan  loyiha  asosida  xususiy  pudrat

tashkilotlari  tomonidan  bajarilgan  yakka  tartibdagi  uy-joyni  qurish  (qayta  qurish)  ishlari

bo‘yicha  to‘lovlarni  ularning  depozit  hisob  raqamlariga  naqd  pulsiz  shaklda  amalga  oshirish

orqali beriladi.

8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi hamda Markaziy bank bilan birgalikda 2020-yil 1-dekabrga

qadar Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida amalga oshiriladigan tajriba natijalaridan

kelib  chiqib,  yakka  tartibdagi  uy-joylar  qurilishini  qo‘llab-quvvatlash  bo‘yicha  takliflarni

Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

9.  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar

hokimliklariga  2020-2021-yillar  davomida  uy-joy  sharoitini  yaxshilashga  muhtoj  fuqarolarni

manzilli  qo‘llab-quvvatlash  maqsadida  mahalliy  budjet  daromadlarining  oshirib  bajarilgan

qismi  hisobidan  Farmon  bilan  tegishli  hudud  uchun  belgilangan  subsidiyalar  sonini  1,3

baravarga va summasini 40 foizgacha oshirishga ruxsat berilsin.

10.  Shunday  tartib  o‘rnatilsinki,  unga  muvofiq  2020-yil  1-maydan  31-dekabrga  qadar

Tadbirkorlik  faoliyatini  qo‘llab-quvvatlash  davlat  jamg‘armasi  tomonidan  xususiy  pudrat

tashkilotlariga  yangi  tartib  doirasida  shahar  va  qishloq  joylarida  4  va  undan  yuqori  qavatli

hamda  Toshkent  shahrida  7  va  undan  yuqori  qavatli  ko‘p  kvartirali  uy-joylar  qurish  uchun

ajratilgan tijorat banklarining milliy valyutadagi kreditlari bo‘yicha:

kredit summasining 50 foizigacha, biroq 8 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda kafillik

beriladi;

foiz  stavkasi  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  asosiy  stavkasining  1,75

baravaridan oshmaydigan va summasi 20 milliard so‘mdan ortiq bo‘lmagan kreditlar bo‘yicha

foiz  stavkasining  Markaziy  bank  asosiy  stavkasidan  oshadigan,  biroq  10  foiz  punktidan  ko‘p

bo‘lmagan qismini qoplash uchun kompensatsiya to‘lanadi.

Bunda, kafillik va kompensatsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy

taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Qurilish vazirligi tomonidan kvartira

bir kvadrat metrining tegishli hududdagi o‘rtacha bozor qiymati hamda 2-xonali, 3 va undan

ko‘p  xonali  kvartiralar  maydonining  belgilangan  me’yorlarini  inobatga  olgan  holda  ko‘p

kvartirali uy-joylar qurilganda beriladi.

11.  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  (A.N.  Aripov)  ikki  xafta  muddatda

yangi tartib doirasida shaharlarda ko‘p kvartirali uy-joylarni qurish uchun yer uchastkalarini

“E-IJRO  AUKSION”  yagona  elektron  savdo  maydonchasidagi  elektron  auksioniga  chiqarish

choralarini ko‘rsin.

12. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor

vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib

chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

13.  Mazkur  qarorning  ijrosini  nazorat  qilish  O‘zbekiston  Respublikasining  Bosh  vaziri

A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2020-yil 1-may,

PQ-4701-son



(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.05.2020-y., 07/20/4701/0527-son)

Download 31,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish