Tayanch iboralar: foiz, baho, norma, qayta moliyalashtirish, nominal foiz, haqiqiy foiz, bozor bahosi, kredit bahosi,
Amaliy mashgʻulot
11-MAVZU: KREDITNING BAHOSI VA UNGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR MAVZUSIDA TUZILGAN TOPSHIRIQLAR
Topshiriq №1:Quyidagi so’zlarga ta’rif bering.
Depozitlarning foiz stavkasi -
Kredit bahosi -
Kredit summasi -
Diskont stavka -
Topshiriq №2: Savollarga javob bering.
Nominal foiz stavkasi bu - ?
Real foiz stavkasi bu - ?
Topshiriq №3: Testlar
1. Kredit bahosi …
a) kredit summasi
b) foiz stavkasi
c) kredit garovi
d) kredit qaytishi
2. Foiz stavkasi – bu?
a) valyuta operatsiyalarida vujudga keladi
b) hisob stavka
c) mulk egasidan ikkinchi mulk egasiga berilganda yuzaga keladi
d) mulk egasining aksiya chiqarishi natijasida vujudga keladi
3. Kreditor uchun kredit bahosi – ?
a) foiz
b) summa
c) soliq to’lovi
d) foyda
4. Kredit oluvchi uchun kredit bahosi – ?
a) foyda
b) xarajat
c) foiz
d) soliq
5. Kapitallar bozori – bu?
a) qisqa muddatli kreditlarning foiz stavkasi shakllanadigan bozor
b) depozitlarning foiz stavkasi shakllanadigan bozor
c) o’rta va uzoq muddatli kreditlarning bahosi shakllanadi
d) qimmatli qog’ozlarning oldi-sotdisi amalga oshiriladigan bozor
6. Qo’shimcha qiymat qanday qismdan tashkil topgan?
a) kredit summasidan
b) tadbirkorlik daromadi, ssuda foizi
c) diskont stavkadan
d) hisob stavkasidan
7. Qaysi nazariyaga ko’ra ssuda foizi mablag’lar egasini ularni joriy iste’mol qilishdan voz kechganligi evaziga berilgan mukofotdir?
a) ko’rinmas qo’l nazariyasida
b) daromadlilik nazariyasida
c) chegaraviy foydalilik nazariyasiga
d) bunday nazariya mavjud emas
8. XVF ekspertlarining tadqiqotlari natijasiga ko’ra tijorat banklari kreditlari YaIMga nisbatan necha foizga yetsa moliyaviy inqirozga olib keladi?
a) 60%ga
b) 65%ga
c) 70%ga
d) 62%ga
Mustaqil ta’lim
1-masala.
Yosh oila bankdan uy-joy qurilishi uchun yillik 16% oddiy stavkada uch yil muddatga 60 mln so’m miqdorida ssuda oldi. Kredit miqdori va foizlarni aniqlang.
Testlar
Kreditning shakllari qanday javobda to’liq va aniq keltirilgan?
A. Tovarli kredit, aralash kredit.
B. Tovarli kredit, pulli kredit, aralash kredit.
C. Ipoteka krediti, pulli kredit, aralash.
D. Aralash kredit, tovar kredit, davlat krediti.
Kredit shakllari ichida ko’proq qaysi biri qo’llaniladi?
A. Tovarli kredit.
B. Pulli kredit.
C. Aralash kredit.
D. Davlat krediti.
Bank krediti muddatiga ko’ra qanday kreditlarga bo’linadi?
A. Qisqa, o’rta va uzoq muddatli.
B. O’rta va uzoq muddatli.
C. Qisqa va uzoq muddatli.
D. Yaqin va uzoq muddatli.
Qanday iqtisodchilar ssuda va kredit o’rtasida farqni ajratib berishga harakat qilgan?
A. Qadimgi Gretsiya iqtisodchilari.
B. Amerikalik iqtisodiy nazariyachilar.
C. Rimlik huquqshunoslar.
D. Xitoylik moliyachilar.
Kreditning qanday turlari mavjud?
A. Bank, tijorat, iste’mol, ishlab chiqarish, davlat kreditlari.
B. Bank, tijorat, ishlab chiqarish, xalqaro, davlat kreditlari.
C. Bank, tijorat, iste’mol, davlat va xalqaro kreditlar.
D. Bank, tijorat, iste’mol va xalqaro kreditlar.
12-MAVZU. BANKLARNING KELIB CHIQISHI VA BANK TIZIMI
1. Banklarning paydo bo’lishiga sabab bo’lgan tarixiy shart-sharoitlar.
2. Banklarning turlari va ular faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari. Bank tizimi va uning elementlari.
3. O’zbekiston Respublikasining bank tizimi. Pul xo’jaligining yuzaga kelishi va pullarni saqlash uchun maxsus muassasalarning zarurligi. Pul xo’jaligining nomarkazlashuvi va uning shakllarini kengayishi.
4. Pul va kredit xo’jaliklarining barqaror shakllarining yuzaga kelishi. Markaziy banklarning yuzaga kelish sabablari va shart-sharoitlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |