Tayanch iboralar: pulni xarid quvvati, baholarni o’sishi, pul miqdorini o’sishi, talab, taklif, sokin, iqtisodiy oqibatlar.
Amaliy mashgʻulot
6-MAVZU: INFLYATSIYA VA UNING TURLARI. PULNING BARQARORLIGINI TA’MINLASH YO‘LLARI MAVZUSIDA TUZILGAN TOPSHIRIQLAR
Topshiriq №1: Quyidagi so’zlarga ta’rif bering.
Dezinflyasiya –
Deflyator –
Deflyatsiya –
Hozirgi davr inflyasiyasi –
Inflyatsiya –
Inflyatsion targetlash –
Iste’mol savatchasi–
Giperinflyasiya bu –
Kutilgan inflyasiya –
Sudraluvchan inflyasiya –
Stagflyatsiya –
Talab inflyasiyasi–
Tarixiy inflyatsiya –
Tashqi qarz–
Topshiriq №2: Savollarga javob bering.
“Inflyatsiya” tushunchasining mazmuni bu - ?
Inflyatsiyani yuzaga keltiruvchi sabablar deganda … ?
Inflyatsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari nima ?
Inflyatsiyaga qarshi kurash va pulning barqarorligini ta’minlash yo‘llari bu?
Ish haqining o‘sishini nazorat qilish deganda … ?
Topshiriq №3: Testlar
1. “Inflyatsiya” termini qanday so’zdan olingan?
a) lotincha
b) inglizcha
c) fransuzcha
d) italyancha
2. “Inflyatsiya” terminining tub mohiyati qanday ma’noni anglatadi?
a) qadrsizlanish
b) shishirilgan, ko‘pchigan
c) ortish, pasayish
d) qadrsizlanish, ko’payish
3. Davlat aholining daromadlar darajasini tenglashtirish maqsadida qanday chora tadbirlarni amalga oshiradi?
a) xarajat va bojlarni indeksatsiya qilib boradi
b) xarajat va soliqlarni indeksatsiya qilib boradi
c) daromad va soliqlarni indeksatsiya qilib boradi
d) talab va taklifni indeksatsiya qilib boradi
4. Inflyatsiya so‘zi birinchi marta kim tomonidan iqtisodiyotga kiritildi?
a) amerikalik iqtisodchi K. R. Makkonnell tomonidan 1864 yilda.
b) amerikalik iqtisodchi S. Bryu tomonidan 1864 yilda.
c) amerikalik iqtisodchi K. Eklund tomonidan 1864 yilda.
d) amerikalik iqtisodchi A. Delmar tomonidan 1864 yilda.
5. Qaysi iqtisodchi olim inflyatsiyani iqtisodiyotda “baholarning o‘rtacha ko‘tarilishi sifatida” e’tirof etgan?
a) K. Makkonnell, S. Bryu va A. Delmar
b) K. Makkonnell, S. Bryu va K. Eklund
c) S. Bryu, K. Eklund va P. Xey
d) A. Delmar, K. Eklund va P. Xey
6. Kim inflyatsiyani “pulning sotib olish qobiliyatining pasayishi yoki qiymatining yo‘qolishi” ekanligini ta’kidlaydi?
a) A. Delmar
b) K. Eklund
c) P. Xeyni
d) K. Makkonnell.
Mustaqil ta’lim
6-masala.
Yil davomida oylik inflyatsiya darajasi 3%ga teng. Yil davomidagi inflyatsiya darajasini aniqlash talab qilinadi.
1) yil davomida inflyatsiya indeksini aniqlaymiz:
In = (1 + rn)n = (1 + 0,03)12 = 1,47;
2) yil davomida inflyatsiya darajasi quyidagiga teng bo’ladi:
r = In - 1 = 1,47 - 1 = 0,47 = 47%.
Javob: yil davomida inflyatsiya darajasi 47%ni tashkil etadi.
7-masala.
Oylik inflyatsiya darajasi 10%. Yil davomidagi inflyatsiya indeksi va yillik inflyatsiya darajasini aniqlash lozim.
1) yil davomida inflyatsiya indeksi quyidagiga teng:
In = (1+0,1)12 = 3,45;
2) yil davomida inflyatsiya darajasi quyidagiga teng:
r = 3,45 - 1 = 2,45 = 245%.
Javob: yil davomida inflyatsiya indeksi 3,45ni tashkil qiladi; yil davomida inflyatsiya darajasi esa 245%ga teng bo’ladi.
8-masala.
Oylik inflyatsiya darajasi 6%.
Yil davomida inflyatsiya indeksi va inflyatsiya darajasi aniqlansin.
1) 1p = (1 + 0,06) 12= 2,01;
2) r =2,01 - 1 = 1,01 = 101%.
Javob: yil davomida inflyatsiya indeksi 2,01ni tashkil etadi; inflyatsiya darajasi 101%ga teng bo’ladi.
9-masala.
Jadval ma’lumotlaridan foydalanib:
1) har bir yil uchun pul bazasini hisoblab chiqing;
2) pul bazasi dinamikasini va uning butun mamlakat pul muomalasi uchun ahamiyatini aniqlang.
Jadval
Yillar
|
Naqd pul, mlrd DM
|
Tijorat banklarining korrespondentlik schetlaridagi mablag’lar, mlrd DM
|
Markaziy bankdagi majburiy zaxiralar, mlrd
DM
|
2019
|
241$
|
2903,3
|
41721
|
2020
|
242,6"
|
3043,8
|
46432
|
Testlar
1. Plastik kartochkalar qachon pulning vazifasini bajara boshlagan?
A. XVIII asrning oxiridan
B. XX asrning ikkinchi yarmidan
V. 2000 yildan
G. 2002 yildan
2. Natural shakldagi pullarni guruhlanishi qaysi javobda to’g’ri keltirilgan?
A. Hayvonlar, buyumlar va o’simliklar shaklida.
B. Hayvonlar, toshlar va mevalar shaklida.
V. Oziq – ovqat, toshlar va o’simliklar shaklida.
G. Hayvonlar, mevalar va o’simliklar shaklida.
3. Haqiqiy pullarning xossalari qanday javobda noto’g’ri keltirilgan?
A. Nominal qiymatning real qiymat bilan mutanosibligi
B. Qiymatning qardsizlanmasligi
V. Ularni boshqa tovarlar kabi iste’mol qilish mumkinligi
G. Ularning muomalada amal qilishini nazorat qilish zarurligi
4. Xitoyning ayrim proventsiyalari va Rossiyada qanday natural pullar juda keng tarqalgan?
A. Tuz
B. Buqa
V. Tamaki
G. Jun
5. Natural pullardan foydalanishga ta’sir qilgan omil qanday javobda noto’g’ri keltirilgan?
A. Odamlarning kunlik ehtiyoji uchun juda zarur bo’lgan buyumlar.
B. Mamlakatning tabiiy iqlimi va geografik joylashuvi
V. Ayirboshlash munosabatlarining rivojlanishi
G. Uzoqroq muddat davomida saqlash imkoniyatining mavjudligi
6. Pulning natural ko’rinishidan metall tanga shakliga o’tishiga ta’sir qilgan omil qanday javobda noto’g’ri keltirilgan?
A. Kishilar metallarga turli shaklda ishlov berishni kashf etilishi
B. Davlatchilikning paydo bo’lishi
V. Natural pullar o’zining qiymatini yo’qotganligi
G. Natural shakldagi pullarni saqlash va olib yurishning qiyinligi.
Glossariy
6-mavzu: Inflyatsiya va uning turlari. Pulning barqarorligini ta’minlash yo’llari
Dezinflyasiya - inflyatsiyaga qarshi chora-tadbirlar yig’indisi
Devalvatsiya – milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan qadrsizlanishi.
Deflyator – yalpi ichki mahsulot elementlarini taqqoslama baholarda hisoblash uchun qo’llaniladigan indeks.
Deflyatsiya – inflyatsiya sur’atlarini pasaytirish maqsadida muomaladagi ortiqcha pul massasini olib qo’yish.
Denominatsiya – yangi pulni eski pulga ma’lum nisbatda almashtirish.
Hozirgi davr inflyasiyasi - doimiy (xronik) xarakterga ega bo’lib, xo’jalik hayotining barcha sohalarini qamrab oladi
Inflyatsiya – tovarlar va xizmatlar bahosining oshishi yoki muomaladagi pul massasining ko’payib ketishi natijasida pulning qadrsizlanishidir.
Inflyatsion targetlash - inflyatsiyaning maqsadli ko’rsatkichi belgilab olinadi
Iste’mol savatchasi– odamlarning birinchi darajali ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo’lgan tovar va xizmatlar yig’indisi
Giperinflyasiya bu-baholar juda tez va yirik miqdorda oshib boradi
Kutilgan inflyasiya - mamlakatdagi makroiqtisodiy ko’rsatkichlar asosida prognoz qilinib, uning yuz berishi oldindan ma’lum bo’ladi. Buning ijobiy jihati shundaki, davlat byudjeti xarajatlari va aholining kelgusidagi xarajatlari shunga monand ravishda oshib borishi oldindan ma’lum bo’ladi.
Nullifikatsiya – muomaladagi pul birliklarini harakatdan to’xtatish.
Revalvatsiya- milliy valyutaning kursini xorijiy valyutaga nisbatan oshirilishi.
Sudraluvchan inflyasiya - milliy iqtisodiyotga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatmaydi hamda G’arbiy evropa mamlakatlari iqtisodchilari ushbu inflyasiya sharoitida iqtisodiyotning rivojlanishini ijobiy holat sifatida baholaydilar.
Stagnatsiya - siljimaydigan, qimirlamaydigan qilib qo’yish, to’xtatib qo’yish; iqtisodiyotda turg’unlik holati.
Stagflyatsiya – iqtisodiy inqiroz bilan inflyatsiyaning uyg’unlashishi; ishlab chiqarishning stagnatsiyasi va yuqori ishsizlik sharoitidagi inflyatsiya.
Shiddatli inflyasiya - aholining milliy valyutaga nisbatan ishonchi pasayib, o’z mablag’larini ko’chmas mulklarga, qimmatbaho taqinchoq va xorijiy mamlakatlarning barqaror valyutalariga almashtirishga ehtiyoji ortib boradi.
Talab inflyasiyasi- sharoitida yalpi talab hajmi real ishlab chiqarish hajmiga nisbatan tez su’ratlar bilan o’sib boradi, buning natijasida tovar va xizmatlar bahosi ortib ketadi.
Taklif (xarajatlar) inflyasiya - ishlab chiqarish vositalari va resurslaridan samarali foydalanilmaslik oqibatida ishlab chiqarish xarajatlari ortib ketadi
Tarixiy inflyatsiya - vaqtinchalik bo’lgan bo’lib, urush vaqtida harbiy xarajatlarni qoplash uchun qog’oz pullar chiqarilgan
Tashqi qarz- mamlakatning boshqa mamlakatlardan qarzi.
Yopiq inflyasiya - sharoitida tovar va xizmatlar bahosi sun’iy ravishda pasaytirib ko’rsatiladi, mamlakatda qattiq pul – kredit siyosati joriy etiladi. Yopiq inflyasiya sharotida aholi mamlakatdagi real inflyasiya darajasi haqida aniq ma’lumotlarga ega bo’lmaydi.
7-MAVZU. PUL ISLOHOTLARI
1. Pul islohotlarini amalga oshirishning zarurligi. Pul islohotlarini amalga oshirish shart-sharoitlari.
2. Pul islohotlarini amalga oshirish usullari.
3. Denominatsiya va uni amalga oshirish tartibi. Nullifikatsiya va uni amalga oshirish tartibi.
4. O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilgan pul islohotlari va ularning o’ziga xos xususiyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |