Tayanch iboralar: pul muomlasi, pul muomlasi qonuni, talab, taklif, mulmala uchun pullar,, pul miqdori.
Amaliy mashgʻulot
4-MAVZU: PUL MUOMALASINI TASHKIL QILISH VA PUL MASSASI MAVZUSIDA TUZILGAN TOPSHIRIQLAR
Topshiriq №1: Quyidagi so’zlarga ta’rif bering.
Monetizatsiya koeffitsienti –
Pul muomalasi –
Pul massasi –
Pulning aylanish tezligi –
Pul agregatlari –
6. Pul bazasi –
7. Pul multiplikatori –
Topshiriq №2: Savollarga javob bering.
Pul muomalasi tushunchasi bu - ?
Pul muomalasi qonunlarining mazmuni va maqsadi deganda … ?
I. Fisherning “almashuv tenglamasi” bu - ?
K. Marksning pul miqdorini aniqlash formulasi bu-?
Pul massasini o‘lchash bo‘yicha mavjud yondashuvlar deganda … ?
Pul agregatlari va ularning tarkibi deganda …?
Pul bazasi nima?
Pulning aylanish tezligi va uni hisoblash uslublari bu - ?
Pul multiplikatori va uni aniqlash tartibi bu - ?
Pullarga bo‘lgan talabni aniqlash deganda … ?
Pullar taklifini baholash bu - ?
Topshiriq №3: Testlar
Pul muomalasi bu?
a) iqtisodiy sub’yektlar o‘rtasida pul orqali amalga oshiriladigan iqtisodiy munosabatlar
b) pulning to’lov vositasi sifatidagi funksiyasini bajarish jarayoni
c) pulning muomala vositasi sifatidagi funksiyasini bajarish jarayoni
d) iqtisodiy sub’yektlar o’rtasidagi naqd pul orqali amalga oshiriladigan munosabatlar
2. Naqd pullarning doiraviy aylanishi nima deyiladi?
a) naqd pullarning korxona va tashkilotlar o’rtasidagi harakati
b) naqd pullarning korxona, tashkilotlar va aholi o’rtasidagi harakati
c) naqd pullarning tijorat bankidan chiqib yana tijorat bankiga qaytib kelish harakati
d) naqd pullarning davlat tashkilotlari kassasidan chiqib, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar ko’rinishida davlat g’aznasiga qaytishi bilan bog’liq harakati
3. Ingliz iqtisodchisi U. Petti (1623 – 1687) muomala uchun zarur bo‘lgan naqd pullar miqdorini qanday ifodalaydi?
a) aholining bir yillik birlamchi ehtiyojlarini qondirish uchun iste’mol tovarlarini xarid qilishga yetarli naqd pul bo’lishi kerak deb hisoblaydi.
b) aholining bir haftalik pul daromadlari, yer ijarasi uchun to‘lanadigan haqning yarmi va barcha eksport qilinadigan tovarlar summasining to‘rtdan bir qismining yig‘indisiga teng bo‘lishi lozim deb hisoblagan
c) muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini mamlakatda yaratilgan tovar va xizmatlarni ularning narxlariga ko’paytirish va natijani pulning o’rtacha aylanish tezligiga bo’lish yo’li bilan hisoblashni taklif etadi
d) ish haqining ellikdan bir qismi, yer ijara haqining to‘rtdan bir qismi va yillik tovar aylanmasining yigirmadan bir qismlarining yig‘indisi sifatida topishni taklif qilgan
4. Ingliz faylasufi J. Lokk (1632 – 1704) muomala uchun zarur bo‘lgan naqd pullar miqdorini qanday ifodalaydi?
a) aholining bir yillik birlamchi ehtiyojlarini qondirish uchun iste’mol tovarlarini xarid qilishga yetarli naqd pul bo’lishi kerak deb hisoblaydi
b) aholining bir haftalik pul daromadlari, yer ijarasi uchun to‘lanadigan haqning yarmi va barcha eksport qilinadigan tovarlar summasining to‘rtdan bir qismining yig‘indisiga teng bo‘lishi lozim deb hisoblagan
c) ish haqining ellikdan bir qismi, er ijara haqining to‘rtdan bir qismi va yillik tovar aylanmasining yigirmadan bir qismlarining yig‘indisi sifatida topishni taklif qilgan
d) muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini mamlakatda yaratilgan tovar va xizmatlarni ularning narxlariga ko’paytirish va natijani pulning o’rtacha aylanish tezligiga bo’lish yo’li bilan hisoblashni taklif etadi.
Mustaqil ta’lim
4-masala.
Ma’lumki, 2019 yil yanvarida naqd pul aylanmasi (agregat MO) 1093,1 mlrd DM, pul agregati (MZ) - 2746,9 mlrd DM, MB majburiy zaxiralar stavkasi - 10%ga teng. Aniqlash kerak:
1) pul massasida (agregat MZ) naqd pul aylanmasi ulushi;
2) pul multiplikatori.
Pul muomalasining muhim tavsifnomasi pul bazasini hisob-kitob qilish hisoblanadi. Pul bazasi naqd pul, tijorat banklari korrespondentlik schetlaridagi mablag’lar va markaziy bankdagi majburiy zaxiralar yig’indisini ifodalaydi.
Pul bazasini hisob-kitob qilish quyidagi formula aniqlanadi:
DB = N + K + O,
bu erda:
N – naqd pul,
K – tijorat banklari korrespondentlik schetlaridagi mablag’lar,
O – markaziy bankdagi majburiy zaxiralar.
Testlar
1. Anglo – amerikalik iqtisodchilar pulning nechta funktsiyasini e’tirof etadi?
A. 2 ta
B. 3 ta
V. 4 ta
G. 5 ta
2. Rossiyalik iqtisodchi olimlar pulning nechta funktsiyasi mavjudligini ta’kidlaydi?
A. 3 ta
B. 4 ta
V. 5 ta
G. 6 ta
3. Pulning muomala vositasi funktsiyasi qachon namoyon bo’ladi?
A. Tovar va xizmatlar uchun to’lov ma’lum muddatdan keyin amalga oshirlsa?
B. Sotuvchi va sotib oluvchi o’rtasida ayirboshlash bir vaqtda bajarilsa.
V. Sotilgan tovar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lov oldindan amalga oshirilsa.
G. To’lov ma’lum muddatga kechiktirilsa.
4. Vaqtincha foydalanilmayotgan pullar qanday vazifani bajardi?
A. To’lov vositasi funktsiyasini.
B. Muomala vositasi funktsiyasini.
V. Jamg’arma vositasi funktsiyasini.
G. Qiymat o’lchov funktsiyasini.
5. Mehnat taqsimoti jarayonida pulning roli nimada namoyon bo’ladi?
A. Ishlab chiqarishda
B. Tovarlarni ayirboshlashda
V. Mahsulot taqsimotida
G. Mehnatni tashkil etishda
Glossariy
4-mavzu: Pul muomalasini tashkil qilish va pul massasi
Inkassatsiya - tijorat banklari tomonidan mijozlarni naqd pulga bo‘lgan talabini qondirish uchun naqd pul berish va naqd pul tushumiga ega bo‘lgan korxona va tashkilotlarning naqd pul tushumlarini qabul qilish (inkassatsiya) bilan bog‘liq pul oqimi.
Monetizatsiya koeffitsienti – mamlakat iqtisodiyotini pul mablag‘lari bilan ta’minlanganlik darajasini ko‘rsatuvchi ko‘rsatkich.
Pul muomalasi - iqtisodiy sub’yektlar o‘rtasida pul orqali amalga oshiriladigan iqtisodiy munosabatlar pul muomalasi deyiladi.
Pul massasi – muomaladagi naqd pullar va naqd pulsiz oborotdagi pullarning yig‘indisidir.
Pulning aylanish tezligi – pul muomala va to‘lov vositasi sifatida amal qilgandagi uning harakat ko‘rsatkichidir.
Pul agregatlari - Muomaladagi pulning turlari pul agregatlari bilan guruhlarga ajratiladi
Pul bazasi - Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan naqd pullar va tijorat banklari tomonidan Markaziy bank foydasiga qilingan majburiy zaxira ajratmalari hamda tijorat banklarining Markaziy bankning balansida ochilgan nostro vakillik hisob raqamidagi pul mablag’lari
Pul multiplikatori – pulning muomalada ko’payishi tushuniladi
5-MAVZU. “PUL TIZIMI: TUSHUNCHASI, SHAKLLARI VA ELEMENTLARI”
Ma’ruza
5. 1. “Pul tizimi” tushunchasining mazmuni. Pul tizimining shakllari.
5. 2. Pul tizimining elementlari.
5. 3. “Pul tizimi” tushunchasining mazmuni. Pul tizimini tashkil qilish shart-sharoitlari. Pul tizimini tashkil qilish printsiplari.
5. 4. Pul tizimining shakllari: bimetallizm; monometallizm; qog’oz va kredit pullari tizimi.
5. 5. O’zbekiston Respublikasi pul tizimi elementlari
5. 6. O’zbekiston Respublikasi pul tizimining rivojlanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |