Mustaqil ta’lim
1-masala.
Jadval ma’lumotlari asosida quyidagilar hisoblab chiqilsin:
1) yillik o’sish sur’ati:
a) pul bazasi;
b) muomaladagi naqd pullar (agregat MO);
v) pul massasi (agregat M2);
g) keng pullar (agregat M2X);
2) pul multiplikatori miqdori;
3) naqd pullarning pul massasidagi (agregat M2) ulushi, %da.
Jadval
|
01. 01. 18 y.
|
01. 01. 19 y.
|
01. 01. 20 y.
|
Zaxira pullar (mlrd so’m)
|
164,9
|
210,4
|
269,7
|
Jumladan, bankdan tashqari pullar
|
103,8
|
130,4
|
187,8
|
Talab qilib olinadigan depozitlar
|
87,3
|
162,5
|
149,5
|
Muddatli va jamg’arma depozitlar
|
97,2
|
81,2
|
111,0
|
Xorijiy valyutadagi depozitlar
|
69,4
|
80,5
|
190,9
|
Testlar
1. Dastlabki davrda pulning vujudga kelishiga nima sabab bo’lgan?
A. Ishlab chiqaruvchilarning foyda olishga bo’lgan harakati.
B. Tovar – pul munosabatlarininig rivojlanishi.
V. Ayriboshlash munosabatlarining vujudga kelishi.
G. Mehnat taqsimotining rivojlanishi.
2. Ayirboshlash munosabatlarining faollashishiga nimalar turtki bo’ldi?
A. Ishlab chiqarishning natural xo’jalik shaklidan tovar ishlab chiqarish davriga o’tilishi.
B. Ishlab chiqaruvchi sub’ektlarning bir – biriga o’zaro bog’liqligining vujudga kelishi.
V. Ayirboshlash jarayonida tovarlar ekvivalentligining ta’minlan – ganligi.
G. Barcha javoblar to’g’ri.
3. Pulning vujudga kelishini yoritishda asosiy e’tibor uning:
A. – ayriboshlash xususiyatiga qaratiladi;
B. – evolyutsion nazariyasiga qaratiladi;
V. – qiymat shaklining rivojlanishiga qaratiladi;
G. – sotib olish qobiliyatiga qaratiladi.
4. Pulning qiymat shakli nechta ko’rinishda namoyon bo’ladi?
A. To’rtta.
B. Beshta.
V. Uchta.
G. To’g’ri javob yo’q.
5. Dastlabki tangalar qachon zarb etilgan?
A. Eramizdan avvalgi X asrning boshlarida.
B. Eramizdan avvalgi VII asrda.
V. Eramizdan avvaligi V asrda.
G. Eramizdan avvalgi III asrda.
Muhokama uchun savollar:
Nima sababdan dollar jahon puli vazifasini bajarolmaydi?
Hozirgi kunda AQSH hukumati uchun dollarning qanday avzalliklari va kamchiliklari mavjud?
Xorijiy mamlakatlarning iqtisodiyotida dollarning ta’siri nimada deb o’ylaysiz?
Glossariy
Barter -tovarlarni bir biriga ayirboshlash
Dekadraxma- vazni 40 grammdan ortiq bo‘lgan kumush tanga
Fulus - mis tangalar, yunoncha “follis” hamyon
Haqiqiy pullar - asl qiymatga ega bo‘lgan pul birliklari bo’lib, haqiqiy pullar orqali to‘lov vositasini bajarganda ular o‘z qiymati bo‘yicha ayirboshlash jarayonida ishtirok etadi, shuningdek, haqiqiy pullar muomalada bo’lganda, iqtisodiyotda pul massasini tartibga solish bo‘yicha muammolar mavjud bo‘lmaydi.
Kredit pullar - kredit munosabatlar asosida yuzaga keluvchi, to‘lov vositasini bajaruvchi qiymat belgilariga aytiladi.
O‘rinbosar pul - asl qiymatga ega bo‘lmagan pullar. pullarning haqiqiy qiymati nominal qiymatiga nisbatan bir necha marta past bo‘ladi.
ular muomalaga chiqarilgandan keyin doimiy ravishda tartibga solinib turish lozim.
Natural pullar – real ko‘rinishga ega bo‘lgan tovarlar bo’lib, ushbu pullarning qiymati tovarning o‘zida aks ettirilgan bo‘ladi, shuningdek, ularning sotib olish qobiliyati tovarlar qiymati bilan ifodalangan
Plastik karta – pullarni naqdsiz ko‘rinishda ko‘chirish yoki naqd pul ko‘rinishda olish imkoniyatini beradigan, banklar va boshqa kredit muassasalari tomonidan chiqarilgan nomli to‘lov hujjat hisoblanadi.
Pul – bu maxsus tovar, umumiy ekvivalent bo‘lib, abstrakt mehnat xarajatlarini o‘zida aks ettiradi va tovar xo‘jaligidagi ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |