Tayanch iboralar: tizimi, Markaziy bank, tijorat banklar, pul tizimi elementlari, milliy va jahon valyuta tizimi.
Amaliy mashgʻulot
5-MAVZU: PUL TIZIMI: TUSHUNCHASI, SHAKLLARI VA ELEMENTLARI MAVZUSIDA TUZILGAN TOPSHIRIQLAR
Topshiriq №1: Quyidagi so’zlarga ta’rif bering.
Baho masshtabi –
Bimetallizm –
Monometallizm pul tizimi -
Oltin demonetizatsiyasi –
Pul tizimining elastikligi -
Pul bozori –
Pulning xarid kobiliyati –
Pul mablag‘lari –
Pul tizimi –
Pul tizimi elementlari –
Pul birligi –
Pulning turlari –
Stixiya -
Tizim -
Xazina biletlari –
Topshiriq №2: Savollarga javob bering.
Pul tizimini tashkil qilish prinsiplari bu - ?
Pul tizimining shakllari nima?
Pul massasi va uning tarkibi deganda?
Baho masshtabi nima?
Pul tizimini tashkil qiluvchi va tartibga soluvchi organ bu - ?
O‘zbekiston Respublikasi pul tizimining shakllanishi va rivojlanishi deganda ?
Topshiriq №3: Testlar
1. Nechanchi asrlarda tovar – pul munosabatlarining rivojlanishi natijasida davlat tomonidan pul muomalasini tartibga solishning zaruriyati kelib chiqdi?
a) XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida
b) XI asrning oxiri va XII asrning boshlarida
c) XV asrning oxiri va XVI asrning boshlarida
d)VI asrning oxiri va VII asrning boshlarida
2. Davlat tomonidan pul muomalasini amalga oshirish tartibini belgilashda nimalar muhim ahamiyat kasb etadi?
a) davlatlar bilan hamkorlik
b) mamlakat tarixi, siyosiy holati, milliy an’analari hamda uning iqtisodiy salohiyati
c) mamlakatning tijorat banklarining rivojlanganlik holati
d) mamlakatning xalqaro darajadagi o’rni
3. Pul tizimi – bu?
a) pulning funksiyalari va uning o’zaro bog’liqligi
b) pulning tashkil topishi va uning turlari
c) pul muomalasini amalga oshirishning shakli bo‘lib, uning asosini milliy valyuta tashkil etadi
d) milliy valyutaning xorijiy valyutaga nisbati
4. Pul tizimining obyektiv shart-sharoitlariga nimalar kiradi?
a) to’lov hujjatlarini va to’lov vositalarini hamda ularning foydalanish tartibini qonunchilik hujjatlarida belgilab qo’yilishi
b) to’lov hujjatlarini qonunchilik hujjatlarida belgilab qo’yilishi
c) tovar-pul munosabatlarining paydo bo’lish tarixi
d) tovar-pul munosabatlarining rivojlanganlik darajasi
5. Pul birligi bu?
a) hukumatning tegishli qonun va me’yoriy hujjatlari asosida belgilanadi.
b) milliy valyutaning xorijiy valyutada ifodalanishi
c) tijorat banklari tomonidan belgilanadi
d) mamlakatda muomalada yurgan xazina biletlari va qisqa muddatli obligatsiyalar
6. Quyidagi qaysi mamlakatlarning pul birligining nomi dollar?
a) Avstraliya, Singapur, Venesuela
b) Avstraliya, AQSh, Singapur, Kanada
c) AQSh, Kanada, Vengriya, Vatikan
d) Singapur, Venesuela, Vengriya, Avstraliya
7. Pul tizimining institutsional jihati bu?
a) pul muomalasini tashkil qiluvchi va tartibga soluvchi institutlarning yig’indisi
b) pul muomalasini tashkil qilish usullari
c) pul muomalasini tashkil qilish prinsiplari
d) pul muomalasini tashkil qilish usullari.
Mustaqil ta’lim
5-masala.
Ma’lumki, 2019 y. Germaniyada muomaladagi naqd pullar 246,8 mlrd DM, tijorat banklarining korrespondentlik schetlaridagi mablag’lar - 2745,0 mlrd DM, markaziy bankdagi majburiy zaxiralar - 39522 mlrd DMni tashkil qildi.
Echim. 2019 yil uchun pul bazasini hisoblab chiqamiz.
DB = 246,8 + 2745,0 + 39 522 = 42 513,8 mlrd DM.
Testlar
1. Tovar xo’jaligi sharoitida pulning rolini oshishiga nimalar ta’sir ko’rsatadi?
A. Milliy valyutaning barqarorligi
B. Monopol ishlab chiqarishning mavjudligi
V. Import hajmining ortishi
G. Pul massasining ortib borishi
2. Iqtisodiyotning markazdan boshqarish sharoitida pulning nechta funktsiyasi e’tirof etilgan?
A. 3 ta
B. 4 ta
V. 5 ta
G. 6 ta
3. Xorijiy iqtisodchi olimlar pulning qanday funktsiyalarini inkor etadi?
A. Muomala vositasi
B. Qiymat o’lchovi
V. To’lov vositasi
G. Jamg’arma vositasi
4. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va mahsulotlarning qiymati qanday aniqlanadi?
A. Tovar va mahsulotning tannarxi asosida
B. Ishlab chiqaruvchining foyda miqdori asosida
B Bozordagi talab va taklif asosida
V. To’lanadigan soliq stavkalari asosida
5. Metallar qachondan boshlab pulni vazifasini bajara boshlagan?
A. Miloddan oldingi VI – V asrlarda
B. Miloddan oldingi VII – VI asrlarda
V. Miloddan oldingi V – IV asrlarda
G. I va II asrlarda
6. Dastlabki qog’oz pullar qachon muomalaga kiritilgan?
A. X va IX asrlarda
B. XII asrning oxirida
V. XI va XII asrlarda
G. XI asrning boshida.
Glossariy
5-mavzu: Pul tizimi: tushunchasi, shakllari va elementlari
Baho masshtabi -Milliy valyutaning oltin bilan ta’minlanishi
Bimetallizm –bu pul tizimida davlat qonuniy jihatdan to‘lov vositasi ikkita metallni (odatda oltin va kumush) chegaralanmagan miqdorda erkin zarb qilishga ruxsat beradi.
Monometallizm pul tizimi - bitta qimmatbaho metall (oltin va kumush, asosan oltin) umum ekvivalent vazifasini bajardi.
Oltin demonetizatsiyasi - oltinni to’lov vositasi sifatida foydalanishini ta’qiqlash
Pul tizimining elastikligi - iqtisodiyotning pul mablag’lariga bo’lgan talabini o’zgarishiga o’z vaqtida javob bera olishiga aytiladi
Pul bozori – ssuda kapitallari bozorining tarkibiy qismi bo‘lib, unda qisqa muddatli kreditlarning bahosi shakllanadi.
Pulning xarid kobiliyati - pulning xarid qobiliyati; pul birligining ma’lum tovarlar soniga ayirboshlash qobiliyati.
Pul mablag‘lari – naqd va naqdsiz ko‘rinishdagi pul mablag‘lari.
Pul tizimi – mamlakatda pul muomalasini amalga oshirishning shakli bo‘lib, uning asosini milliy valyuta tashkil etadi va milliy valyuta orqali tartibga solinadi.
Pul tizimi elementlari – pul tizimining tarkibiy qismi bo’lib, bular: pul birligi, baho masshtabi, pulning turlari, pul muomalasini tartibga solishning usullari, belgilarini emissiya qilish tartibi va ularning ta’minlanganlik asoslari
Pul birligi - hukumatning tegishli qonun va me’yoriy hujjatlari asosida belgilanadi.
Pulning turlari - kredit biletlari (banknota), davlatning xazina biletlari va tangalar
Stixiya - inson irodasiga bo’ysinmaydigan qudratli ijtimoiy hayot hodisasi, tashkil qilib va boshqarib bo’lmaydigan holat
Tizim - o’zaro bog’liq elementlarning birligi tushuniladi.
Xazina biletlari –qog‘oz pul bo‘lib, mamlakat Moliya vazirligi tomonidan davlat byudjeti taqchilligi va qo‘shimcha xarajatlarni qoplash maqsadida muomalaga chiqariladi.
6-MAVZU. “INFLYATSIYA VA UNING TURLARI. PULNING BARQARORLIGINI TA’MINLASH YO‘LLARI”
Ma’ruza
6. 1. “Inflyatsiya” tushunchasining mazmuni va inflyatsiyaning turlari. Inflyatsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari.
6. 2. Inflyatsiyaga qarshi kurash va pulning barqarorligini ta’minlash yo’llari. “Inflyatsiya” tushunchasining mazmuni.
6. 3. Inflyatsiyani yuzaga keltiruvchi sabablar.
6. 4. Inflyatsiyaning makroiqtisodiy o’sish sur’atlariga ta’siri. Inflyatsiyaning investitsion jarayonlarga ta’siri.
6. 5. Pul massasining o’sishini jilovlashga qaratilgan monetar siyosatni amalga oshirish
6. 6. Pullar taklifini tartibga solish
Do'stlaringiz bilan baham: |