Jamiyat va oila falsafasi.
Reja:
Jamiyat falsafasining tuzilishi va funksiyalari. Tarixda shaxsni roli.
Qadriyat tushunchasining tavsifi va mohiyati. Ehtiyojlar va qadriyatlar mutanosibligi. Qadrlilik va qadrsizlanish, ularning ijtimoiy xarakteri.
Oila jamiyat tayanchi. Oilanng vazifalari.
Oila ijtimoiy-ma’naviy muhitining farzand tarbiyasiga ta’siri. O’zbekistonda yoshlar tarbiyasi, ma’naviy-axloqiy kamolotida nikoh va oila haqidagi milliy axloqiy qadriyatlarning o’rni.
Jamiyat nimadan iborat degan masala ko‘p asrlardan beri faylasuflarni qiynab kelmoqda. Dastlab javob aniq ko‘rinib turgandek tuYuladi: jamiyat – bu odamlarning majmuasi. Biroq bu javob, olimlarni anchadan buyon qoniqtirmay qo‘ygan. Axir, uyni oladigan bo‘lsak, bu shunchaki g‘ishtlarning yig‘indisi emas-ku. Bunda nima hammadan muhimroq? Tarqoq elementlarni birbutun qilib birlashtiruvchi bog‘lanishlar va o‘zaro ta’sirlar muhimdir.
G.A.Sorokinning fikricha, «jamiyat mavjud bo‘lishi uchun hech bo‘lmasa ikki kishi bo‘lishi va ular bir-birlari bilan o‘zaro ta’sir bog‘lanishida bog‘langan bo‘lishi kerak. Bu eng oddiy jamiyatning ko‘rinishidir...».
Shuni aniq aytish mumkinki, ijtimoiy aloqalarning mohiyatini aniqlash va tushuntirib berish – jamiyat falsafasining asosiy vazifasidir.
Aflotunning fikricha, jamiyat odamlarning ehtiyojidan paydo bo‘ladi. Arastu uni «tabiatning hosilasi», o‘rta asr falsafasi – Alloh yaratgan degan fikrni olg‘a suradi. Forobiy jamiyatning paydo bo‘lishini teleologiya oldindan belgilangan maqsadga muvofiq nuqtai nazardan tushuntiradi – jamiyat odamlarning komillikka erishishi uchun zarur, deb hisoblaydi.
Jamiyat tushunchasining mohiyatini turli falsafiy maktab va yo‘nalishlar shuningdek alohida mutafakkirlar ham turli yo‘llar bilan tushuntirishga harakat qilganlar. SHu jumlada jamiyat tug‘risidagi Yuqorida ko‘rsatilgan avvalgi ikkita tushunchani o‘z ichiga olgan «sotsium» tushunchasi paydo bo‘ldi.
Jamiyat har qanday murakkab bir butun hodisa va tizim sifatida o‘z tuzilishi, strukturasiga ega. Bu struktura qanday degan savolga faylasuflarning bir emas bir qancha avlodlari javob topishga harakat qilishgan. Qadimgi sharq faylasuflari fikricha, jamiyat birbutun bo‘lgani bilan bir turdagi ob’ekt emas. Miloddan avval IV asrda yashagan xitoy faylasufi CHjuan-szi ta’kidlashicha, «nimaiki turli-tumanlikdan mahrum bo‘lsa, turli-tumanlik bo‘lgan joyda paydo bo‘ladi».
Do'stlaringiz bilan baham: |