I. A. Karimov Har bir mamlakatda demokratiya va fuqarolik jamiyatining rivojlanganlik, yetuklik darajasi siyosiy partiyalar, harakatlar, nodavlat va notijorat tashkilotlarining mavjudligi, jamiyatdagi o`rni va faol



Download 23,74 Kb.
bet1/2
Sana16.03.2022
Hajmi23,74 Kb.
#493919
  1   2
Bog'liq
zarifa strategiya


Mustaqil ish
3-savol.
Siyosiy partiya O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining qarashlar, maqsadlar va manfaatlar mushtarakligi asosida tuzilgan ko`ngilli birlashmasidir.
Savol: Siyosiy partiyalarning O`zbekistonda demokratik jamiyatni shakllantirishdagi o`rnini yoritib bering.

Mustaqil ish


«Siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari hokimiyat tizimlarida, avvalo hokimiyatning saylab qo`yiladigan organlarida o`rin olish uchun kurashar ekanlar, aniq maqsadlari, harakat dasturlari bo`lishi kerak. Toki bu dasturlarning amalga oshirilishi mamlakatdagi ijobiy o`zgarishlarga barakali ta’sir etsin»1
I.A.Karimov
Har bir mamlakatda demokratiya va fuqarolik jamiyatining rivojlanganlik, yetuklik darajasi siyosiy partiyalar, harakatlar, nodavlat va notijorat tashkilotlarining mavjudligi, jamiyatdagi o`rni va faolligi bilan belgilanadi. Siyosiy partiya lotincha “pars”, “parts” so`zidan olingan bo`lib “qism”, “guruh” degan ma’nolarni bildiradi. O`zbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar to`g`risida”gi Qonunining 1-moddasida siyosiy partiyaga quyidagicha ta’rif beriladi: “Siyosiy partiya O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining qarashlar, manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan qismining siyosiy irodasini ro`yobga chiqarishga intiluvchi hamda o`z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi ko`ngilli birlashmasidir”. 2 Odamlar o`z manfaatlarini himoya qilish va hokimiyatga erishish uchun hamma davrlarda birlashganlar. Shu ma'noda siyosiy partiyalar juda qadimdan mavjud. Dastlabki partiyalar Angliyada XVII asrda vujudga kelgan va 1832-yilgi saylov islohotidan keyingina hozirgi tartibda, ko`rinishda faoliyat yuritishni boshlagan. AQSHda esa partiyalar 1830-yillarda, prezident Jekson davrida, tashkil topa boshlagan. Fransiya va Yevropaning boshqa mamlakatlarida parlament guruhlari va siyosiy klublarning ommaviy tashkilotlarga aylanishi 1848-yil inqilobi bilan bog`liq. G`arb institutlarini birinchilardan bo`lib import qilgan Sharq mamlakatlaridan biri — Yaponiyada partiyalar birinchi jahon urushigacha bo`lmagan. Mustaqil O`zbekiston davlati o`z oldiga insonparvar demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishni maqsad etib qo`ydi. O`zbеkistоn Rеspublikasi o`zining taraqqiyot yo`lini bеlgilar ekan, o`ziga хоs siyosiy islоhоtlarni o`tkazish ma’lum siyosiy, ijtimоiy, iqtisоdiy o`zgarishlarga olib kelishi tabiiydir. Siyosiy islohotlarni amalga oshirishda siyosiy partiyalar juda muhim o`rin egallaydi. Zеrо, ko`ppartiyaviylik tizimining mavjud bo`lishi va uning ijtimоiy vоqеlikni to`la aks ettirgan hоlda faоliyat yuritishi – dеmоkratik huquqiy davlat va fuqarоlik jamiyati barpо etishning asоsiy shartidir. Aynan, siyosiy partiyalarning rivоjlanishi jamiyatda yagona mafkura hukmronligiga chek qo`yadi va dеmоkratik fikrlar xilma-xilligini, ya’ni siyosiy plyuralizmni vujudga keltiradi. Shuningdek, islоhоtlarni o`tkazishda to`siq bo`lishi mumkin bo`lgan davlat hоkimiyatining barcha bo`g`inlarida o`zbоshimshalik, valuntarizm, avtоritar tafakkur va bоshqaruv apparatining kоrrupsiyasi singari illatlarga qarshi tura оladigan mехanizmlarni yaratish imkоnini yaratadi. Zero, siyosiy partiyalar davlat va jamiyat hayotiga jiddiy ta’sir o`tkaza оladigan institutdir. Bugungi kunda O`zbekistonda keng ijtimoiy guruhlarning manfaatlarini ifodalovchi va himoya qiluvchi beshta siyosiy partiya faoliyat ko`rsatib kelmoqda: O`zbekiston Xalq demokratik partiyasi; “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi; O`zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi; Tadbirkor va ishbilarmonlar harakati- O`zbekiston liberal-demokratik partiyasi; O`zbekiston ekologik partiyasi.
O`zbekistondagi ushbu siyosiy partiyalar ijtimoiy taraqqiyotning rivojlanishi jarayonida vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy tashkilotlardir. Yurtimiz hayotining turli sohalaridagi islohotlar natijasida erishilgan marralar va yutuqlarni e’tirof etgan holda, mamlakatimiz aholisining siyosiy-huquqiy madaniyati va ijtimoiy ong darajasining o`sib borishi, jamiyatni demokratlashtirish va liberallashtirish jarayonlarining jadal rivojlanishi siyosiy partiyalarning jamiyat va davlat hayotidagi rolini kuchaytirishni taqozo etmoqda.
2007-yil 11-aprelda O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilgan “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirishda hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to`g`risida”gi Qonun parlament tomonidan qabul qilindi. Bu qonunni qabul qilishdan asosiy maqsad siyosiy partiya fraksiyalarining davlat va jamiyat qurilishi tizimidagi roli va ahamiyatini kuchaytirish, ularning funksiyalarini bajarishda samaradorlikni oshirish, aholining manfaatlarini bevosita fraksiyalar orqali qonunchilik darajasiga ko`tarish, partiyalarning yo`nalish va dasturini takomillashtirishga qaratilgan.
Ushbu qonun qabul qilinganidan 10 yil o`tib, 2017-yil iyun oyida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O`zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tdi. Yig`ilishdan erishilgan yutuqlarni e’tirof etgan holda hokimiyat vakillik organlari, siyosiy partiyalar va Ekologik harakatning o`tgan davrdagi faoliyati o`zaro muloqot shaklida tanqidiy tahlil qilinib, islohotlarni chuquqrlashtirish yo`lida muhim vazifalar belgilab olindi, siyosiy partiyalar faoliyatidagi ayrim kamchilik va nuqsonlar haqida so`z yuritildi. Dastlab, Xalq demokratik partiyasining faoliyatiga tanqidiy nazar tashlandi. Ma’lumki, bu partiya o`zini pensionerlar, kam ta’minlangan aholi qatlamlari manfaatlarining himoyachisi sifatida namoyish etadi. Pensionerlarning muayyan bir qismini nogironlar tashkil etadi. Lekin hozirgi vaqtda ular o`zini jamiyatning to`laqonli a’zosi deb his qilishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilmaganligi, nogironlarni, aytaylik, protezlar, invalidlar kolyaskalari bilan ta’minlash, ularning turar-joy va ma’muriy binolarga kirib-chiqishi, metro va avtobuslardan bemalol foydalanishi uchun panduslar va platformalar qurish kabi masalalarda, umuman, ushbu sotsial toifaning talab va ehtiyojlari, qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlashda talaygina kamchilik va muammolar borligi alohida ta’kidlab o`tildi. Shu borada “XDP qachon birorta qonun tashabbuskori bo`lib maydonga chiqdi va uning ijrosi ustidan qanday nazorat olib bordi?” degan savol o`rtaga tashlandi.
Milliy tiklanish” partiyasi milliy merosimiz va qadriyatlarimizni tiklash, ularni yanada boyitish bilan birga, turizm sohasini rivojlantirishni ham o`z oldiga vazifa qilib qo`ygan. Ammo partiya amalda bu sohadagi qonunchilikni takomillashtirish, mavjud qonunlarning ijrosini nazorat qilish yuzasidan yetarlicha faollik ko`rsata olmayotgan edi. “Holbuki, turizm sohasini rivojlantirish yo`lida qancha muammolar, shu bilan birga, hali ishga solinmagan katta imkoniyatlar borligi, bu tarmoq yangi-yangi ish o`rinlari yaratishda qanday muhim manba ekanini ortiqcha izohlab o`tirishning hojati yo`q”,- dedi prezident Shavkat Mirziyoyev.3
Ma’lumki, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi ijtimoiy adolat, ilm-fan, ta’lim-tarbiya va sog`liqni saqlash sohasida aholi manfaatlarini himoya qilish shiori ostida faoliyat olib boradi. Lekin partiya ushbu sohalarda, xususan, jamiyatimizda qonun va adolat ustuvorligini yoki aholiga tibbiy xizmat ko`rsatish va uni dori-darmon vositalari bilan ta’minlashni yaxshilash bo`yicha aniq tashabbuslarni nima uchun o`z vaqtida ilgari surmagani achinarli holdir.
Shavkat Mirziyoyev “Adolat” partiyasi vakillariga :“Adolat” partiyasi vakillari, ularning deputatlari, misol uchun, yosh olimlar bilan biron marta uchrashib, ularning dardini eshitib, muammolarini yechish bo`yicha qanday amaliy takliflar berdi?,- degan savol bilan murojaat etdi.
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasining faoliyatini ham mamlakatimizdagi yetakchi siyosiy kuch sifatida faol va samarali deb bo`lmaydi.Mamlakatimizda tadbirkorlik va xususiy mulkchilikni yanada qo`llab-quvvatlash, bu sohaga yangi-yangi imtiyoz va preferensiyalar yaratib berish bo`yicha ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Qancha erkin iqtisodiy zonalar, qishloqlarda kichik sanoat hududlari tashkil etilyapti Bu masalalarda tadbirkor va ishbilarmonlar, fermerlar, xususiy mulk, jumladan, intellektual mulk egalarining huquq va manfaatlarini himoya qilaman, deb maydonga chiqqan O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasining o`rni va ishtiroki, amaliy ta’siri aniq sezilishi zarur ekanligiga urg`u berildi. Ushbu videoselektor yig`ilishidan so`ng, siyosiy partiyalar faoliyati ancha jonlandi. Lekin qoniqarli darajada emas, chunki buning o`ziga yarasha obyektiv va subyektiv sabablari bor. Tan olib aytishimiz mumkinki, sovet mafkurasining salbiy asoratlari bo`lgan boqimandalik, tayyoriga ayyorlik, poraxo`rlik illatlari hali xalqimiz ongidan butunlay yo`q bo`lib ketganicha yo`q. Shunga qaramay, o`tgan shu ikki yil orasida siyosiy partiyalarning faoliyati nisbatan jonlandi. Siyosiy partiyalar faoliyatidagi muhim o`zgarishlardan biri O`zbekiston Ekologik harakatining O`zbekiston Ekologik partiyasi sifatida qaytadan tashkil etilganligi bo`ldi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017-yil dekabr oyida Oliy Majlisga yoʻllagan birinchi Murojaatnomasida taʼkidlab oʻtganidek, “...2008 yilda tashkil etilgan Oʻzbekiston Ekologik harakati oʻtgan davrda chinakam siyosiy kuchga aylandi. Ammo tan olish kerak, Harakat vakillari parlament quyi palatasiga kvota asosida kiritilishi uning faol va tashabbuskor boʻlib ishlashini muayyan darajada susaytirmoqda. Barcha siyosiy kuchlar uchun teng sharoit yaratish va parlament quyi palatasidan Ekologik harakat vakillari uchun maxsus oʻrin ajratishdan voz kechish vaqti keldi, deb oʻylayman. Bu oʻzgarish siyosiy maydonda sogʻlom raqobatni kuchaytiradi va Ekologik harakatning alohida siyosiy kuch sifatida mustahkamlanishiga xizmat qiladi”.4 O`zbekiston Ekologik partiyasi 2018-yil noyabr oyida tashkil etilgan eng yosh partiya hisoblanadi. Qizgʻin muhokamalardan soʻng, tashabbuskorlar tomonidan bir ovozdan Oʻzbekiston fuqarolarining bugungi va kelajak avlodlarini qulay sharoitda yashash huquqini himoya qilish, barqaror rivojlanish maqsadlarida iqtisodiyot, ijtimoiy soha, atrof-muhitni muhofaza qilish va fuqarolar salomatligini saqlashga yoʻnaltirilgan tizimli oʻzgarishlarga jamiyatning barcha kuchlarini birlashtirishga daʼvat qiladigan siyosiy kuch — Ekologik siyosiy partiya tuzish taklifi maʼqullandi.
O`zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yilda O`zbekiston Respublikasi Oliy majlisiga yo`llagan Murojaatnomasida 2019-yilda mamlakatimizda Oliy Majlis va mahalliy kengashlarga o`tkaziladigan saylov xususida to`xtalib, ushbu siyosiy jarayonni milliy qonunchiligimiz va xalqaro standartlar asosida yuqori saviyada o`tkazish lozimligini ta’kidlab o`tdilar.5 Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, demokratik huquqiy davlat va rivojlangan fuqarolik jamiyati tashkil etishda siyosiy partiyalar benihoya katta ahamiyatga ega. Partiyalar o`rtasida sog`lom raqobatning, bahs-munozara va tortishuvlarning mavjud bo`lishi yuksalish, rivojlanish uchun poydevordir. Chunki, aynan siyosiy partiyalar faoliyati davlat, xalq, jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotining ko`zgusidir. Rivojlangan davlatlar tajribasidan ko`rishimiz mumkinki, siyosiy partiyalar hokimiyat uchun, o`z partiyasi a`zolarining manfaatlari uchun jon-jahdi bilan kurash olib boradilar. Birinchi prezidentimiz Islom Karimov ta’biri bilan aytganda, zamon talabi shuki, siyosiy partiyalarimiz o`zimizda mavjud bilim va saviya bilan cheklanib qolmasdan, xorijiy mamlakatlar tajribasin qunt va sabot bilan o`rganib, mag`zini chaqib, undan O`zbekistonda insonparvar demokratik huquqiy davlat va rivojlangan fuqarolik jamiyati barpo etishda foydalanishlari zarur.



Download 23,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish