O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti tasviriy san’at va mehnat ta’lim fakulteti



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/73
Sana17.07.2022
Hajmi1,02 Mb.
#815917
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73
Bog'liq
Ajiniyoz nomidagi

YAngi kollektsiyalar ustida ishlash. 
YAngi kollektsiyalar yaratish uchun quidagi tartib 
nazarda tutiladi: 
-
modaning prognozi asosida perspektiv moda kontseptsiyasi tuziladi, ya`ni materiallar 
kollektsiyasi, ularning tarkibida tendentsiyalar va modali rang gammasi mavsumdan bir yarim yil 
oldin materiallar salanida namoyish etiladi (masalan, “Premer Vision” Parij salonida va 
Frankfurt-Maynda “Intershtoff” materiallar yarmarkasiida); 
-
yuqori modani perspektiv kollektsiyalari yaratiladi, ular mavsumdan yarim yil oldin 
namoyish etiladi; bahor-yoz mavsumi uchun – yanvarda, kuz-qish uchun – iyulning oxiri 
avgustning boshida (garchi unda tavsiya etilgan uslublar va ommabop modadagi tendentsiyalar 
anga kechroq amalga oshishi mumkin), va shuningdek “pret-a-porte” kollektsiyalari mavsumdan 
etti-sakkiz oy oldin namoyish etiladi: bahor-yozgi - sentyabr`-oktyabrning boshida, kuz-qishgi – 
fevralda yaratiladi va ishlab chiqariladi; 
- sanoatga 
oid 
ommabop 
kollektsiyalarini 
yuqori 
modada 
“pret-a-porte” 
kollektsiyalarida taqdim etilgan perspektiv tendentsiyalari rivojlaydi. YAngi uslublar ommabop 
va perspektiv kollektsiyalarida taqdim etilagandan so`ng, taxminan 1,5-2 yildan keyin ishlanadi, 
ba`zi undan ham kechroq. Erkaklar modasining tendentsiyalari to`g`risida shuni ham aytish 
mumkin-ki, u ayollar modasiga nisbatan 1,5-2 yilga “kechikadi”. 
Sanoatga oid ommabop kollektsiyani ishlab chiqarish jarayoni 
bir necha bosqichlardan 
iborat. 
Ishlab chiqarishning 
birinchi bosqichida 
(loyihalashda dastlabki tadqiqotchilar bosqichi) 
quyidagi ishlar qilinadi: 
- iste`mol va talabning ob`ektiv omillarini o`rganish: aholining daromadini, chakana savdoni, 
to`lov oborotini, aholining jon boshiga daromad darajasini va b. dinamikasi; 

iste`molchining 
tipologik 
xossalarini 
aniqlash 
(marketing 
tadqiqotlari); 
- iste`molchining aniqlangan talablarini va iste`molchilar guruhining baholi orientatsiyasi bilan 
o`zaro bog`liqligi. 
Yirik kompaniyalarda dizayn strategiyasining tadqiqot etish uchun maxsus tashkilotlari 
mavjud, ular istemochilarning talablarini va xulqini tahlili bilan shug`ullanadi va firmaga oid 
uslubni, muammolarni aniqlashadi. Bu tadqiqotlar ijrochilar uchun loyihalash jaryoniga asos 


103 
bo`ladigan tavsiyalarni berishadi (iste`molchilar guruxi, tablab qilingan kollektsiya uslubi, 
assortimentning afzal turlari, buyumlarga tavsiya etilgan baholari va b.). 
Iste`molchilarning tipologik xossalarini aniqlashda quyidagi omillariga e`tibor beriladi: 
jins va yoshi; razmeri va bo`yi; to`laligi; moda orientatsiyasi; estetik istaklarning shakllanish 
darajasi. 
Iste`molchilar shartli ravshda to`rt guruxga bo`linadi. 
Iste`molchilarning ko`pchiligi 
birinchi guruhga 
kiradi, ya`ni ular buyumlarni stereotip 
usuli asosida solishtiradi va ularda dizayn to`g`risida o`z taassuroti shaklanmagan bo`ladi. Bunday 
haridorlarning xulqiga buyumning markasi yoki muayyan imidjni tashkil etib, oson ta`sir etish 
mumkin. 
Iste`mochilarning 
ikkinchi guruhiga 
yangilikni paydo bo`lishiga, buyum muhitini asta-
sekin o`rganishga tayyor va tanlash kriteriyalari to`g`risida o`z tasavvurlari borlari kiradi. 
Iste`molchilarning 
uchinchi 
guruhida 
dizayn 
to`g`risida 
o`z 
individual, 
muayyan 
asoslangan 
tasavvurlari 
mavjud 
bo`ladi. 
Ularnig 
xulqiga 
hattoki 
reklama yordamida ham ta`sir etish qiyin. Ularning 
talablarini 
loyihalash bosqichda inobatga olish kerak. 

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish