Tayyorlagan mustaqil ish. Mavzu: tarixiy shaharlar



Download 455,4 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana20.07.2022
Hajmi455,4 Kb.
#830116
  1   2   3
Bog'liq
samarqand



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI 
 
 
 
 
SIRTQI BO’LIM 
O’ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI FANIDAN 
TAYYORLAGAN 
MUSTAQIL ISH. 
 
MAVZU: TARIXIY SHAHARLAR 
(SAMARQAND) YUBILEYLARINING 
XALQARO MIQYOSI DA 
NISHONLANISHI. 
 
 
Tayyorladi: 
9-2 
PSS 
21-guruh 
talabasi 
Hayitova Umida 
Tekshirdi: Rajabov O. I. 
Buxoro-2022


 
 
Reja. 
1.Samarqand - Yer yuziga sayqal bergan kent. 
2. Samarqand shahrining 2750 yilligini nishonlash to’g’risida. 
3. 18 oktyabr - Samarqand shahri kuni. 
4. Xulosa. 


Samarqand — Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi qadimiy 
shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi (1938-yildan). 
1925—30 yillarda Respublika poytaxti. Oʻzbekistonning janubi-gʻarbida, 
Zarafshon vodiysining markaziy qismida (Dargʻom va Siyob kanallari orasida) 
joylashgan. Oʻrtacha 695 m balandlikda. Toshkentdan 300 km. Samarqanddan 
Toshkent—Dushanbe, 
Toshkent—Turkmanboshi, 
Toshkent—Uchquduq—
Qo'ngʻirot temir yoʻllari, Katta Oʻzbek trakti (Toshkent—Termiz yo'li) oʻtadi. 
Shahar aholisi va xoʻjaliklari Shovdor, Bogʻishamol ariqlaridan suv oladi. Iyulning 
oʻrtacha harorati 25,9°, eng baland harorat 40—42°, yanvar oʻrtacha harorati 0,2°, 
eng past harorat —26°. Maydoni 120 km². Aholisi 519600 ming kishi (2016); 
1975-yil 299000, 1970-yil 267000, 1959-yil 196000, 1939-yil 136000, 1897-yil 
55000, 1865-yil 26000. Samarqand shahar Kengashiga qarashli 4 shaharcha 
(Ingichka, Kimyogarlar, Farhod, Hishrov) mavjud.
Samarqand dunyoning eng qadimgi va mashhur shaharlaridan biri. Yozma 
manbalarda ta’riflanishicha, u o‘rta asrlarda «Yer yuzining sayqali» sifatida madh 
etilgan. 
Qadimda yerli aholi o‘z shaharlarini «Smarakansa», ya’ni «Shahri azim» deb, 
turkiy zabon nufus esa «Semizkent» deb atagan. Yunonlar uni «Marakanda», ya’ni 
«Ulug‘ shahar» deb tilga olishgan. 
U Sug‘d diyorining markazi bo’lgan. Dushman hujumlaridan mudofaa qilish 
uchun shahar qadimda baland va mustahkam devor bilan o‘rab olingan. Uning 
uchta darvozasi bolgan. Shahar devorining uzunligi 10 kilometrdan oshiqroq 
bo’lib, uning u yer — bu yerida bir qancha burj (mo‘la)lari va bir necha qator 
nishon tuynuk — shinaklari bo’lgan. Shaharning shimolidan Siyob, sharqidan Obi 
Mashhad soylari oqib o‘tgan. Uning janubida qadimgi Sangrason jarligi joylashgan 


va chuqur soy hamda jarliklar, g‘uj tepaliklar dushman qamal qilgan paytlarda zo‘r 
tabiiy to‘siq bo‘lib, shahar istehkomlari qudratini oshirgan. 
Qadimda Novadon arig‘i bo‘ylab oqib kelgan soy suvlari, pishiq g’ishtdan 
kurilgan ulkan suv inshooti — «Jo‘yi arziz», ya’ni «Qo‘rg‘oshin arig‘i» — ichi 
qo‘rg‘oshin bilan qoplangan nova va qator hovuzlar orqali shahar ichimlik suvi 
bilan ta’minlangan. Nova uzunligi 200 metrga yaqin, kengligi qariyb 4 metr, 
chuqurligi 1 metrdan oshiqroq bolgan. 
Bu ajoyib qadimgi suv inshooti Chingizxon lashkarlari tomonidan (1220) vayron 
etilgan. 
Shahar ichida Sug‘d davlatining qadimgi podshohlari — Samarqand ixshidlarining 
qarorgohi — ark, hashamatli qasrlari, naqshinkor saroylari, ibodatxona, 
hunarmand- lar mahallalari, ko‘cha-ko‘ylar, do‘kon-u rastalar, bozor va 
boshqalarjoylashgan edi. 
Insoniyat tarixida qadimgi madaniyat o’choqlari sifatida jahonga tanilgan Bobil, 
Afina va Rim shaharlari kabi, Samarqand ham boy tarixga ega. 
U ko‘plab jang-jadallarning guvohi bo’lgan. Miloddan avvalgi 329-yili uni 
makedoniyalik Aleksandr — Iskandar Zulqarnayn, 8-asrda arab fotihi Qutayba, 13-
asrda Chingizxon qo‘shiniari bosib olib, vayron qildi. Bu bosqinchilarga qarshi 
shahar ahli mardonavor kurashdi. Bir necha qo‘zg‘olonlar bo’lib o‘tdi. Ayniqsa, 
arab fotihlariga qarshi ko’tarilgan «oq kiyimlilar» qo‘zg‘oloni mashhur. 
Qonli urushlar oqibatida vayron etilgan qadimgi Samarqand vayronalari 
keyinchalik (17-asr) Afrosiyob, ya’ni «Siyob sohillari» nomi bilan yuritildi. 


Bundan olti asr muqaddam Samarqand qadimgi o’midan janubroqda qayta tiklandi 
va ko‘p vaqt o’tmay Amir Temur tomonidan mamlakat poytaxtiga aylantirildi. 
Shahar atrofi olti darvozali mudofaa devori bilan o‘rab olindi, muhtasham binolar 
qurildi. 
Ko‘cha-ko‘ylar o’tkazilib, chorsu bozori qad ko’tardi. Keyin- roq shahaming 
markaziy maydoni — Registon barpo etildi. Bibixonim jome’ masjidi, Go‘ri Amir 
maqbarasi, Shohi Zinda ansamblida Shodimulk og’o va Amir Husayn, Shirinbeka 
og‘o maqbaralari bino qilindi. Samarqand atrofida Bog’i Dilkusho, Bog’i Chinor, 
Bog’i Bihisht, Bog‘i Baland, Davlatobod, Bog’i Nav, Bog‘i Shamol va Bog’i 
Zog’on kabi ko’rkam bog‘lar va hashamatli bo’ston saroylar qurildi. 
Mirzo Ulug‘bek davrida Samarqand yana- da ko’rkamlashdi. Uch qavatli 
rasadxona (observatoriya) qurildi. 0‘rda ichida to’rt qavatli Ko’ksaroy hamda 
Bo‘stonsaroy qurilib, unda davlat mahkamasi, qurol-yarog1 ustaxonalari, xazina, 
zarbxona, qamoqxona joylashtirildi. 
Registon maydonida Ulug’bek madrasasi, xonaqoh, karvonsaroy va Muqatta’ 
masjidi bino qilindi. Ikki yuz o‘n gumbazli Ko‘kaldosh jome’ masjidi qad ko’tardi. 


Keyinchalik Sherdor va Tillakori madrasalari qurilgach, ular birgalikda Registon 
majmuasi deb atala boshladi. 
Buxoro xonligi tashkil topgach (16-asr boshlarida), poytaxt Samarqanddan 
Buxoroga ko‘chirilgan bo‘lsa-da, Samarqand xonlikdagi eng yirik savdo va 
hunarmandlik markazlaridan biri bo’lib qoldi. 17-asr- 18 — asrning birinchi 
yarmida Samarqand bir necha bor inqirozga yuz tutib, uning obidalari turli 
bosqinchilar tomonidan xarobaga aylantirilsa-da, ammo har gal shahar yana qayta 
tiklandi. 1868-yilda Samarqand Chor Rossiyasi tomonidan bosib olinib, yangi 
tashkil etilgan Zarafshon okrugining ma’muriy va savdo markaziga aylantirildi.
1925—1930-yillarda Samarqand O‘zbekistonning poytaxti bo’lib turdi. 
Mustaqillik yillarida aholi uchun yangi shahar qad ko’tara boshladi. Qadimgi 
me’moriy obidalar yevropacha uslubda qurilgan imoratlar bilan uyg’unlashib 
ketdi. 
Hozirgi davrda aholi soni jihatidan Vatanimiz shaharlari orasida ikkinchi o‘rinda 
turgan Samarqand kengayib, yanada obodonlashib bormoqda. Mustaqillik yillarida 
bu yerda shaharni qayta qurish, me’moriy obidalarini ta’mirlash ishlari ko’lami 
kengaydi. Turar joylar ko’paydi. Yangi jamoat binolari, roaishiy, savdo-sotiq 
majmualari, keng va ko’rkam ko‘cha-ko‘ylar, xiyobonlar va maydonlar, sport 
majmualari, ko‘p qavatli uylar, mehmonxonalar tushgan Sug’diyona, Sadtepa kabi 
bir nechta yangi, obod mikrorayonlar barpo etildi. Shaharda ko’kalamzor bog’lar, 
gulzor bo’stonlar ko‘p. Shaffof suvli hovuzlari va favvoralari, jazirama taftini 
qaytaradigan soya-salqin bog‘ va xiyobonlari shahar ahli va sayohatchilarni 
o’zining 
huzurbaxsh 
og’ushiga 
chorlaydi. 
Samarqand 
Mustaqil 
O‘zbekistonimizning eng ko’rkam va obod shaharlaridan biri sifatida tanilishi bejiz 
emas. 
Uning qadimiy me’moriy va tarixiy obidalari zamonaviy inshootlar bilan 
uyg’unlashib, ajib bir go’zallik hosil qiladi.Vatanimizning eng gavjum turistik 


shaharlaridan biriga aylangan Samarqand- ning tarixiy obidalarini saqlash, 
ta’mirlash ishlariga davlatimiz katta e’tibor bermoqda. 
Ayniqsa, Amir Temur tavalludining 660 yillik yubileyi munosabati bilan amalga 
oshirilgan yodgorliklarni ta’mirlash, Amir Temur xiyobonining barpo etilishi va 
Sohibqiron haykali o’rnatilishi hamda Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Mirzo 
Ulug‘bek, Yo’ldosh Oxunboboyev, Akmal Ikromov, atoqli o‘zbek xalq baxshi-
shoirlari yodgorliklari shahar ko’rkiga ko‘rk qo’shib turibdi. 
Samarqand — sanoat korxonalari va fabrikalar, oliy va o‘rta maxsus o’quv 
yurtlari (litsey va kollejlar), ilmiy tadqiqot institutlari, qo’riqxona- muzey va 
teatrlar shahri. Shahar jo’shqin hayot kechirmoqda. Zamonaviy jihozlar o’rnatilgan 
ko’pgina korxona va qo’shma korxonalar xalq xo’jaligi uchun eng zarur 
mahsulotlar ishlab chiqarmoqda. Samarqand choy qadoqlash fabrikasi, chinni 
zavodi, kichik avtobuslar ishlab chiqarayotgan «0‘zotoyo‘l» qo‘shma korxonasi 
shular jumlasidandir. 


Samarqand respublikamizning yirik fan markazlaridan biri sifatida ham diqqatga 
sazovordir. Unda 0‘zbekiston Fanlar akademiyasining Samarqand bo‘limi, 
Samarqand Davlat universiteti joylashgan. 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 
QARORI 
SAMARQAND 
SHAHRINING 
2750 
YILLIGINI 
NISHONLASHGA 
TAYYORGARLIK KO‘RISH VA UNI O‘TKAZISH TO‘G‘RISIDA 

Download 455,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish