97
XX asr ikinchi yarmidan galstuk ayollar garderobida ham qo`llanadigan bo`ldi. Ular
rangba
-
rang matolaridan qilinib, erkakcha tugunga bog`lanadi. Ayniqsa ishbilarmon ayollarning
rasmiy kiyimda galstuk keng qo`llanadi.
Elpig`ichlar.
Elpig`ichlar tarixi odamzot tarixidan deyarli qisqaroq emas.
Elpig`ich ramzi havo va shamol, nafis, samoviy substantsiyalar bilan bog`lanadi.
Elpig`ich Uzoq SHarq an`analarida shohona ulug`vorlik va oliy hokimyatni ifodalaydi.
SHuningdek, u yovuz jinlarni haydaydi deb ishonishardi. Xitoyda elpig`ich sakkiz o`lmas
avliyoning biri bo`lgan Ujunli Qayunning belgisi hisoblanardi. Uning yordamida avliyo vafot
etganlarni tiriltirgan deb o`ylashardi. Elipiladigan elpig`ichga qo`shimcha
ravishda Oy ramzi
berilrdi, chunki uni ochib yopish Oy fazalari bilan qiyoslanardi.
Dastlab ular yaproqlardan, xayvonlar terisidan, qushlarni patidan qilinardi. SHarqda
elpig`ichlar pal`ma va lotosni yaproqlaridan va keyinroq tovus va tuyaqshning patidan qilingandi.
U bilan hashoratlar hadalanardi.
Qadimiy misrliklar elpig`ichni baxt va osmonni osoishtalik ramziga aylantirishgandi. U
bilan faqat fir`avn foydalanishi mumkin edi. SHuning uchun saroyni sharafli lavozimlaridan biri
elpig`ichni chap tomonida olib yuruvchisi bo`lgan. SHunday burchni odatda fir`avning
qarindoshi bajarardi yoki ulug`vor aslzodalardan biri.
Etrusk va qadimiy yunonlar elpig`ichni tovusni patidan qilishardi. Rim matronalar
(aslzoda ayollar) uchun ham elpig`ichlar tovusning patidan qilinardi. Tovuslar esa Samos orolida
ustirilardi. Lotincha elpig`ich
falbellum
. Bundan falbelifer (
falbellum+ fero-
olib yurish) -
elpig`ichni olib yuradigan so`zi kelib chiqqan. SHunday nom bejiz berilmagan.
Rim matronasi
elpig`ichni o`zi ushlamasdan, uni uchun mahsus quli olib yurardi.
Hindistonda elpig`ich quyosh soyaboni kabi hokim ramzi bo`lgan, Xitoyda esa aslzodalar
ramzi edi. YAponiyada taxlanmaydigan
(“utiva”)
va taxlanadigani
(“ogi”)
elpig`ichlar harbiy
hokimlik (samuraylar) ramzi bo`lgan.
O`rta Osiyoda taxlanmaydigan elpig`ichlar rangli poholdan to`qiladi.
Ularning shakli
yassi emas hajmiy. SHunday elpig`ichdan tashqari ikki qavat
gazlamadan tikilgan va mahsus yog`och dastaga erkin maxkamlangan, aylantirganda havo yurgizadigan
elpig`ich xozirgacha qo`llanadi.
XVI asrni oxirida evropa kostyumida elpig`ich modali aksessuar bo`ldi. SHubxasiz bu
erga elpig`ich Xitoy va YAponiyadan kelgan, chunki ular taxlanadigan bo`lgan.
Antik
elpig`ichlar esa taxlanmasdi, shunday elpig`ichlarni xozir ham Rim papni tantanali
marosimlarida kurish mumkin. Taxlanma elpig`ichlarni belbog`ga qistirib yurishgan. Ventarola -
XVI asrda italiya kelinrlarning elpig`ichi.
Elpig`ichga kostyumni boshqa buyumlari kabi badiiy uslublarni ta`siri bo`lgan.
Barokko va Rokoko davrida modaga charm, pergament, shoyi, qog`ozdan
qilingan
elpig`ichlar urf bo`lgan. Ular fil suyagi, tashbaqa kosasi, sadaf, oltin va kumush, tuyaqush va
tovus pati bilan bezatilardi. Elpig`ichlarni atoqli rassomlar bezatishardi (A.Vatto, F.Bushe).
Versal` saroyida tantanali marosimlarda elpig`ichlar muhim rol` o`ynagan:
ayollar faqat
qirolichani ishtirogida elpig`ichni ochishi mumkin edi. Elpig`ichning mahsus harakati yordamida
ayollar kerakli ma`lumotni bildirishi mumkin edi.
Rokoko
davridan
boshlab
Evropa
modasida
elpig`ich
shaxarliklar
modasiga kirdi. Ular avval bal libosi uchun aksessuar bo`lgan, XX asrda esa
oddiy ayollar aksessuari bo`lib qoldi. Ispaniyada
elpig`ich xalq
kostyumining ayrilmas qismidir.
Taxlanmaydigan va taxlanadigan zamonaviy elpig`ichlar turli materiallardan (qog`oz,
shoyi, ip gazlama, pat, plastmassa va b.) qilinib, asosan to`r, rasm, strazlar (sun`iy toshlar) va b.
bilan bezatiladi.
Nazorat savollari.
1.
Aksessuarlarga qanday buyumlar kiradi?
2.
Aksessuarlarni o`zgarishiga nima sabab bo`lgan?
3.
Qo`lqoplar turi.
98
4.
Qo`lqoplar tarixiy funktsiyalari va ramzlari.
5.
Zamonaviy qo`lqoplar turlari.
6.
Qo`lqoplarning uslubiy echimlari.
7.
Paypoqlarni tarixiy rivojlanishi.
8.
Paypoqlarning funktsiyalari.
9.
Kolgotkalarni loyihalash yo`nalishlari.
10.
Belbog` va kamarlar ramzlari va funktsiyalari.
11.
Belbog` va kamarlarni tarixiy rivojlanishi.
12.
Sumkalarning funktsiyalari.
13.
Sumkalarni tarixiy rivojlanishi.
14.
Sumkalarni kompozitsion echilishi.
15.
Zamonaviy sumka turlari.
16.
Soyabonlar funktsiyalari
17.
Soyabonlarni tarixiy rivojlanishi.
18.
Ko`zoynaklar funktsiyalari.
19.
Ko`zoynaklar turlari.
20.
Galstukni tarixiy rivojlanishi.
21.
Zamonaviy galstuk turlari.
22.
Galstukning asosiy funktsiyasi.
23.
Elpig`ichni tarixiy rivojlanishi.
24.
Elpig`ichning funktsiyalari.
25.
Zamonaviy elpig`ich turlari.
Do'stlaringiz bilan baham: