94
va elchilar
monokl`ni
(oltin gardishda oynak yoki u siz tasmada bir ko`zga kiyiladigan ko`zoynak)
afzal ko`rishgan.
XIX asrni
o`rtasida
pensne
(bandi
yo`q
qansharda
turadigan
ko`zoynak)
paydo bo`lgan.
XX asrda modaga quyosh nurlaridan himoya qiladigan qo`zoynaklar paydo
bo`lib, kostyumning ajralmas qo`shimchasi bo`ldi.
Ko`zoynaklar – ko`zga tashlanadigan aksessuardir. Ular yordmida yuzga sirlik, fitnalik,
seksuallik, himoyasizlik, intellektual diqqat-e`tiborni, aristokratik sharmni jalb etish mumkin.
Ajoyib gardishli va oynakli ko`zoynaklar zargar buyumlar
qatorida kechki tantanali
marosimlarda kiyish mumkin.
Ko`zoynakni hozir faqat yaxshi ko`rishgagina emas, o`zini tashqi ko`rinishini o`zgartirish
uchun ham kiyishadi (masalan, burunning shaklini, yuz ovalini va b.). Demak, yuzning
qandaydir nuqsonlarini ko`zoynak yordamida korrektsiya qilish mumkin.
Ko`zoynakning ajoyib nozik shakli, gardishining shakli, rangi va fakturasi yordamida
salobatlilik va kurkamlikka erishish mumkin.
Quyosh nuridan saqlaydigan va ayniqsa sportga oid ko`zoynaklar loyihalanganda,
dizaynerning plastik anatomiya sohasidan, cherep suyaklarini va yuz mushaklarini tuzulishidan
bilimi bo`lishi lozim. Undan tashqari ko`zoynakning
konstruktsiyasi mustahkam, engil, qo`lay
va xafsiz bo`lishi kerak.
YOshlarning ko`zoynaklari quyosh nuridan himoya qiladigan, sprotga oid va dekorativ
bo`lishi mumkin.
Dekorativ ko`zoynaklar konstruktsiyasi va bezagi stilli bo`lishi kerak. Masalan, gardishi
gazlama, mo`yna bilan qoplangan, gul shaklida, stilizatsiyalangan qushlar, hayvonlar va
munchoqlar
bilan bezatilgan, oynaklari esa xilma-xil shaklli, har xil materialardan (shisha va
plastmassa) va rangi turli (yashil, chigar rang, xavo rang va b.), rangi yorug`likka nisbatan
o`zgaradigan (“xameleon”) bo`lishi mumkin.
Dumoloq, ovalsimon, kvadrat, to`g`riburchak, tomchisimon, mushuk yoki nenachani
ko`ziga o`xshagan,
chuzilgan tor tasma turida, gardishi yoki u siz – bu zamonaviy modali
ko`zoynaklar shakli.
Rangi tepasidan pastka qarab to`qdan ochga o`tadigan gradient linzalar tavsiya etiladi.
Linzalarning rangi qora, to`q-ko`k, to`q-kul va jigar ranglar.
Gardishsiz ko`zoynaklar – niqoblar shakli payvndlovchining ko`zoynagini eslatadi,
ba`zilari burun va qoshni ham berkitadi.
YAna bir yangilik – cho`zilgan gardishlar hattoki qo`loqgacha etadi. Qo`sh burma va turli lentalar
bilan bezatilgan romantik gardishlar ham moda bo`ldi.
Gardishlar har xil rangli va razmerli strazlar bilan bezatilgan: korall, feruza kabi sun`iy
toshlar firma logotipi shaklida terilgan. Gardishning rangi qora, ko`k, to`q qizil, jigar rang, oq
yoki qaxrabo toshi rangida tavsiya etilgan. Gardish uchun materiallar ana`naviy pastik+metall,
ba`zilari esa ekzotik charm, kofe yoki atirgul qimmatbaho yog`ochdan qilingan.
Quloqqa taqiladigan zaushniklar qo`lay va funktsional yoki qiziqarli qilingan. Qulay
zaushniklar keng qilinib, soch uchun ham gardish sifatidda foydalanadi. Bunday ko`zoynaklarni
asosan yassilari qo`laydir, soch turmagini buzmas uchun. Qiziqchi
zaushniklar yassi yoki
dumoloq, dekorativ detallar bilan ser bezatilgan, ba`zan qalin simga o`xshaganlari tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: