89
Ikkinchi jaxon urshi payitida magazinlarda paypoqlar bo`lmagani uchun, ingliz ayollar
parlamentga murojat qilishdi: rasmiy joylarga paypoqsiz kelishga ruxsat beradigan konun qabul
qilishni. Ammo bu muammoni g`alati echimi quyidagicha bo`ldi: ayollar ishga borganda
oyog`ini achchiq choy bilan bo`yashardi va paypoqlardagidek chokini ham chizishardi.
Ikkinchi jaxon urushidan keyin modada sun`iy va sintetik tolalardan paypoqlar keng
tarqalgandi. Neylon paypoqlar ilk bor AQSHda 1939 yilda qilingandi. Ular tana rangli qilinardi.
Mini-moda keng tarqalgani bois modaga turli rangli paypoqlar kirdi.
To`r, elastik, laykra va b. paypoqlar keng tarqaldi. Paypoqlar orqasida chokli (ba`zan
qora rangli va tovonida strelkali), yaxlit to`qilgan, qora tovonli, har xil tasviriy mavzu (kapalak,
yurakcha, nuxat, romb, gul va b.) naqshli bo`lgan.
Kolgotkalar.
Kostyum dizaynida kolgotkalar muhim rol` o`ynaydi,
ularning timsoli
paypoqlar bo`lgan.
Mini–moda va rok-n-rolni (u tez va qo`pol harakatni talab qilgan) keng tarqalgani tufayli
modaga papoqlarni o`rniga kolgotkalar kirdi.
Kiyimning yangi turlari va shakllari kolgotkalarni bezatish uchun yangi usullarni talab
qildi.
YAngi ilg`or texnologiyalar dizaynerlarga bu kostyum qo`shimchasi estetik va utilitar
funktsiyalarni bajarirish uchun yangi imkonlar yaratdi.
Poyabzal
bilan
birgalikda
kolgotkalar
zamonaviy
ayollar
kostyumining plastik siymosini yakunlaydi.
Dizaynerlar kolgotkalarni loyihalashda va badiiy bezashda,
odam figurasini kostyum
yordamida korrektsiyalashda odat bo`lib qolgan usullar bilan foydalanishdi: optiko-geometrik
illyuziyalar, psixologik chalg`itish illyuziyalar, har xil rang yoki fakturani psixologik ta`siri
yordamida. Masalan, neytral ranglar oyoqni tabiiy ko`rsatadi, to`q ranglar esa – oyoqni uzunroq
qilib ko`rsatadi. Vertikal` chiziqlar, romb va to`g`riburchak geometrik
naqshlar ideal oyoqlar
go`zalligini ko`rsatishga o`ndaydi. YAltiroq fakturalarda oyoq kattaroq, xiralarda esa –
kichkinaroq tuyuladi.
Zamonaviy kolgotkalarni loyihalashda ikki yo`nalish mavjud: klassik va fantazi.
Klassik kolgotkalar
, odatda, sidirg`a, bir tonli bo`ladi. Ularni rasmiy sharoitda,
etiket
saqlash kerak bo`lgan holda kiyiladi: teatrga, prezentatsiya va b. borish. Tabiiy tana rangli
kolgotkalar qo`lni tabiiy rangiga monad bo`lishi lozim.
“Fantazi
” yoki
avangard
kolgotkalar rangi, to`qilishi va fakturasi har xil bo`lgan.
YOshlar
orasida
gulli
yoki
geometrik
naqshli,
logotipli,
stilizatsiyalangan xayvonlar, baliqlar,
ertak personajlari tasvirli, katak-katak va yo`l-yo`l
(
dol`chiklar
) kolgotkalar keng tarqalgandi.
Hamonki kolgotkalar sovuq va hattoki issiq payitda kiyiladigani bois, dizaynerlarga
kimyochilar, biologlar,
tibbiy xodimlar yordam bergan, ular mahsus havo utqazadigan
modellarni yaratishgan.
Oxirgi
payitda
ishlangan
kolgotkalar
antistatik,
antimikrob,
xidni
yo`qotadigan
xususiyatlarga
ega.
Kolgotkalar
elastik
iplardan
(“elastan”
va
laykra)
to`qilishi,
ularni
tanaga
yopishib
turadigan
qildi,
qon
aylanishini
kuchaytiradi,
antitsellyulit
va
antivarikoz
xossalarga
ega
qildi.
Kolgotkalarnni
maksimal bosimini boldir va bo`ksaga taqsimlanishi
natijasida engil massaj effekti yuz beradi.
Bolalar, tineydjerlar va talabalar uchun kolgotkalar loyihasi ishlanganda siymoli echimlar
bo`lishi lozim. Dizayner ajoyib fikrlashi lozim, modaning yangi tamoyillarini bilishi,
yangi
materiallar va fakturalarni qidirishi zarur.
Klassik va “fantazi” kogotkalardan tashqari yana balet va tsirk artistlari uchun mahsus
kolgotkalar mavjud. SHunday modellarni yaratganda qo`yidagini inobatga olish kerak: bu
buyumlar yorug`likni turiga ko`ra tashqi ko`rinishi o`zgaradi, demak, ijodiy qidiruv rang va
yoro`g`likni o`zaro aloqasini, tomashabinga rangni psixofiziologik ta`sirni
inobatga olish va