O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti tasviriy san’at va mehnat ta’lim fakulteti



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/73
Sana17.07.2022
Hajmi1,02 Mb.
#815917
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   73
Bog'liq
Ajiniyoz nomidagi

Belbog` va kamarlar
. Ular kostyumniing ajralmas qismi bo`lgan. Ibtidoiy davrda 
belbog` va kamarlar psixologik funktsiyani bajarib, ya`ni yovoiy ruxdan saqlash vositasi bo`lgan. 
Qadimdan belbog` tanani tepa va pastki qismlarga ajratib, insonda ham ihtimol yuqori va past 
mohiyatini ajratar edi. Ezoteriklar bilimi bo`yicha belbog` odamni ikki muhitga bo`lar ekan: 
belbog`dan yuqori tana qismi insonni Kosmos bilan, pastki qismi esa Er bilan bog`laydi. Ularni 
fikri bo`yicha erkaklar kosmik, ayollar esa er moxiyatiga ega. 
Qadimdan enida hattoki kiyimi bo`lmasa ham belbog` kiyishardi. Belbog`larni atributiv 
va ramziy ma`nosi halqlarda va vaqt sari har xil bo`lgan. 
Qadimiy tsivilizatsiyalarida belbog` – bu gazlama yoki charmdan tasma yoki to`qilgan 
o`tdan qilinib, jamiyatda insonning o`rnini, unig boyligini, hayotida o`zgarishlarni va b. 
tomonlarini aks etardi. 
Krit orolida, Qadimiy YUnoniston va Rimda belbog` juda muhim qismi bo`lgan: uydan 
belbog`siz chiqish odobsizlik deb hisoblanardi, faqat raqqosalar va geteralar xitoninii belbog` 
bilan bog`lamasligi mumkin edi. Odatda belbog`ga peshband, qurol, va b. buyumlar qistirilardi. 
Gomerning “Illiada” poemasida “bel bog`lash” janga tayyorlanishni ifodalardi. Belga qilich
pichoq, kamon, otish quroli va b. qistirilardi. 
Slavyan xalqlarda (G`arbiy Ukrainada) qalin charmdan, yashirin chuntakli, bosma 
bezakli, kumush va mis to`qalar va tugmalar bilan bezatilgan eni keng kamar o`ziga xos korset 
va yashirin chuntak bo`lmasdangina tumor rolini o`ynagan. 
Mo`g`il charvodarning zaruriy buyumi belbog` “
bus
” bo`lgan. Ularda 
“bustoy
” erkaklar 
sinonimi edi, ayollarniki esa – “
busg`uy
” (“belbog`siz” ayol) bo`lgan. 
Ba`zi arab malakatlarida o`spirin voyaga etganda belbog` bog`lashadi. Agar belbog`i tuya 
junidan bo`lsa u 15 yoshga kirganini aks etardi. 
Eskimoslar unashtirish marosimda kuyov kelinga ovlangan ivlasin bilan (oq ayiq va 
morjning oldingi tishi) bezatilgan belbog`ni sovg`a qilardi. 
Slovakiya o`spirini bozorda qimmatbaho belbog` sotib olardi, aks holda qizlar unga 
e`tibor bermasdi. Belbog`ga pul soladigan chuntaklarni qistirishardi. 
Ozerboyjonda belbog`ga oltin tanga tikishardi va u avloddan avlodga o`tardi. 
Rus dehkoni belbog`siz yurish uyatli hisoblangan. Insondan belbog`ni olib tashlash 
shaniga insod keltirishni bildirardi. Qadimiy odatga ko`ra fol ochganda belbog`ni echish zarur 
edi. YAngi to`g`ilgan chaqaloqka belbog`ni hadya kilishardi. CHo`qintirgandan so`ng qizlarga 
belbog` bog`lashardi. Maitni ham belini bog`lashardi. Rus qishloq qizlari sevgan yigitiga duolar, 
sevgan ismlar, nasihatlar, o`g`itlar kashtalangan belbog`larni sovg`a qilishardi. 
Volga bo`ylab qishloqlarda belbog`da so`zlar to`qishardi. To`qilgan so`zlar soni bo`yicha 
belbog`ga nom berilardi: bir so`zli, ikki so`zli, uch so`zli, to`rt so`zli. Ayollar belbog`ni 
ko`krakni tegidan bog`lashardi, erkaklar esa – belidan pastroq. Belbog`lar eshilgan shoyidan 
qilinib, shokila va popuklar bilan bezatilardi. Kundalik belbog`ga qinda pichoqni osib 
qo`yishardi. 
Kaftan, pustin va choponlarini keng uch metrli jun yoki shoyi belbog` – 
kushak 
bilan 
bog`lashardi. Kushak Rossiyaga SHarqdan kelgandi (ko`shak turkcha so`z). 
O`rta Osiyoda erkaklar ko`ylak va choponini belbog` (charm yoki gazlamadan) yoki 
chorsi (qiyiqcha) 
bilan bog`lashadi. Ba`zan beliga baravariga bir nechtasini bog`lashadi. Odatda 
qarilar - oq, o`rta yoshlar - ko`k, yoshlar – qizil, sariq, malina rangli belbog`ni kiyishardi. 
Belbog`ni taxlamlariga pul, tamakidon, yo`lga olingan nonni, mayda buyumlarni solishadi. 
Belbog` bilan nomoz oldidan yuzini artishadi, u joynomoz yoki dastarxon sifatida ham bo`lishi 
mumkin edi. CHorsini boshiga salla qilib o`rashardi. Bo`yindagi ro`molni uchi pastka qarab 
osilib to`rsa g`am yoki dunyodan voz kechkanligini ko`rsatardi. Motam kiyimda ayol va erkaklar 
choponni ustidan bel bog`lashardi. Ayollar odatda belbog` kiyishmagan. O`rta asrlarda kasbni 
egallagan o`quvchiga belbog` bog`lashardi. 


91 
Janubiy–SHarqda YAponiya va Xitoyda ayol va erkak liboslarida belbog`lar bo`lgan. 
YAponiyada erkaklar belbog`ini kimononi o`stidan belidan sal pastroq kiyishgan, kundalik 
kiyimda uni uchui pastga qarab bog`lashadi, bashang kiyimda esa - uchlari yuqoriga qaratiladi. 
Ayollar kimononi ustidan ko`kragidan sal pstroq baravariga 3-7gacha belbog` kiyishadi. Ayollar 
belbog`i-
obi 
uchun gazlama aloxida to`qiladi. 
Evropa o`rta asrlarida belbog`ning ramzi o`zgacha bo`lgan. U farovonlik va faxriylik
qadr-qiymatlik va iffatlik, er-xotin vafodorlik timsoli bo`lgan. Foxisha ayollariga belbog` kiyish 
man etilgandi. 
Musulmon sharqida charmdan kamar nasroniylarni farqlovchi belgisi bo`lgan, chunki 
ular xarom chuchka terisidan qilinardi. Musulmonlarning belbog`i gazalamadan qilinardi. 
XIII asrda sovut yoki xarbiy plashchni ustidan qilichni qistirish uchun beldan pastroq 
belbog` 
dupsin
ni kiyishgan. XIV asrni ikkinchi yarmida bu keng belbog` zar bilan bezatilardi, 
burgundlar modasida esa belbog`ga turli buyumlar (xamyon, oynani) qistirishardi. 
XV-XVI aa. quroli maxkamlangan gazlamadan keng belbog`-

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish