Umumiy kimyodan masalalar echish metodlari



Download 0,95 Mb.
bet1/12
Sana10.03.2022
Hajmi0,95 Mb.
#487968
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Umumiy kimyodan masalalar echish metodlari


A.Кaipbergenov, Q.Reymov, M.Artiqov, R.Jumamuratov, S.Kosnazarov





Umumiy kimyodan masalalar echish metodlari

(Oliy o’quv yurtlari talabalari uchun o`quv-uslubiy qo’llanma)








  1. Кaipbergenov, Q.Reymov, M.Artiqov, R.Jumamuratov, S.Kosnazarov



Umumiy kimyo fanidan


Umumiy kimyodan masalalar echish metodlari

(Oliy o’quv yurtlari talabalari uchun o`quv-uslubiy qo’llanma)


Tuzuvchilar: A.Kaipbergenov, Q.Reymov, M.Artiqov, R.Jumamuratov, S.Kosnazarov


Umumiy kimyo fanidan


Umumiy kimyodan masalalar echish metodlari bo’yicha ishlab chiqilgan metodik qo’llanmada ; Proportsiya usulidan foydalanib masalalar echish, to’g’ri proportsional bog’liqlik bilan misollar echish, Teskari proportsional bog’liqlik bilan masalalar echish, Birlikka keltirish usuli bilan masala echish, Algebraik usul bilan masalalar echish metodlari.
Tayyor formula bo’yicha masalalar yechish, Teskari proportsional bog’liqlik bilan masalalar yechish, Moddalarning oddiy formulalarini aniqlash, Olinadigan moddaning miqdori bo’yicha gazning hajmini hisoblab chiqarish,

Masala va mashqlarning yechish usullari oson va tez hisoblash echimlari ko’rsatilib o’tilgan.


O’quv-uslubiy qo’llanma: davlat ta’lim standarti asosida tuzulib, oliy o’quv yurtlari talabalari uchun ko’rsatilib o’tilgan.


Mas`ul muharrir:


  1. Jumabaev- Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Kimyo o’qitish metodikasi kafedra o’qituvchisi, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.



Taqrizchilar:


M.Ajieva - Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Kimyo o’qitish metodikasi kafedra dotsent, pedagogika fanlari nomzodi.
B.Madenov - Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Kimyoviy texnologiya kafedrasi dotsenti, texnika fanlari doktori.

O’quv-uslubiy qo’llanma Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti O’quv-metodikaliq kengashi qarori bilan bosmadan chiqarishga tavsiya etildi.


Ijtimoiy barqorarlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash davr talabi” ma’vzusidagi anjumanda so’zlagan nutqida yosh avlod tarbiyasi haqida aloxida to’xtalib o’tdi va keng muloxazalar keltirib o’tdi

Sh. Mirziyoyev




KIRISH

Respublikamizda bo`layotgan ijobiy o`zgarishlar ta`lim sohasida ham ma`lum yangiliklar, tubdan o`zgarishlar bo`lishini taqazo etadi. Haqiqatdan ham, chuqur bilimli, keng dunyoqarashli komil shaxsni tarbiyalash masalasi pedogoglardan yangicha ishlash printsiplarini amalga oshirishni talab qiladi va katta ma`suliyat yuklaydi.


O`quvchilarni mustaqil ishlashi uchun sharoit yaratish, predmetga qiziqtirish, turmushda bo`ladigan hodisalarni chuqur anglatishni maktabda olingan bilimlar yordamida amalga oshirish-zamonaviy o`qituvchining vazifasi.
Kimyo predmetini o`qitishda ham o`quvchilarni mustaqil ishlashga, atrofdagi xodisalarni talqin etishda kimyoviy bilimlarni qo`llay olishga qaratmog`imiz lozim. Kimyoni o`qitishda ayniqsa guruhlarga bo`lib, mustaqil topshiriqlarni bajarish yaxshi natijalarga olib keladi.O`quvchilar mustaqil fikrlashadi, ijodiy ishlashga xarakat qilinadi, past bilimli o`quvchilar ham “yaxshi” o`quvchilar qatoriga intilishadi va bu holat sinf ko`rsatkichlarini ko`taradi.
Turli individual, guruxiy, juft bo`lib mustaqil ishlarni bajarish jarayonida o`quvchilar bilimi chuqurlashadi, malakalar hosil bo`ladi- bu maqsadga muvofiqdir.Kitob bilan mustaqil ishlashni ko`proq amalga oshirish kerak, qo`shimcha adabiyotlardan foydalanishni yo`lga qo`yamiz, krossvordlar, viktorinalar tuzishsin. Darsdan tashqari ishlarga, ekskursiyalarga,kechalar
o`tkazishni yo`lga qo`ysak yanada yaxshi, chunki kimyo –bu turmush fani va
5
uni o`quvchilar kelgusida qaysi soxani egallamasin kimyoviy bilimlarni puxta bilsa, yetuk inson deya olamiz.
Har bir dars ta`lim mazmunini joriy etilishini ta`minlovchi barcha turdagi o`qitish texnologiyalarini o`zida mujassamlashuvini taqazo etadi.
Dars o`qitish jarayonini amalga oshirish imkoniyatini beruvchi o`ziga xos tashkiliy jixatni ifodalaydi va o`qitishni tegishli usullaridan foydalanishni talab etadi.
Zamonaviy dars — ma`lum yoshdagi bilim va malaka darajalari yaqin bo`lgan o`quvchilar guruxining o`quv-bilish faoliyatlarini faol va rejali bo`lishini ta`minlovchi tashkiliy jarayon xisoblanadi.
Har qanday ishning muvaffaqiyati muayyan shart-sharoitga, ishning g’oyaviy siyosiy yo’nalishiga, uni bajaruvchi malakasiga,moddiy baza va boshqa ko’plab omillarga bog’liq. Ish bajarishda bajaruvchining shu ishni qay darajada uddalay olishi muhim ahamiyatga ega. O’zining ishini metodikaga katta e’tibor bergan mutaxassisgina yaxshi natijalarga erishadi.O’qituvchining asosiy vazifasi o’quvchilaraga ta’lim berish, tarbiyalash va ularni ma’naviy ham dialaktik rivojlantirishidir. Har qanday jamiyat o’z oldiga ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishini maqsad qilib qo’yadi. Uni amalga oshirish ta’lim sistemasini isloh qilishdan boshlanadi.Jamiyat talabidan kelib chiqib o’rta umum ta’lim maktablari fan asoslarining elementlar bilimlarini hisobiga olgan holda fan va texnikaning rivoji darajasida dunyoqarashlarini shakllantirish asosiy va ijtimoiy hayotga tayyorlash, shuningdek estetik didli, manaviy va jismonan barkamol bo’lib yetishtirishni taminlamog’i zarur.Uning tarkibiy qismlari sifatida qarash mumkin. Chunki bu sistemalar Kimyo o`qitish metodikasining psixologik asoslarini tashkil etadi. Shunga assoslangan holda Kimyo o`qitish metodikasining o’quvchilarga ta’lim va tarbiya beruvchi ularning dunyoqarashlarini rivojlantiruvchi pegogogik fan deyish mumkin.
O’quvchilarning yoshi, individual qiziqishlari, qobiliyati, jamiyat talablarini inobatga olish, fan-texnika yutiqlarini o’qitish jarayonida tadbiq etish,
o’quvchilarning har tamonlama barkamol bo’lib yetishishlarga yordam beradi. Pedogogika ilimgohlarida Kimyo o`qitish metodikasi fanining o’qitilishi talabalarning kasbiy tayyorgarliklarini dars bera olish qobiliyati, dars samaradorligini va o’quvchilar o’rtasidagi obro’-e’tibor borligini belgilab berdi.
Kimyo o`qitish metodikasi fani psixologik va pedogogik shuningdek boshqa tabiiy va ijtimoiy, gumanitar fanlar bilan uzviy bog’langan. Kimyo o`qitish metodikasiga falsafiy, siyosiy, iqtisodiy tushuncha metodlarning egallash, o’quvchilarni fikrlash xususiyatlaridan xabardor bo’lishi, hayot tajribasiga ega bo’lish lozim. O’quvchi o’z ustida ishlab doimiy ravishda bilimlarini orttirib borish, o’quv jarayonini takomillashtirib borish zarur. O’quvchilar uchun o’qituvchi faqat oddiy ma’lumot beruvchi bo’lmasdan, balki har tamonlama ibrat ham bo’lishi lozim.
Kimyo o`qitish metodikasining o’quv fani sifatida asosiy vazifani bo’lg’usi kimyo o’qituvchilarini o’rta maktabda ishlash paytida zarur bo’ladigan bilimlar va malakalar bilan qurollantirishdan iborat. Kimyo o`qitish metodikasi fani bo’lajak kimyo o’qitivchlariga maktabda o’zining ilmiy tarbiyaviy faoliyatini qanday tashkil etishni, bunda texnika xavfsizligini va atrof muhit muxofazasini masalalarini e’tiborga olish lozimligini o’rgatadi. Kimyo o`qitish metodikasi ma’lum ketma-ketlikda bir sistemaga solingan holda o’rganiladi. Dastlab o’rta maktab kimyo o’quv predmetining butun kursi davomida dovomatlik bo’yicha o’qitishning ta’lim berish, tarbiyalash va rivojlantirish vazifalarining mohiyati ochib beriladi. Keyingi bosqichda o’qitish jarayonini tashkil etish bilan tanishtiriladi. O’quv kursini bu bosqichdagi struktura elementleri : o’qitish usullari, vosita va shakllari shuningdek o’qituvchining nutqi hisoblanadi, ular o’zaro uzviy bog’langan bo’lib, o’qitishning uch vazifasi nuqtayi nazardan qarab chiqiladi. . Kimyo o`qitish metodikasini o’rganish faqat ma’ruza bilan chegaralanib qolmasdan, bo’lajak kimyo o’qituvchilarda kimyoviy tajribalarini o’tkaza olish ko’nikma va malakalarini shakllantirishi nazarda tutadi. Bundan tashqari ularga maktab darsturidagi ma’vzularni o’rgatish, hisoblashga oid masalalarini yechish,
darslarini rejalashtirish va o’tkazish malakalari beriladi.

  1. Download 0,95 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish