2
Ma`ruza-1
«Kostyum dizayni» fanining mazmuni, predmeti va metodi
Reja:
1.
Fanning mazmuni
2.
Dizaynning nazariy asoslari
3.
Dizaynda uslub va uslublar
4.
Moda funktsiyalari va rivojlanish qonuniyatlari
Buyum muhitini yaratish – odamzotning azaliy muammosidir. Bu jamiyatning madaniy
asosi bilan chambarchas bog`liq va uning azallarini,
madaniyat darajasini, badiiy-estetik
intilishlarini va ideallarini ifodalaydigan ijtimoiy muammosidir.
Madaniyatni tarbiyalash go`zallik sirlar anglash jarayoni bilan
chambarchas bog`liq. Buyumlar o`zi insonni tarbiyalashi lozim.
Buyumlarni ishlab chiqish asosiy maqsadi – aholini moddiy va ruhiy talablarini qondirish
va buyumlarni ijtimoiy maqbulligidir.
Dizaynerlarning mahoratini faqat go`zal buyumlarni yaratishga yo`lantirmasligi lozim.
Dizayner albatta ijtimoiy muhim, qo`lay, ko`pfunktsiyali, ma`lum iste`mol guruhiga
mo`ljallangan va talablarini qondiradigan buyumlarni yaratishda qatnashishi zarur. Bular
barchasi
buyum dunyoni tartibsizligini, kerak emas, elitar va dublyor buyumlarni yo`qotishini
osonlashtiradi.
Go`zal, ijtimoiy yo`naltirilgan buyumlar yangi turmush tarzni o`rnatishga imkon beradi
insonning ruhiy talablarini qondiradi, moddiy vositalrni tejamlash rezerviga aylanb, mahsulotni
mukammallik darajasini oshiradi.
Inson atrofidagi buyum
muhitini yaratish aholini, ijodkorlarni, zarshunoslarni va
iste`molchilarni e`tiborini jalb etadi.
Dizayner jamiyat oldida ma`suliyati faqat mahsulotni siftinigina emas, balki insonni
madaniy saviyasini ko`tarishdir.
Engil sanoat oldida turgan vazifalar quydagilar: aholining talablarini to`liq
qondirish,
bozorni kerakli mahsulotlari bilan ta`minlash, buyumlar assortimentini kengaytirish va sifatini
kutarish.
Kostyumni loyihalash va modani rivojlanishi bilan bog`liq muammola bejiz paydo
bo`lmagan. Bu muammolarni paydo bo`lishiga bir necha sabablar mavjud: mahsulotni keragidan
ortiq to`plangani, buyumlarni tez ma`naviy eskirishi, ishllab chiqarish tsikli va moda tsiklini
nosinxronligi.
Ommabop ehtiyojni qondiradigan modali buyumlarni ishlab chiqarishda ko`p muammolar
mavjud. Bu holda ehtimol muammolar modani amaliyotchiligi va uni stabil tomonlaridan kelib
chiqadi.
Moda qiziqarli, tez o`zgarmaydigan, fundamentalni taqdim etishi kerak. Modaning
sub`ektivizm va ob`ektivizmi nimadan iboratligini, modaga hayot sur`ati, ilmiy-texnikaviy
inqilob ta`sirini tushunish zarur. Moda va sanoat umumiy qonunlar bo`yicha rivojlanadi: moda
murakkablansa. buyumning loyihalash texnologiyasi murakkablanadi. Inson kostyumda o`z
individualligini va o`z siymosini aks etishga intiladi. SHuning uchun liboslarni ommabop ishlab
chiqarilganda standart buyumni uyg`un siymoligini va iste`molchini individuallikka intilishini
qondirish talablari qiyinchiliklarni paydo bo`lishiga sabab bo`ladi.
Bular barchasi kostyumni ommabop ishlab chiqarish uchun
muayyan nuqtai nazardan
loyihalashni talab qiladi. Dizayner – sanoat tarmog`i – iste`molchi tizim aloqasini barpo etish
lozim, ya`ni yangi ilmiy loyihalash usulini. Loyihalash usuli modaga tegishli barcha vazifalarni,
kostyumni vaqtga binoan shakllantirishni, uni tuzilishini o`ziga hosligini, ijtimoiy aspektlarini va
siymoligini birlashtirilishi lozim.
Dizayner faoliyatida uni voqelikka ijtimoiy-estetik munosabati ifodalanadi. Bu faoliyat
badiiy ijod qonunlariga javob berishi lozim.
3
«Dizayn» so‘zi italyancha «disegno» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, uyg‘onish davrida
loyihalar, rasmlar va g‘oyalar asosida bajarilgan ishlar ma’nosini bildirgan. Bizga bu so‘z
inglizcha («design») «dizayn» so‘zidan kelgan bo‘lib, chizma naqsh, g‘oya
va loyihalash va
konstruksiyalash jarayoni ma’nosini bildiradi.