18
drapirovka qilinadi (xiton, gimatiy, toga, sari, dxoti va b. );
-
qoplama – bu boshdan kiyladigan kiyim. U tikilmagan – faqat yoqa o`mizi qirqilgan mato
parchasi (poncho, penula va b.) yoki tikilgan (tunikasimon bichimli);
- oldi ochiq – bu bichilgan va tikilgan kiyim (chopon va kaftan turida);
- evropa turidagi bichilgan va tikilgan – bu odam qomatiga mos bichilgan va tikilgan kiyim.
Zamonaviy kostyumni yaratganda uni asosiy funktsiyasini inobatga olish zarur. U
kostyumni konstruktiv echimini, matosini va siymosini belgilaydi. Buyumni loyihalashda
bunday yo`l “funktsional qadam” deb atalgan,
qachonki buyum emas, balki iste`molchiga
beradigan foyda ko`zda tutiladi (shu nuqtai nazardan bashang ko`ylakni emas, balki yaxshi
kayfiyatni, go`zallikni loyihalash zarur).
Buyum loyihalanganda funktsional qarash uni ishlash jarayonini dastlab o`rganilgandan
so`ng, ideal ishlaydigan tizim yaratiladi va natijada odamni har xil va o`zgaruvchan talablarini
qondiradigan printsipial yangi funktsiyani bajaradigan buyum yaratiladi.
Loyihalash ob`ektiga binoan kostyum kiyim, bosh kiyim, poyabzal, aksessuarlar,
bezaklar va b. dizayniga bo`linadi.
Kiyim iste`mol va ommabop chiqariladigan buyum bo`lgani bois, kiyim dizayneri asosan
sanoatga oid kollektsiyalarni yaratadi. Bunday mutahassislarni kiyim dizayneri yoki stilist deb
atashadi.
1950 yilda paydo bo`lgan tushuncha “pret–a-porte” (kiyishga tayyor) kiyim ishlash
sohasida mavjud. “Pret-a-porte” kiyimi taniqli dizayner firmaning nomi qo`yladigan yuqori
sifatli kiyim. Sanoat modasining birinchi yarmarkasi 1948 yilda Dyussel`dorfda o`tqazilgan,
1951 yilda Florentsiyada ayollar modasining birinchi ko`rgazmasi o`tqazilgan, 1956
yilda
Parijda birinchi “pret-a-porte” saloni ochildi.
“Kostyum dizayni” tushunchasi hozir umuman kostyum yaratish faoliyatida tarqalgan va
faqat sanoatda ishlab chiqariladigan buyumlar uchun emas, balki kutyur`elar ijodida ham
uchraydi.
Parijda bir yilda ikki marotaba ayol va erkaklar moda saloni o`tqaziladi. Yirik moda
salonlarining “YUqori moda sindikati”ni 1868 yilda CH.F.Uort Parijda tashkil etgan. YUqori
moda sindikati o`rta asr xunarmandchilik tsexini eslatadi. Faqat bu tashkilot a`zolarigina
kutyur`e deb atalishi mumkin. Sindikatga qabul qilinish uchun bir qator talablarga muvofiq
bo`lish kerak: modellarni faqat shaxsiy buyurtma bo`yicha ishlash, buyumni faqat qo`lda
tikish, maxsus mijozlari bo`lishi lozim. Sindikat nizomiga yangi talablar kiritildi – mijozlar va
ommaviy axborot vakillari uchun va mavsumiy yangi modalar kollektsiyasi doimo
ko`rgazmalarini o`tqazish. Hozirgi kutyur`e yuqori moda sindikati a`zosi bo`lishi uchun
Parijda saloni (YUqori Moda o`yi), shtatida 20dan kam bo`lmagan hodimlari, 3
doimiy
manekenshchitsalari bo`lishi va ma`lum qoidalarga rioya qilishi lozim: modellar ishlanganda
asosan qo`l ishi qo`llanishi (hozir 30% mashina choklari qo`llanishi mumkin), ma`lum
bahodagi matolarni qo`llash, bir yilda ikki marotaba 75ta modeldan kam bo`lmagan yangi
modellarning mavsumiy ko`rgazmalarini o`tqazishi shart.
Kostyum dizayni o`ziga xos xossalarga ega. Bu sohadagi professional muammolar s`ezd va
konferentsiyalarda muhokama qilinmaydi, dizaynerlarni birlashtiradigan uyushmalari yo`q. Ma`lum
darajada bu rolni moda yarmarkalari, pret-a-porte salonlari, yuqori moda haftalari bajaradi. Bunda
asosiy vazifa – reklama, korxonalar va savdo-sotiq orasida aloqa bog`lash. YAna kostyum
dizaynerlar orasida nazariy va manifest turida o`z ijodiy kontseptsiyasini ifoda etish an`anasi
yo`q. Odatda, dizaynerning kontseptsiyasi modellar ko`rgazmasi o`tqzilgandan so`ng interv`yu
yoki press-reliz sifatida beriladi. SHu bilan birga etakchi rol` dizaynerlarga mansub bo`lmasdan,
tanqidchilarga, moda sharhlovchilariga mansub, chunki ular yangi moda yo`nalishini
asoslab
reklama qiladilar.
Kostyum dizayneri o`z g`oyalarini eng avvalo modellarda namoyon etadi, ijodiy
kontseptsiyalarini esa – moda ko`rgazmasida. Dizaynerlar faoliyati loyiha madaniyatini umumiy
rivojlanish rag`batini aks ettiradi: masalan, 1920 yy. funktsionistlar (konstruktivistlar) qo`llagan
printsipni K.SHanel` kiyim yaratganda inobatga olgan.
19
Kostyum dizayinning ob`ekti – amaliy mo`ljali va estetik funktsiyalardan tashqari bir
necha funktsiyalarni bajaradigan utilitar buyumdir. Dizayner buyum dunyosini tasvirlamasdan
uni yaratadi. Loyiha madaniyatining kelajakka intilishi, uning dinamikligi, yangi dunyo
siymosini yaratishga maqsad qilib olishi, dizaynning asosiy vazifasini belgilaydi – yangi buyum
namunalarini yaratish. SHuning uchun kostyum dizayni odamlarning
talablarini va turmush
tarzining o`zgarishini inobatga olib, an`anaviy shakllarga bezak bo`lmasdan, kiyimning yangi
funktsiyalarini loyihalashi lozim.
Kostyum buyumlar to`plami bo`lib, quydagi funktsiyalarni bajaradi:
-
instrumental:
odamning
faoliyati,
kiyim
mo`ljali
bilan
bog`liq
(utilitar-amaliy funktsiya);
- adaptiv:
buyum-fazo
muhitida
komfortni
ta`minlash,
odamning
tashqi
muhitga
adaptatsiya
qilinishiga
osoyishtalash
(bu
funktsiya
ekologik
muammolar nuqtai nazaridan juda muhim);
- natijali: buyumlar birlashtirilgan va ularda madaniyat sifati umuman ko`rinadi - ma`no, an`ana,
material va shaklda aks etgan qiymati.
Demak, buyum umuman turmush tarzining aksi bo`lsa, kiyim esa - odam siyimosi va
uning turmush tarzining ifodasidir.
Ba`zi dizayn tadqiqotchilari dizayn san`atning yangi shakli deb muxokama qiladilar. Bir
qaraganda dizayn bilan amaliy san`atni ko`p umumiyligi bor. Ammo, dizayn yangi funktsional
vazifani echishni ko`zda tutsa, amaliy san`at mavjud buyumlarga badiiy variantlarini yaratadi.
Dizayner o`z faoliyatida fan va texnika yutuqlarini tahlil etib, ijodiy fikrlash asosida yangi
buyumlarni yaratishi lozim, ular sanoat sohasda ishlab chiqarilishi mumkinligi inobatga olishi
kerak.
Dizaynerning ijodiy qobiliyatining integrativ xususiyatini italian dizayneri E.Sotsass o`z
ta`rifida quyidagicha etgan: “ Dizayner – bu yuqori darajali rassom, faylasuf, xunarmand”.
Dizayner faylasuf bo`lishi lozim, chunki u insonning didiga va tashqi ko`rirnishiga, sezgisini,
turmush uslubini loiyhalaydi. Dizayner bevosita buyumni loyihalaydi, vosita esa – insonni va
jamoani. Demak, dizaynning haqikiy maqsadi – insonni loyihalash,
uning qiyofasini, turmush tarzini.
SHuning uchun loyihaning asosi inson siymosini va jamoaning kontseptsiyasi bo`lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: