O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti tasviriy san’at va mehnat ta’lim fakulteti



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/73
Sana17.07.2022
Hajmi1,02 Mb.
#815917
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   73
Bog'liq
Ajiniyoz nomidagi

birinchi 
qiymatlariga 
zamonaviylik, 
universallik, 
demonstrativlik va o`yin kiradi.
Z
amonaviylik 
– modaning tarkibida fundamental qiymatidir. Har qanday yangiliklar 
modali bo`la olmaydi, va har qanday modali standartlar va namunalar ham yangi bo`lmaydi 
(masalan, “retro” uslubi). Ekologik uslub modada yangi yuqori texnologik sintetik materiallarni 
ishlatishni inqor etib, ming yillar maboynida ma`lum an`anaviy zig`ir, ip, shoyi va jun 
gazlamalarni kiritdi. 
Modada yangilik- bu avvalgi modaga nisbatan yangi g`oyalardir. Zamonaviylikning qiymati 
modani muxlisigasiga “vaqt bilan yuruvchi” deb o`zini xis qilishga va tez o`zgaryapgan 
zamonga moslashishga imkon beradi. 
Universallik 
(diffuzlik) vaqtdan tashqari xech qanday cheklashni e`tirof etmaydi. 
Kostyum tarixida modaning universalligi XIX asrda yuz berdi, XVI asrda esa Evropada avval italian, 
keyin ispan modalari keng tarqalgandi. Modaning rivojlanishi jamiyatni barcha o`zgarishlarini 
aks etadi: sanoatning gurkurab rivojlaninishini, yangi transport va kommunikatsiya vositalarini 
paydo bo`lishini, xalqlar aro madaniy aloqalarni kuchayishini. Madaniy namunalarni bir ijtimoiy 
guruhdan ikkinchisiga, bir mamlakatdan boshqa mamlakatga o`tishida modaning muhim 
qiymatlaridan biri universallik xisoblanadi. 
V.M.Krasnov 
moda 
tarixida 
universallik 
bilan 
bog`liq 
uch 
tomonini 
ajratgan: 
yagona moda (ibtidoiy jamiyatda); mahsus moda (tabaqali jamiyatda); ommabop 
moda (demokratik jamiyatda). 
Qisqa vaqt davomida ommabop bo`lgan hodisalarni “moda doirasida ichki oqimlar” deb 
amerikan jamiyatshunos E. Bogardus nomlagan. Ularga 
fad 
(injiqlik, tentaklik, tez utar 
ishqivozlik barcha jamiyatni emas, balki ayrim ijtimoy guruhlarni og`ushiga olgan), 
craze 
yoki 
fetish (moda bilan ommabop ishqivoz etilish, moyillik). 
Demonstrativlik 
moda kommunikatsisyaini bir shaklidir, u moda muxlislariga o`z 
to`g`risida boshqalarga ma`lumot berishiga imkon beradi. Eng avvalo moda o`z ijtimoiy 
maqomini yoki undan ham yuqori illyuziyasini namoyish etishga imkon beradi. 
Modaning o`
yin 
qiymati evristik ijodiy faoliyati bilan bog`liq va u yangilikni izlashni, 
yangini yaratishni, eskilikni yangi sifatida tavsiya etishni rag`batlantiradi. XX asr o`yinni inson 
miadaniyatini universal elementi sifatida hisoblaydi. Postmodernizmda o`yin madaniy boyliklar 
va timsollarni cheksiz kombinatsiyalash usuli yordamida madaniyatni yaratish usuli bo`ldi. 
Zamonaviy dizaynda o`yin elementlari muhim rol` o`ynaydi, chunki o`yin insonning ijodiy 
qobiliyatlarini rivojlanishiga qaratilgan, unda natijasi emas, balki jarayon muhim (dizayner va 
iste`molchining hammuallifligi kontseptsiyasi bilan bog`liqligi). O`yin dunyo tushunish shakli 
bo`lsa, moda esa o`ziga xos qoidalariga ega o`yin muamolasining shakllaridan biridir. Modaga asosiy 
o`yin xususiyatlari mansub: fazoda emas, vaqt maboynida cheklanish, ixtiyorlik, odatiy hayot 
chegarasidan chiqish, muayyan “o`yin qoidalarini” mavjudligi. 


22 
Modaning 
ikkinchi 
(sirtqi) qiymati konkret vaziyat va moda muxlislarning kategoriyasi 
bilan bog`liq, ular qarama-qarshi qiymatlarni ko`zlaydi: ijtimoiy tenglikni yoki elitarlikni, 
go`zallik yoki faqat qulaylikni va b. Bir xil moda namunalari har xil maqsadga erishishga imkon 
beradi. Masalan, sitilgan djins buyum bittalar uchun prestij marka bilan maqtanish imkoniyati 
bo`lsa, boshqalar uchun esa o`z demokratikligini, iste`molda odmiligini namoyon etishdir. 
Ikkinchi 
qiymatlar 
insonni 
dunyoga 
va 
o`ziga, 
jamiyatga 
va 
ijtimoiy 
guruhlarga, tabiatga 
munosabatini namoyish etadi. U yoki bu modali 
namunalarni tanlaganda odam shularni faraz qiladi: “Men hammadek”, “Menda boshqalarda yo`q 
narsalarim bor”, “Menda xoxlagan narsalarim bor”. Ma`lum modani tanlaganda inson modaga 
o`z munosabatini namoyish etadi. 

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish