O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti tasviriy san’at va mehnat ta’lim fakulteti



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/73
Sana17.07.2022
Hajmi1,02 Mb.
#815917
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   73
Bog'liq
Ajiniyoz nomidagi

Nazorat savollari 
1.
Dizayn – ijodiy faoliyat turi. 
2.
Dizayn turlari ta`riflang. 
3.
Dizaynning asosiy omillari ta`riflang. 
4.
Kostyum dizaynining asosiy funktsiyalari. 
5.
Kostyum dizaynini o`ziga hosligi nimada?. 
 


20 
 
Ma`ruza-4 
Modaning funktsiyalari va rivojlanish qonuniyatlari
.
Reja 
1.
Istiqbolli moda yo`nalishining funktsiyalari va rivojlanish qonuniyatlari
2.
Modani prognozlash
3.
Modaning psixologiya nazariyasi. 
4.
Moda - ommabop muamola shakli. 
5.
Moda - reklama shakli sfatida. 
6.
Moda namoyishi. 
Adabiyotlar: 2, 3, 4, 5, 15, 19, 34 
Moda ta`rifi va tarkibi

Dizaynerning asosiy faoliyatining mazmuni madaniy 
namunalarni yaratish bo`lgani uchun, unda moda kabi fenomen to`g`risida to`liq tassavuri 
bo`lishi lozim. Moda industriyasida muvaffaqiyatli ishlash uchun modaning asosiy 
qonuniyatlarini, modani ijtimoiy xodisa sifatida tushinish kerak, uni ijtimoiy psixologik va 
ijtimoiy rivojlanish jixatlarini, prognozlash usullarini va o`zgarish innovatsion va tsiklsimon 
mexanizmini bilish kerak. 
Bular barchasi faqat modali namunalarni taqlid qilmasdan va yaratmasdan, balki modaga 
ongli ta`sir etib, uni boshqarishdir. Moda faqat kostyum evolyutsyasini muhim fursatlarini 
namoyishchisi bo`lmasdan, balki zamonaviy jamiyatda ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarning 
boshqaruvchi sifatida bo`ladi. 
XVII asrni oxirida moda inson madaniyatining o`ziga xos fenomeni sifatida san`at 
sohasida va kostyumda estetik ideal va didni o`zgarish bilan bog`liq estetik hodisa sifatida tahlil 
etildi. XIX-XX asrlarda moda tadqiqotchilari modani ijtimoiy va psixologik fenomen sifatida 
tahlil etishgan, uni paydo bo`lishiga rivojlanishiga sabablarni va uni ta`sirida ro`y beradigan ijtimoiy, 
iqtisodiy va madaniy oqibatlarini ko`rib chiqishgan. 
Modani har xil nuqtai nazardan o`rganishgan: ijtimoiy psixologiya va psixotahlil, bozor 
iqtisodi va madaniyatshunos, zamonaviy jamiyatda uni dinamikasini belgilaydigan muhim 
komponenti sifatida. 
Moda lot. 
modis- 
me`yor, qoida: frantsuzcha - 
moda
; italian - 
moda
; nemis - 
moda
; inglis 

moda 
(ko`pincha 
fashion 
atamasi qo`llanadi). 
Zamonaviy jamiyatda moda ommabop xulq shakllaridan biridir. Demak, 
moda 
atamasini 
quyidagicha ta`riflash mumkin: moda bu o`ziga xos usul, siymo, ijtimoiy axborotni ishlash 
uchun me`yor (psixolog L.Petrovning ta`rifi); moda bu ko`p insonlarga oid sezish turi (amerikan 
ijtimoiy psixolog E.Bogardusning ta`rifi); moda ijtimoiy guruhlar afzal ko`rgan takrorlanadigan 
o`zgarishlar seriyasi (amerikan ijtimoiy psixolog E. Rossning ta`rifi). 
Moda o`zgarish jarayonda bo`lgan moddiy va ruhiy qiymatlarga kiradigan barcha 
madaniyat turlariga mansub: san`at (rangtasvir, adabiyot, musiqa, teatr, kino, dizayn), fan, 
texnika, siyosat, sport. Dizayn - moda mexanizmini faol ta`sir etadigan madaniyat sohasidir. 
Moda insonni atrofidagi barcha buyum muhitiga ta`sir etadi, ya`ni inter`er va magazinni 
vitrinalari bezagiga, maishiy buyumlarni, ommabop bayramlarni va sair tomosha industriya 
dizayniga. 
Ammo, ko`pincha moda insonning tashqi ko`rinishida aks etadi: liboslarida, soch 
turmagida, makiyajida, muamola tarzida, buyumlar doirasida. 
Kostyumda insonning talaklari va intilishlari, o`zi to`g`risida va atrofdagi insonlarga 
ijtimoiy munosabati va ijtimoiy holini aks etgani bois, kanadalik jamiyatshunos M.Maklyuen 
insonning uyini va libosini “bizning terimizni davomi” deb aytishga asos bulgan. 
Moda kostyumga, buyumlar xossasiga, g`oyalarga, suzlarga va b., ya`ni moda namunasi 
bo`ladigan buyumlarga (mini yubka, soch rangi va turmagi, avtomobil` markasi, tog`da dam 
olishga va b.) ta`sir etadi. 
Modaning 
tarkibi 
quydagi 
elementlaridan 
iborat: 
modali 


21 
standartlar 

muamola 
va 
hatti-harakat 
namunalari 
yoki 
usullari; 
modali 
ob`ektlar, ular moddiy va moddiy emas bo`lishi mumkin: buyumlar, g`oyalar, 
suzlar, 
ob`ektlarning 
xossalari; 
modaning 
qiymati; 
moda 
muxlislarning 
hatti-harakati 
modali 
standartlar, 
ob`ektlar 
va 
qiymatlarga 
orientlashgan. 
Modaning har bir namunasi uni muxlislariga muayyan maqsadga erishishga, intilishga; 
zamonaviy ko`rinib turishiga yoki ommalar orasida ajralib turishiga, atrofdagi insonlarga o`zi 
to`g`risida ma`lum ma`lumot berishiga imkon beradi. 
Zamonaviy yirik shaxar-megepolisda munasobat vositasi sifatida modaning roli juda 
katta, u erda insonlar orasidagi munasobatlar qisqa muddatli (kuchada, transportda, jamoat 
joylarida va b.). SHuning uchun o`zi to`g`risida inson bermoqchi bo`lgan ma`lumotni kostyum 
beradi. 
Moda tarkibining qiymatlarini orasida birinchisi (atributiv yoki ichki) va ikkinchisi 
mavjud. 
Modani 

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish