9.5. Turizm marketingining xususiyatlari
Turizm marketingida industriya korxonalaridagi marketingga o‘xshash ba’zi
xususiyatlari mavjud. Turizm marketingini boshqa industriya mahsulotlaridan
ajratgan xususiyatlari quyidagicha izohlanadi:18
1. Turizm industriyasida xizmat bozorlanadi va xizmatlarning material
xususiyati yo‘q. Holbuki industriya mahsulotlari ideal o‘lchaniladigan yoki
deyiladigan vositalardir.
2. Imkonli iste’mol mahsulot va xizmatlardan farqli o‘laroq 2 xil tartibda
bozorlanadi.
a) rasmiy turistik tashkilotlar tomonidan qilingan va to‘g‘ridan sotish maqsadi
bo‘lmagan marketing;
b) korxonalar tomonidan qilingan va o‘z mahsulotlarining sotilishlarini
maqsadlagan marketing.
Turizm marketingida industriya marketingiga qaraganda atrof – muhit
muammolari e’tiborga olinadi. Dengiz, qum, quyosh, tabiiy go‘zalliklarning
mavjudligi va boyligi marketingni ta’sirlaydi.
3. Turizm marketingida iste’molchi xizmatga ega bo‘lish uchun ishlab chiqarish
joyiga ketadi, industriya marketingida esa, mahsulotlar ishlab chiqaruvchidan
iste’molchiga olib kelinadi va yetkaziladi. 4. Turizm marketingida, ishlab chiqarish va iste’mol bir xil vaqtda ro‘y beradi.
Xizmatlar oldin sotib tugatiladi, holbuki industriya marketingida ishlab chiqarilgan
mahsulotlar sotishga taqdim etiladi.
5. Turistik korxonalar mavsumiy ishlaydilar. Turistik xizmatlar chidamli va
uzoq muddatli foydalaniladigan xizmatlar emasdir.
6. Turizm industriyasida marka (etiket) nizomiga bog‘liqlik kamdir. Turizm
bozorida haqiqiy mahsulot, tortuvchanlik yuqori bo‘lgan bir mintaqa yoki madaniy
markazdir.
7. Turistik xizmatlar uchun yaralgan talab kunlik, haftalik, oylik va yillik
talabdir. Talab elastikdir.
8. Turizm marketingining asosiy maqsadi iste’molchini mamnun etishdir.
9. Industriya marketingida maqsad, bir mahsulotning iste’molchiga foyda
keltirishidir.
10. Turistik mahsulotlar, asosan xaridorga xizmat shaklida ko‘rsatiladi.
11. Turistik mahsulot sof bir xizmat mahsulotidir, faqat qo‘llanilishi bilan farq
qiladi.
12. Turistik mahsulotlar aralash mahsulotlardir.
13. Turistik mahsulotlar yig‘ilmaydi. Shu sababli turizm marketingi tavakkaldir.
14. Turistik mahsulotlar bir biridan farqli bo‘lganligi uchun ularni
standartlashtirish imkoni yo‘qdir.
15. Turistik mahsulotlar tugallanuvchi mahsulotlardir.
16. Turistik mahsulotlar aralash mahsulot bo‘lganligi uchun nazorat funksiyasi
juda qiyin yuzaga keladi.
17. Turizm marketingi sanoat marketingiga qaraganda juda tavakkaldir. Biror
restoran yoki mehmonxona xizmatlari sotilmasa bularni boshqa bir joyga tashish
imkoni yo‘qdir.
18. Xizmatning sotib olinishi va qo‘llanilishi iste’molchi va ishlab chiqaruvchi
o‘rtasida to‘g‘ri munosabatni keltirib chiqaradi. Bu munosabatda quyidagi natijalar
paydo bo‘ladi. a) bu munosabatning yuzaga kelgani vaziyat juda ahamiyatlidir. Biror
mehmonxonaning yo‘lagi, biror restoranning ichi kutilgan xizmatning natijasining
olinishini ro‘yobga chiqarmoqda.
b) munosabatlarda yuqori bir shaxsiylik ko‘riladi. Mashhur bir katta
mehmonxonaning yoki restoranning mijozi u yerda ismi bilan chaqirilishidan yoki
xotirlanishidan katta bir sevinch his etadi. Aksi bo‘lsa mushtariy boshqa bu yerga
kelmasligi mumkin.